Lug’atni boyitish va faollashtirish.

Оглавление/Munadarija

Lug’atni boyitish va faollashtirish. 

 

Lug’atni boyitish va faollashtirish.  Lug’atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya (o‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o‘tkir — uchi o‘tkirlangan, o‘tkirlangan), ko‘p ma’nolilik (o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularning ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.

Lug’atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to‘g’rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog’lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida bog’lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog’liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog’liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog’liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, to‘g’rirog’i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratilgan muloqotga muhtoj bo‘ladilar.Lug’at ishlariga oid dasturlarni amalga oshirish mashg’ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg’ulotlardan tashkil topadi:

Lug’at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg’ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.);

Lug’at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg’ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish);

Umumlashtirishlar jarayonida lug’at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg’ulotlar. Nutqiy va Lug’atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash). Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‘zlagan holda tashkil etilishi.bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida ko‘rgazmaviylikning mavjudligi.

Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg’or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to‘laqonli quruvchilari bo‘la olishlari tarbiyachiga bog’liqdir.

Bolalarga nutqni o‘rgatish uchun bo‘lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bo‘lgan metodlarini o‘zlashtirishi, bolaning ona tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.

Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so‘zlarga o‘rgatish, tovush qurilishining asosiy qonuniyatlarini farqlash zarurligi; to‘g’ri adabiy talaffuz qoidalarini o‘zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya’ni undoshlarning qattiqligi — yumshoqligi, jarangli va jarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. To‘g’ri adabiy talaffuzni mashq qilishni nutqni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor.

Bolalarning o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik (ifoda) qiyinchiliklarning yangi fonetik (tovush) qatlamga o‘tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi asoratlarni qoldiradi.

Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvistik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi. Hattoki, rus muhitida yashaydigan va o‘zga tilni etarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi nutqdagi milliy shevadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o‘qitishda birinchi mashg’ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g’ri adabiy talaffuzni shakllantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim. Shu bois, pedagog oldida quyidagi vazifalar turadi:

 

     bolalarda artikulyatsiya apparatining harakatchanligini rivojlantirish;

     eshitish organlarini yangi til tovushlariga o‘rgatish; – bo‘g’inlardagi, so‘zlardagi tovushlarni rus tilining orfoepik qoidalariga mos ravishda sof, tushunarli ifodalashni shakllantirish;

     bolalar nutqining ifodaviyligini, yaxshi talaffuzni shakllantirish; – milliy shevaning oldini olish.

To‘g’ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarning muhim qismi hisoblanadi. Bu ish lug’atni, ravon va grammatik to‘g’ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni — bolalarda og’zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).

Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.

Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog’chalari tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir.

Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini o‘rgatishning ob’ektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan. 

Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga hali o‘z yechimini topmagan muhim masalalarni qo‘ymoqda.Lug’atni boyitish va faollashtirish. 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba