Mog’or zamburug’larining sistematikasi.

Оглавление/Munadarija

Mog'or zamburug'larining sistematikasi.

Mog’or zamburug’larining sistematikasi.

Zamburug‘larni sinflarga ajratish quyidagi asosiy belgilar majmuasidan foydalanishga asoslangan: zamburug‘ni rivojlanish siklida harakatlanuvchi xivchinlarining turlari, soni, tuzilishi, joylashishi, jinsiy ko‘payish sporalarining o‘sishi, rivojlanish xususiyatlari, jinsiy va jinssiz ko‘payish jarayoni, hujayra devorining tarkibi.

Mog‘or zamburug‘lari 6 ta sinfni — xitridiomitsetlar, oomitsetlar, zigomitsetlar, askomitsetlar, bazidiomitsetlar, deyteromitsetlarni o‘z ichiga oladi.

  1. Xitridiomitsetlar (chitridiomycetes). Bular asosan suv zamburug‘lari bo‘lib, bu sinfning ayrim vakillari tuproqda ham uchrashi mumkin. Mitseliysi kam rivojlangan.

Asosan jinssiz zoosporalar yordamida ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda ba‘zilari oospora, boshqalari zigospora bilan ko‘payadi. Ularning barchasi mikroskopik mayda bo‘lib, sodda hayvonlarni eslatadi.

Xitridiomitsetlar suv o‘tlari va yuqori o‘simliklarda parazitlik qilib yashaydi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan paraziti Synchytrium endobioticum- kartoshkaning o‘sma kasalligini chaqiruvchi zamburug‘ shular jumlasidandir. Kartoshkaning zararlangan tuganaklari ko‘zchalari atrofida qoramtir o‘smalar va shishlar hosil bo‘ladi (9-rasm). Kartoshka to‘qimalarining buzilishidan ular atrof muhitga tushadi. Yoz davomida bu jarayon bir necha marta qaytariladi. Kuzda zamburug‘ning tinch holatdagi shakllari paydo bo‘ladi va ular tuproqda yaxshi saqlanadi. Bahorda qulay sharoitni kelishi bilan ular o‘sib chiqadi va nihollarni shikastlaydi. Asosiy kurash chorasi kartoshkaning chidamli navlarini yaratishdir.

  1. Oomitsetlar (Oomycetes). Zamburugning bu sinfiga ikki xivchinli zoosporalar yordamida jinsli va jinssiz ko‘payadigan suvda va tuproqda yashaydigan shakllari kiradi. Bir hujayrali ko‘p yadroli, mitseliysi yaxshi rivojlangandir. Ular obligat parazitlar bo‘lib, butun rivojlanish sikli yuqori o‘simliklar tanasida o‘tadi. Shunga qaramay ular zoosporalar hosil qilish xususiyatini saqlab qolgan.Mog’or zamburug’larining sistematikasi.

Jinsiy ko‘payishi maxsus erkak va urug‘chi hujayralar qo‘shilishi natijasida amalga oshadi va zoosporalar hosil bo‘ladi. Zoosporalar uzoq vaqt tinim davrini o‘tgach o‘sa boshlaydi. Bu jarayon sporangiy hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi. Oomitsetlar madaniy o‘simliklarga katta zarar keltiradigan, ayrim hollarda ularni hosildorligini to‘la nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladigan o‘simlik kasalliklarini keltirib chiqaruvchi (10-rasm) Rnytorntora infestans (kartoshkaning fitoftorod kasalligini qo‘zgatuvchi) Plastopara vitikola va uzumning soxta unshudring kasalligini qo‘zgatuvchisi) kabi zamburuglar kiradi.

  1. Zigomitsetlar (zygomycetes). Yaxshi rivojlangan bir hujayrali, jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payadigan, taraqqiy etgan tuproq zamburug‘laridir. Ular zoosporalar hosil qilmaydilar. Jinsiy ko‘payish sporangiylarda hosil bo‘ladigan sporangiospora yordamida amalga oshadi. Gurkirab o‘sayotgan mitseliydan vertikal holda sporangiy tanachasi o‘sib chiqadi va unda yuzlab va minglab sporangiosporalar yetiladigan sporangiy hosil bo‘ladi. Ayrim zamburuglarda sporangiy tanachasi shoxlagan bo‘lib, sporangiylar mayda bo‘ladi. Bunday sporangiylarda bitta yoki bir necha spora hosil bo‘ladi. Zigomitsetlarning jinsiy ko‘payishini Rhizopus (11-rasm) zamburuglari misolida ko‘rish mumkin. Bu zamburug turini sporangiosporalari qulay sharoitda ular ko‘p shoxlagan havo mitseliylari hosil qilib o‘sadi. Havodagi gifalar substrat bilan to‘qnashganda substrat ichiga singuvchi rizoidlar hosil bo‘ladi. Bevosita ana shu ustun bitta yoki bir necha spora tanachalari hosil qiladi. Jinsiy ko‘payish davrida gifalar orasida ko‘prik hosil bo‘ladi va u asta-sekin litsenit gifalardan ajraladi, bunda avval protoplpst, so‘ngra esa yadro qo‘shiladi. Natijada zigospora hosil bo‘ladi. Biroz tinish davri o‘tgach zigosporada murg‘ak sporangi hosil bo‘ladi. Sikl yana qaytariladi.

Zoosporalar — harakatchan bo‘lib faol harakatlanadilar. Sporangiosporalar esa hamma vaqt harakatsizdirlar. Yuqori rivojlangan zamburug‘larda sporalar ekzogen holda, ya‘ni erkin gifalar oxirida hosil bo‘ladi. Fikomitsetlarning mitseliylari ko‘ndalang bo‘linmagan bo‘lib, mitseliylar chegaralangandir. Qolgan zamburug‘larda mitseliylar ma‘lum masofada qat‘iy ko‘ndalang chegaralangan yoki bo‘lingandir.

Bo‘linmadan mitseliylarda sitoplazma gifa bo‘ylab joylashadi, ammo ko‘ndalang bo‘lingan mitseliylarda ham to‘siqlar sitoplazmani alohida hujayralarga bo‘lib qo‘ymaydi, chunki har bir to‘siq o‘rtasida markaziy g‘ovak bo‘lib, undan sitoplazma va yadrolar bemalol o‘tishi mumkin. Tanasi bo‘lingan zamburug‘larda ham bo‘linmaganlari sitoplazmaning ana shunday uzluksizligi mavjuddir.

  1. Askomitsetlar (Ascomycetes). Askomitsetlar yuqori taraqqiy etgan zamburug‘larga kiradi. Mitseliysi ko‘p hujayrali yaxshi rivojlangan, ammo mitseliysiz shakllari ham bor. Bu sinfga achitqilar kiradi. Tabiatda keng tarqalgan, oziq-ovqat sanoatida ahamiyati katta aspergillus va penitsillium mog‘orlari ham shu sinf vakillaridir.

Askomitsetlar va bazidiyamitsetlar jinsiy ko‘payishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular zigota paydo bo‘lishi bilan reduksion bo‘linish yuzaga keladi. Natijada qobiq strukturalar ichida yoki tashqarisida 4 ta 8 ta jinsiy gapliod sporalar hosil bo‘ladi, ularni askomitsetlarda askolar, bazidiyamitsetlarda bazidiyalar deb ataladi. Aska jinsiy ko‘payishning so‘nngi bosqichidir.

Ko‘pchilik askomitsetlar jinssiz yo‘l bilan konidiyalar yordamida ko‘payadi.

Ko‘payishning bunday shaklini taraqqiy etmagan deb yuritiladi. Zamburug‘larni juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib hozirgi ularning faqat yetilmagan yoki taraqqiy etmagan ko‘payishi ya‘ni konidiyalar hosil qilishigina ma‘lum. Shuning uchun ularni taraqqiy etmagan yoki tuban zamburug‘lar — deyteromitsetlar deb ataladi. Askomitsetlarda zigota qopsimon shaklni oladi- asko, undagi yadro esa bo‘linadi, hosil bo‘lgan har bir qiz yadro atrofidagi sitoplazmadan hujayra po‘sti hosil bo‘ladi. Shunday qilib, har bir asko ichida 4,8 sm undan ortiq askospora hosil bo‘ladi. Aaskoni yorilishi natijasida sporalar tashqariga chiqadi. Askolar esa odatda meva tanalarida vujudga keladi. Askomitsetlar meva tanalarini 3 xil shakli mavjud.

1.Butunlay yopik meva tanalari kleystotetsiylar

2.Shishasimon meva tanalari-peritetsiylar 3.Ochiq kosasimon meva tanalari-apoteysilar.

Askomitsetlarning yalang‘och askolilari (achitqilar) ham mavjud (12-rasm) Askomitsetlar Aspergillus (lesichnaya plesen) va Penicillium (kistevidnaya plesen) kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zamburug‘lar ham kirib, ular bir biridan konidiyali bosqichi bilan farq qiladi. Bu zamburug‘ning rivojlanishida mitseliyning bitta hujayrasi o‘simta hosil qilib, vertikal gifaga aylanadi. Aspargil zamburug‘larida bunday gifalar pufakchalar hosil qiladi, ularda esa stirigmalar mavjud. Sterigmalar ipga terilgan munchoqlar kabi joylashgan konidiyalarga ega. Konidiyalar esa har xil rangga bo‘lingan bo‘lib, zamburug‘lar to‘plamlariga xos xususiyatni ko‘rsatadi. Penitsilla konidiya tanachasi shakllangan bo‘lib, har bir shoxcha konidiya hosil qiluvchi sterigma bilan tugaydi.Mog’or zamburug’larining sistematikasi.

Penitsilla va aspargilla oilasiga kiruvchi zamburug‘lar vakillari mevalarni saqlash davrida, oziq-ovqat mahsulotlarini, teri va sanoat mollarini buzilishini chaqiradi. Askosporalar javdar kurtagini gullash paytida zararlaydi. Zamburug‘ mitseliysi kurtakka kirib olib, uni yumshoq oq massaga aylantiradi. Unda konidiyalar rivojlanadi va hasharotlar yordamida yangi o‘simliklarni zararlaydi. So‘ngra oq murtak qurib, qattiq shoxsimon sklerotsiyga aylanadi. Javdar pishib yetilguncha sklerotsiylar tuproqqa tushadi va shu yerda qishlaydi. Qishda tinish davrini o‘tagan sklerotsiylar bahorda yetarli namlik va qulay haroratda oyoqli boshchalar hosil qilib o‘sadi (boshoqli stromalar), ularning chetki qatlamlarida meva tanachalari — askosporalar peritetsiylar mavjuddir. Sporaning har bir askosida 8ta ipsimon askospora hosil bo‘ladi. Sklerotsiylar tarkibida kuchli ta‘sir qiluvchi alkaloidlar (lizergin kislotasining hosilalari-ergobazin, ergotoksin, ergotamin) mavjud bo‘lib, ulardan davolash vositalari sifatida foydalaniladi. Bunday moddalarni olish uchun javdar sun‘iy ravishda spora bilan zararlanadi.

  1. Bazidiomitsetlar (Qav1yoyushuse1ev). Bazidiomitsetlar zamburug‘larning yuqori taraqqiy etgan guruhi hisoblanadi. Ko‘p hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinsiy ko‘payishda bazidiosporalari mavjud bazidiyalar xizmat qiladi. Bir hujayrali bazidiyalarda to‘rtta kalta o‘simtalar — sterigmalarda bir donadan bazidiosporalar joylashgan bo‘ladi. Ularning zigotasi kattalashib, tog‘nog‘ichsimon hujayra bazidiyani hosil qiladi. Bazidiyalarning yuqori uchida ingichka o‘simtalar-sterigmalar paydo bo‘lib, yadrolar esa ularga o‘tadi. Voyaga etgan bazidiya ichida 4 ta bazidiospora mavjud. Bazidiomitsetlardagi sporalarning ajralishi juda ajoyib kechadi. Bazidiospora yetilganidan keyin bazidiyaga o‘rnashgan nuqtada kichik suyuqlik tomchisi hosil bo‘ladi bu tomchi juda tez kattalashadi va sporaning 1/5 o‘lchamiga yetgach to‘xtaydi, so‘ngra birdaniga spora tomchisi bilan birga bazidiyadan otilib ketadi. Ularning keng tarqalgan vakillari shlyapali zamburug‘lardir.

Yerning ustida shlyapali zamburug‘larning uncha katta bo‘lmagan qismi bazidiyadan iborat meva tanasi ko‘rinadi xolos. Zamburug‘larning vegetativ qismi to‘la tuproqqa yashiringan yumshoq mitseliydan iborat bo‘lib, bir necha metrgacha tarqalgan bo‘ladi. Plastinkali zamburug‘larning meva tanasi oyoqchada joylashgan shlyapadan iborat, u esa zich taxlangan gifalardan tashkil topgan. Shlyapaning ostki tomonida radial plastinkalardan iborat va ularning har biri minglab bazidiya tutadi. Bazidiyalar havo bo‘shlotiga chiqariladi va shamol yordamida yerga tushadi. Shlyapali zamburug‘lar yetilganda bazidiyasporalarning juda katta miqdori ajraladi.

Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida iste‘mol qilinadigan shampinyonlar, veshenoklar va boshqa zamburug‘larni sanoat miqyosida ko‘paytirish avj olmoqda. Fermentlarning chuqur sharoitida zamburug‘lar mitseliysini olish usullari ishlab chiqilmoqda.

Bazidiomitsetlarga bo‘qoq (trutovqe) zamburug‘lar ham kiradi. Bu zamburug‘lar asosan daraxtlarda o‘sadi va yog‘ochni parchalaydi. Daraxtlarda bo‘qoq zamburug‘larining mitseliysi ularning asos qismida o‘sadi, daraxt tashqarisiga zamburug‘larning meva tanasi chiqadi. Bunday meva tanalarining ostida bazidiosporalardan iborat bazidiyalar joylashgan.

Ko‘pchilik bo‘qoq zamburug‘lar binolarning yog‘ochli qismini tuproqqa yakin joylashgan yerlarini, omborlarni, bino yerto‘lalarini yog‘och qismlarini, bochkalarni va boshqa predmetlarni zararlaganligi uchun uy zamburug‘lari deb ham ataladi. Ularning orasida kuchli zarar yetkazgani uy zamburug‘idir. Yog‘och tez yumshaydi va chiriydi.

Yuqori namlikda bu jarayon tez o‘tadi, chunki zamburug‘ mitseliysini daraxtning zararlanmagan qismiga o‘tkazishga amalga oshiradigan uzun qayishlar hosil qiladi. Uy zamburug‘lari juda katta iqtisodiy zarar yetkazganligi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Ayrim bazidiomitsetlar ko‘p hujayrali bazidiyalar hosil qiladi. Ko‘p hujayrali bazidiya tutuvchi bazidiyali zamburug‘larga dala, poliz va bog‘ ekinlariga zarar yetkazuvchi tekinxo‘r zamburug‘lar kiradi. Ular meva tanalari hosil qilmaydi. Iqtisodiy jihatdan katta zarar yetkazganlari qorakuya va zang zamburug‘laridir.

Qorakuya zamburug‘lari gulli o‘simliklar, ayniqsa boshoqli ekinlarni zararlovchi zamburug‘lar katta iqtisodiy zarar yetkazadilar. Qorakuya zamburug‘lari o‘simliklarni barcha rivojlanish bosqichlarida zararlay oladi. Qorakuya zamburug‘lari mitseliysi gul to‘qimalarida kuchli rivojlanadi, asta- sekin changuvchi xlamidosporalarga aylanadi. Xlamidosporalar qattiq himoya qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘lib, tuproqda bir necha yil o‘z hayotchanligini saqlab qolishi mumkin.

Zang zamburug‘lari ham asosan tekinxo‘rlar bo‘lib tabiatda keng tarqalgandir. Bu zamburug‘lar o‘z nomini o‘simliklarning zararlangan qismlarida qo‘ng‘ir dog‘lar yoki yo‘laklar hosil bo‘lishidan olgan. Zang zamburug‘lari murakkab rivojlanish sikliga ega. Ayrim zamburug‘lar to‘la rivojlanish siklini bitta o‘simlikda o‘tkazsa, ayrimlar ikkita o‘simlikda o‘tkazadi.

Zamburug‘ sporalari tarkibidagi tanasidagi olov rangli moy tomchilari ularga zang rangini berishi bilan bog‘liqdir.

Qorakuya va zang zamburug‘lari xalq xo‘jaligiga juda katta iqtisodiy zarar yetkazadi.

  1. Deyteromitsetlar yoki taraqqiy etmagan — tuban zamburug’lar (Deuteromycetes). Ko‘p hujayrali va bir hujayrali mitseliysi bo‘lib, jinssiz ko‘payadi. Ko‘pchiligi konidiyalar bilan ko‘payadi, ba‘zilari oidiyalar hosil qiladi.

Bu sinfga jinsiy ko‘payishi aniqlanmagan yoki butunlay bo‘lmagan zamburug‘lar kiradi. Konidiyali bosqichi askomitsetlarnikiga juda o‘xshaydi.

Tuban zamburug‘lar mitseliylari yaxshi rivojlangan, ko‘ndalang bo‘lingan. Ko‘payish konidiyalar hisobiga amalga oshadi. Taraqqiy etmagan zamburug‘lar guruhi vaqtinchalik taksonomik guruhga o‘xshaydi. Chunki ushbu guruh vakillarini jinsiy ko‘payish jarayoni aniqlansa, ularni darhol askomitsetlarga yoki bazidiomitsetlarga kiritilishi aniq. Tuban zamburug‘lar tabiatda keng tarqalgandir. Ularning ko‘pchiligi oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishini keltirib chiqaradi. Ayrim vakillari o‘simliklarda tekinxo‘rlik qilsa, ba‘zilari odamlar tanasida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabiatda oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishini keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar fuzarium

(Fusarium), botriks (Voshe), alternariya (Alternaria), oidium (Oidium), moniliya (Mopsha), foma (Gota), kladosporum (Cladsporium) va hokazodir (13-rasm).

Fuzarium (Fusarium) — kartoshkaning fuzarmor kasalligini qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, u hosilga katta zarar etkazadi. Bu zamburug‘ boshqa sabzavot mevalarni ham zararlaydi.

Botritis (Botrytis) — ham daraxtsimon tangachalarda joylashgan konidiyalar yordamida ko‘payadi. Konidiyalar tutunsimon rangli noto‘g‘ri shaklga egadir. Havodagi mitseliy ko‘p bo‘lib, kulrangdir. Bu zamburug‘ olma, nok, sabzavotlar va ayniqsa yer mevalarini qattiq zararlaydi.Mog’or zamburug’larining sistematikasi.

Alternariya (Alternaria) — o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan konidiyalar yordamida ko‘payadi. Alternariya tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, tuproqda, o‘simlik qoldiqlarida va boshqa joylarda uchraydi. Zamburug‘ meva va sabzavotlarni buzilishini keltirib chiqaradi, bunda mahsulotlar yuzasida o‘ziga xos ezilgan qora dog‘lar hosil bo‘ladi.

Fuzarium (Fusarium)- ikki xil shaklga ega bo‘lgan konidiyalar makrokonidiya va mikrokonidiyalar yordamida ko‘payadi. Makrokonidiyalar- o‘roqsimon egilgan, ko‘p hujayrali, kalta tanali konidiyalardir. Mikrokonidiyalar-ancha kichik o‘lchamli, tuxumsimon yoki dumaloq shakldagi, bir hujayrali bo‘ladi.

Oidium (Oidiumj) — shoxlangan oq mitseliy ko‘rinishida o‘sadi, gifalari esa oidilarga bo‘linadi. Sut mog‘ori, oidiumning bir turi bo‘lib, barxasimon g‘ubor shaklida sut mahsulotlari yuzasida: qaymoq, tvorog, sariyog‘ va boshqalarda rivojlanadi.

Moniliya (Monilia) — konidiya tanachalari yuk, konidiyalar oddiy yoki shoxlanuvchi zanjirlar sifatida birikadilar va mitseliyning kalta o‘simtalarida hosil bo‘ladilar. Moniliya zamburug‘lari mevalarni buzilishini chaqiradi.

Foma (Foma) — piknidalarda kalta konidiya tanachalari hosil qiladi, konidiyalar rangsiz va bir hujayralidir. Bu guruhning ko‘pchilik guruhlari tekinxo‘rlardir, ko‘pchilik sabzavotlarni saqlash davrida buzilishini chaqiradi.

Kladosporum (Cladsporium) — turli xil: dumaloq, ovalsimon, silindr va boshqa shakldagi shoxlangan konidiya tanachalarida joylashgan konidiyalar hosil qiladi. Konidiyalar aksariyat hollarda ikki hujayrali bo‘ladi. Kladisporium zamburug‘i sovuq xonalarda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishini keltirib chiqaradi.

Mog’or zamburug’larining sistematikasi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba