Mashg’ulot o’tkazishdagi xavfsizlik choralari. O’qdonni o’q bilan to’ldirish va sumkaga joylash. Tayanchni tayyorlash. Tayanchdan yotib otishga tayyorlash. Otishni amalga oshirish. Otishni to‘xtatish.

Mashg'ulot o'tkazishdagi xavfsizlik choralari. O'qdonni o'q bilan to'ldirish va sumkaga joylash. Tayanchni tayyorlash. Tayanchdan yotib otishga tayyorlash. Otishni amalga oshirish. Otishni to‘xtatish.

Mashg’ulot o’tkazishdagi xavfsizlik choralari. O’qdonni o’q bilan to’ldirish va sumkaga joylash. Tayanchni tayyorlash. Tayanchdan yotib otishga tayyorlash. Otishni amalga oshirish. Otishni to‘xtatish.

Otish qoidalari va usullarini o‘rganish mashg‘ulotlarni va otishni o‘tkazishda xavfsizlik mashg‘ulotlarni aniq tashkil qilish, tirda o‘rnatilgan tartib va qoidalarni bilish va   ularga aniq amal qilish, barcha o‘rganuvchilarni yuqori darajadagi intizomliligi orqali taominlanadi.

Mashg‘ulotlarda avtomatning moddiy qismlari va patronlarni o‘rganishda ko‘zda tutilgan xavfsizlik choralarini saqlash zarurdir. Bundan tashqari, avtomatni odamlar tarafga qaratish va mo‘ljallash taqiqlanadi.

Otish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi: otish rahbarining ruxsatisiz avtomatni ushlash va uni o‘qlash; nosoz avtomatdan otishni amalga oshirish; oq bayroq ko‘tarilganda otishni amalga oshirish; xattoki o‘qlanmagan bo‘lsa ham avtomatni otish marrasidan olib chiqish; qaerda bo‘lishidan qatoiy nazar o‘qlangan avtomatni qoldirish yoki uni otish rahbarining ruxsatisiz birovga berish; otish marrasida begona odamga “O‘t och” komandasidan to “Bekor qilinadi” komandasigacha mavjud bo‘lishlik.

Otish zonasida qo‘qqisdan odamlar va hayvonlar paydo bo‘lib qolsa otish darhol to‘xtatiladi. Xavfsizlik qoidalariga amal qilishlik mashg‘ulotlarda qurol bilan muomala qilinganda baxsiz hodisalarning oldini oladi.

O‘qdonni patron bilan to‘ldirish uchun uni chap qo‘l bilan og‘zini tepaga, shishgan tomoni bilan chapga, o‘ng qo‘lga patronlar o‘qlarini jimjiloqqa qaratib, gilza tubi bosh va ko‘rsatkich barmoqdardan teparoqqa chiqib turadigan qilib ushlanadi.

O‘qdonni sal chapga og‘itib, bosh barmoq bilan ezib patronlar bittalab yon devorlarning bukigi ostida gilza tubi o‘qdonning ortki devoriga qilib joylanadi. O‘qdonni patron bilan to‘ldirilgach, sumkaga solib qo‘yiladi.

Yotib otishga tayyorlanish.

 Otishga to‘g‘ri tayyorlanish avtomatning turg‘unligini taominlab beradi. Otuvchining gavdasini qulay va tabiiy holati mushaklarni eng kam kuchlanishini hosil qiladi va otishga to‘g‘ri tayyolanishni asosiy sharti hisoblanadi.

Otish uchun eng qulay holat — yotgan holatdir. YOtib otishda otuvchining gavdasi va qo‘llari erga qattiq tiraladi, bu avtomatni turg‘unligini ta’minlaydi. Avtomat turg‘unligini tayanchdan foydalanib yanada kuchaytirish mumkin. Odatda tayanch sifatida chim, qirindi yoki qum to‘ldirilgan qopchalardan foydalaniladi.

YOtib otish uchun hozirlik holatni qabul qilishni va o‘qlashni o‘z ichiga oladi. O‘quv mashg‘ulotlarida otishga tayyorlanish uchun komanda alohida berilishi mumkin. Masalan: “ Otish marrasiga, qadam — BOS” va so‘ngra “O‘QLA”. Agar zarur bo‘lsa “o‘qla” komandasidan avval otish uchun holat ko‘rsatiladi. Masalan: “YOtib -O‘QLA”.

YOtib otish uchun holatni qabul qilishda, o‘ng qo‘lni tepaga ko‘tarib avtomat elkadan olinadi, uni chap qo‘lga olinib stvol qutisidan ushlanadi. So‘ng avtomat o‘ng qo‘lga olinadi stvol nakladkasi va sevyodan stvol  uchini oldinga qaratib ushlanadi; shu bilan bir vaqtda o‘ng oyoq bilan oldinga va sal o‘ngroqqa bir qadam tashlanadi. Oldinga engashilib chap tizzaga tushiriladi va chap qo‘lni oldinga, barmoqlarini o‘ngga qilib qo‘yiladi. (rasm, a); so‘ngra chap oyoqning son qismiga va chap qo‘lning tirsagiga suyalib chap yon bilan yotiladi va tezda qoringa ag‘darilib olinadi, oyoqlar uchlari tashqariga qilingan holda engilgina ochiladi; bunda avtomat sevyosi bilan chap qo‘l kaftiga qo‘yiladi (rasm, b).

Otish uchun holat qabul qilingach qurolni o‘qlash amalga oshiriladi. Bu otishga tayyorlanishni ikkinchi elementi hisoblanadi.

Mashg’ulot o’tkazishdagi xavfsizlik choralari. O’qdonni o’q bilan to’ldirish va sumkaga joylash. Tayanchni tayyorlash. Tayanchdan yotib otishga tayyorlash. Otishni amalga oshirish. Otishni to‘xtatish.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba