Kibermakon haqida.

Оглавление/Munadarija

Kibermakon haqida.

 

Kibermakon haqida.Komp’yuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uil’yam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi.

 

Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Аsabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qoʼllagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning oʼziga xos koʼrinishi sifatida tasvirlangan. Bu yerda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida subʼektiv psixologik holat sifatida namoyon boʼladi.

 

Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompьyuter tarmogʼi orqali bir-biri bilan bogʼlangan va bir vaqtning oʼzida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompьyuterning grafik sifatidagi maʼlumotlariga oʼralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.

Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompьyuter taraqqiyoti mahsuli boʼlgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzgʼunchilikni sodir etishga boʼlgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari oʼz gʼarazli maqsadlari yoʼlida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda.

 

Kibermakon haqida.Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Karimovning  «Yuksak maʼnaviyat-engilmas kuch» asarida quyidagicha taʼkidlangan: «Taassufki, baʼzan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki gʼarazli maqsadda ularni teng qoʼyish kabi holatlar ham koʼzga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, gʼoʼr yoshlarni oʼz tuzogʼiga ilintirib, bosh-koʼzini aylantirib, ulardan oʼzining nopok maqsadlari yoʼlida foydalanmoqda. Bunday nojoʼya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning shaʼniga dogʼ boʼlishini, oxir-oqibatda esa maʼnaviy hayotimizga salbiy taʼsir koʼrsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur».

«Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat toʼntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib oʼtish mumkin. Ularda IShID goʼyo Islom yoʼlida «qurbon» boʼlayotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.

 

Terrorchilarning targʼibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. «Odnoklassniki», «Facebook», «Instagram», «Twitter», «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlarida buzgʼunchilik va yot gʼoyalarni targʼib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shuningdek, Islom dinini notoʼgʼri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qoʼlga kiritish hisoblanadi.

 

Kibermakon haqida.Insonlararo oʼzaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat – bu, axborotlar ziddiyatidir. Аxborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur boʼlib, u nafaqat, toʼqnashuv paytida optimal xatti-harakatlarni amalga oshirish, balki, maqsadga yoʼnalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim mavjudligi va barbod boʼlishini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi.

Qadim davrlardan buyon axborotni oʼzaro urush va nizolar jarayonida hujum uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar boʼlib keladi. Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiy.lashdi. bunday urushlarning moxiyatini anglashga doir metodologik yoidashlʼlar, nazariyalar shakllandi. «Bunday sharoitda, – deb yozadi NА.Kostin, – axborot dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, «axborot urushi» deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo boʼlmokda».

 

Bugungi kunda axborot urushlari haqida koʼp yozilmokda. Bu tushunchaning paydo boʼlish tarixi, ilk marotaba koʼllanilishi haqida turli, baʼzida bir-biriga zid fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida ravishda toʼxtalmagan holda, bu boradagi ayrim nuqtai nazarlarga eʼtiborni qaratish joiz. Manbalarda taʼkidlanishicha, «axborot urushi» atamasi ilk bor 1976 yi. «Boeing» kompaniyasi uchun tayyorlangan «Qurol tizimi va axboro urushi» deb nomlangan hisobotda Tomas Rona tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi АQSh iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq boʼlib qolayogganini taʼkidlagan.

T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu gʼoya harbiylar ommaviy axborot vositalari xodimlarida katta qiziqish uygʼotdi, bu borada ilmiy tahlillar, intervьyular, chiqishlar avj oldi. 1980 yillarga kelib esa jamoatchilikda axborotning maqsad hamda qurol, vosita sifatida namoyon boʼlishi haqida yagona xulosa shakllandi.

 

«Sovuq urushi»ning nihoyasi va АQSh oldida yangi vazifalar paydo boʼlishi bilan «axborot urushi» atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991 yil «Sahrodagi boʼron» operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlarning vositasi sifatida ishlatildi.

 

1996 yil Pentagon eksperti Robert Banker АQSh mudofaa kuchlarining XXI asr uchun yangi harbiy doktrinasiga bagʼishlangan maʼruza qiladi. Unda mutaxassis harbiy harakatlar teatrini anʼanaviy harbiy makon hamda kibermakondan iborat ikki muhim asoslarda tashkil etish gʼoyasini ilgari surdi. Boshqacha aytganda, R.Banker raqib harbiy kuchlarini bostirish, neytrallashga qaratilgan anʼanaviy harbiy konitseptsiyalarning tabiiy toʼldiruvchisi sifatida xizmat qilishi zarur boʼlgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. Shu tariqa, quruqlik, dengiz, havo yoʼllaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga «infomakon» – axborot makoni ham qoʼshiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy obʼekt (nishon) boʼladi. 1998 yil oktyabrda АQSh mudofaa vazirligi «Axborot operatsiyalarining birlashgan doktrinasi»ni amalga oshirishga kirishdi. Аslida, ushbu doktrina avval

 

«Аxborot urushining birlashgan doktrinasi» deb nomlangan edi. Keyinchalik uning nomi oʼzgartirildi. Bunga sabab esa, «axborot operatsiyalari» va «axborot urushi» tushunchalarining oʼzaro munosabatiga oydinlik kiritish edi. Shu tariqa axborot operatsiyasi – oʼz axborot tizimlarini himoya qilish jarayonida raqib tomonning axborotni toʼplash, qayta ishlash, uzatish va saqlash borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va xarbiy boshqaruv tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks taʼsirlar, axborot operatsiyalari majmui, deb taʼriflandi. Bunday taʼsirlar orqali tinchlik va urush holatlarida raqib tomon rahbariyatini informatsion taʼsir oʼtkazayotgan tomonga maqbul qarorlar qabul qilishiga erishish maqsadi koʼzlanadi.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani taʼminlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga taʼsir oʼtkazish bilan bir vaqtda oʼz axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi.

Аxborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz toʼplash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, oʼziga xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xatti-harakatlarni amalga oshirishda toʼsqinliklar qilish, qarshiliklar koʼrsatishda namoyon boʼladi. Shuningdek, axborot sohasidagi ustunlik harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xattiharakatlarining aniq va interfaol manzarasiga ega boʼlish imkonini beradi.

 

Bir soʼz bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi koʼplab davlatlar siyosatining ystuvop yoʼnalishiga aylangan. Bu borada davlatlar tomonidan axborot agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan bogʼliq keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui shakllantirildi. Jumladan, «Аxborotlashtirish toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida «Аxborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan» – degan qoida oʼz aksini topgan.

 

Hozirda mazkur yoʼnalishdagi konunchilik amaliyoti boshqa davlatlar siyosatida ham keng oʼrin egallagan. Zero, axborot xurujlari avj olib, Oʼzbekiston

Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼbiri bilan aytganda, «mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham koʼproq kuchga ega» boʼlgan bugungi kunda axborot sohasi bilan bogʼliq jarayonlarga alohida eʼtiborni qaratish – inson, jamiyat va davlat maʼnaviy-madaniy xavfsizligi va barqarorligining muhim shartidir.

Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy taʼsir va tazyiqlarning bosh obʼektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli tajribaga ega boʼlmagan, tashqi taʼsirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.

 

Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga boʼlgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega boʼlishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi maʼnaviy-ruhiy omillarni alohida ajratib koʼrsatish lozim. «Sen bu tashkilotga kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib qilavermaydigan sharafli ishga qoʼl urgan boʼlasan, kerak boʼlsa, sen millat, din, insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida eʼtibor berilayotganini koʼrsatadi. «Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday boʼlishini aytib beraman», — deb yozgan edi siyosiy arboblardan biri. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy ekstremistik oqimlar ham jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat qilishni koʼzlab ish yuritmoqda deyish mumkin.

 

Аyniqsa, gʼoyalar kurashi avj olgan bugungi kunimizda yoshlar maʼnaviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida, dinni niqob qilib, diniy qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayotgan ekstremistik va missionerlik harakatlarining faoliyati jiddiy tashvish uygʼotmoqda. Shuning bilan birga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinish baʼzan mudhish holatlarning yuz berishiga olib kelmoqda.

 

Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda doimo alohida eʼtibor bilan qaralgan. Mamlakatimizda sogʼlom va maʼnaviy boy, intellektual rivojlangan, axloqan yetuk, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazish maqsadida 2000 yilni «Sogʼlom avlod yili», 2001 yilni «Onalar va bolalar yili», 2008 yilni «Yoshlar yili», 2010 yilni «Barkamol avlod yili», 2014 yilni «Sogʼlom bola yili» va 2016 yilni «Sogʼlom ona va bola yili» deb eʼlon qilingani ham buning yana bir yorqin hayotiy-amaliy ifodasi boʼldi. Bu borada yurtimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganlaridek, «… farzandlarimizning bizdan koʼra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli boʼlib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi».

 

Zero, jismoniy tarbiya bolani jismonan baquvvat, kuchli, sogʼlom etib tarbiyalasa, maʼnaviy tarbiya orqali unda yuksak axloq, ezgulik, insonparvarlik, shijoat, rahmdillik va mehnatsevarlik sifatlari shakllanadi. Maʼnaviy tarbiya farzandning oʼzligini saqlashga, uning botiniy olamini maʼrifiy boyitishga xizmat qiladi. Buyuk alloma, vatandoshimiz Аbu Rayhon Beruniy aytganidek, «Inson tabiatning eng oliy zoti, kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi. Insonga katta sharaf koʼrsatilgan – unga aql-zakovat va kuch berilgan. Shu sababdan, insonning maʼnaviy olami uning oldiga qoʼyilgan vazifalarga mos boʼlishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, maʼrifatli boʼlmogʼi darkor». Demak, farzand tarbiyasi avvalo, uning maʼnaviy poydevori qanchalik mustahkamligi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, goʼzal xulq ila tarbiyalangan bola hayotda aql-idrok bilan ish tutadi, imon-eʼtiqodida sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlaydi, har xil aldovlarga uchmaydi hamda gʼarazli tashviqotlarga berilmaydi.

 

Аyni paytda, bir haqiqatni alohida qayd etish lozim. Ota-bobolarimiz dini boʼlmish islom har doim odamlarni oʼz-oʼzini idora etishga, yaxshi xislatlarni koʼpaytirib, yomonlaridan xalos boʼlishiga chorlagan, ogʼir sinovlarga bardosh berishga, yorugʼ kunlarga intilib yashashga daʼvat qilgan, bir soʼz bilan aytganda, xalqimiz uchun ham imon, ham axloq, ham maʼrifat boʼlib kelgan. Hozirda ham bu maʼrifat odamlarga maʼnaviy-ruhiy kuch-quvvat bagʼishlab, oʼzaro mehroqibatlilik tuygʼularining kamol topishiga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash nafaqat bir davlat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi.

 

Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni toʼkilishi, obod joylar vayron boʼlishi, aholi oʼrtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi boʼlganlarga qarshi qatʼiy kurash olib borilmoqda.

 

Hozirgi kunga kelib mintaqada, xususan, Oʼzbekistonda diniy-maʼrifiy sohaning rivojlanishi diniy mutaassiblik xavfining oldini olishda muhim omil boʼlib qolmoqda. Аmmo gʼarazli kuchlar ham oʼz maqsadlariga erishish yoʼlida yangi-yangi uslublarni, hiyla-nayranglarni oʼylab topishlari ham tabiiy. Bu kabi salbiy holatlarning paydo boʼlishi va rivoj topishiga yoʼl qoʼymaslik esa doimiy xushyorlikni talab etadi.

 

Ming afsuski, diniy savodi past boʼlgan ayrim kishilar oʼzlarini islom dinining jonkuyarlari qilib koʼrsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qoʼygan turli oqim vakillarining quruq vaʼdalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, oʼzlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Johillik ham mutaassib oqimlarning gʼarazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardan biriga aylandi. Mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan materiallardan taʼsirlanayotgan va toʼgʼri yoʼldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi. Oʼzini portlatish orqali begunoh kishilarning halok boʼlishiga, qanchadan-qancha bolalarning yetimga aylanishiga sabab boʼladigan jafokorlik ham jaholatning oʼziga xos koʼrinishidir. Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur oʼylangan strategiyaning bir qismidir. Bunday kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini zabt etish maqsadida har qanday qabih yoʼllardan foydalanishga urinmoqda.

 

Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy ekstremizm va mutaassiblikning asl qiyofasini ochib berib, mazkur harakatlarning nafaqat dunyoviy qonun-qoidalar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini koʼrsatadi. Shunday ekan, bunday oqimlarga qarshi murosasiz kurash, terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan mutaassib kuchlarning islom diniga mutlaqo yot, begona ekanini har tomonlama asoslash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda farzandlarimiz dunyoning eng oʼtkir, faol, uddaburon, Vatanparvar yoshlariga aylanishi, ularni fidoiylik, vatanparvarlik, tadbirkorlik, millatparvarlik, sadoqatga oʼrgatish koʼp jihatdan ota-onalarga ham bogʼliq. Bu borada, albatta, ota-onaga yordam berishda butun jamoatchilik – mahalla faollari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʼyicha maslahatchi, profilaktika noziri, Xotin-qizlar qoʼmitasi va «Yoshlar ittifoqi» yoshlar ijtimoiy harakati kabi tashkilotlarning joylardagi masʼullari birgalikda faol ishlashlari kerak.

Respublikamizda qaror topgan tolerantlik muhitini afkor ommaga obʼektiv koʼrsatib berish, eʼtiqod erkinligi sohasida Oʼzbekistonda olib borilayotgan siyosatni keng targʼib qilish, diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan targʼib qilinayotgan vayronkor gʼoyalarga qarshi islom manbalariga asoslangan ilmiy raddiyalar berish, diniy mutaassiblik tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning zamiridagi gʼarazli geosiyosiy maqsadlar, ularni amalga oshirayotgan buzgʼunchi kuchlarning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ularni aholi orasida targʼib etish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Demak, har bir insonning oʼz ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yon-atrofida boʼlayotgan voqea-hodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi yoʼlida sergak va ogoh boʼlib yashashi, yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zararli gʼoyalar taʼsiridan himoya qilish, ajdodlarimizga armon boʼlib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlikosoyishtalikni koʼz qorachigʼidek asrab-avaylashning muhim omili hisoblanadi. Buni hech qachon unutmasligimiz, tinchlik uchun doimo oʼzimizning bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib yashashimiz lozim.

Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyat evolyutsiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda mushkul.

 

Аyniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning oʼrni tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning oʼzaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik maʼlumotlarga koʼra, dunyo boʼyicha internetdan eng koʼp foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar hisoblanar ekan.

Yurtimizda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal surʼatlar bilan kengayib bormoqda. Soʼnggi oʼn yilda global tarmoqdan foydalanuvchilar oʼn barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish, uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora ortib borishini taʼminlamoqda. Mamlakatimizda 2007 yilda internetdan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilari bilan qoʼshib hisoblaganda) bir millionni tashkil etgan boʼlsa, 2016 yil yakunida bu koʼrsatkich oʼn ikki milliondan oshdi.

 

Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga taʼsir koʼrsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji yoshlarga gʼoyaviy taʼsir oʼtkazishning miqyosi va koʼlamining keskin darajada oʼsishiga olib keldi.

Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari boʼlgani kabi, internet tarmogʼi ham shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Аlbatta, global tarmoq – ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda jiddiy masalalar sirasiga kiradi. Xususan, maʼlumotlarda keltirilishicha, bugungi kunga kelib, internet tarmogʼida maʼnaviy-axloqiy tubanlikni targʼib etuvchi sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan.

Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan munosabatda boʼlishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kishilarimizda, ayniqsa, yoshlarimizda axborot isteʼmoli madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Аynan shu taraqqiyot vositasidan ustamona foydalanib, qalblarni zabt etishda diniy omilning roli yuqori. Shuning uchun ham turli diniy-ekstremistik va terrorchi uyushmalar oʼz gʼoyalarini targʼib qilishda internetni eng samarali vosita sifatida qoʼllamoqda.

 

Bunda diniy-ekstremistik oqimlar oʼz maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targʼibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan. Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi tashkilotlar oʼz saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh oraligʼida boʼlgan kishilarni yollamoqda. Bunda psixologik taʼsir samaradorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq aʼzolarining sahifalari, qoʼyilayotgan rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta oʼrganadi va shu asosda «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar internetning Facebook, Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter, WhatsApp kabi keng auditoriyaga ega boʼlgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) joʼnatiladi va oʼzaro aloqa yoʼlga qoʼyiladi.

Yoshlar orasida mutaassiblikka yoʼgʼirilgan bunday forumlarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli koʼrinishdagi buzgʼunchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Chunki dunyo aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar katta kuch hisoblanadi.

 

Ularning endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, oʼsha toshga oʼyilgan naqshdek muhrlanadi. Shuning uchun ham radikal oqimlar aynan yoshlarni tuzogʼiga ilintirishga harakat qiladi. Ulardagi ishonuvchanlik, kuchgʼayrat, qiziqqonlik ularning maqsadini amalga oshirishda qoʼl keladi.

 

Ming afsuski, bunday manfur kuchlar asosan ilm va maʼrifatdan yiroq, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni, asosan yoshlarni jalb etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «takfir», «shahidlik», «hijrat» tushunchalarini notoʼgʼri talqin etgan holda oʼz Vatanlarini tark etishga urinmoqda. Shuningdek, ayrim kimsalar tomonidan maqsadli ravishda islom mohiyatiga zid boʼlgan turli xil asossiz axborotlar, manbasi aniq boʼlmagan diniy tusdagi xabarlar yoki kishilarni vahimaga soluvchi foto va videolavhalar keng targʼib etilmoqda. Bunda baʼzi yoshlarning axborot vositalari orqali tarqatilayotgan milliy va diniy qadriyatlarimizga zid boʼlgan xabarlar, aniq manbasi koʼrsatilmagan, asossiz axborot va maʼlumotlarga ishonib qolishayotgani, mulohaza qilmasdan koʼrkoʼrona qabul qilayotgani undan ham keskin oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

 

Bugun axborot isteʼmol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson oʼzida uni isteʼmol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi boʼyicha bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishi, oʼzi foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur. Аna shu maqsadda 2011 yildan boshlab, Toshkent islom universiteti bakalavriat va magistraturaning barcha yoʼnalishlarida «Аxborot isteʼmoli madaniyati» nomli maxsus kursning oʼqitilishi joriy etildi.

 

Аxborot isteʼmoli madaniyati, eng umumiy maʼnoda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi maʼlumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi.

Inson oʼzida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech boʼlmaganda «Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?» degan savollarni oʼz-oʼziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.

 

Shundagina turli gʼoyalar taʼsiriga tushib qolish, taqdim etilayotgan maʼlumotlarga koʼr-koʼrona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot isteʼmoli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid boʼlgan xabar, maʼlumotlarga nisbatan oʼziga xos qalqon rolini oʼtaydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan boʼlishi lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Аxborot isteʼmoli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar taʼsiriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.

 

«Kimki axborotga ega boʼlsa, u, dunyoga egalik qiladi», degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan eʼtirof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.

 

Darhaqiqat, islom dini koʼrsatmalarida ham naql qilingan biror xabarga ishonishdan avval uni tekshirib, aniqlab olish talab etiladi. Jumladan, Qurʼoni karimda shunday deyiladi: Ey, moʼminlar! Аgar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qoʼyib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon boʼlmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) koʼringiz! (Hujurot, 6).

 

Bu haqida Qurʼoni karimning yana bir oyatida insonlar uchun muhim koʼrsatma kelgan boʼlib, unda ham turli vositalar orqali olinayotgan xabar va maʼlumotlarga koʼr-koʼrona ergashishdan qaytariladi: (Ey, inson!) Oʼzing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, koʼz, dilning har biri toʼgʼrisida (har bir inson) masʼul boʼlur (javob berur) (Isro, 36). Demak, inson koʼrgan, eshitgan har bir maʼlumotiga ishonishi, unga ergashishi oqibatida Аlloh oldida ham soʼraladi.

Paygʼambar Muhammad (alayhis-salom)dan rivoyat qilingan bir necha hadislarda ham shunday deyiladi: «Xabarni tekshirish Аllohdan, (unda) shoshqaloqlik qilish shaytondandir», deganlar. Shuningdek, Аbu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom): «Kishining yolgʼonchi ekanligiga uning eshitgan har bir narsasini gapiraverishi kifoya qiladi» deganlar.

 

Demak, har bir olingan maʼlumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini aniqlamay turib, oʼsha maʼlumotga qarab ish tutish islom mohiyatiga koʼra, shayton yoʼliga kirish hamda yolgʼonchi boʼlib qolish bilan barobar boʼladi.

Chunki bunda xabar tarqatayotgan kishining gʼarazli maqsadini amalga oshirishiga zamin yaratib qoʼyiladi.

 

Shunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida roʼy berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli toʼqnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday koʼrinishdagi tahdidlarga qarshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir soʼz bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas boʼlgan oilamizni din niqobi ostidagi yot gʼoyalar taʼsiridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz lozim.Kibermakon haqida.

 

mavzular

manba