Munadarija
KKM, PM va o’quv qurollarini avaylashni va saqlashni tashkil etish.
KKM, PM va o’quv qurollarini avaylashni va saqlashni tashkil etish. O‘quv qurollarni va o‘q dorilarni, kichik kalibrli miltiq va ularning patronlarini mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun tarqatish va qabul qilishni hisobini yuritish.
Ta’lim muassasalarida ro‘yxatdagi (tabel) o‘quv qurollarni va o‘q dorilarni, kichik kalibrli miltiqlarni va ular uchun patronlarni, shuningdek sotib olingan kichik kalibrli miltiqlarni va ularning patronlarini «O‘quv qurollar, o‘q dorilar, kichik kalibrli miltiq va ular uchun patronlar va o‘quv buyumlarini ro‘yxatga olish va foydalanish kitobi» bo‘yicha hisobga olinadi.
Bu kitob raqamlanishi va varoqlari ip bilan bog‘lanib, ichki ishlar organlari muhri bilan muhrlanishi kerak.KKM, PM va o’quv qurollarini avaylashni va saqlashni tashkil etish.
O‘quv qurollari va o‘q dorilarni kichik kalibrli miltiq va ularning patronlarini qabul qilib olish uchun yuk hujjatlari asos bo‘ladi. Sotib olingan kichik kalibrli miltiq va patronlari uchun esa – sotuvchi tashkilotning hisob varaqasi asos bo‘ladi. O‘quv qurollarini va o‘q dorilarni ta’lim muassasasidan olib chiqish va tarqatish, dala mashg‘ulotlarida va ta’lim muassasasiga qarashli otish joylari (strelkovыy tir)da mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun ta’lim muassasasining ruxsati bilan olib boriladi. Agarda dala mashg‘ulotlari yig‘in usulida olib borilsa, unda ularni o‘tkazish joylarida qurollarni saqlash uchun xona ajratilib uni qo‘riqlashni tashkil etiladi. MIB ruxsati bilan o‘quv quroli va kichik kalibrli miltiqlar YOCHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun boshqa ta’lim muassasasiga berilishi mumkin, bunday hollarda ularni qabul qilib olish ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshiriladi, direktor ularni yo‘qotib yoki o‘g‘irlanib ketish hollarini oldini olish maqsadida mustahkam va ishonchli saqlanishini tashkillaydi va olingan o‘quv qurollari va o‘q dorilar (mashg‘ulot o‘tkazilganidan keyin) berilgan kuni qaytarilishi kerak.
O‘quv qurollari va o‘q doirlarni, kichik kalibrli miltiq va ularga patronlarni mashg‘ulotlarga va o‘q otishga berilganidan va olib chiqilganidan so‘ng ularni o‘q dori, kichik kalibrli miltiq, ro‘yxatdagi (tabel) buyumlarni oldi-berdi kitobiga kerakli yozuvlar qayd etiladi.KKM, PM va o’quv qurollarini avaylashni va saqlashni tashkil etish. O‘quv qurollari va o‘q dorilarni kichik kalibrli miltiq va ularning patronlarini qabul qilib olish uchun yuk hujjatlari asos bo‘ladi. Sotib olingan kichik kalibrli miltiq va patronlari uchun esa – sotuvchi tashkilotning hisob varaqasi asos bo‘ladi. O‘quv qurollarini va o‘q dorilarni ta’lim muassasasidan olib chiqish va tarqatish, dala mashg‘ulotlarida va ta’lim muassasasiga qarashli otish joylari (strelkovыy tir)da mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun ta’lim muassasasining ruxsati bilan olib boriladi.
Muallif: Xasanov M