Miltiqning vazifasi, tuzilishi.

Оглавление/Munadarija

Miltiqning vazifasi, tuzilishi.

Miltiqning vazifasi, tuzilishi.

Miltiqning tuzilishi: Kichik kalibrli miltiq Tula qurolsozlik zavodida ishlab chiqarilgan bo‘lib, otish bo‘yicha o‘tkaziladigan tayyorgarlik mashqlarida otishni o‘rganish uchun qo‘llaniladi.  

Kichik kalibrli miltiq boshlang‘ich o‘qitishda va otish ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda qo‘llaniladi.

Kichik kalibrli mitiqlarning asosiy tavsiflari.

t/r Asosiy tavsiflar TOZ — 8 TOZ — 12
1 Kalibr,   mm, 5.6 5.6
2 O‘qning boshlang‘ich tezligi,  m / soniya 310 310
3 O‘qning og‘irligi,  gr 2,55 – 2,60
4 Patronning og‘irligi , gr 3,5
5 Poroxli zaryad og‘irligi, gr 0,06
6 Stvol kanalida poroxli gazning maksimal bosimi , 1300
7 Patron uzunligi , mm 25,4
8 Gilza uzunligi , mm 15,66

Kichik kalibrli TOZ-8, TOZ-12 miltiqlaridan ko‘proq sport musobaqalari o‘tkazishda hamda otish tayyorgarligining boshlang‘ich o‘q otish mashg‘ulotlarni olib borishda keng foydalaniladi. TOZ-8 miltiqning jangovar xususiyatlari:

Kalibr – 5,6 mm; og‘rligi – 3, 0/2 kg; umumiy uzunligi – 111 sm; o‘qning boshlang‘ich tezligi – 310 m/s. gacha; otish tezligi bir daqiqada – 10 – 12 martagacha; nishonga olish masofasi – 250 m; o‘qning eng uzoqqa uchish masofasi – 1200 metrdan 1600 metrgacha; o‘qning o‘ldirish (halok etishi) kuchi masofasi – 800 metrgacha.

Miltiqni vazifasi va mexanizmlarining tuzilishi.

TOZ- 8 miltig‘i stvol, Stvol qutichasi, tepki mexanizimi, nishonga olish moslamasi, zatvor va lojkadan iborat.

  • Stvol – o‘qni yo‘naltirish uchun xizmat qiladi.
  • Stvol qutichasi – kanop tola yordamida stvol bilan birlashtirilgan. U undan zatvor va vkladishni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Stvol qutichasi orqadan qopqoq yoki qopqoqcha bilan berkitiladi.
  • Tepki mexanizimi – tepkini jangovor holatda turishi uchun zarur. U tepki ilmog‘i,

tepki prujinasi vintidan iborat.

  • Zatvor – patronlarni patrondonga yuborish, stvol kanalini berkitish, otilishni amalga oshirish va otilgan gil’zani chiqarib tashlash uchun xizmat qiladi.

Nishonga olish moslamasi – miltiqni nishonga qaratish va unga zaruriy nishonga olish burchagini berish uchun mo‘ljallangan. U ochiq turdagi spektor nishon va nishonlagichdan iborat. Kichik kalibrli miltiq uchun patron maxsus kapsulaning yo‘qligi bilan farqlanadi.

Gil’za latundan tayyorlanadi va silindrik shaklda bo‘ladi. Gilza ichiga porox joylashtiriladi. Gilzaning oldingi qismiga surmali qo‘rg‘oshin eritmasidan tayyorlangan o‘q mahkamlanadi. O‘qning o‘rta qismiga stvol kanaliga ishqalanishni kamaytirish uchun etakchi belbog‘chalar qilinadi. Orqa qismida otilishda o‘q va stvol devorlari orasidan gazning chiqishini oldini olish uchun sferik chuqurlik mavjud.

Har bir kichik kalibrli miltiq uchun quyidagilar ko‘zda tutiladi:

1.Stvol kanali va patronni tozalash va moylash uchun tozalash.

2.Miltiqni yoyish va yig‘ish uchun buragich.

3.stvol kanalini tozalash uchun shompol.

4.Stvol kanalini moylash uchun dag‘al junli sho‘tka.

  1. Qurol moyini saqlash uchun moydon.
  2. Bundan tashqari miltiq to‘plamiga tasma ham kiradi.

Miltiqning vazifasi, tuzilishi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba