Munadarija
Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishi-larni tarbiyalash edi. Bu o’z navbatida bir necha o’n yillar mobaynida yetarli darajada xalqqa ma’lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o’zbek xalqining ma’naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi.Ma’naviy qadriyatlar tiklanishi
O’zbekiston Prezidenti I. Karimov o’zining «O`zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g’oyat rang-barangligi, milliy o’zligini anglash va ma’naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo’lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko’rsatgan edi.
Darhaqiqat, O’zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo’lmasligini hayotning o’zi ko’rsatdi. Shuning uchun ham raamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko’rdi.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo’yganidan buyon o’tgan yillar davomida ma’naviy sohada yuz bergan o’zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to’plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e’tiborning kuchayishi bo’ldi.
Ma’lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar tabiiy ravishda O’zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tarixiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O’zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og’ir sinovlarni boshdan kechirishiga to’g’ri keldi. Buyuk imperiyachilik g’oyalari negizi-da zo’ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so’nggi bor O’zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holat-lar bilan izohlanadi.
Birinchidan, O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi-ning XVI Plenumidan so’ng respublikada ijtimoiy-ma’naviy ahvolni tartibga solish niqobida SSSRning boshqa mintaqalaridan jo’natilgan kadrlarning ko’plari O’zbekistonda rahbar lavozimlarga tayinla-nishlarini o’zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday kadrlar jumhuriyat ma’naviy hayotini barbod etishga harakat qildi-lar. Shu tariqa xalqning ko’p asrlik an’analarini, madaniyati va urf-odatlarini mensimaslik elni ranjitdi.Ma’naviy qadriyatlar tiklanishi
Ikkinchidan, ayrim mahalliy rahbarlar, xususan, O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining sobiq mahalliy millatga mansub rahbarlari o’sha davrda amal kursisini yo’qotmaslik uchun markazga qo’g’irchoq bo’lib qoldilar, sotqinlik qilishdan o’zlarini tiya olmadilar. Natijada xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati oyoq osti qilindi. Ona tilining qo’llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo’yildi. Hatto shundoq ham milliy an’analardan ancha olis-da bo’lgan ayrim san’at turlari kimlargadir maqbul bo’lmay, ularni milliy mahdudlikda ayblashib, mualliflar ta’qib ostiga olindi. Bir-gina misol, 1986-yil 4-oktabrda O’zbekiston KPMKning III Plenu-mi «Ideologiya ishining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan respublika partiya tashkilotining vazifalari» masalasini muhokama qildi. Unda real hayotga mos bo’lmagan xalqning milliy o’zligini anglashiga zid ko’rsatmalar berildi. Jumladan, «O`tmishni ideallashtirish, nosinfiy va notarixiy yondashish shunga olib keldiki, Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sa-hifalarida shu vaqtga qadar ko’zga tashlanib turibdi, ayrim yozuv-chilarning e’tiborida tarix haqiqatiga zid ravishda u insonparvar va uzoqni ko’ra biluvchi siyosatchi qilib ko’rsatilgan. Bu borada tipik o’rta asrga xos jihatlarni ko’ra olish uchun Pirimqul Qodirovda sin-fiy yetuklik yetishmadi. Yozuvchi Boburning haqiqiy bosqinchilik faoliyatlarini sezmay, uning go’yo ma’rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik shoir va ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadi-yu ko’z yoshi qiladi.
Ma’naviy qadriyatlar tiklanishi
Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko’rinsa-da aslo bunday emas. Uning zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, pat-riarxal davrni qo’msashni targ’ib qilish, islomni milliy madaniyat-ning xazinachisi qilib ko’rsatishga urinish yotadi», deb ta’kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Plenum «ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tugatilsin, tarixiy o’tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodo-logiyadan og’ish yo’lidagi har qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko’rsatma berdi.
Ko’rinib turibdiki, Plenum kishilarni vatanparvarlik va inter-natsionalizm ruhida tarbiyalash kabi g’oyalarni ilgari sura turib, o’zi xalqni asl ma’nodagi vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zid uo’1-yo’riqlar belgilab berdi. Bunday noto’g’ri pozitsiya 1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo’lib o’tgan jamiyatshunos olimlarning respublika Kengashida ham yana bir bor ta’kidlandi. Kengash respublika olimlariga tarixiy voqea va hodisalarga baho berishda partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib yondashish kerakligini tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy yo’l-yo’riq xalq tomonidan ma’qullanmadi, ziyolilarning qarshiligiga uchradi.Ma’naviy qadriyatlar tiklanishi
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi bu borada o’zi yo’l qo’ygan xatoni o’zi tuzatishga majbur bo’ldi. O’zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma’ruza qilgan, uning birinchi kotibi LA. Karimov shunday dedi: «Yaqindagina o’zbek adabi-yotining klassigi Boburni baholashda tor sinfiy yondashuv ro’y berdi. Adib ijodining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsi-tildi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1986-yilda bo’lgan uchinchi Plenumida Bobur shaxsi tahqirlanib, u «ma’rifatli zolim» deb tilga olindi. Xalqimiz Markaziy Qo’mita va jumhuriyat hukumatining Navoiy, Ulug’bek, Bobur, Mash-rab, Furqat, Qodiriy va xalqimizning boshqa buyuk farzandlari yubileylarini o’tkazish to’g’risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olganligi bejiz emas. Ularning merosi O’zbekiston xalqlari umuminsoniy qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan edi va bundan buyon ham xizmat qiladi. Biz ularning be-baho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz». O’zbekiston yangi rahbariyatining bunday pozit-siyasi respublikada ma’naviy poklanish, yangilanish davrining bosh-lanishi, ma’naviy inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi.
1991-yil, ya’ni, O’zbekiston yangi yo’lga chiqib olgan, o’zini mustaqil deb e’lon qilgan yil yana shu bilan ahamiyatliki, bu yil-da Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. Bu to’yga respublikada katta tayyorgarlik ko’rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga ayl^ndi. Avvalo buyuk shoir asarlarini keng xalq ommasiga yetkazish uchun muhim ishlar amalga oshirildi. Uning yigirma jildlik mukam-rtial asarlar to’plami nashr etila boshlandi. Bundan tashqari «Lison-ut tayr», «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «:Hayrat-ul Abror» singari shoh asarlari alohidaalohida holda bir necha ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiyommabop asarlar sovg’a kitoblar sifatida nashr qilindi.
Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat rnukofoti ta’sis etildi. Pushkin nomidagi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Shoir nomi berilgan Davlat adabiyot muze-yi yangi eksponatlar bilan boyitildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug’ bobomizning muhtasham va purviqor haykali qo’yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy qoldirgan ma’naviy me-ros bugungi kunda yangilanayotgan jamiyatimizni ma’naviy yuksal-tirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug’bek yili, deb e’lon qilinishi, uning 600 yilligini O’zbekistonda va jahon miqyosida, xu-susan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir.Ma’naviy qadriyatlar tiklanishi
Mustaqillik butun hayotimizni ostin-ustun qilib, uzluksiz mud-roqlikdan uyg’otib, qarashlarimizni o’zgartirib yuborgani kabi ma’naviyatga munosabatlarimizni ham isloh qildi. Eskicha qarash-lardan butunlay qutulmagan, yangilikning esa oldida dovdirab qol-gan bir paytimizda eng to’g’ri yo’lni tanlashda, ma’naviy va ma’rifiy turmushimiz muammolarini hal etishda yana bosh islohotchi –
Davlat ko’makka keldi va mamlakat Prezidenti «Biz ma’rifat va ma’naviyatga tadbirkorlik va tijorat sohalari tomonidan qili-nayotgan homiylikni qo’llabquvvatlaymiz, bunday homiy-larga yengillik berish lozimligini ham bilamiz. Lekin homiylik mablag’lari chinakam badiiy asarlarga, chinakam ijodiy tadbir-larga sarflanishi shart.
Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo’lgan bunday sohalarga birinchi va eng katta homiy – davlatning o’zi», dedi. Bu moddiy jihatdan birmuncha qiyinchilik sezi-layotgan bir davrda ma’naviy hayotimizga davlat g’amxo’rligining yorqin ko’rinishidir. Zotan, har yili ma’naviy va ma’rifiy ravnaq uchun davlat jamg’armasidan katta miqdorda mablag’ ajratilayot-gani, mazkur tarmoq tashkiliy-ijodiy ishlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina misol sifatida shuni aytish mumkinki, sobiq Ittifoq doirasidagi mamlakatlarning hech biri-da O’zbekistondagichalik ko’p miqdorda darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, dasturlar nashr etilmagan va ommaviy tarzdagi tadbirlar amalga oshirilmagan.
Bularning hammasi O’zbekistonda milliy madaniyat va ma’naviyat ravnaqining keng miqyosli dasturi mavjudligini, unga bevosita davlatning o’zi, hukumatning rahnamolik qilayotganini ko’rsatadi.
Mustaqillik yillarida ma’naviy poklanish haqida gap ketganda O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi va uning ahamiyatiga ham kitobxon e’tiborini tortish lozim.
Bu sobitqadam yo’l 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Lo-tin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida»gi Qonunda va 1995-yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi sessiya-sida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida»gi Qonuniga o’zgartirishlar kiritish haqidagi Qonunda yanada mustahkamlandi va rivojlantirildi.
Mazkur qonunlar o’zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomi-ning mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi.
Mazkur qonunlarni ishlab chiqish jarayonida to’plangan tajriba har taraflama umumlashtirildi va tahlil etildi, Davlat tiliga o’tish bo’yicha qilingan ishlar xolis baholandi. Puxta o’ylab, real jarayon-lar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borishga qaror qilindi.
Mutlaqo ravshanki, til islohoti bilan bog’liq barcha sanalar yangi Qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilishi kerak. Negaki, davlat tilini eski alifboda joriy etib, so’ngra yangi yozuvga o’tish maqsadga muvofiq emas.
Ana shu holatlarning hammasini hisobga olib, «O`zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonunga zarur o’zgarishlar kiritish ehtiyoji tug’ildi. Bu qonun respublika hali SSSR tarkibida bo’lgan va madaniy-ma’naviy sohada o’ziga xoslikni mustahkam-lashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan edi. Shundan beri vaziyat tubdan o’zgardi.
Qonunning ko’pgina moddalari va qoidalari jiddiy o’zgartirishlar hamda qo’shimchalar kiritishni taqozo eta boshladi, ayrimlari esa eskirdi.
Davlat va ijtimoiy sohaning barcha tomonlarini isloh qilishning respublikada qabul qilingan va hayot tasdig’idan o’tgan konsepsiya-si o’zgartirishlarning izchilligi, bosqichma-bosqichligi tamoyilidan kelib chiqadi. Bu til muammosiga to’la taalluqlidir.
O’z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag’ri keng bo’ladi. O’zbekistonning mustaqilligi va taraqqiyoti puxta ta’minlangan, xal-qimiz o’zining buyuk kelajagini dadil bunyod etayotgan bugungi kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib, shoshmashosharlik qilishning zarurati yo’q.
Ko’rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qila-yotgan turli millatga mansub fuqarolarning barchasi o’zbek tilini tez va erkin o’zlashtirib olishni ta’minlaydigan zamonaviy uslubi-yotlar, darsliklar va o’quv-ko’rgazmali qo’llanmalar sekinlik bilan yaratilayotgan edi. Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ish-lash uchun maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar – o’zbek tili o’qituvchilari ham yetarli emas edi.
Qonunning ayrim qoidalari qayta ko’rib chiqishni, tahrir qilishni talab qilardi. Xususan, 4-modda davlat hokimiyati va boshqaruvning barcha xodimlaridan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada davlat tilini bilishni taqozo etadi. Bu borada yoshiga yoki ish stajiga ko’ra hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan. Amaliyot shuni ko’rsatdiki, bu talabni rus tilida o’qigan va uzoq yillar shu tilda kasb-kor bilan shug’ullangan yuzlab va minglab keksaygan malakali mutaxassislar bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat ravnaqi yo’lida xotirjam ishlash va o’z imkoniyatlaridan loaqal pen-siya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari uchun imko-niyat berish maqsadga muvofiq bo’lib qoldi. Davlat tilini o’rganish bo’yicha barcha harakatlarni 5-10 yilda davr talabiga mos yangi mutaxassislar tayyorlaydigan maktablar, texnikumlar, oliy o’quv yurtla-riga qaratish lozim bo’lib qoldi.
Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o’tish asosli o’quv-uslubiy negizni yaratishni taqozo etardi. Pedagogika oliy o’quv yurt-lari va universitetlarida o’zga tilda so’zlashuvchilar o’qiydigan maktablar uchun o’zbek tili o’qituvchilari tayyorlash bo’yicha maxsus fakultetlar va bo’limlar ochish, ilmiy-uslubiy tadqiqotlarni kengay-tirish va chuqurlashtirish, yangi darsliklar va qo’llanmalarni nashr etish lozim edi.
Ushbu bay on qilingan takliflarni ro’yobga chiqarish til isloho-ti uchun mustahkam, o’zaro uyg’unlikdagi qonuniy asosni vujudga keltiradi. Taklif etilayotgan tadbirlar hamma yerda ancha uyushqoq-lik bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o’tish imkonini beradi. O’zbekistonda ba’zi mamlakatlardagidan farqli o’laroq, tilga yoki boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar belgilanishi istisno etiladi. Bu xalqimiz ko’z qorachig’idek ardoqlayotgan barqarorlikni, fuqarolar tinchligini va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga ko’maklashishini hisobga olib O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Bu ham mamlakatimizda aholining ma’naviy barkamolligi uchun xizmat qiluvchi bir omil sifatida ahamiyatga ega bo’ldi.
Prezident I. Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g’oya asosida yuksak ma’naviyatni, barkamol ja-miyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalarning yakuni, bu soha-dagi strategik maqsadlarimizning o’ziga xos konsepsiyasi vazifasini bajarmoqda.