Maktabgacha katta guruh yoshdagi bolalar nutqini о’stirishning metodlari va vositalari

Maktabgacha katta guruh  yoshdagi bolalar nutqini о’stirishning  metodlari va vositalari. 

Katta guruh bolalar nutqini о’stirish Bola tilining grammatik tizimini o‘z vaqtida shakllantirish – uni to‘laqonli nutqiy va umumiy psixologik rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.

Tilning grammatik tizimini bola predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bilan uzviy bog’liqlikda bilishni rivojlantirish asosida egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirish morfologiya (so‘zlarni rodlar, sonlar, kelishiklarga qarab o‘zgartirish), so‘z hosil qilish (maxsus vositalar yordamida bir so‘z negizida boshqa so‘zni hosil qilish), sintaksis (oddiy va qo‘shma gaplarni tuzish) ustidagi ishlarni o‘z ichiga oladi.

Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim. 

Bolalarda grammatik tizimni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag’batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa keng fikr bildirish, motivatsiyani yaratish muhim. Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag’batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g’riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.

Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatika sohasidagi faolligini rag’batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g’ri bog’lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.

Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirishni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g’ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur. Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g’ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullarini, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog’liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.katta guruh bolalar nutqini о’stirish 

Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jarayonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shakllanadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tuzish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi. Bola tilining grammatik tizimini shakllantirish uning nutqi (tili) rivojlanishining umumiy oqimida ro‘y berishi lozim; pedagogik rahbarlik shakllari va metodlari umumiy nutqiy rivojlanishning bosqichmabosqich xususiyatga egaligini, eng avvalo dialog va monologni, so‘zgacha bo‘lgan mazmunlisemantik tizimdan vaziyatga oid ixtiyoriy iborali nutqqa o‘tish (undan keyinchalik dialog va monolog rivojlanadi), bolalarning nutqiy havaskorligi sohasi sifatida tengdoshlar bilan muloqotning dialogik shakllarini o‘zlashtirishni hisobga olishi lozim.

 Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul:

   farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash;

   lug’at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;

   nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;

   ravon nutqni takomillashtirish;

   badiiy asarlar bilan tanishtirish;

   savod o‘rganishga tayyorlash.

Go‘dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi – kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional — erkin muloqot ushbu yoshda yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan o‘zi bilan muloqotga kirishishni “talab qila» boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli – hissiy-erkin bo‘lib, go‘dakning atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg’ularga boy munosabati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xosdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli

– ya’ni, hissiy-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof muhitga yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

                bolada kattalarga nisbatan emotsional bog’liqlik va ishonch hissini tarbiyalash; —        uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab qilishini qondirish;

                kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Masalan: «Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang keldimi? “ .

Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foydalanish usullarini o‘rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish, qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab etadi. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydalanish usullarini o‘zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo‘ladi.

Hayotining ikkinchi yiliga kelib bola narsa-buyumlarning xususiyatlarini (hajmi, shakli, rangi) va masofaviy munosabatlari (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani yig’ishni (piramida, mashina kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig’adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, sochiqqa qo‘l va yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) o‘zicha mustaqil kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatishi zarur.

Muloqotga bo‘lgan ehiyoj, narsa-buyumlardan foydalanish boladan faol nutqqa ega bo‘lishni talab etadi. To‘g’ri ta’lim berilgan taqdirda yetti yoshga kelib bola og’zaki nutqni egallaydi hamda katta yoshli yaqinlari va tengdoshlari bilan erkin muloqotga kirisha oladi; dialogda tashabbus ko‘rsatib fikr bildiradi, suhbatdoshi e’tiborini o‘ziga jalb qilish, unga so‘z, harakat va so‘zsiz usullar bilan javob bera olishni biladi; fikrlarini to‘liq va noto‘liq oddiy gaplar, qisqa matnlar shaklida ifodalay oladi;

      tanish ertaklarni hikoya qilib berish, multfil’mlar, kitoblar mazmunini aytib berish hamda biron-bir voqeani to‘qib chiqarishga qiziqa boshlaydilar;

      fikr bildirishlarda nutqning turli qismlarini, tashbehlar, qiyoslashlar va sinonimlarni qo‘llaydi;

      nutqqa tanqidiy munosabat bildira boshlaydi, grammatik jihatdan to‘g’ri so‘zlashga intiladi, shu tufayli so‘z to‘qish barham topadi, agrammatizmlar soni kamayadi; ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g’ri talaffuz etadi.

Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar mashg’ulotlardan tashqarida shakllanadi. Bolalar bog’chasida bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi.

Mehnat jarayonida – xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug’ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.

O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug’at, mashg’ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug’atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi. Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.

Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g’ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar. 

Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof-olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug’at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.

Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.

Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g’ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug’atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug’ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og’zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.

Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog’liqlikni o‘zlashtiradi.

Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog’liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayrihoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi. Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi.

Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. Yosh ulg’aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi.

Yetti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «Yaxshi yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.).

Yetti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim tashkilotsida bir guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo‘lsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. O‘yin guruhlarining barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o‘rtacha soni ikki-uch kishiga yetadi, ba’zan, ayniqsa, o‘g’il bolalarda 8-9 kishidan iborat o‘yin guruhlari vujudga keladi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarning yuqori darajasi va ulardan o‘rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada takomillashib boradi.

Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan do‘stona munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o‘z tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTMsidagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi («Hamma bilan do‘st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»). Ahloq normalari va qoidalarini o‘zlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etik o‘lchovlar uning universal insoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o‘z shaxsiga nisbatan qo‘llash bilan cheklanib qolmaydi.

Bola borgan sayin kattalarga qaram bo‘lmasdan mustaqil bo‘lib boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari murakkablashadi. Bu unga o‘zini, o‘zining afzalliklari va kamchiliklarini to‘liqroq anglab yetish imkonini beradi. O‘zi haqidagi bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib qabul qiladigan va o‘zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qiladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ravishda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zi haqidagi mustaqil tasavvurlar hamda o‘zini, o‘z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini baholash elementlari paydo bo‘ladi.

Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur:

            katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir-birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (ertaklarni sahnalashtirish, tomosha ko‘rsatish, barmoqli va boshqa teatr turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;

            o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish, emotsional bog’liqlik hissiyotlarini, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lish tuyg’ularini tarbiyalash uchun bolalarning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish; ularning emotsional holatlarini: quvonch, zavq-shavq, qayg’u, xotirjamlik, g’azab, jahl, tashvishlilikni; amaliy va shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq qoidalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda boshqa odam charchagan, unchalik sog’lom emas, o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa, nimagadir xafa bo‘lsa, tashvishga tushgan bo‘lsa unga hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalarning ifodali nutqiga, hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilish;

            kishilarning teatrda, muzeylarda, ko‘rgazmalarda, transportda, pochtada, bankda, stadionda, do‘konda o‘zini tutishini ko‘rsatuvchi hamda bolalarning axloq va nutqiy muloqot qoidalari, normalariga oid diafilmlar, shuningdek, maxsus suratga olingan maktabgacha ta’lim tashkilotsidagi kattalar va bolalar, ular ishtirokidagi o‘yinlar, mashg’ulotlar, bayramlar haqidagi videofilmlarni namoyish qilish. Bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqishni rivojlantirish vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, ko‘rgazmalar, sayrlar, ekskursiyalarga borish;

            katta yoshli odam, boshqa bolalarning iltimoslarini bajarishga intilishlarini, takliflarga javob berishini qo‘llab-quvvatlash. Kattalar mehnatiga bo‘lgan qiziqishni va uning ijtimoy ahamiyatini qadrlash, mehnat natijalarini asrab-avaylash, kattalar bilan

birgalikdagi mehnat faoliyatiga qo‘shilish qobilyatini shakllantirish.

Bolaning kattalar hamda tengdoshlari bilan muloqoti va munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek o‘zining obrazi va o‘ziga bo‘lgan munosabat shakllanishida erishilgan yutuqlar shaxsning ijtimoiy layoqatlilik yoki yetuklik kabi kompleks bazaviy xususiyatlarida jamlanadi.

Yetti yoshga kelib bolaning ijtimoiy rivojlanishi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

      bola mehribonchilik, e’tibor va g’amxo‘rlik ko‘rsatadi; yordam

so‘rash va uni ko‘rsatishni biladi; boshqa kishilarning xohishlarini hurmat qiladi; o‘zini tutib tura oladi. Hamon tarbiyachining ijtimoiy-psixologik layoqatiga, uning bolani yaxshi bilish qobiliyatiga, bolaning xulqidagi ijobiy xislatlarni topishga intilishi, o‘ziga-o‘zi baho berishning kamayishi yoki ortishi bilan bog’liq emotsional muammolarni «oldindan ko‘ra olish» imkoniyatiga bog’liq bo‘lgan kattalar (pedagog, oila a’zolari) bahosi muhim rol o‘ynaydi;

      o‘z xulqi va muloqot vositalarini boshqarishga qodir; u o‘z xulqi

bilan boshqalarga xalaqit bermagan holda, kattalar va tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatga qo‘shilishi mumkin;

      ayrim kishilar bilan muloqot vaziyatlarida o‘z qadr-qimmatini

bilish, o‘zini hurmat qilish, kattalar va tengdoshlari bilan munosabatlar tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallashga intilish tuyg’usini namoyon etadi.

O‘z imkoniyatlari va shaxs sifatidagi xususiyatlari haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun bola shaxsiy tajribada orttiradigan baho u tengdoshlari va kattalar bilan muloqotda to‘playdigan o‘zi haqidagi baholar va bilimlar bilan uyg’unlashishi lozim. Agarda bu uyg’unlik muntazam ravishda buzilib tursa, bolaning o‘zi haqidagi tasavvurlari asta-sekin ortib yoki kamayib boradi

Yuqorida bayon etilgan fikrlar bolaning ijtimoiy rivojlanishi qanchalik murakkab

ekanligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha yosh shaxsni shakllantirish, uni jamiyat shaxsiga aylantirishning eng muhim davri hisoblanadi. Shaxsni rivojlantirish uning ehtiyojlari oxiroqibatda iste’mol qilish emas, balki albatta yaratish sohasida bo‘lishini nazarda tutadi.katta guruh bolalar nutqini о’stirish  

Ijtimoiy munosabatlarning turli xillari (davlat-siyosiy xildan tortib to maishiy va ichki oilaviy xillargacha) ikki tilli individning shakllanish jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Va bu ona tili va o‘zga tilni o‘qitish turini belgilash uchun muhimdir. Multilingval vaziyatda ijtimoiy hamkorlik monolingval vaziyatga nisbatan muloqotga kirishuvchi kommunikantlar tillarining konfiguratsiyasi, ularning bir-birlarining tillariga nisbatan ko‘rsatmalari, o‘zaro bir-birini tushunish darajasi, kommunikatsiya ro‘y berishining tashqi sharoitlari xususiyatlari bilan belgilanadi:

          qanday til siyosati bola yoshida ikki tillilik shakllanishiga yordam beradi, amaliyotda tilni rejalashtirish qanday shakllarda amalga oshiriladi, qaysi toifadagi ta’lim tashkilotlari bilingv shakllanishiga yordam beradi?

          maktabgacha yoshdagi bolalarni ikki tilda tarbiyalashni tashkil etishda rasmiy va muayyan-amaliy darajada tillar va madaniyatlarning o‘zaro bir-biriga ta’sirining qaysi jihatlariga e’tiborni qaratish lozim, ikki tilli individlarni o‘rganishda qaysi muammolar ko‘tariladi, insonda tillarning o‘zaro hamkorligi va nisbatiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi?

          ijtimoiy fikr, kattalar (ota-onalar, pedagoglar va boshq.) ko‘rsatmasi bolalarni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish hamda MTMsining ikki tillilikni shakllantirishga oid faoliyati bilan qay tarzda hamkorlik qiladi? 

          ijtimoiy-rus ikkitilliligining qaysi xillari mavjud, o‘zi uchun ona tili bo‘lmasa-da, rus

(o‘zbek) tillarida so‘zlashayotganlar uchun ushbu til qaysi sifatlari bilan tavsiflanadi; rus (o‘zbek) tillarining boshqa tillar bilan aloqada bo‘lish xususiyatlari maktabgacha yoshdagi bolalarni ikkitilli qilib tarbiyalash jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

          maktabgacha yoshdagi bolalar ikkitilliligining xususiyatlari qanday?

          maktabgacha ta’lim tashkilotsida bilingvlarning xulqi xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og’zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog’lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarakatrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda «Bolajon» dasturida bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991 yil 1 sentabr), O‘zbekiston ramzlari — gerbi, bayrog’i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, yer osti va yer usti boyliklari, tog’lari, cho‘l va adirlari, tog’u soylari, o‘rmonu bog’lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug’ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek halqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston halq ho‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi xodisalar haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog’lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. 

Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib guruh bolalari yonidan o‘tib qoladi. Bolalardan biri havas bilan qaraydi va o‘z hayratini quyidagicha ifodalaydi: — «Vuy, ana u bola eshakda uchyapti». Murabbiy tuzatadi:

                eshakda uchilmaydi, eshakka miniladi. So‘ng bolalardan so‘raydi: — yana nimaga miniladi?

                velosipedga miniladi;

                poyezdga miniladi; — otga miniladi; — samolyotga miniladi.

Boshqa bir bola tuzatadi:

                poyezdga chiqiladi, samolyotga uchiladi.

Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o‘tishlari mumkin. Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g’isht, ganch, qum, ohak, va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik kasbi — ganchkorlik, g’isht teruvchi, suvoqchi, binolarning balandligi, go‘zalligi va hokazolar haqida jumlalar tuzadilar. 

Gulzorlar, bog’larga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poyezdlar, gullar, favvoralar haqida suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi, tusi, soni, xajmi, turi, o‘xshash va farqli tomonlari haqida ham mashq qilib boriladi. 

«Nima shirin?», «Nima uchadi?», «Tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping», «Men boshlayman, siz davom ettiring» kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni to‘g’ri  Xulosa : Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat tuyg’usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vujudi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand bo‘lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko‘rsatishi zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati bolada o‘ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini ko‘rsatish va shaxs sifatida o‘sish omili hisoblanadi, unda o‘zining haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga ko‘maklashadi. katta guruh bolalar nutqini о’stirish 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba