Mog’or zamburug’larining xarakteristikasi.

Оглавление/Munadarija

Mog'or zamburug'larining xarakteristikasi.

Mog’or zamburug’larining xarakteristikasi.

Mog‘or zamburug‘lari. Mog‘orlar faqat havo bor joyda rivojlanadi. Shuning uchun mog‘orlar substrat yuzasida o‘sadi. Masalan yog‘, non, choy, murabbo va boshqa mahsulotlar yuzasida o‘sadilar. Ko‘pchilik mog‘orlar ferment, organik kislota, antibiotik, vitamin va hokazolarni olishda qo‘llanadi. Rokfor va yashil pishloqlarni olishda ham mog‘orlar ishlatiladi.Mog’or zamburug’larining xarakteristikasi.

Ko‘pchilik mog‘orlar oziq-ovqat, yog‘och, sanoat mollarini aynitadi. Mog‘orlarning sporalari yuzlab va minglab havoda uchib yuradi. Mog‘orlarning sporalari namlangan mahsulotlarga tushib, o‘sib, rivojlanib, mahsulotni aynitadi. Bir burda nonni suvga tekkazib qoldirilsa, bir necha kunda non mog‘orlaydi.Mog’or zamburug’larining xarakteristikasi.

Mog‘orlarning tanasi ingichka iplar to‘planmasi — mitseliydan tashkil topgan (6rasm). Alohida ipchalari gifalar deb ataladi. Ba‘zi mog‘orlarning mitseliysini har tomonga o‘sib, shoxchalanib ketgan gifalarida to‘siqlar bo‘lmaydi (septalanmagan mitseliy)lar bir hujayrali mog‘orlarga kiradi.

Boshqa mog‘orlarda esa gifalari to‘siqlar bilan alohida hujayralarga bo‘lingan (mitseliy septalangan). Ular ko‘p hujayrali zamburug‘lar deb ataladi. Gifalarning yo‘g‘onligi 1-15 s gacha bo‘ladi.

Gifalar shoxchalarining uchlari bilan o‘sib, substratni o‘rab olib, undan ozuqa moddalarini so‘rib oladi. Ko‘pchilik mog‘orlarning havo mitseliysida sporalar hosil bo‘ladi. Tuzilishi boyicha mog‘or hujayrasi boshqa mikroorganizmlar hujayrasidan katta farqi yo‘q va tarkibida 1-2 yoki bir necha yadrosi bo‘ladi.

Sporalar jinsli va jinssiz usul bilan ko‘payishda xizmat qiladilar. Jinssiz usul bilan ko‘payishda sporalar maxsus tuzilishi bilan boshqa gifalardan farq qiladigan gifalarda hosil bo‘ladilar (7-rasm). Sporalar shu gifalarning yuqorisida hosil bo‘lib konidiyalar deb nomlanadi.

Konidiyalarni ko‘tarib turgan gifalar esa konidiya tashuvchi deyiladi. Ba‘zi zamburuglarda sporalar gifalarning o‘rtasidagi ancha kattaroq yumaloq hujayrada — sporangiyda hosil bo‘ladi. Sporangiyni ko‘tarib turgan gifa sporangiy tashuvchi deb nomlanadi.

Mogorlar jinsiy yo‘l bilan ham ko‘payadi. Bunda ko‘rinishi bir xil bo‘lgan ikki hujayra — sporalar qo‘shilib zigota yoki zigospora hosil qiladi (8-rasm). Agar biri katta, ikkinchisi kichikroq sporalar (erkak va ayol hujayralar) qo‘shilsa oospora bunyod bo‘ladi. Zigospora va oosporadan mog‘or mitseliysi rivojlanadi.

Mog’or zamburug’larining xarakteristikasi.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba