Nazariy konferensiya rejasini ishlab chiqish.

Оглавление/Munadarija

Nazariy konferensiya rejasini ishlab chiqish.

Nazariy konferensiya rejasini ishlab chiqish.

Nazariy konferensiya rejasini ishlab chiqish.  O‘qituvchi konferensiya o‘tkazilshidan 1,5 oy avval o‘quvchilarni xabardor etadi. Dastur, asosiy, majburiy va qo‘shimcha adabiyotlar, muhokama qilinadigan savollar ro‘yxati chaqiriqqacha tayyorgarlik xonasida osib quyiladi.

Bu o‘quvchilarga ko‘rsatilgan qo‘llanmalarni o‘rganish, muammoni har tomonlama tahlil qilishga imkon beradi. Eng faol, siyosiy savodli o‘quvchilar ma’ruza va axborotlar tayyorlaydilar. Surat olish bilan tanish o‘quvchilar «Konferensiya ishtirokchilari gapiradi” ekspress – ma’lumotlar stendini yaratadi. Boshqa o‘quvchilar konfernsiya nishonini yaratadi, plakatlar, harbiy harakatlar haritalarini bezatish bilan shug‘ullanadi.

Ancha murakkab topshiriqlarni 2-5 kishidan iborat o‘quvchilar guruhiga topshirish pedagogik ma’noda maqsadga muvofiq bo‘ladi. Asosiysi har bir o‘quvchiga o‘zi qiziqadigan ishni topib berish muhim.

Turli manbalarni o‘rganishda ko‘zga ko‘ringan davlat arboblari, O‘zbekiston Xukumati hujjatlari, o‘quv ilmiy – ommabop, badiiy, ma’lumotlar adabiyotlari, bezakli gazeta materiallari o‘quvchilar o‘qituvchilar rahbariligida kutubxonada ensiklopediyalar bilan ishlaydilar.

Tayyorgarlik davrida ular kinofilm, spektakllar ko‘rib, konferensiya mavzusiga tegishli tomonlarini o‘rganib chiqib, muzeylarga borib urush va mehnat faxriylari bilan uchrashadilar. O‘zbekiston xalqi harbiy va mehnat shon-shuhrati joylariga borib tanishadilar. Bularning hammasi ularning g‘oyaviy-siyosiy saviyasini o‘stirishga yordam beradi. So‘zsiz, albatta o‘quvchilar izlanishlarida fanda bor ma’lumotlarni to‘plash uslublaridan foydalanish mumkin va lekin shart emas, biroq ma’lumotlar haqiqiy bo‘lishi uchun ular iloji boricha ko‘p izlanishlari lozim.

Konferensiyaga tayyorlanish davomida «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi o‘quvchilarga rejalar, konspektlar, testlar tayyorlash, asosiy ma’nolarini ajrata bilish, sitatalar tanlash, hujjatlar bilan ishlash, o‘lka ma’lumotlarini to‘plash va rejalashtirish ko‘nikmalarini singdiradi, ularni mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosalar qilishga o‘rgatadi, bunday ish «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining o‘zidan ham katta mahoratni talab etadi.

Keyingi bosqichda har bir ishtirokchi tomonidan chiqish rejalari to‘ziladi. «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisi guruh va inidvidual tarzda maslahatlar beradi (sharoit talabiga qarab). Bu bosqich ma’ruza rejasini yozish yoki uning to‘la matnini yozib chiqish bilan yakunlanadi.

O‘quvchilar bunday ishlar tajribasiga ega emasligini e’tiborga olib, rahbar – maslahatchi har bir ma’ruza, ma’lumotni diqqat bilan ishlab chiqishi, ularga emotsional, qiziqarli tus berishi, ularga nutq madniyatini egallashlariga yordam berishi kerak.

Konferensiyaga tayyorgarlik faqatgina ma’ruza yozib, uni tayyorlash bilan cheklanmaydi. Bolalarni jalb eta bilish, ularni o‘z fikrlarini izhor qilishga majbur etish juda muhim. O‘quvchilar orasida so‘rov o‘tkazish, konferensiya ma’ruzasiga yaqin bo‘lgan insho yozishni taklif etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan bog‘liq bo‘lsa, insho mavzusi shunday bo‘lishi mumkin: «Jasorat-bu bir lahza yoki butun hayotmi?”, «Vatanni asrashni qahramonlardan o‘rgan”, «Vatan himoyachisi nomi sharafini yuqori ko‘tarish, xalq ishonchini oqlash”, «Mardlar o‘lmaydi”, «Tarixning borishini hech kim o‘zgartira olmaydi”.

Bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilayotgan o‘quv muassasalari bitiruvchilari haqida ma’lumotlar to‘plashni topshirish mumkin. Konferensiyaga bunday yondashish o‘quvchilarning ko‘rilayotgan muammoga  shaxsiy munosabati, qiziqishlarini aniqlash, ularni qiziqtiruvchi savollarni, bu mavzu bilan shug‘ullanish darajalarini aniqlashga yordam beradi. Rahbarning tayyorlanishi, ma’ruzani tayyorlash. Konferensiyaga yakun yasash.

«O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari” mavzusi bo‘yicha konferensiya o‘tkazish metodikasini ko‘rib chiqamiz. Bu konferensiya dasturi shunday bo‘lishi mumkin.

1.Musiqiy kirish qismi: Harbiy  mavzudagi qo‘shiq.O‘qituvchi yoki yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘quvchilardan birining kirish so‘zi.

2.Ma’ruzalar:

  1. «O‘zbekiston Respulikasi Qurolli Kuchlari qurilishi prinsiplari”
  2. «Qurollangan kurash olib borishda harbiy qo‘mondonlar, armiya, xalq ommasining

tutgan o‘rni”.

  1. v) «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari doimiy jangovar tayyorligining mazmuni

nimada”

  1. g) «O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktirinasi”
  2. «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish–O‘zbekiston fuqarosi

burchi”

  1. «Vatan himoyasiga tayyorlanamiz”.
  2. Yakuniy so‘z. Musiqali xotima, Harbiy qo‘shiq.

Kirish so‘zida konferensiya boshlovchisi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topishi va rivojlanishining muhim prinsiplarini ochib beruvchi aniq dalillarni ko‘rsatib berishi kerak. Ularning xalq, yangi davlat va jamiyat tizimi bilan yaqin aloqasi; armiya va xalq birligi: Har qanday bosqinchilikni qaytarishga doim tayyorligi; kadrlar bilan ta’minlash, harbiy va siyosiy rahbarlik yagonaligi, yuqori intizom haqida gapirib o‘tadi.

Kirish so‘zida o‘qituvchi muhokama etiladigan asosiy dunyoqarash g‘oyalarini ochib berishi, qiziquvchanlik psixologik vaziyatni yuzaga keltirishi, o‘quvchilarni munozaraga munosabatlarini bildirishni taklif etishi kerak.

Asosiy ma’ruzalarda Qurolli Kuchlar rivojlanishi prinsiplari, hayotiy muhimligini ko‘rib chiqish lozim.

Ko‘rilayotgan masalalar mazmunlari kengligi, chiqishlarning yorqinligi, konferensiya o‘tayotgan muhitning ta’sirchanligi bilan moslashishi kerak. Bunga I.A.Karimov ishlaridan misol keltirilgan plakatlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Respublikamiz Qurolli Kuchlari, harbiy burch, Vatan himoyasi haqida maqolalar, «O‘z vatanimizni kurashlarda himoya qildik”, «Otalar jasoratini unutma” stendlari, urush yillari ashulalari va harbiy vatanparvarlik mavzusidagi zamonaviy mualliflar ijodi bilan tanishish, o‘quvchilar kayfiyatini ko‘tarishga yordam beradi.Nazariy konferensiya rejasini ishlab chiqish.

Bularning hammasi konferensiyani yorqin emotsional tus olishiga ta’sir ko‘rsatadi. Emotsional ta’sir kuchayishiga konferensiyadagi yozuvchi, olimlar, Qurolli Kuchlar faxriylari, baynalminal (tinchlikparvar) jangchilar ishtiroki yordam beradi.

Konferensiyaning samarali o‘tishi uning ishtirokchilar ongi, hissiyoti, irodasiga ta’sir etish bilangina cheklanib qolmaydi. Uni o‘tkazish yakunlarini muhokama qilish lozim, buning uchun o‘quvchilarga shunday savollar bilan murojaat etish mumkin:

1.Konferensiya o‘tkazishda nimalar eng foydali va qiziqarli deb hisoblaysiz?

2.Sizningcha qaysi savollar noaniq, to‘la ochilmay qoldi? 3.Bunday konferensiyalar o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha Sizlarning takliflaringiz?

Shu kabi konferensiya materiallarini saqlab qolish va qayta ishlab chiqish, ulardan darslarda nazariy holatni ko‘rsatuvchi illyustratsiya sifatida, konferensiya nitajalariga bag‘ishlangan stendlar tayyorlashda foydalanish zarur.

O‘quvchilar Harbiy vatanparvarlik taribyasining barcha  shakllari o‘zaro bog‘langan holda bir – birini to‘ldirishi va boyitishi, shuningdek yoshlarni xalqqa cheksiz muhabbati, mustaqil O‘zbekiston himoyasiga tayyorlik ruhida tarbiyalashning eng keng tarqalgan va amaldagi vositalari orasidan mavzuviy kechalar, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, nazariy va kitobxonlar konferensiyalari, ijtimoiy – siyosiy o‘qishlar joy olishi katta ahamiyat kasb etadi.

Harbiy vatanparvarlik tashviqotining u yoki bu shakllarini rejalashtirishdan avval qatnashchilar yoshi, ma’lumoti, mehnat faoliyati turiga ko‘ra auditoriya tarkibini o‘rganib chiqish lozim. Bu xususiyatlarni hisobga olmasdan samarali targ‘ibot va tashviqotga erishib bo‘lmaydi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida tinglovchilar tomonidan mazmunni o‘zlashtirilish natijasi «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining uslubiy mahoratiga bog‘liq. U doimiy ravishda o‘z bilimi ustida ishlashi, uslubiy mahoratini takomillashtirishi zarurdir.Nazariy konferensiya rejasini ishlab chiqish.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba