Markaziy Osiyoda buddaviylik.

Оглавление/Munadarija

Markaziy Osiyoda buddaviylik. 

Gʼarbda Orol va Kaspiy dengizi boʼylari Janubda Hind daryosining quyi oqimi, Sharqda Xoʼtan (Xitoy)dan Banoras (Gang daryosi boʼyidagi shahar)gacha choʼzilgan Kushonlar imperiyasining boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarining yaxshilanishi, savdo–sotiqning rivoji yangi shaharlarning paydo boʼlishiga olib keldi. Kushonlardavrida buddaviylikka katta ahamiyat berilgani, diniy rasm–rusumlarni bajarishga alohida eʼtibor bilan qaralgani bois maxsus ibodatxonalar bunyod etilib, buddaviylik xalq turmush tarzining muhim tarkibiy qismiga aylanib bordi, madaniyat rivojiga kuchli taʼsir koʼrsatdi.

Buni oʼsha davrda Baqtriya– Toxaristonning eng taraqqiy etgan madaniyat markazlaridan biri boʼlgan Termizning madaniy–maʼnaviy hayotida buddaviylikning oʼrni misolida koʼrish mumkin. 

Miloddan avvalgi 1–asrda Termizda buddaviylik ustuvor mavqega ega boʼldi. Bunda shahar zodagonlarining buddaviylikni qabul qilishi va ibodatxonalar qurilishiga homiylik qilishlari muhim ahamiyat kasb etgan. Qoratepa va Fayoztepa ibodatxonalari eng katta sajdagohlardan hisoblangan. Ularda Buddaning loydan yasalgan katta haykali va stupalar boʼlgan. Ibodatxonalar odatda yer osti va yer usti qismlaridan iborat boʼlgan. Bu yerda alohida stupalar ham mavjud boʼlib, ular oq marmardan mahorat bilan ishlangan Budda haykalchalari bilan bezatilgan

“Zoʼrmala” stupasi mahobati bilan ajralib turgan. Stupalar bir necha balandlikda toʼrtburchak shaklda bunyod etilgan. Stupa usti gumbazsimon qilib ishlanib, unga yogʼoch yoki toshdan yasalgan langar oʼrnatilgan. Bu langarlarda toshdan yasalgan bir necha soyabon boʼlib, buddaviylar uni “chatra” deb atashgan. “Chatra” muqaddas daraxt timsolidir. 

Stupa koinot ramzi hisoblangan. Uylarda Budda haykali qoʼyilgan maxsus ibodat qiladigan xonalar boʼlgan. Keyinchalik Budda haykallari yoniga boddhisattvalarning loydan pishirilgan kichkina haykalchalari qoʼshilgan. Ushbu holat ham shahar aholisi hayotida buddaviylik alohida ahamiyat kasb etganini koʼrsatadi.

Markaziy Osiyoda buddaviylik.  Fayoztepa “vixara” (sanskritcha – kulba, boshpana, buddaviy rohiblarning yomgʼir mavsumi vaqtida yashaydigan kulba, hovli va bogʼdan iborat boʼlgan joyi) uslubidagi ibodatxona boʼlib, uning markazida diniy marosimlar oʼtkazilgan. Ibodatxona bilan yonma–yon joylashgan stupadan oltin suvi yurgizilgan, sopol va marmardan yasalgan haykallar topilgan. Bu yerdan marmartoshdan nafis ishlov berib yasalgan muqaddas “Boddxa” daraxti ostida oʼtirgan Budda va uning ikki tomonida turgan ikki rohib haykali ham topilgan.

Qoratepa xarobasidan shimoliy Baqtriyadagi eng katta va mahobatli stupa topilganini alohida qayd etish lozim. Bizgacha stupaning asosi hamda zinapoyaning ikki tomonida joylashgan kichik stupalar, oʼsha davrga tegishli yozuv namunalari saqlanib qolingan. 

Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa oʼrnida boʼlgan. Kushonlar hukmdori Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllanib, savdo–sotiq markazlaridan biriga aylangan. Surxondaryo viloyati Shoʼrchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa (qalinligi 10 metrgacha boʼlgan qudratli mudofaa devori bilan oʼrab olingan qalʼa shahar) majmuasidan Budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan dahma, shuningdek, oltin xazina toʼldirilgan ikki yarim metrli sopol koʼza topilgan. Bular buddaviylikning oʼsha davr xalqlari ijtimoiy– maʼnaviy hayotidagi mavqei va boshqa mahalliy dinlar oʼrtasida egallagan oʼrnini koʼrsatadi. 

Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va madaniyati rivojida buddaviylik muayyan oʼrin egallaydi. Bunga Markaziy Osiyo hududida joylashgan Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Аyritom mavzelaridan topilgan arxeologik qazilmalar, jumladan, Shakьyamuni sanamlari, haykalchalar, ramziy gʼildiraklar va stupa qoldiqlari, shuningdek, marmardan yasalgan va juda yaxshi saqlangan Budda haykali aniq dalolat beradi.

Markaziy Osiyoda buddaviylik.  Qadimgi Termiz xarobalaridan topilgan yirik ibodat majmuasida 25 ta Budda kompleksi (Buddaning tikka turgan, oʼtirgan va yotgan holdagi haykallari 3–4 metrgacha balandlikda loy–ganchdan ishlangan) borligi aniqlangan. 

Qoratepada topilgan arxeologik yodgorliklar yer usti va gʼor ichida joylashgan ibodatxona, saroy, rohib (zohid) uchun moslashtirilgan hujralardan iborat boʼlgan. Аrxeologik qazilmalar natijasida topilgan yodgorliklar buddaviylikning oʼsha davrdagi mavqei haqida xabar beradi. Shuningdek, ajdodlarimizning yuksak moddiy madaniyati, dini, urf–odati, tafakkur tarzi haqidagi tasavvurimizni boyitishga xizmat qiladi. 

Hozirgi davrda buddaviylik Janubiy, Janubiy–sharqiy, Sharqiy Osiyo mamlakatlari Shri Lanka, Hindiston, Birma, Tailand, Laos, Moʼgʼuliston, Kambodja, Vʼetnam, Xitoy, Singapur, Butan, Nepal, Malayziya, Koreya, Yaponiya, qisman Yevropa va Аmerika qitʼasi, Rossiyaning Tuva, Buryatiya, Qalmiqiston kabi hududlarida keng tarqalgan. 700 milliondan ortiq kishi buddaviylikning turli yoʼnalishlariga eʼtiqod qiladi. Hozirda buddaviylik Yaponiyaning davlat dini hisoblanadi.Markaziy Osiyoda buddaviylik.  

mavzular

manba