Mashg’ulotlar uchun o’quv quroli va KKM, PMlar va ularga o’qdorilarni olish, qayd etish, tashib keltirish, ro’yhatga qo‘yish.

Mashg'ulotlar uchun o'quv quroli va KKM, PMlar va ularga o'qdorilarni olish, qayd etish, tashib keltirish, ro'yhatga qo‘yish.

Mashg’ulotlar uchun o’quv quroli va KKM, PMlar va ularga o’qdorilarni olish, qayd etish, tashib keltirish, ro’yhatga qo‘yish.

Harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlarini olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa Vazirligi ta’lim  muassasalarini  va o‘quv punktlarini o‘quv qurollari, kichik kalibrli miltiqlar, ular uchun patronlar, o‘quv texnikasi, individual himoya vositalari, radiatsion va kimyoviy razvedka priborlarini    ta’minot ro‘yxati bo‘yicha bepul ta’minlaydi.  Ta’lim muassasalariga, o‘quv punktlariga va MK «Vatanparvar» tashkilotiga o‘quv kurol – aslahalar, o‘q dorilar harbiy okruglar ta’minot organlari tomonidan MIB naryadi bo‘yicha beriladi, kichik kalibrli patronlar esa — mudofaa ishlari bo‘yicha tuman bo‘limlarining taqsimoti bo‘yicha MK «Vatanparvar»  tashkilotlari orqali tarqatiladi.

O‘quv qurol-aslahalarni va kichik kalibrli miltiqlarni, ularning o‘q-dorilarini tashib keltirilishi ta’lim muassasalarining kuch va vositalari yordamida amalga oshiriladi. Olib kelishda qurol-aslahalar va kichik kalibrli miltiqlar albatta g‘iloflangan, o‘q-dorilar esa qutilarga solinib va muhrlanishi shart.

Tashib  keltiriladigan qurol-aslahalar, kichik kalibrli miltiqlar va o‘q-dorilarni yo‘l davomida qo‘riqlash va kuzatib borish uchun ikki kishidan kam bo‘lmagan qo‘riqchi  ajratiladi.

O‘quv  qurollari va o‘q dorilar, kichik kalibrli miltiq va ularga patronlarni olish uchun ruxsatnoma olish, qabul qilib olish, hisob yuritish va ta’lim muassasasida saqlash, «YOshlarni harbiy xizmatga tayyorlash haqidagi Nizom»ning ettinchi bobida belgilab ko‘rsatilgan. Ta’lim muassasalari o‘quv qurollari va o‘q  dorilarini, kichik kalibrli miltiqlarni tuman (shahar) IIB tomonidan  ularni saqlash  uchun maxsus jihozlangan xona va ichki ishlar bo‘limining o‘quv quroli va o‘q dorilar olishga ruxsati asosida olinadi va maxsus qurol saqlash uchun jihozlangan  xonaning talabga javob berishi haqidagi dalolatnomasiga  binoan uch oy muhlat bilan beriladi.  Foydalanilmagan ruxsatnomalar ichki ishlar bo‘limlariga, kichik kalibrli patronlar esa  MK «Vatanparvar» tashkilotiga qaytariladi. Ta’lim  muassasalariga o‘quv qurollari, ular uchun  o‘q  dorilar, kichik kalibrli miltiq va patronlarni berilishi foydalanishga, saqlashga va hisob-kitobini yuritishga bevosita javobgar shaxsni  shaxsini tasdiqlovchi xujjati, ishonch bldirilgan noma va ichki ishlar bo‘limlari ruxsatnomasi kabi hujjatlarini taqdim qilganida amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) MIB o‘quv qurollari va o‘q dorilarni olayotgan va tarqatayotgan shaxslar ularning texnik  ko‘rsatmalari maqsadga mos ekanligiga ishonch hosil qilishlari shart.O‘quv  quroli va kichik kalibrli miltiqlar bir oy muddat ichida ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilib va ularni saqlash uchun ruxsatnoma olinishi kerak, bu ruxsatnoma ta’lim muassasasi direktori nomiga uch yil muddat bilan rasmiylashtiriladi. Ta’lim muassasasi o‘quv qurollarini saqlashga uchun ruxsatnomaga ega bo‘lganidan keyin ta’lim muassasasiga kichik kalibrli patronalar olish (sotib olish)ga ruxsat beriladi. Qurol saqlash   xonasi jihozlangandan keyin ichki ishlar organlari markaziy qo‘riqlash pultiga ulanadigan tovush singalining iloji bo‘lmasa yoki bu borada qiyinchilik tug‘ilsa, binoning tashqi tomoniga yoki eng yaqin bo‘lgan postga chiqarilgan yoki mahalliy sharoitga qarab ta’lim muassasasining ikki kishidan kam bo‘lmagan  xodimlari (xizmatchilari) ga o‘rnatilgan  baland  ovozli (sirena) avtomatik tovush signali  bo‘lsa o‘q otar qurollarni saqlash 1-2 yillik muddatga ruxsat beriladi. Ta’lim muassasasi direktori o‘zgargan taqdirda va ta’lim muassasasining nomi va manzili o‘zgartilsa qurol saqlash ruxsatnomasi o‘n kun muddat ichida qayta rasmiylashtirilishi kerak.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba