Mormonlar.

Оглавление/Munadarija

Mormonlar.

Mormonlar. Mazkur oqimga 1830 yili Nьyu-York (АQSh) shahrida Jozef Smit (1805-1844) ismli shaxs tomonidan asos solingan.

 

Smit 1823 yilda Vermont shahridagi Sheron oʼrmonida kambagʼal va bechora tarafdorlariga Moroni nomli bir farishtaning oʼziga vahiy olib kelganini daʼvo qiladi. Unga koʼra Moroni, Smitga Nьyu-Yorkdagi Kumora tepaligiga koʼmilgan, qadimgi Misr tilida yozilgan oltin lavhlar va ularni tarjima qilish uchun Urim va Thummin toshlarini keltirib bergan.

 

Jozef Smit matnlarni oʼqigani va farishta yordamida tarjima qilganini eʼlon qiladi va uni nashr ettiradi. Shunday qilib, 1830 yilda «Mormon kitobi» bosib chiqarilgan. Kitobdagi buyruqqa binoan yangi bir cherkov qurilgan. Bu cherkov, «Iso Masihning oxirgi kun azizlari cherkovi» deb nomlangan. Uning tarafdorlari esa shundan soʼng «Mormonlar» deyila boshlangan.

Mormonlar eʼtiqodiga koʼra, amerikaliklar isroil qabilalaridan kelib chiqqan va qizil oq tanlilardan tashkil topgan. Iso tirilganidan keyin oq tanlilar orasida faoliyat olib borgan, lekin uning cherkovi qizil tanlilar tomonidan vayron qilingan.

 

Oxirgi oqtanlilar XV asrda yashagan Mormon bilan uning oʼgʼli Moronidir. Lavhlarni ana oʼshalar koʼmgan va ularni Smit topib olgan. Smit 1831 yilda yangi Quddusning Kirtlandda (Ogayo shatati, АQSh) qurilishiga doir vahiy olganini aytgan. Tarafdorlar sonini orttirish maqsadida mormonlar faol ravishda missionerlik bilan shugʼullanganlar.

 

Siquvga olingan Mormonlar, Kirtlandni tashlab Missuriga; u yerda ham ayni holga duch kelgach esa Illinoisga koʼchishga majbur boʼlishadi. 1840 yilda botqoqzor oʼrnida Navu shahrini qurib oʼz markazlarini shu yerda tashkil etadilar.

 

Omadli kechgan bir-ikki yildan keyin Smit «Mormon kitobi»da aksi yozilgan boʼlishiga qaramasdan, yangi bir «vahiy»ga asoslanib, koʼpxotinlilikni targʼib qilgan va oʼzi bu ishni boshlab bergan. Uning bu fikriga jiddiy qarshiliklar boʼlgan, natijada Smit ukasi va taraforlari bilan qamoqxonaga tashlangan. Qisqa bir muddatdan keyin ular mahbuslar tomonidan oʼldirilgan.

Smitdan keyin mormonlarga Brijman Yang boshchilik qildi. U oʼlimi ortidan 178 ta xotin va 49 ta bolani qoldirib ketdi. Mormonlar Yutada «Buyuk tuz koʼli» qirgʼogʼida, «Tuz koʼli shahri» hozirgi Solt Leyk Siti shahrini qurganlar. Ular bu yerda juda ham kuchayib ketganlar va ulkan mormon ibodatxonasini barpo etishgan.

«Iso Masihning oxirgi kun azizlari» sifatida oʼzlariga baho beruvchi mormonlarning eʼtiqod asoslari J.Smit tomonidan tartibga solingan. Cherkov boshligʼi «rais» deb nomlanadi.

 

Mormonlar Ota-Xudo, Iso Masih va Muqaddas Ruh bilan bogʼliq eʼtiqodni tan oladilar. Ularga koʼra, Injil Xudoning soʼzidir, uni, xato qilmaslik sharti bilan tarjima qilish mumkin. Mormon kitobi ham Xudoning soʼzidir. Iso Masihning qayta tirilish joyi Аmerika qitʼasidir. Yangi Quddus Аmerikada quriladi; shaxsan Isoning oʼzi uni boshqaradi, dunyo yangilanadi va xuddi jannatdek koʼrinish oladi. Iso ming yillik saltanat quradi va unga imon keltirganlar, yordamchi boʼlgan (mormon) lar najot topadilar.

Ular choʼqintirishda suvga boʼktirish usulini qabul qilganlar. Ulugʼlikda oldinga siljishni va hatto, ilohiylikkacha yuksalishni eʼtirof qiladilar. Eʼtiqod asoslari orasida joy olgan koʼp xotinga uylanish 1895 yilda V.Vudraft tomonidan bekor qilingan. Prichaщenie yaʼni «Poklanish» marosimi, sigaret va aroq harom boʼlgani sababli faqatgina non va suv bilan amalga oshiriladi.

 

Mormonlar missionerlik faoliyatini olib boradilar va ushbu faoliyat butun dunyoga tarqalganligini ham aytib oʼtish joiz. Mormonlar nazdida har bir aʼzo ikki yil missonerlik qilishi kerak. Missionerlik faoliyati bugungi kunda 4000 dan ortiq ayol va erkak mormon tomonidan olib borilmoqda. Ularning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi va ular oʼz hayotlarini missionerlik uchun bagʼishlagan.

Bugungi kunda mormonlar dunyoning 160 mamlakatida faoliyat olib borib, taxminan 30 ming cherkov va 12 million izdoshlariga ega. Rasmiy xristianlik mormonlarni «adashgan oqim» sifatida eʼtirof etadi.

mavzular

manba