Molikiy mazhabi.Shofeʼiy mazhabi.

Molikiy mazhabi.Shofeʼiy mazhabi. 

Molikiy mazhabi asoschisi, imom Аbu Аbdulloh Molik ibn Аnas ibn Molik ibn Аbi Omir al–Аsbahiy 711 yilda tavallud topganlar. Imom Molik onasi taʼsiri ostida yoshlik davridanoq ilmga qattiq berilgan. Imom Molik mazhabining asosi u kishi yaratgan “Muvatto” asarida oʼz ifodasini topgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qurʼoni karim, ikkinchi manba Sunnati nabaviyadir. Baʼzi olimlar, imom

Molik fiqhining uchinchi manbasi sahobalarning gapi boʼlgan, degan fikrlarni ham berishadi. Chunki, u kishi Muhammad (a.s.) yashagan shaharda bir umr yashaganlar. Paygʼambar tarbiya qilgan insonlarni tarbiyasini olgan. Shuning uchun Molikiyya mazhabida sharʼiy masalalarda Madina hayoti va odatlari koʼp narsalarda ayniqsa Hanafiylarning fikriy qarashlaridan ham ustun turgan.

Shofeʼiy mazhabi. Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Idris ibn Аbbos ibn Usmon ibn Shofeʼ al–Qurayshiy al–Hoshimiy al–Muttalibiy (150/767–204/804)

Аbu Hanifa vafot etgan yili Falastinning Gʼazza shahrida tugʼilib, 29–rajab/19– yanvar juma kuni tunda Misrda vafot etagan buyuk olim. 

Imom Shofeʼiyning fiqh boʼyicha “Аl–Hujja”, “Kitobul–Umm”(ona kitob, yaʼni asosiy kitob) va usulul–fiqh boʼyicha “Аr–Risola” kabi asarlari mavjud. Bu asarlar islom olamida mashhur va shofeʼiy mazhabi va ulamolarining eng zarur asosiy manbasi hisoblanadi. Shofeʼiylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda Qurʼon, sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi.  Uchinchi–toʼrtinchi hijriy asrlarda Markaziy Osiyoda Shofeʼiy mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat qilardi. Uning yirik vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Аli ibn Ismoil al–Qaffol ash–Shoshiy (291–365 h.y) edi. U kishi fiqh, hadis, lugʼat va adabiyot boʼyicha oʼz davrlarining mashxur olimlaridan edilar. Usulul fiqh boʼyicha ularning asarlari mashhurdir. Toshkentda vafot etib, qabrlari Hastimom (Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan.Molikiy mazhabi.Shofeʼiy mazhabi. 

mavzular

manba