Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlarini bajarish shartlarini o’rganish.

Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlarini bajarish shartlarini o'rganish.

Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlarini bajarish shartlarini o’rganish.

Qo‘yilgan vazifa va holatga qarab o‘t ochish mustaqil ravishda yoki komandirning komandasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘t ochish uchun komandada odatda kimning o‘t ochishi, nishon, pritsel, o‘t ochish turi va mo‘ljallash nuqtasi ko‘rsatiladi. Masalan: “ Axmedov, piyodalarga qaratib, uch, bittalab, nishon ostiga-O‘T OCH”.

300 metr uzoqlikda bo‘lgan nishonlarga qaratib o‘t ochishda pritsel va mo‘ljallash nuqtasi ko‘rsatilmaydi. Masalan: “Avtomatchilar, xujum qilayotgan piyodalarga qaratib – O‘T OCH”. Bunday holatda uni askar mustaqil ravishda tanlaydi.

Otishni amalga oshirish pritselni o‘rnatish, o‘tkazgich (perovodchik)ni zarur o‘t ochish turiga qo‘yish, avtomatni qo‘ndoqlash, mo‘ljalga olish, tepkini echish va otish chog‘ida avtomatni ushlab turishlari o‘z ichiga oladi.

Pritselni o‘rnatish uchun askar avtomatni o‘ziga yaqinlashtiradi, o‘ng qo‘lning katta va ko‘rsatkich barmoqlari bilan xomutcha yopqichini siqadi va xomutchani pritsel plankasi bo‘ylab kerakli raqamgacha suradi.

O‘tkazgichni kerakli o‘t ochish turiga qo‘yish uchun o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i bilan o‘tkazgichning uzluksiz o‘t ochish (AB) yoki bittalab o‘t ochish (OD) holatiga qo‘yiladi.

Avtomatni to‘g‘ri qo‘ndoqlash otuvchining gavdasi, qo‘llari va kallasining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Avtomatning turg‘unligi o‘z navbatiga to‘g‘ri qo‘ndoqlashga bog‘liq.

Avtomatni to‘g‘ri qo‘ndoqlash uchun ( qo‘ndoqni elkaga o‘rnatish uchun chap qo‘l bilan sevyodan yoki o‘qdondan o‘ng qo‘l bilan esa pistolet dastasidan  ushlanadi va nishonni ko‘zdan qochirmay, avtomat qo‘ndog‘i bilan elkaga to‘la etkanligi sezilguncha taqaladi; o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i birinchi bo‘g‘ini tepkiga qo‘yiladi.

Boshni ozroq miqdorda oldinga engashtiriladi va bo‘yinni zo‘riqtirmasdan, o‘ng chakka qo‘ndoqqa engilgina siqiladi bunda o‘ng ko‘z pritsel darajasida va unda 25-30 sm masofada yoki pritsel o‘yig‘i va mushkani doimo ochiq va bir xilda ko‘ra oladigan masofada bo‘lishi kerak.

Qo‘llarning tirsaklari ham to‘g‘ri holatni egallashi kerak. CHap qo‘l tirsagi avtomatning ostiga olib kiriladi, chunki u qurolning asosiy og‘irligini qabul qiladi va tayanch vazifani o‘taydi. Agar chap qo‘l tirsagini avtomat ostiga olib kirilishini iloji bo‘lmasa, uni sal yonroqqa qo‘yish mumkin, lekin avtomatning bo‘ylama o‘qidan ko‘pi bilan 4 sm gacha.

Agar tirsak undan ko‘proq masofaga chiqarilsa, avtomatning vertikal turg‘unligi buziladi.

Qo‘ndoqlash oxiriga etgach o‘ng qo‘l tirsagi uchun joy topish zarur. Buning uchun avtomat qo‘ndog‘ining ort tomoni elkaga qo‘yilib qo‘ndoqlab ushlangan holatda, o‘ng qo‘l tepaga elka balandligicha ko‘tariladi (5-rasm);

So‘ng tirsak erga erkin tushiriladi va tushgan joyiga qo‘yiladi. Bunda o‘ng qo‘l barmoqlari pistolet dastasida qoladi.

Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlarini bajarish shartlarini o’rganish.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba