Mikroorganizmlarda moddalar almashinish jarayoni.

Оглавление/Munadarija

Mikroorganizmlarda moddalar almashinish jarayoni.

Mikroorganizmlarda moddalar almashinish jarayoni.

Hamma tirik mavjudodlar singari mikroorganizmlarning yashash negizini modda almashinuvi tashkil etadi.

Modda almashinuvi (metobolizm) — bu hujayrada tashqi muhit bilan bog‘langan holda sodir bo‘ladigan moddalar kimyoviy o‘zgarishlarining yig‘indisidir.

Mikroorganizmlardagi modda almashuvi 2 xil turdagi jarayonlar bilan o‘tadi: energetik va konstruktiv almashinuv jarayonlari.Mikroorganizmlarda moddalar almashinish jarayoni.

Konstruktiv modda almashinuvi — bu hujayradagi polimer makromolekulalarning biosintezi (oksil, polisaxarid, nuklein kislotalar, hujayra qobig‘ining tashkil qiluvchilari va boshqalar).

Biosintez jarayonlarini moddalarning aktiv harakati SPM orqali hujayra tomon ko‘payishi, mikroorganizmlarning harakati uchun energiya zarur. Ular uni turli yo‘llar bilan qabul qiladi, lekin asosan hujayraga tushuvchi organik va mineral moddalar achish jarayonining natijasi evaziga boradi. Bunday jarayon energiya almashinuvi deb ataladi.

Natijada (ATF) Adenozintrifosfat kislotasi ko‘rinishida. saqlanadigan keyinchalik u hujayra ehtiyoji uchun ishlatilishi mumkin.

Konstruktiv va energetik jarayon hujayra ichida bir vaqtda bir-biri bilan zich bog‘langan holda sodir bo‘ladi. Ko‘pincha bir modda boshlang‘ich material sifatida hujayra moddasining biosintezi va energiya olish uchun (masalan, uglevod, organik kislotalar va boshqalar) ishlatiladi.

Mikroorganizmlar modda almashinuvi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu mikroorganizmlarning organik va mineral birikmalar keng doiradagi modda almashinuvida ishtirok eta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Bunday qobiliyat mikroorganizmlarda turli fermentlarning borligiga moslashadi.

Ko‘pchilik mikroorganizmlarning bir hujayrali bo‘lishi ular oziqlanishining xarakterli xususiyatini ham belgilaydi. Oziq moddalarning ular organizmiga kirishi va hayot faoliyati mahsulotlarining ajralib chiqishi tanasining butun yuzasi orqali sodir bo‘lishi mumkin, shuning uchun mazkur jarayon juda tez boradi, bu esa tashqi muhit bilan hujayra o‘rtasidagi moddalar almashinuvining tez borishini ta‘minlaydi. Bu almashinuv ikkita asosiy jarayondan: 1) tashqi muhitdan o‘sish uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni olish va ulardan hujayraning yangi tarkibiy qismini sintezlash; 2) hayot faoliyatining so‘nggi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarishdan iborat. Bu jarayonlarning birinchisi odatda oziqlanish deb ataladi.

Mikroorganizmlar tanasiga oziq moddalar butun tana yuzasi orqali diffuziyalanish yoki adsorbilanish yo‘li bilan kiradi. Bu jarayonlarning tezligiga turli omillar katta ta‘sir ko‘rsatadi. Bulardan hujayra va uning atrofidagi oziq moddalar konsentratsiyasining har xilligi hamda plazma po‘stining bu moddalarni o‘tkazishi va ularning hujayra protoplazmasida murakkab biokimyoviy o‘zgarishlarga uchrash qobiliyati ayniqsa katta ahamiyatga ega. faqat mazkur sharoit qulay bo‘lgandagina oziq moddalar tez qabul qilinadi va mikroorganizmlar juda tez o‘sadi.

O‘sish jarayonida hosil bo‘lgan yangi tirik protoplazmaning tuzilishi uchun mikroorganizmlar tashki muhitdan juda ko‘p oziq moddalar olishi kerak. Bu oziq moddalar ma‘lum miqdoriy nisbatda va muayyan sifatli yoki, aniqrog‘i, aniq kimyoviy strukturali bo‘lishi kerak. Bu quyidagi jadvalda keltirilgan mikroorganizmlar hujayra moddasining kimyoviy tarkibi haqidagi ma‘lumotlardan ko‘rish mumkin.

Mikroorganizmlarda moddalar almashinish jarayoni.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba