Kuzatuvchi va uning vazifasi. Joylarni o’rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish.

Kuzatuvchi va uning vazifasi. Joylarni o'rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish.

Kuzatuvchi va uning vazifasi. Joylarni o’rganish usullari, belgilangan kuzatish maydonida dushmanni ilg‘ash va kuzatish.

Kuzatuvchi – askar, o‘zi ko‘rinmagan holda hamma narsani ko‘rishi va eshitishi kerak. Kuzatish uchun komandir shunday joyni tanlashni buyuradiki, bu joydagi atrof yaxshi ko‘rinishi, yaxshi niqoblangan, raqib o‘qidan yashirin va oson boriladigan joyi bo‘lishi kerak.

Kuzatish uchun joy tanlash. 

Baland qoyalar va tepaliklar ustida alohida turgan daraxt, qurilmalar, chakalakzorlar cheti, o‘rmon, alohida butalar chetida turish ya’ni raqib uchun orientir – mo‘ljal bo‘la oladigan va uni diqqatini tortadigan joylarda turish mumkin emas.

Kuzatish uchun eng qulayi — okoplar, ariqlar, snaryadlardan qolgan handaklar va boshqa erdagi chuqurliklardir. U joylar shunday tanlanadiki, bunda orqada ko‘tarilish, tepalik yoki butalar bo‘lishi kerak, bu vaqtda kuzatuvchi osmon fonida aniq ko‘rinmaydi.  Mahalliy predmetlar yonida (ustun, daraxt va b.) kuzatish soya tushgan tomondan olib boriladi.

Seksiyaning razvedka uchun ajratilgan shaxsiy tarkibi jasurlik bilan, yashirincha harakat qilishi, topqirlik, tashabbuskorlik va harbiy ayyorlikni namoyon etishi, razvedka ma’lumotlarini o‘z vaqtida qo‘lga kiritishi va ular haqida axborot berishi lozim.

Razvedka natijalari haqidagi axborotlar ishonchli, qisqa va aniq bo‘lishi lozim. Ularda, odatda, quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: qanday dushman, qachon va qaerda aniqlanganligi, uning harakatlarining xususiyatlari, o‘zining turgan joyi va qarori.

Dushmanning orqa tomonida razvedka olib borish uchun tayinlangan seksiya komandirining ish xaritasida o‘z qo‘shinlari haqida qandaydir ma’lumotlarning bo‘lishi taqiqlanadi, butun shaxsiy tarkibga esa shaxsiy va xizmat xujjatlarini yonida olib yurish man etiladi.

To‘satdan, kutilmaganlikka erishishning shartlaridan biri mustahkam intizom va seksiya (tank) shaxsiy tarkibini pistirma joyida puxta niqoblanishi hisoblanadi. Pistirmani bildirib qo‘yadigan har qanday iz va belgilar yo‘qotilishi, puxta niqoblanishi kerak. Pistirmaga joylashagn seksiya (tank) dushmanga xujum qilguncha, o‘zini mutlaqo sezdirmasligi kerak, yaqinlashayotgan dushman to‘g‘risidagi kuzatuvchi o‘rnatilgan signal bo‘yicha komandirga habar beradi.

Dushman kichik guruhlari, ularning yakka askarlari va ofitserlariga hujum qilinganda ularning eng yaqin masofaga kelishini kutib, keyin to‘satdan hujum qilinadi. Dushmanning nisbatan katta guruhiga hujum qilinganda, pistirmadagi seksiya o‘zining barcha o‘t ochish vositalaridan foydalanib, dushmanga to‘satdan talofat etkazib, dushmanlar o‘ziga kelguncha hujjatlar, qurol-aslaha namunalari va asirlarni qo‘lga olib ko‘rsatilgan rayonga chekinadi.

Tunda pistirma qo‘yganda seksiya shahsiy tarkibi dushman kelishi ehtimoli bo‘lgan yo‘lga, bir-biriga yaqin masofada, bir-biriga talofat etkazmasligi uchun yo‘lni bir tomoniga joylashtirilishi lozim. Tunda dushmanni kuzatish uchun tungi ko‘rish moslamalaridan foydalaniladi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba