Kompas, soat, quyosh va mahalliy narsalar yordamida dunyo tomonlarni aniqlash.

Kompas, soat, quyosh va mahalliy narsalar yordamida dunyo tomonlarni aniqlash.

Kompas, soat, quyosh va mahalliy narsalar yordamida dunyo tomonlarni aniqlash.

Ushbu o‘quv savoli materiallarini o‘rganishni gorizont tomonlarini aniqlashning asosiy usullarini sanashdan boshlanadi. Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlashga o‘tishdan avval Adrianov kompasining tuzilishi va ishlash  tamoyilini tushuntirish   lozim.

Mashg‘ulot   rahbari Talabalarga kuchli elektromagnit maydonlar, yirik metall buyumlar kompas strelkasini haqiqiy holatidan  o‘zgartirib yuborishi mumkinligini  o‘qtirish shart. SHuning uchun ta’kidlash kerakki kompas bilan ishlayotgan elektr uzatish tarmog‘i, temir yo‘l va metall inshootlaridan 40-50 metr uzoq masofada turish tavsiya etiladi.

Mashg‘ulot   rahbari o‘zi kompas bilan gorizont tomonlarining   yo‘nalishni aniqlaydi undan keyin   Talabalar  mashg‘ulot   rahbari  kuzatuvida mustaqil ravishda gorizont tomonlarining   yo‘nalishni aniqlashni  davom  ettiradilar. Talabalarni  kompas yordamida gorizong tomonlarining yo‘nalishini aniqlashni bilib olishganliklariga mashg‘ulot  rahbari ishonch  xosil qilganidan  keyin samo jismlari yordamida, avvalo quyosh yordamida gorizont tomonlarining  yo‘nalishni aniqlashni o‘rgatishga  o‘tiladi.

Undan katta xajmdagi  soatdan    foydalanib gorizont tomonlarining   yo‘nalishni aniqlash ko‘rsatib  tushuntiriladi. Bunda   soatdagi  strelkalar o‘sha paytdagi haqiqiy vaqtga  to‘g‘irlanib  qo‘yiladi. Agar tun qorong‘usida gorizont tomonlarining   yo‘nalishni aniqlash zarur bo‘lsa katta va kichik ayiq yulduz turkumlaridan foydalanib qutb yulduzini topish zarur bo‘ladi. Kutb yulduzi doimo shimol tomonda ko‘rinadi. Qorong‘ilikda gorizont tomonlarining   yo‘nalishni  aniqlashni mashg‘ulot  raxbariga  diafilim  va rangli  plakatlardan ko‘rsatib  tushuntirish tavsiya etiladi.

Gorizont tomonlarini aniqlash

Joyning xarakteri, sutkaning vaqti va tomonlarning ko‘rinishiga qarab gorizont tomonlari quyoshning holati, quyosh va soat bo‘yicha, qutb yulduzi bo‘yicha, mahalliy predmetlar belgilari bo‘yicha va boshqa usullarda aniqlanadi.

Gorizont tomonlarini kompas yordamida aniqlash uchun avval mushkani limbning «nol» bo‘lagi bilan mos keltirish kerak. Buning uchun kompas gorizontal holatga qo‘yiladi va mil tormozdan olinadi. Kompas milning shimol yo‘nalgan qismi limbning «nol» bo‘limiga to‘g‘ri kelguncha buraladi. Orientirlangan holatda kompas milining «nol»ga yo‘nalishi shimolga yo‘nalishini ko‘rsatadi. SHundan so‘ng o‘yiq va mushka orqali qarab shimol ko‘rsatkichi sifatida xizmat qiladigan mahalliy predmetlar (orientirlar) tanlanadi. SHimol yo‘nalishini bilib olingach, gorizontning boshqa tomonlarini aniqlash oson bo‘ladi.

Quyoshning holati bo‘yicha

Адрианов компаси:  aniqlash uchun bizning qitoamizda quyoshni 7:00 sharqda, 1-мушка 2-магнит мили; 3-тормоз; 4-ўйиқ. 13:00 janubda, 19:00 g‘arbda bo‘lishligini bilish kifoya. aniqlashda soatning kichik (soatni ko‘rsatuvchi) milini quyoshga qaratib gorizontal holatda qo‘yiladi. So‘ngra, soatni shu holatda ushlab soatni ko‘rsatuvchi mil va bir raqami orasidagi burchak taxminan teng ikkiga bo‘linadi. hosil bo‘lgan to‘g‘ri chiziq janubga bo‘lgan yo‘nalishni ko‘rsatadi.

Kunning birinchi yarmida soat mili 13:00 gacha bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan burchakni teng ikkiga bo‘lishi kerak.

Qutb yulduzi bo‘yicha gorizont tomonlarini aniqlash uchun Katta ayiq blduzi turkumini topib olish kerak. So‘ngra “cho‘mich”ning chekka yulduzlari orasidagi masofa (ά va ß)ni uning kengaygan tomoniga chamalab davom ettirib 5 marta qo‘yamiz. Hosil bo‘lgan nuqta Qutb yulduzining holatini ko‘rsatadi. Qutb yulduzi Kichik Ayiq yulduz turkumiga kiradi va doimo shimol yo‘nalishida bo‘ladi.

Gorizont tomonlarini mahalliy predmetlar belgilari bo‘yicha aniqlash mahalliy perdmetlarni quyoshga nisbatan holatiga asoslanadi. SHunday qilib daraxtlar, katta toshlar va qoyalarning shimol tomoni moh bilan qoplangan bo‘ladi, o‘rmonda chumoli uyalari doimo daraxlarning janub tomonida joylashgan bo‘ladi. Mevalarning janubga qaragan tomoni tezroq rang oladi. Qirlarni janub tomonidagi qorlar shimol tomonidagi qorlarga nisbatan tez eriydi. CHerkovlar gumbazidagi xochning to‘sinlari shimol-janub yo‘nalishida o‘rnatilga bo‘lib, to‘sinning ko‘tarilib turgan tomoni shimolga qaragan bo‘ladi.

Mahalliy predmetga bo‘lgan yo‘nalishni aniqlashda odatda magnit azimutidan foydalaniladi. Magnit azimuti deb soat mili harakati yo‘nalishida o‘lchanadigan meridianning shimol yo‘nalishidan predmet yo‘nalishigacha bo‘lgan gorizontal burchakka aytiladi. Magnit azimutining miqdori 0 dan 360 gradusgacha bo‘lishi mumkin.Kompas yordamida mahalliy predmetga bo‘lgan magnit azimutini aniqlash uchun yuz tomon bilan turish va kompasni orientirlash lozim. So‘ngra kompasni orientirlangan holda ushlab, ko‘rish moslamasini shunday o‘rnatish kerakki, o‘yiq — mushka ko‘rish chizig‘i mahalliy predmetga bo‘lgan yo‘nalish bilan mos tushsin. Bu holatda mushkaning oldidagi ko‘rsatkich qarshisida limbdagi hisob mahalliy predmetga bo‘lgan magnit azimuti (to‘g‘ri azimut)ning miqdorini ko‘rsatadi.

Teskari azimut — bu mahalliy predmetdan turish nuqtasiga bo‘lgan yo‘nalishdir. To‘g‘ri azimutdan u 180 gradusga farq qiladi. Uni aniqlash uchun agar to‘g‘ri azimut 1800 dan kichik bo‘lsa unga 1800 qo‘shiladi, agar 1800 dan katta bo‘lsa, undan 180 gradus ayirib tashlanadi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba