Munadarija
Motoo’qchi seksiyaning tarkibi, qurollanishi va jangovor texnikasi.
Mashg‘ulot rahbari dastlab Talabalarga motoo‘qchi bo‘lim eng quyi taktik bulinma bo‘lib motoo‘qchi Guruhning tarkibiga kirishi tushuntiriladi. So‘ngra darsga tayyorlab quyilgan sxemalardan yoki multimediyalardan foydalanib, motoo‘qchi seksiyaning tarkibi, qurollanishi va jangovor texnikasi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. BMP dagi motoo‘qchi seksiyaning BTRdagi motoo‘qchi seksiyadan nafaqat tarkib jixatdan, balki kurollanishi bo‘yicha xam farq qilishini aytish zarur, shuningdek BMP va BTRlarning vazifalari va jangovor imkoniyatlari tushuntiriladi. YAna shuni tushuntirish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida mavjud bo‘lgan BMP va BTRlar boshqa davlatlarning armiyalaridagi xuddi shunday jangovor texnikalardan mutlaqo qolishmaydi.
Motoo‘qchi guruhining tarkibi va qurollanishi.
Quruqlikdagi qo‘shinlar QKning eng ko‘p sonli turi bo‘lib, dushman zarbalarini qaytarish, turli harbiy xarakatlar maydonida dushman qo‘shinlari guruhlarini yakson qilish, egallangan xudud, rayon, chegaralarni ushlab turish kabi maqsadlarga mo‘ljallangan.
Motoo‘qchi va tank qo‘shinlari quruqlikdagi qo‘shinlarning asosini tashkil etib, kuyidagi vazifalarni bajaradi: mudofaada – dushman zarbalarini qaytarish, uning xujum qo‘shinlarini yakson qilish egallangan rayonlar, nuqtalar va chegaralarni saqlab turish; xujumda – dushman mudofaasini yorib o‘tish va tor-mor etish, muxim rayon, chegara, ob’ektlarni ko‘lga kiritish, chekinayotgan dushmanni ta’kib qilish, qarama-qarshi jang va ko‘rashlar olib borish.
Motoo‘qchi qo‘shinlar yuqori jangovar mustaqillik va universallikka ega bo‘lgani sababli berilgan vazifalarni turli xududiy sharoitlarda, istalgan ob – xavoda, bosh yoki ikkinchi darajali yunalishlarda, birinchi yoki ikkinchi eshelonda, zaxira, dengiz va xavo desanti tarkibida bajara oladi. Motoo‘qchi bo‘linma asosiy umumqo‘shin taktik bo‘linmasi xisoblanadi. Ular tank bo‘linmalari, artilleriya va qo‘shin turlarining bo‘linmalari bilan xamkorlikda dushmanni yakin jangda bevosita yakson qilish bo‘yicha vazifalarni bajaradi.
Motoo‘qchi guruh motoo‘qchi vzvod tarkibiga kiradi. Kuyida BMP (BTR) dagi motoo‘qchi guruh jangovar bo‘linmalarining tashkiliy-shtat tarkibini va qurollanishini o‘rganib chiqamiz.
Guruh boshqaruvi:
- komandir; – snayper; – katta o‘qchi.
Seksiyalar soni 2 ta bo‘lib, ularning xar birida:
- 1 tadan o‘qchi;
- 1 tadan granatomyotchi;
- 1 tadan granatomyotchi yordamchisi;
- 1 tadan pulemyotchi;
- 1 tadan mexanik-xaydovchi;
- 1 tadan nishonga oluvchi operator; – seksiya komandirlari mavjud.
Jami bo‘lib motoo‘qchi guruhda 17 kishi mavjud.
Motoo‘qchi guruh – taktik bo‘linma. Guruh o‘z vazifalarini (razvedka, qo‘riqlash va b.) asosan vzvod tarkibida bajaradi.
Guruh shaxsiy tarkibining taksimlanishi:
Harbiy xizmatchilarning | Harbiy xizmatchilarning soni | ||
toifalari | jami | boshqarmada | MO‘Seksiyalarda |
Jami: | 17 | 3 | 14 |
Ofitserlar | 1 | 1 | |
Serjantlar | 2 | 2 | |
Askarlar | 14 | 2 | 12 |
Guruhning qurollanishi:
- BMP (BTR) – 2 ta; (BMPda pulemyot-pushka, BTRda KPVT va PKT mavjud).
- 7,62 mm SVD – 1 ta;
- RPG-7 – 2 ta; – 5,45 mm RPK – 2 ta.
- AK-74 (AKM) – 13 ta.
Mudofaa dushmanning ortiq darajadagi kuchlari xujumini qaytarish, unga talofot etkazish, egallab turgan pozitsiyasini ushlab turish va kat’iy xujumga o‘tish qulay sharoitlarini yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Mudofaa engilmas va faol bo‘lishi, barcha turdagi qurol zarbalari, dushman tank va piyodalari ommaviy xujumiga bardosh bera oladigan bo‘lishi kerak.
Guruhning mudofaaga o‘tishi vaziyatning turli sharoitlarida, ya’ni dushman bilan bevosita to‘qnashganda yoki to‘qnashmagan sharoitlarida, kunduzi yoki tunda, yozda yoki qishda, ommaviy qirg‘in quroli yoki oddiy shikastlantirish vositalari qo‘llanilgan sharoitda amalga oshiriladi.
Motoo‘qchi guruh front buylab va front ichkarisiga 200 metrgacha bo‘lgan masofada pozitsiya mudofaasini tashkil etadi, pozitsiyada barcha o‘t ochish vositalari uchun asosiy va zaxira pozitsiyalarini jixozlaydi.
Motoo‘qchi guruh pozitsiyasida o‘qchilar, pulemyotchilar, granatomyotchilar unga bo‘lgan front oldi va flangdagi barcha yaqinlashishlar o‘t ochish ta’sirida bo‘ladigan qilib joylashadi. SHunga ko‘ra o‘t ochish tizimi quriladi.
BMP (BTR) lar guruh pozitsiyasi mudofaasining asosi bo‘lib, kuchli qurollangan va zirxli ximoyaga ega. BMP va BTR lar seksiyalar pozitsiyalarining markazida, yon tomonida yoki
150 m gacha bo‘lgan uzoqlikda pozitsiya orkasida joylashadi. Snayper va katta o‘qchi guruh komandiriga yaqin oralikda joylashadilar. Guruhga mudofaani tashkil qilishda vzvod (batalon) komandiri tomonidan pulemyot (granatomyot) rasCHQBTi, 1-2 ta tank kuchaytirish vositasi sifatida biriktirilishi mumkin.
Muallif: Xasanov M