Mustaqillik tushunchasi.

Оглавление/Munadarija

 

Mustaqillik tushunchasi. 

Mustaqillik tushunchasi o’zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o’zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o’xshash bo’lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko’p ko’rgan.

 

XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko’rilmagan hodisalar sodir bo’ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo’ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga qula-di. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.

Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o’tib, ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib kelmoqda.

 

Prezident I. Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida «O’zbek millati azaldan o’z fikr-zikri, o’z istiq-loli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, o’z yo’lidan, mas-lagidan, so’zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bo’lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz», — deganda xalqimiz tarixiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini o’rganishni nazarda tutadi. Zotan, xalqimizning uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinim-siz kurash davridir.

 

Turkiston o’zining keyingi bir yarim ming yillik tarixida bor-yo’g’i 376 yil hur mamlakat rutbasida bo’lgan (B.Ahmedov). Boshqa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham ko’rinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda bo’linishlarga, uning xalqi o’zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo’lgan. Xalqimiz-ning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo’g’ul bosqinchiligiga va nihoyat Chorizm mustamlakachiligiga qar-shi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chog’da yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida O’zbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrog’i, shu davrda O’zbekistonning milliy Mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vazi-yatga qarab goh oshkora, goh yashirin tarzda olib borgan kurashlari-ni qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir so’z bilan aytganda xalqimiz azalazaldan o’z fikri-zikri bilan Mustaqil, Ozod, Erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.

 

Xo’sh, Mustaqillikning o’zi nima? U nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

Eng avvalo shuni aytish kerakki, Mustaqillik tenglik sari qo’yilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bo’lmagan joyda kim-dir kimgadir tobe bo’ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o’zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo’ladi. Natijada biz so’nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o’tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. «Tenglik» so’zining qudrati shundaki, u odamlar-ning o’zaro munosabatlaridan tortib, davlatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki man-tiqsiz ta’zimtavozega chek qo’yadi.Mustaqillik tushunchasi.   

Istiqlol — o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini e’zozlash orqali inson qadr-u qimmatini asrashdir. Demak, mustaqil har bir shaxs, har bir inson mohiyatidan kelib chiqadigan butun jamiyat va insoniyatni baholaydigan umuminsoniy qadriyat!

Mustaqillik — jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqbol haqida o’ylashdir.

 

Istiqlol — erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.

Mustaqil yashashga, Mustaqil fikrlashga, o’z taqdirini o’zi bel-gilashga, o’z hayotini o’zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar buhronida dovdirab qolmaydi. Har bir inson ruhiyati, fe’l-atvori jihatidan qara-ganda ana shu oddiy hayotiy haqiqatni keng ma’noda davlat musta-qilligiga ham qiyoslash mumkin.

 

Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u ta-qozo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo’ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg’or tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o’zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o’z qobig’ida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g’oyatda zalvorli tajribasidan o’tgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o’zo’zini boyitib, takomillashib, fuqarolar ongi va tafakkurini o’ tirib borayotgan tarixiy voqelikdir.Mustaqillik tushunchasi.   

 

Mustaqillik — tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan ma’naviy-ruhiy, ma’rifiy-axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko’rgan mustaqil mamlakatlar, xususan O’zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima uchun?

Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohidaalohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqbo-liga daxldor bo’lgan har qanday katta-kichik masalalarni hal etishni o’z zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo’lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnating-ga yarasha ochdan o’lmaslikka u etadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom. Bu — sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bo’lgan davlat siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk ne’matning, hayot degan oliy tushun-chaning mag’zini chaqishga o’zida rag’bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish, ijodkorlik tuyg’ulari butunlay so’ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.

 

mavzular

manba