Mikoplazmalar.

Оглавление/Munadarija

Mikoplazmalar.

Mikoplazmalar.

Mikoplazmalar polimorf, turli shakldagi mikroorganizmlar, nihoyatda mayda, haqiqiy bakteriyalardan hujayra devori yo‘qligi bilan farqlanadi.

Ko‘pincha harakatsiz, sporalar hosil qilmaydi, bakteriologik filtrlardan o‘tib ketadi (0,1 — 0,2 mkm va undan kichik).

Mikoplazmalar orasida saprofit va parazit formalari bor. Hayvonlarda turli — tuman kasalliklarni vujudga keltiradi. Ularni 10 – 20 % ot qonining zardobi qo‘shilgan qattiq oziq muhitlarida o‘stirish mumkin. Suyuq oziqa muhitlarda mikoplazmalar kokkisimon, yulduzsimon, disksimon, ipsimon va boshqa shaklli bo‘lib, qattiq oziq muhitlarda esa o‘rtasi qora mayda koloniyalarni hosil qiladi. Bergi mikoplazmalarni prokariotlar olamining mikoplazmalar bo‘limiga ajratadi.

Mikoplazmalarga bakteriyalarning L-shakllilariga yaqin turadi. Bu bakteriyalarni tajriba yo‘li bilan ham olish mumkin, buning uchun bakteriyalarga pensillin bilan ta‘sir etiladi.

Mikoplazmalar ichida yaxshi o‘rganilgani erkin holda hayot kechiradigan Mycoplasma laidlawu dir. G.Morovin va M.Turtelen(1964) ularni elektron mikroskopda ko‘rib, to‘rt xil hujayrasi: 1) elementar tanasi; 2) oraliq hujayralar; 3) yirik hujayralar; 4) ichida elementar tanasi bo‘lgan yirik hujayralar borligini aniqlaydilar.

Mikoplazmalar    odamda    va    boshqa     umurtqalilar     orasida     keng    tarqalgan.

Mikoplazmalarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. hujayralari pleomorf, diametri 0,1 —1,0 mkm;
  2. hujayralari uch qavatli membrana bilan o‘ralgan;
  3. v) bakteriya ribosomalariga o‘xshash ribosomalari bor;
  4. g) hujayralarida RNK va DNK bor. DNK qo‘sh spiralli, molekulyar oqirligi 4-108

dan 1 • 109 gacha;

  1. sun‘iy oziq muhitida o‘sadi, agarli muhitda mayda koloniyalar hosil qiladi;
  2. penitsillinga chidamli, lekin tetratsiklinga sezgir;

O‘simliklarda uchraydigan mikoplazmalar — MLO ni birinchi bo‘lib yaponiyalik olimlar aniqlaganlar. Ular qo‘qongulning sariq kasalligi, tut daraxtining pakanaligi va boshqa kasalliklarning sababchilarini elektron mikroskopda ko‘rib, mikoplazmalarga o‘xshash hujayralar borligini ko‘zatganlar. Kasallangan tut ko‘chatlariga tetratsiklin ta‘sir ettirilgach, kasallik namoyon bo‘lmay qolgan. O‘simliklarda uchraydigan MLO hujayralar ichida bo‘ladi.

Ba‘zi xususiyatlari bilan MLO bakteriyalarning L formasiga o‘xshab ketadi. MLO ning hujayra po‘sti yaxshi taraqqiy etgan, penitsillinga chidamli.

MLO patogenligi bilan bakteriyalarning L formasidan farq qiladi (3-jadval).

Mikoplazmalar o‘simliklarda 40 dan ortiq turli-tuman kasalliklar keltirib chiqaradi.

Jumladan, sariq kasalligi, qo‘qongulning sariq kasalligi, pomidordagi stolbur, makkajo‘xorining, tutning va boshqa o‘simliklarning pakanaligi, sitrus o‘simliklarning kasallanishi va boshqalarni ana shu mikoplazmalar qo‘zqatadi. Bularning eng keng tarqalgan formasi ellipssimon bo‘lib, 0,2X0,3 mkm kattalikda.

Sulida keng tarqalgan kasalliklardan biri qumbaklanishdir. Bu kasallikning sababchisi Liburnia striatella. Bu kasallik Sibirda, Uzoq Sharqda va Shimoliy Qozog‘istonda tarqalgan. Pomidor gulining tugunchalari, shonalarida Hyalesthes obsolefus gulkosa barglarining yopishib o‘sishiga olib keladi, natijada pomidor mevasi mayda va qattiq bo‘ladi, bu kasallik Qrim va Kavkazda tarqalgan.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba