Kimyoviy qurolning zararlash omillari va undan himoyalanish.

Kimyoviy qurolning zararlash omillari va undan himoyalanish.

Kimyoviy qurolning zararlash omillari va undan himoyalanish.

CHet el matbuoti ma’lumotlariga qaraganda, zaharlovchi moddalar mo‘ljalga avvalo aviatsiya yordamida etkaziladi. Turli xildagi zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan aviatsion bombalar portlatuvchi moslamalari bo‘yicha: zarba ta’sirida portlaydigan va uzoqdan boshqariluvchi (distansion) moslamalar bilan portlaydiganlarga bo‘linadi. Zarba ta’sirida portlaydigan kimyoviy aviatsion bombalar havo atmosferasini yoki ma’lum joylarni zaharlashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zidan fosgen, iprit yoki zoman turidagi zaharlovchi moddalarni tutishi mumkin. Zarba ta’sirida portlovchi aviatsion kimyoviy moddalarning og‘irligi odatda 100 kg dan 1000 kg gacha bo‘ladi. Bunda bombaning 50% og‘irligini zaharlovchi moddalar tashkil qiladi. (1-rasm). Dushmanning tirik kuchini zaharlash uchun ishlatiladigan aviatsion kimyoviy bombalar er yuzasidan bir oz balandroq masofada portlatiladi (distansion portlatuvchi moslamalarga ega bo‘ladi). Bu bombalar chidamli zaharlovchi mooddalar (zoman, iprit) bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Bundan tashqarii, kichik vazndagi (3 kg va undan ortiq) kassetali aviatsion bombalar ham qo‘llanilishi mumkin. Bu bir nechta kichkina bombalardan iborat bo‘lib, ma’lum bir balandliqla kasseta ochilib bu kichik bombalar tarqalib ketadi va erga tushib portlaganda katta joylarni zararlaydi. Kassetali bombalar ta’sirlovchi kuchga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar (CS, CR) bilan to‘ldirilgan bo‘lib, dushmanning to‘plangan kuchlariga ishlatilishi mumkin.

To‘kadigan aviatsion asboblar (2-rasm) suyuq zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilib, samolyot qanotlari yoki fyuzelaji (korpusi) tagiga osiladi va 300-500 metr yuqoridan istehkomlar ustiga sepiladi.

Raketa vositalari. Kimyoviy hujum o‘tkazish zarurati paydo bo‘lganda raketa vositalaridan keng foydalaniladi. A+SH armiyasi qurolli kuchlari kimyoviy qurolni kerakli joyga etkazish uchun boshqarilmaydigan «Onest Djon» va boshqariladigan «Serjant», «Lans» va boshqa raketa vositalariga ega.

Boshqarilmaydigan reaktiv snaryad «Onest Djon»ning uchish masofasi 40 km ni tashkil qiladi. Boshqariladigan reaktiv snaryadlar «Serjant»ning uzoqqa uchish masofasi 47-140 km ni, «Lans»ning uzoqqa uchish masofasi 5-140 km ni tashkil qiladi. Bu reaktiv snaryadlarning (raketa) jangovor qismi kassetadan iborat bo‘lib, ular sharsimon shaklli bir qancha bombalardan tashkil topgan (har qaysi sharsimon bombaning og‘irligi 0,6 kg bo‘ladi) zaharlovchi moddalardan zarin, zoman va boshqalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Raketaning jangovor kimyoviy qismi 1,5-3 km yuqorida avtomatik ravishda ochiladi va sharsimon bombalar 1 km2 ga tarqalib ketadi, erga tushib portlaydi va ma’lum bir joyni zirarlaydi.

Reaktiv minomyotlar (ko‘p stvolli qo‘rilmalar)dan otiladigan reaktiv snaryadlar yoki minalar zaharlovchi moddalardan zarin yoki V gazlari bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, qo‘llanilganda ko‘plab maydonlar va kishilar zararlanadi. +urilmalarning otish uzoqligi 2,7-11 km ni tashkil qiladi.

Artilleriya kimyoviy snaryadlari va minalari – (3-rasm). NATO davlatlari armiyalarida hozirgi vaqtda 105, 155, 175, 203, 2 mm li zambaraklar va gaubitsalardan otish uchun ishlab chiqilgan kimyoviy snaryadlar bor. Bu tabeli snaryadlar V-gazlari, zarin, haydalgan iprit va CS (Cu-es) zaharlovchi moddalari bilan to‘ldirilgan. Gaubitsalarning uzoqqa otish masofasi 16-18 km, zambaraklarning uzoqqa otish masofasi 32 km ni tashkil qiladi. Bundan tashqarii, 106,7 mm li minomyotlarga mo‘ljallangan kimyoviy minalar ishlab chiqarilgan, minomyotlarning uzoqqa otish masofasi 5,5 km.

   Kimyoviy fugaslar – (4-rasm) dushmanning tirik kuchini, maydonlarni, shuningdek to‘siq hamda yo‘llarni zararlash uchun qo‘llaniladi. NATO davlatlari qo‘shinlarida hozirgi vaqtda M-1, M-23, AVS-M23 markali fugaslar saqlanib kelinmoqda. Ushbu fugaslar V-gazlari, zarin va boshqa turdagi zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Portlatilgan vaqtda yaqin 12,5 m2 va undan ham ko‘p maydonni zararlaydi. Bularni portlatish uchun detonatsiyalovchi shnur ishlatiladi.

Aerozolli generatorlar havoni zararlash uchun ishlatiladi. Aerozol sifatida asosan zaharlovchi moddalardan Cu-es, Cu-ar, Bi-zet, xloratsetofenon, adamsit va boshqalar qo‘llaniladi. Aerozolli generatorlar mashinalarga o‘rnatilgan bo‘lib, yurgn vaqtida zaharlovchi moddani ikki yoniga va orqasiga sochib yuboradi.

Kimyoviy qo‘l granatalari va tutunli shashkalar ta’sirlovchi kuchga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, bular asosan namoyish va miting qatnashchilarini tarqatib yuborish uchun qo‘llaniladi.Kimyoviy qurolning zararlash omillari va undan himoyalanish.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba