Kuzatuv natijalari to’g’risida axborot berish.

Kuzatuv natijalari to'g'risida axborot berish.

Kuzatuv natijalari to’g’risida axborot berish.

Kuzatuv natijalari to’g’risida axborot berish.  Joyni ko‘zdan kechirish yaqin zonadan boshlanadi. Bunda chapdan o‘ngga qarab kuzatiladi. YAkin zonani kuzatib bo‘lingach, shu tartibda qolgan zonalar kuzatiladi.

Dushmanni  niqoblanishini   oshkora  qilib  qo‘yadigan  belgilarga qarab  ilg‘ab olish mumkin. Bunga zanjir va g‘ildirak izlari, so‘qmoqlar,  bosilgan barg va maysalar, tutunlar misol bo‘la oladi. Nishonlarni mo‘ljal larga nisbatan holatini kuzatuvchi ko‘zchama qilib yoki optik uskunalar yordamida aniqlaydi. Talabalar mashg‘ulot  rahbari  yordamida  nishonni   aniqlashgach,  zudlik bilan komandirga doklad qilinishini, karta yoki sxemaga belgilanishi va kuzatish jurnaliga  qayd etilishi   shartligini  bilishlari kerak. Talabalarga doklad qilish va kuzatish natijalarini  qayd etish jurnalidagi    shaklini daftarlariga yozib olishlari tavsiya etiladi.

Kuzatuvni osonlashtirish va kuzatilayotgan joyni yaxshilab ko‘rish uchun kuzatuvchi o‘zi kuzatayotgan sektorni, uzoqligi bo‘yicha uchta kuzatuv sohasiga ajratadi: yaqin, qurollanmagan ko‘z bilan ko‘ra oladigan soha – 400 metr uzoqlikda; o‘rta soha –  800 metr uzoqlikda; uzoq soxa — ko‘rinish imkoniyatiga qadar. Sohalar chegarasi yaxshi ko‘rinadigan mo‘ljallar yoki mahalliy predmetlar bo‘yicha ajratiladi. Kuzatuv natijalari to’g’risida axborot berish.

Kuzatuvga kirishganda, oldin butun joyga ko‘z yugurtirib chiqiladi (hujum vaqtida o‘zi turgan tomondan dushman tomonga, mudofaada – dushman tomondan o‘zi tomonga).

Kuzatish yaqin masofadan boshlanadi va o‘ngdan chapga shartli belgilangan marralarda, ketma – ket joy va mahalliy predmetlarni kuzatish bilan boradi. Joyning ogoh qismlari tezroq, yopiq qismlari diqqat bilan ko‘riladi. Barcha ko‘rgan narsalari haqida kuzatuvchi komandirga axborot beradi, shu bilan birga u kuzatishni to‘xtatmaydi.

Axborotda kuzatuvchi orientir – mo‘ljal o‘zidan necha metr uzoqlikda (o‘ngda, chapda, uzoq, yaqin – barchasi metrlar hisobida) ekani, nima ko‘zga tashlanganini ko‘rsatadi. Masalan, 2 – orientir chapga 50, yaqin 100, sariq butani yonida raqibning kuzatuv punkti.

Ayniqsa tunda kuzatuv olib borish qiyin. SHuni yodda tutish kerakki, tunda ko‘rish yuqoridan past tomonga yomonroq, pastdan yuqorini kuzatish esa tunda yaxshi ko‘rinadi. Orientir sifatida konturlari aniq predmetlar tanlanadi, ular joyda aniq chizgiga ega bo‘ladi.

Tunda kuzatish tungi ko‘rish asbobi yoki qurollanmagan ko‘z bilan olib boriladi.

Tunda kuzatish vaqtida, ko‘z og‘rib, xiralashmasligi uchun, yaltiroq predmetlar va yorug‘lik manbaalariga qarash kerak emas. Agar tunda ko‘rish juda qiyin yoki umuman mumkin bo‘lmasa, razvedka eshitish orqali olib boriladi. Bunda shuni esda tutish kerakki, eshitishga harorat, havo namligi, shamol, joy relefi, o‘simliklar qoplami, mahalliy predmetlar ta’sir ko‘rsatadi.

Havo bo‘lutli bo‘lganda, ayniqsa yomg‘irdan so‘ng eshitish kuchayadi, quyoshli ochiq kunda esa, eshitish pasayadi.

Tunda va erta tongda eshitish kunduziga nisbatan yaxshiroq; qishda esa yozga nisbatan yaxshiroq eshitiladi. Agar tovush to‘lqinlari suvli yuza ustidan o‘tsa ham eshitish yaxshilanadi. SHamol esa tovush to‘lqinlarini yoki tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi. Agar shamol tovush manbai tomonidan kuzatuvchi tomonga essa, eshitish yaxshilanadi.

Tog‘ sharoitida qo‘shinlarning harakati va mudofaa ishlaridan hosil bo‘lgan tovushlar ancha masofaga eshitilib turadi, chunki tovush to‘lqinlari tog‘lar yuzasiga tegib qaytadi va yana uzoq tarqaladi. o‘simliklar va mahalliy predmetlar harakat tovushlarini pasaytiradi va yo‘nalishini o‘zgartiradi.

Eshitish joyini tanlayotganida, tovush qaytadigan joy bo‘lmasligiga e’tibor berish kerak, ya’ni balandroq erlarda, to‘siqlardan uzoqda va dushman o‘tayotganda shovqin hosil qiladigan sohaga nisbatan ko‘p shamol esadigan joy bo‘lishi kerak. SHamoldan shovqin chiqarayotgan daraxtlar tagida joylashish mumkin emas.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba