Munadarija
Nazariy mashg’ulotlar (ma’ruza, suxbatlar), amaliy, ko’rgazmali va nazorat mashg’ulotlari.
Nazariy mashg’ulotlar nazorat mashg’ulotlari Nazariy mashg‘ulotlar (ma’ruza,suhbat) – og‘zaki bayon uslubi bilan o‘tkaziladi, ular o‘rganiladigan bo‘lim bo‘yicha ilmiy bilimlar asosini berishi, dialektik o‘zaro bog‘liklikda o‘quv materiali murakkab savollarini ochib berishi, talabalar ijodiy fikrlashining rivojlanishini va ulardan to‘g‘ri dunyoqarishni shakllantirishga yordam berishi, nazariya va amaliyot dolzarb masasalari, fanning zamonaviy yutuklarini aks etishi va mashg‘utlotlarning Boshqa to‘rlari va talabalar mustaqil ishini tashkil etish va o‘tkazish uchun asos bo‘lishi kerak. Namunaviy mashg‘ulotlar ularni o‘tkazish namunaviy tashkiliy uslubiyoti, kurollanishi, xarbiy texnika muxandislik kurilmalardan foydalanishning eng uslublari hamda talabalarni harbiy qism shaxsiy tarkibi joylashuvi va xayoti, kurollanishi va jangovor texnika bilan tanishtirishni namoyish etish maqsadida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar qurollanish, asboblar va jangovor texnikani amaliy uzlashtirish, ularni tadbiq qilish, ishlatish va saqlash uslublarini egallash, ma’lum bir ko‘nikmalarni ishlab chiqish va turli xil usul va harakatlarni bajarish, normativ va ta’lim dasturiga muvofiq boshqa savollarni ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar bilan olingan bilim va ko‘nikmalar takomillashtiriladi. O‘quv joydagi har bir talabaning amaliy ishi uning bosh mazmunini tashkil etadi. Amaliy ta’limning yakuniy bosqichi amaliy mashg‘ulot hisoblanadi. Ular, odatda joylarda o‘tkaziladi. Taktik mashg‘ulotlarda talabalarga askar, kuzatuvchining jangovor muxitidagi amaliy majburiyatlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikma va qobiliyatlar singdiriladi, o‘quv savollar o‘ylab qo‘yilgan reja va taktik sharoitga ko‘ra tartib bilan ishlab chiqiladi.
Nazorat mashg‘ulotlari yakuniy baxolarni chiqargan xolda talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
YOzma ish – nazorat shakllaridan biri, u nafaqat o‘tilgan materialning o‘zlashtirilganini, balki talabalarning o‘z-fikrlarini to‘g‘ri bayon etish, aniq vazifani batartib bajarish qobiliyatini tekshiradi. Darsda yozma ishlar sifatida savollarga yozma javoblar talab qiladigan yoki dasturlashtirilgan nazorat vositalari javoblar yordamida echiladigan masalalardan foydalanishi mumkin.
Boshqa mashg‘ulot kabi o‘smirlarni chaqiriqqacha tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulot (dars) ham uch qismdan iborat: kirish, asosiy va yakuniy.
Kirish qismi – fan xususaiyatlari va mashg‘ulotni (dars) o‘tkazish uslubiyoti bilan aniqlanadigan belgilar, miqdor va mazmundan tuzilgan chaqiriqqacha tayyorgarlikning har bir darsi majburiy belgisi vzvod sardori boshqaruvida vzvodni safga tortish va mashg‘ulotga tayyorlik haqidagi uning harbiy rahbarga bergan hisoboti hisoblanadi. Bunda buyruqlarni berish va ularni bajarish harbiy nizomga to‘g‘ri kelishi shart. Harbiy rahbar talabalarga faqat “Siz” deb murojaat qilishi kerak.
Eng kam vaqtni egallaydigan kirish qismi katta tarbiyaviy ta’sirga ega bo‘lishi; talabalar faoliyatiga to‘g‘ri yo‘nalish berishi kerak. Bunga maqsad va vazifalar shakllarini, qiziqarli misollarni to‘g‘ri tanlash orqali erishiladi.
Ilgari o‘rganilganmaterial o‘zlashtirishini tekshirish takrorlash va nazorat hamda talabalarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi, harbiy rahbar uy vazifasini hamma bajarganini tekshiradi, odatiy holatlarga e’tibor beradi, talabalarning individual tayyorgarligini baholaydi.
Asosiy qismda – harbiy rahbar mavzu, o‘quv maqsadlarini va ularni tadbiq qilish yo‘llarini e’lon qiladi, talabalar qiziqishi shakllanishi uchun maqsad va vazifalarni to‘g‘ri qo‘yish katta ahamiyatga ega. Xarbiy rahbar so‘zlarida talabalar oldigan bilim va amaliy ko‘nikmalarning muhimligi va kerakligini xis etishi kerak. Harbiy rahbar talabalarda bor bo‘lgan bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarga tayangan holda tushunarli, ishonchli shaklda yangi materialni bayon etish kerak, materialni u usul, xarakatlarning belgilari bo‘yicha yoki butunligiga aniq, tartibli ko‘rsatish orqali tushuntiradi. Harbiy rahbar tomonidan safdagi usul, joyda xarakatlar yoki avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish tartibini namunali ko‘rsatish ta’limning eng samarali usuli sifatida o‘zini oqladi.
Amaliy harakatlarni o‘rganishda odatda quyidagi tartiblilik qo‘llaniladi:
- Ta’lim oluvchi bilan erishishi kerak bo‘lgan tezlikda, bajarish qoida va tartibini tushuntirgan holda harbiy rahbar tomonidan o‘rganilayotgan xarakatni ko‘rsatish;
- Ishlab chiqarilayotgan xarakatni belgilarga bo‘lib, ularni sekinlashtirilgan
tezlikda ko‘rsatish;
3)Ta’lim oluvchilar bilan ko‘rsatilayotgan belgilarni, avval sekin, so‘ng normal
tezlikda anglash, sinab ko‘rish va o‘rganish.
4) Alohida belgilarni umumiy xarakatga sekin-asta qo‘shish va uni ko‘nikma ishlab chiqarish maqsadida ko‘p marta takrorlash va berilgan normativgacha etkazishni esda tutish kerakki, agar ta’lim boshida ko‘nikma haqida to‘g‘ri tassavur yaratilmasa, to‘g‘ri ko‘nikma ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Harbiy rahbar bilan ko‘rsatish-bu talaba intilishi kerak bo‘lgan namuna.
Bayon etishni talabaga yanada tanish aniq va yanada aniq bo‘lgan materialardan, asta – sekin uni murakkablashtirib, mavhum tushunchalarga o‘tgan holda boshlash kerak.
Tushuntirishni soddadan murakkabga, xususiydan umumiyga (indtvidual uslub) yoki aksincha, avval hodisa tushunchasini berib, so‘ng esa uni asoslab,sabab-natija borliqdagini ochib tushuntirish kerak. Amaliyotda ikki usulni bir darsda, ya’ni o‘quv materialini kismlarga bo‘lib, birinchi induksiya usulidan foydalangan holda muvaffaqiyatli olib borish, boshqasini esa deduktiv uslubni qo‘llangan holda tatdiq qilish mumkin.
O‘quv materialini qismlar bo‘yicha bayon etganda, avval bayon etilgan material bilan aytilayotgan qoidalar bog‘lanishi va ichki fan va fanlararo bog‘likliklarni hisobga olgan holda keyingi material qismi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi uchun uning tuzilishi mantiqiyligiga qarash lozim.
Bayon etilgan material talabalar bilan to‘la o‘zlashtirilishi uchun ba’zi bir qoidalarga
rioya qilish kerak:
- Umumiy va ortiqcha fikrlashlardan qochish fikrni aniq va lo‘nda ifoda etish;
- Kirish so‘zi, uzun gaplarni, ehtiyojsiz ergashgan qo‘shma gaplar va sifatdoshlarni ishlatmaslik;
- Imkon boricha murakkab atamani sodda tushuncha bilan chet tili so‘zini esa ona-tili so‘zi bilan almashtirish; talabalar uchun yangi bo‘lgan so‘zlar va tushunchalarni sinf yozma taxtasiga yozib chiqish lozim;
- Materialni tartib bilan bayon etganda, uni aloxida belgilarga (dalillar) bo‘lish maqsadga muvofiq.
Darslarda talabalarning diqqat-e’tibori va faoliyatiga erishish oxiri qoidani esda tutgan holda rioya qilish sust bo‘lsa, xech qanday pedagogik ta’sir etish vositalari chuqur va mustaxkam bilimlar bilan ta’minlay olmaydi.
Darsdagi mustaxkam e’tiborga talabalarda o‘quv materialiga qiziqish uyg‘onishi va muntazam ushlab turishi bilan erishadi. Ma’lumki, qiziqishni butun dars mobaynida ushlab turishdan ko‘ra uyg‘otish engilroq, talabalarni qiziqtirish, ongli faoliyatini faollashtirish, butun dars mobaynida mavzuga bo‘lgan qiziqishni saqlab qolish vazifasi turlicha hal qilinadi. Bu harbiy rahbar individual xususiyatlari, uning tayyorlanganligi pedagogik tajribasi va xokazo ga bog‘liq. Darsda o‘quv materialini bayon etishda talabalarga savol berish tavsiya etiladi.
Talabalar harbiy rahbar savol berib qolishi ehtimolida uni diqqat bilan eshitadilar. Talabalar javobi o‘quv materiali o‘zlashtirilgani darajasi haqida xulosa qilishga imkon beradi.
O‘quv materialini og‘zaki bayon etishda nafaqat nutq madaniyati tilning sofligi, extiyojsiz ishlatiladigan ortiqcha so‘zlarning yo‘qligi (aytiladi, shunga o‘xshash va xokazo) balki buyruq berish tiliga xos bo‘lgan aniqlik, to‘g‘rilik, ifodalilik muxim. Buning xammasiga mashq qilish orqali erishiladi va harbiy rahbar doimiy mustaqil ishi natijasi hisoblanadi.
Darsni qiziq olib borish qobiliyati tez o‘zlashtirilib olinmaydi faqat o‘quv materialini bilish bu uchun kamdir. Bir xilda darsda talabalarning chalg‘ish, tushuntirishlar quruq til bilan bir xil ohangda, zerikarli olib borilgani uchun bu tushuntirishlari eshitmay o‘tirishlari kuzatiladi. Odatda bunday qvituvchi talabalarining o‘zlashtirishi yuqori emas.Bunga yo‘l quymaslik uchun harbiy rahbar og‘zaki bayon etish uslubiyotni yaxshi bilishi va muntazam ravishda nutq madaniyatini takomillashtirishi kerak. CHaqiriqqacha tayyorgarlik darslari samaradorligi uchun tashqi ko‘rinish, turish, gapirish shakli kabi harbiy rahbarning individual xislatlari katta axamiyatga ega. Keyingi ozodalik, saramjonliligi, harbiy qiyim O‘zR Qurolli Kuchlari nizomi bilan aniqlagan harbiy xusumatchilariga bo‘lgan majburiy talab.
YAkuniy qismi – bu natijalarni jamlashdir. Darsning bu qismi talabalarga o‘rganilgan material bosh savollari, nazariy bilim va amaliy qo‘niqmalar borligini eslatishni maqsad qilib qo‘yadi.Harbiy rahbar bu qisqa vaqt ichida darsning asosiy mazmunini qayta aytib o‘tadi, ijobiy tomonlar va nuqsonlarni ko‘rsatadi.
Mustaqil tayyorlanish uchun vazifa berganda harbiy rahbar mavzuning vazifa qaysi bo‘limlarini qanday qilib mustaqil o‘rganish mumkin, o‘z ishini yaxshi tashkil qilish mumkinligini tushuntirib o‘tadi. Mustaqil ishga ko‘rsatmalar aniq, lo‘nda va tartib bilan berilishi kerak.YAkuniy qismga bir soatlik mashg‘ulotning 5/7 qismi ajratiladi, harbiy rahbar yuqori shahsiy tashqililigi va o‘ziga muntazam ravishda talabchanligi sharti bilan mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil qilish mumkin.
- a) Dala mashg‘ulotlarini o‘tkazishda avtomatdan o‘q otishni tashkil qilish va taktik tayyorgarlik savollarini ishlab chiqish borasidagi savollarga harbiy rahbarning katta e’tibor bernishi talab etiladi.
U xavfsizlik choralari qisqa vaqtli harakatning bir martalik jarayoni emasligigini bilishi kerak, odatda ular mashg‘ulotni tayyorlash va o‘tkazishning barcha bosqichlarida muntazam o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotni tayyorlash va o‘tkazish paytida xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan muhim talablar quyidagilar: sanitariya ahvoli noma’lum bo‘lgan joyda mashg‘ulot o‘tkazish man etiladi; Mashg‘ulotlar uchun mozorlarga yaqin joy erlardan, oqar suv tushadigan joylardan foydalanish qatiyan man etiladi;
taktik mashg‘ulot va harbiylashtirilgan o‘yinlarda jangovor va kichik kalibrli o‘qlarni ishlatish, o‘quv qurolidan turli o‘qlar bilan o‘q otishlar, topilgan portlamay qolgan granata, snaryad, mina va boshqa portlaydigan narsalarni tegish qatiyan man etiladi. (ta’lim oluvchilarda topilgan o‘q va portlaydigan narsalarni darhol olib qo‘yish kerak);
o‘qsiz patronlarni ishlatish, paketlar va signal potronlarini portlatish faqat mashqda qatnashayotgan harbiy xizmatchilar, harbiy rahbarga xavfsizlik choralariga rioya qilgan ruxsat beriladi;
o‘qsiz patronlarni faqat jangovor quroldan otishga ruxsat beriladi;
o‘quv granatalarini mashg‘ulot qatnashchilaridan 70-100 m bo‘lgan masofadan
otishga ruxsat beriladi;
taktika yoki harbiy topografiya bo‘yicha mashg‘ulotlarda transport yuradigan yo‘llarni o‘tayotganda, er joyi chegaralarida qizil bayroq bilan belgi beruvchilarni joylashtirish lozim, saf tortib yo‘llar va aholi shahobchalaridan yo‘l cheti bo‘ylab o‘tishi kerak.Kolonna oldi va orqasida hali qizil bayrokli belgi beruvchilar yurishi kerak(tungi paytda yoritgichlar bilan).
- b) o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha taktik mashg‘ulotlarni o‘tkazishda o‘q otish tayyorgarligini mashg‘ulotlaridagi xavfsizlik,avvalam bor, ularning yaxshi tashkil qilinganligi, choralari ta’lim oluvchilar mashg‘ulotlarga jalb kilingan butun shaxsiy tarkibi yuqori intizomi, mustahkam bilim va xavfsizlik qoida va choralariga aniq, rioya qilish bilan ta’minlanadi. harbiy xona, o‘quv joylarida mashg‘ulotlar paytida tanaffusda man etiladi:
sardor ruxsatsiz qurolni olish;
o‘smirlarni chaqiriqqacha tayyorgarligi dasturini bajarish bilan bog‘lik, bo‘lmagan maqsadlar uchun o‘quv quroli, kichik kalibri, pnevmatik miltiklar va ular patronlarini ishlatish; odam, hayvon va havoga qurol, shu bilan birga o‘quv qurolini yo‘nalishtirish; qarovsiz qurolni tashlab ketish;
miltik patronlari, qo‘l granatalari piltasi, qurol juvalangan va mustahkamlangan
kismlarini ajratish;
olib o‘tishda o‘quv quroli va kichik kalibri, pnevmatik miltiqlar o‘qdan chiqarilgan va jildangan bo‘lishi shart. Kurolni o‘quv binolari va dala, o‘t otish moslamasi xonasida faqat “kamarga” yoki “elkaga” holatida olib yurish lozim; har bir mashg‘ulot oldidan sinfda, harbiy xonada rahbar barcha qurol va jangovor
aslahalar o‘quv qurollarini tekshirib chiqishi kerak.
Ayniqsa mashg‘ulotlarda jangovor namunalarini ishlatish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaslik uchun patron, granata, granata piltalarini yaxshilab ko‘rib chiqish kerak.Nazariy mashg’ulotlar nazorat mashg’ulotlari
Harbiy rahbar o‘quv avtomatdagi barcha yog‘och va plastmassa qismlar qora rangga bo‘yalishini bilishi kerak. Stvol kutichasi, qabul qilg‘ich qopqog‘i, stvol, qo‘ndoq lukidon va boshqa qismlarga “o‘quv” tamg‘asi bosiladi. Har bir o‘quv avtomati, shuningdek ta’mirlash organi boshchisi va o‘quv varianti tamg‘asi ishlangan zavodning nazorat belgisiga ega bo‘lishi kerak. Belgi avtomatik ishlab chiqaruvchi zavod belgisi bilan, tamg‘a esa zavod tamg‘asi bilan yonma-yon qo‘yiladi.Nazariy mashg’ulotlar nazorat mashg’ulotlari
“O‘quv avtomati stvoli og‘zi qismidan yuqorida va o‘qdon tomonidan pastda ikki taraflama ochiq uzun o‘yiqqa (50x3mm) ega bo‘lishi kerak. Stvol kutichasiga pastdan stvoldagi o‘yiqni qisman yopadigan plastinka payvandlanadi, Stvol qutichasi qopqog‘i qopqoq oldi devoridan 100mm narida ikki taraflama ochiq uchun yorivva ega bo‘lishi kerak. Tepki o‘tmaslashtiriladi. (O‘tkir qirralari zarba kelmasligi uchun ishlab chiqiladi. Uchining butun kattaligi o‘tmaslashtiriladi).
O‘qtalib yasalgan o‘quv granatalari O‘QG-N (RGD-5 granatasi qobig‘i unga qobiq bo‘lib xizmat qiladi) va O‘QGning (qobig‘ bo‘lib unga f-1 granata qobig‘i xizmat qiladi) jangovorlaridan farqlanishi maqsadida qora rangga va O‘QG-N (O‘QG) belgisi, O‘QGga esa bundan tashqari uzunasiga va eniga qilib oq chiziqlar qo‘yiladi.Nazariy mashg’ulotlar nazorat mashg’ulotlari
Muallif: Xasanov M