Munadarija
Mashg’ulot rahbar yordamchisiga yo’riqnoma berish.
Rahbar yordamchisiga yo’riqnoma berish Mashg‘ulot o‘tkazish uchun o‘quv joylariga yordamchilarni tayyorlash.
YOCHQBT bo‘yicha mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazishda, ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun ba’zida harbiy rahbarga yordamchilar talab qilinadi.
Harbiy rahbar (CHQBTO‘) mashg‘ulot o‘tishda yordam beradigan yordamchilar uchun o‘quv joylarga a’lohida rejalar tuzilib ularda mashq qilinadigan o‘quv savollarni yoki usul va harakatlarni, mashg‘ulotning maqsadini, moddiy ta’minotini va o‘quv savolini, usul, harakatlarni mashq qilish tartibini, me’yor ko‘rsatkichlarini va baholash tartibini ko‘rsatishi mumkin.
O‘quv joylari uchun, bunday rejalarni yo‘riqli ko‘rsatmalar deb ataladi. Yo‘riqli ko‘rsatmalar 15 – 20 sm li vatman qog‘ozda bajarish va ularni tutqichli fanerga mustaxkamlab qo‘yish yaxshi bo‘ladi.
Odatda, seksiya sardorlari yoki yaxshi tayyorlangan intizomli talabalarni yordamchilar qilib tayinlanadi. Harbiy rahbar CHQBTO‘ mashg‘ulot boshlanishi arafasida yoki oldindan ishonch xosil qilish uchun yordamchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tazishi kerak.
Bunda u tayinlangan yordamchilarni materialni yaxshi o‘zlashtirganliklarini pribor va boshqa o‘quv buyumlaridan foydalanish qoidalarini o‘rganganliklarini, me’yoriy ko‘rsatkichlar va baholash tartibini bilish yoki bilmasliklarini tekshirib oladi. Faqat shundan so‘ng yordamchilarga o‘quv joylarida mashg‘ulotlarni o‘tkazishlariga ruxsat beradi.
YOCHQBT o‘quv mashg‘ulotlarini uslubiy jihatdan to‘g‘ri, yuqori pedagogik darajada va harbiy ishni yuqori saviyadagi bilim bilan olib borish uchun harbiy rahbar
(CHQBTO‘) ning o‘zi u yoki bu mashg‘ulotga sifatli tayyorlanishi va o‘quv-moddiy bazani va ta’lim texnik vositalarini , shuningdek, zaruriyat bo‘lsa mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yordamchilarni ham tayyorlab qo‘yishi va bu ishlarni mukammal darajada bo‘lishini ta’minlashi shart.
Harbiy rahbar O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa xaqida»gi, «Harbiy xizmat umumiy harbiy majburiyati xaqida» gi qonunlari, harbiy xizmatga respublika fuqarolarini tayyorlash xaqidagi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va asosiy qoidalari bilan tanishtirishda talabalar ularning ma’no va mazmunini, Vatan himoyasi bo‘yicha o‘z vatanparvarlik burchini albatta ado etishga tayyor bo‘lgan mustaqil davlat fuqarosi ma’naviy qiyofasini tasvirlaydigan buyuk ma’naviy qadriyatlar sifatida qabul qilishlariga erishish uchun harakat qiladi.
CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni asosiy yo‘nalishlari o‘sib kelayotgan avlod jismoniy va ma’naviy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, CHaqiriqqacha va chaqiriq yoshidagi yoshlarni davlat mexnati va mudofaasiga tayyorlash.
YOCHQBT asosiy vazifalariga harbiy bilimlar kerakli xajmini o‘zlashtirish, jismoniy tayyorgarlik, o‘z vatani harbiy tarixini, ramzlarini va tamoyillarini o‘rganish, vatanparvar fuqaro, sodiq jangchini shakllantirish kiradi.
«YOshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlash» jarayonida talabalar:
- o‘zining konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarini anglash, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini, Vatan himoyasi haqida va uni qurolli tajovuzdan himoya qilish haqida bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasining mudofaaga qaratilganligini;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarning vazifalarini;
- O‘zbekiston Respublikasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunlarni, O‘zbekiston Ruspublikasi Vazirlar Maxkamasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xizmatini tashkillash to‘g‘risida»gi qarorini, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga kiritish va chiqarish, harbiy jinoyat sodir etganligi uchun va harbiy xizmatdan bosh tortganligi uchun jinoiy hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi asosiy qoidalarini o‘rganishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Nizomlari va harbiy qasamyodning asosiy talablarini o‘rganish va anglashi;
- harbiy qismning qurol va harbiy texnikasi, shaxsiy tarkibning turmush tarzi va joylashuvi bilan tanishishi;
- harbiy ish asoslari, zaruriy harbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, shuningdek jismoniy chiniqish va ruhan hamda ma’nan mustahkam bo‘lishi;
- fuqarolar muhofazasi va tibbiy bilim asoslarini o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi.
YOCHQBT jarayoni yoshlar harbiy xizmatni o‘tashda o‘zining konstitutsiyaviy burchini a’lo darajada bajarilishini va o‘ziga topshirilgan zamonaviy jangovar qurol va harbiy texnikani qisqa muddatda o‘zlashtirib olishini ta’minlashdan iborat. rahbar yordamchisiga yo’riqnoma berish
YUqorida qayd etilganlarga erishish, erishganda ham muvafaqiyatli erishish har bir harbiy rahbar (CHQBTO‘) ning imkoniyatlari etarli bo‘lavermaydi.
Biroq shunga qaramay o‘quv dasturi talablarini bajarilshida harbiy rahbar (CHQBTO‘) ning faoliyati muhim omillardan bo‘lib qolaveradi.
Tajribali harbiy rahbar (CHQBTO‘)lar mashg‘ulot o‘tkazish uchun, ayniqsa amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv joylariga yordamchilarni tayyorlashni o‘z vaqtida amalga oshiradilar.
Buning bilan ular mashg‘ulot samaradorligini oshirib, o‘zlariga qulaylik, talabalarga mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini yaratadilar.rahbar yordamchisiga yo’riqnoma berish
Muallif: Xasanov M