Mustaqil O’zbekiston davlatining jahon hamjamiyati sari tutgan yo’li.

Mustaqil O’zbekiston davlatining jahon hamjamiyati sari tutgan yo’li. 

 Tariximizning ana shu o’tgan davrini aniqrog’i 22 yillik mustaqil taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diploma-tik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni ham alohida qayd qilish lozim.

 

Ta’kidlash joizki, mustaqillik davrigacha respublika Tashqi ishlar vazirlgi apparatida bor yo’g’i 10-15 nafar xodim bo’lib, ular nomiga-gina vazifasi hisoblangan ishlar, ya’ni protokol majburiyatlari va turli tadbirlar, asosan chet ellik mehmonlarni qabul qilish bilan shug’ulla-nardi, xolos. O’sha davrda tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan bir amaldor ayni paytda kommunal sohasini ham boshqarganining o’ziyoq bu masalaga qanday yuzaki qaralganini ko’rsatib turibdi.

Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o’ta muhim tashqi siyo-siy masalalarni hal qilishga, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy muno-sabatlar sohasida eng maqbul yo’llarni topishga to’g’ri keldi.

G’oyat qisqa fursatda bu sohada Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar qo’mitasi, keyinchalik esa, Tashqi iqtisodiy alo-qalar vazirligi va boshqa qator davlat boshqaruv organlari tuzildi, diplomatik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yaratildi.Mustaqil O’zbekiston davlatining jahon hamjamiyati sari tutgan yo’li.  

 

Mustaqillikka qadar yurtimizda birorta ham xorijiy davlat elchi-xonasi yo’q edi. Hozirgi vaqtda chet ellarda mamlakatimizning 48 ta diplomatik vakolatxonasi bor. O’zbekistonda esa 86 ta elchixona va savdo vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.

Mamlakatimizning qulay geosiyosiy o’rni, uning birinchi nav-batda o’z milliy manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur o’ylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, xalqaro maydonda obro’-e’tiborining ortib borishini ta’minladi.

Keyingi davrlarda o’ziga obro’ topmoqchi bo’lgan «ko’r vek-torlik siyosati» olib borish degan turli qarash va yondashuvlar haqida chiqishlar bo’lmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz olib borayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida hech kimga sir bo’lmagan bir sir turibdi — O’zbekiston manfaati va yana bir bor O’zbekiston manfaati. Bizning bu sohadagi barcha qadam va harakatlarimiz faqat ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan, desam, ayni haqiqat bo’ladi.Mustaqil O’zbekiston davlatining jahon hamjamiyati sari tutgan yo’li.  

 

Hozirgi kunda O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkor-lik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkor-lik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi kabi nuruzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo-da yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog’liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo’shmoqda.

* * *

 

Jahon amaliyotidan ma’lumki, har bir mustaqil davlat, ayniq-sa, mustaqil taraqqiyot yo’liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o’z qobig’iga o’ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo’lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilish orqali o’z taqdirini belgilagan. Shuning uchun ham O’zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo’lgach jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’lini tutdi. Bu borada mamlakatda olib borilgan amaliy ishlarni tasavvur qilishdan oldin XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xalqaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim.Mustaqil O’zbekiston davlatining jahon hamjamiyati sari tutgan yo’li.  

 

Ma’lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema — SSSR va AQSH yetakchi bo’lgan g’oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim, ikki blok mavjud edi. Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu ikki blokning o’zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi.

1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach, yangi — g’oyat mu-rakkab va qaltis bir davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgilari quyi-dagilardan iborat edi.

Birinchidan, davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo’linish ro’y berdi. Kuchlar mar-kazi ilgari ikki joy da bo’lsa, endilikda o’z taqdirini o’zi belgilash orqali ichki imkoniyatlarni ishga solish, har kim o’z aravasini o’zi tortish zarurati tug’ildi.

Ikkinchidan, jahonda mulkiy tengsizlik kuchaydi. Ya’ni sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaya boshladi.

Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko’rinadi. Ya’ni, tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boy-ligi hisoblanadi. Lekin sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o’z qo’llariga olishga intila boshladilar.

Uchinchidan, dunyoda insonning biologik tur sifatida yasha-shiga bevosita xavf-xatar mavjud bo’lib qoldi. Ya’ni yalpi yadro urushi xavfi ancha kamaygan bo’lsa ham, ekologik tanglik xav-fi, biogenetik buzilishlar tahdidi hamon tahlikali holatda saqlanib qolmoqda edi.

To’rtinchidan, jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot odamlar dunyoqarashining o’zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqa-ro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta’siri sezildi. Davlatlar va xalqlar o’rtasida o’zaro birlashishga intilishni kuchaytirgan, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an’analar va ma’naviy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur bo’ldi.

Turli davlatlararo va hukumatga daxli bo’lmagan xalqaro tashki-lotlarning ahamiyati oshib, dunyo yangi tizimga o’tishi davrida ular-ning faoliyatini qayta qurish va isloh etish ehtiyoji tug’ildi.

 

Bu o’z navbatida nega shunday qilish kerak, degan haqli savolni tug’diradi. Buning javobi oddiy: ko’pchilik xalqaro tashkilotlarning faoliyatlari asosan davlatlarning o’zaro murosasini ta’minlashga qa-ratilgan edi, xolos.

Bugungi ahvol xalqaro tashkilotlardan eng yirik muammolarga ahamiyat berishni, jarayonlar ichiga kirib borishni, ta’sir doirasini kengaytirishni, hech bo’lmaganda, hammaga barobar odilona va xo-lisona munosabatda bo’lishni talab etadi.

Beshinchidan, rivojlanishning hozirgi bosqichida har qanday mamlakatning nufuzi, avvalo, uning eng yangi texnologiyalarni qa-bul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgilanadigan bo’ldi.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilinsa, O’zbekistondagi o’tish davri boshqa yosh mustaqil mamlakatlarga nisbatan samara-liroq bo’ldi. Natijada O’zbekiston jahon iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga tezroq kirib bordi va o’z salohiyatini aniq-ravshan ko’rsata oldi.

O’zbekiston jahon hamjamiyati yo’li 

 

mavzular

manba