Miltiq qismlarining ishlash prinsipi va uni o’qlash tartibi. Vintovka bilan muomala qilinganda xavfsizlik qoidalari.

Miltiq qismlarining ishlash prinsipi va uni o'qlash tartibi. Vintovka bilan muomala qilinganda xavfsizlik qoidalari.

Miltiq qismlarining ishlash prinsipi va uni o’qlash tartibi. Vintovka bilan muomala qilinganda xavfsizlik qoidalari.

Miltiq qismlarining ishlash prinsipi.

Miltiqni o‘qlashda stvol qutiyaasi darchasi orqali qo‘yilgan patron oldinga zatvor bilan uni yuborish paytida vkladish qirralari bo‘ylab sirpanadi va patrondonga kelib tushadi. Zatvor bilan oldinga yuborishda tepki o‘zining jangovor holati bilan tepki prujinasi tirgagiga taqaladi va ushlab qolinadi, poya va jangovor lichenka oldinga harakatni davom ettirib, jangovor prujinani siqadi. Uloqtirgich va gil’za ushlagich patrondon kesiklariga kiradi, uloqtirgich tishi gilza chetiga sakrab oladi. Zatvor poyasi ushdagichini quyi holatga bo‘g‘umli kesik bo‘ylab tushirishda zatvor mahkam stvol kanalini berkitadi.

Tepkiga bosishda u o‘z o‘qi atrofida buraladi va tepki prujinasi tirgagini cho‘ktiradi, bunda u jagovor holatdan chiqadi.

Jangovor prujina ta’sirida zarbalagich jangovor lichinka kanali bo‘ylab oldinga beriladi. Jangovor lichinka  kosachasidagi oraliq orqali o‘tgan boyok gilzaga zarba beradi va otilish sodir bo‘ladi.

Miltiqni o‘qsizlantirishda zatvor ushlagichini yuqoriga burashda poya keskilari tepkining kerakli do‘nglari bo‘ylab siljiydi va tepeini, u bilan birga zarbalagichni ham siqadi.

Zatvorni orqaga olishda uloqtirgich gilzani patrondondan chiqarib tashlaydi, vkladishning do‘ngiga taqalib, gilza stvol qutichasi darchasi orqali uloqtiradi. Sung tepkining jangovor holati tepki prujinasi tirgagi tagidan utib, undan cho‘kadi . Jangovor holatdan keyin prujina ko‘tariladi va tushib qolishdan zatvorni ushlab qoladi.

Sport otishmasi uchun jangovor o‘t ochish 5,6 mm li yoppasiga va nishonga ko‘ra

otiladigan kichik kalibrli patronlar ko‘llaniladi.

Miltiqni o‘qlash tartibi: Miltiqni yotib olib otish holatida miltiq qo‘ndog‘ining bosh qismini o‘ng qo‘l bilan ushlab o‘ng oyoq bir qadam oldinga tashlanadi va oyoqni biroz o‘ngroqqa olib, oldinga engashib, chap oyoqni egib chap qo‘l bilan erga yotib chap oyoqning tovoni erga qadaladi va chap qo‘lni ko‘ksiga olinadi. CHap tomonga yotgan holda qorin tomonga tez o‘girilib erkin holda oyoqlarni tovoni bilan yozib yuboriladi. Miltiq g‘ilofi (poyasi)dan o‘ng qo‘lning  kaftiga olinadi.

Kichik kalibrli miltiqni o‘ng qo‘lda zatvor ushlagichidan orqaga tortib, stvol qutisining ochilgan joyiga o‘ng qo‘lning bosh  va qo‘rsatkich barmoqlari yordamida o‘qni olib uni o‘qdonga solinadi. O‘qni bosh barmoq bilan oldinga, stvolga to‘liq kirguncha yo‘naltiradi, so‘ngra o‘ng qo‘l bilan zatvor yopiladi.

Otishdagi to‘xtalishlar va ularni bartaraf etish usullari.

Miltiqni tozalash, moylash va saqlash qoida va tartibiyu Qurolni ishlatishda xavfsizlik choralari. Qurolga qarash, uni saqlash va avaylash.

Qurolni har doim toza hamda janga shay holatda saqlash kerak. Bunga o‘z vaqtida mohirona tozalash va moylash hamda turli xil shart – sharoitlarda to‘g‘ri saqlash va avaylash orqali erishiladi.

Miltiqni tozalash tartibi.

Qurolni tozalanishi otishga tayyorlashda, jangovor patronlar bilan otgandan keyin amalga oshiriladi. Tirda, dalada stvol qutuchasi, stvol kanali va zatvor tozalanadi va moylanadi. YAkuniy qurol tozalanish otishmadan qaytgach va kelgusi 3-4 kunlarda har kuni, daladagi mashg‘ulotdan keyin, jangdan tashqari vaqtda kunda va o‘qishlardagi tanaffus paytida amalga oshiriladi.

Agar qurol qo‘llanmagan bo‘lsa, unda u har haftada bir marta kichik kalibrli miltiq esa 10 kunda bir marta tozalanadi.

Tozalashdan keyin qurol darhol metallga namlik ta’sir qilmaslik uchun moylanadi. Qurolni tozalash va moylashni shu maqsadda jihozlangan stollarda, dala sharoitida esa toza tagliklardan, taxtadan, fonerda amalga oshirish kerak.

Otishma joyida qurol otishdan keyin suyuq qurol moyi bilan tozalanadi va moylanadi.

Qurolni sovuqdan issiq joyga olib kirishdan ilgari uning ustini qurol moyi bilan bo‘ktirilgan latta bilan artib chiqish va moy so‘rilib bo‘lgandan so‘ng tozalash tavsiya eiladi.

Qurol bevosita harbiy rahbar boshchiligida tozalanadi.Turli ob-havo sharoitlarida qurol qism va mexanizmlarini tozalash va moylash uchun quyidagilar qo‘llaniladi: 981-75 DST li suyuq qurol moyi, ishqalash, tozalash, va moylash uchun KV – 22 qog‘ozi va faqat stvol kanali uchun kanop losi.

Suyuq qurol moyi o‘rniga boshqa moyni ishlatish qa’tiyan man etiladi.

Miltiqni chap qo‘l bilan ushlab turib, o‘ng qo‘l bilan shompol butun stvol bo‘ylab bir necha bor asta surtilib chiqiladi. SHompol chiqariladi va kanop losi almashtiriladi, uni yana qurol moyi bilan bo‘ktirilib, huddi shu tartibda stvol kanali yana tozalanadi. Bir necha bor shunday qilinadi, so‘ngra shompol yaxshilab artib chiqiladi va stvol kanali toza quruq latta bilan artiladi. So‘ng toza latta bilan artish kerak. Latta ko‘zdan kechiriladi, agar unda zang, kuyindi va iflos izlari sezilsa, tozalashni davom ettirish kerak. Stvol kanali undan toza latta chiqmagunga qadar tozalanadi. Stvol kanali old qismidan va patrondon tomondan yorug‘da tekshiriladi.

Qolgan boshqa metall qismlari latta bilan quruq qilib artiladi. Qattiq ifloslanishlarda suyuq qurol moyi bilan tozalab so‘ng quruq qilib artiladi.

YOg‘ochli kismlarri  quruq  latta bilan artiladi. Tozalab bulgach har bir otuvchi instruktorga ko‘rsatadi va uning ruxsati bilan qurolni moylashga va yig‘ishga kirishadi.

Qurol kuyidagi tartibda moylanadi:

Stvol kanali, patrondon va kompensator moylanadi, qolgan barcha metall qismlari yog‘langan latta yordamida yupqa moy bilan qoplanadi. Bunda nazarda tutish keraki ortiqcha moy qismlarning ifloslanishiga olib keladi. YOg‘ochli qismlar moylanmaydi va har doim moydan tozalangan holda saqlanadi. Moylab bo‘lgach miltiq yig‘iladi, mexanizimlarining ishlashi tekshiriladi.

 Qurol bilan mashg‘ulotlarda xavfsizlik choralari:

  1. Mashg‘ulot boshlanmasdan avval miltiq o‘qlanganligini tekshirib ko‘rish zarur.
  2. Miltiqni ko‘zdan kechirish, o‘qlash va bo‘shatishda ehtiyot bo‘lishlik, harakatlar ketma-ketligiga e’tibor berish kerak.
  3. Tepkini ezishdan avval stvolni ko‘tarib turiladi.
  4. Miltiq xattoki o‘qlanmagan bo‘lsa ham uni odamlarga do‘layish ta’qiqlanadi; u mashg‘ulotlardan so‘ng saqlagichga qo‘yiladi.

5.O‘qdonni paxtavon patronlar bilan o‘qlashda ularning ichida jangovarlari yo‘qligini

tekshirish zarur.

  1. Patronlar pistonini zarbalardan saqlash kerak.
  2. Otilmay qolgan patronlardan o‘quv patronlari sifatida foydalanish ta’qiqlanadi.
  3. Foydalanish qoidalarini bilmagan shaxslarga quroldan otish ta’qiqlanadi.
  4. Rahbarning ko‘rsatmasisiz qurolni boshqa shaxsga berish ta’qiqlanadi.
  5. O‘zga shaxsga qurolni berayotganda u o‘qlanmaganligini tekshirib, keyin berish darkor.
  6. O‘zga shaxsdan qurolni olgandan so‘ng u o‘qlanmaganligini tekshirib olish darkor.
  7. Harakat chog‘ida qurolni tutish qoidalariga rioya qilish darkor (yugurib ketayotganda; avtomobilda ketayotganda va h.).
  8. Otish mashqlarida rahbarning buyrug‘iga qat’iy rioya qilinishi shart.
  9. Otish maydonida odamlar, hayvonlar va avtomobil vositalari paydo bo‘lgan xollarda

mustaqil ravishda otish to‘htatiladi.

  1. Otish mashg‘ulotlarida oq bayroq ko‘tarilganida, yong‘in sodir bo‘lganida otish

to‘htatiladi.

  1. Ruhsat etilmagan joylarda miltiqni yoyish-yig‘ish ta’qiqlanadi.
  2. Patronlarni ochish (poroxini olish maqsadida) ta’qiqlanadi.
  3. Zanglagan, shakli buzilgan patronlardan foydalanish ta’qiqlanadi.

Miltiqni otishga  tayyorlash,  va  o‘q otishning o‘ziga xos tomonlari.   Kichik  kaliberli vintovkani  otishga  tayyorlashda  xam  tozalash va moylashda xam Kalashnikov  avtomatini  otishga  tayyorlashdagi talablar qo‘yiladi va  tozalash  va  moylashdagi tartib qo‘llaniladi. Kichik  koliberli vintovkadan o‘q  otishni  o‘ziga  xos  tomoni  shundaki, otish  to‘garagida shug‘ullanuvchi talabalarning  xar  biri «Mergan  o‘qchi» ko‘krak  nishoni  uchun  otish  me’yorlarini bajaradilar.    Bu  xaqida  mashg‘ulot   rahbari  talabalarga  aytishi lozim. Mashg‘ulot  raxbarlari  kichik  koliberli vintovkadan  aniq  otishni,   qurol  bilan  ishlash qoidalarini va uni qo‘llashda  xavfsizlik choralarini,  shuningdek, qurol  to‘g‘risida  barcha  ma’lumotlarni  puxta  bilishi shart.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba