Munadarija
Nazorat mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish. Talabalarning dasturni o’zlashtirganlik darajasi bo’yicha yakka tartibdagi bahosini aniqlash.
Ta’lim muassasalarida bitiruvchi kurs talabalari bilan o‘qitishining yakuniy bosqichida CHQBTdan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va yuqorida dastur bo‘limlarida ko‘rsatilgani bo‘yicha nazorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun, CHQBT ga ajratilgan vaqt hisobidan uch kunlik dala o‘quv mashg‘ulot (yig‘in)lari o‘tkaziladi. Bu mashg‘ulot (yig‘in)lar quyidagicha o‘tkaziladi:
- umumta’lim maktablarida 11-sinf o‘quv bilan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 3-kurs talabalari bilan mart va may oylarida;
- kasb-hunar kollejlarida 3-kurs talabalari bilan o‘qitishning oxirgi davrida o‘tkaziladi;
- tuman (shahar) hokimligining qarori bilan tashkil topgan o‘quv punktlaridagi talaba o‘g‘il bolalar bilan tuman (shahar) hokimligining rejasiga muvofiq o‘tkaziladi.
Uch kunlik dala o‘quv mashg‘uloti (yig‘ini) – (DO‘M) quyidagi tartibda olib boriladi:
- bir vaqtning o‘zida barcha yoki bir nechta ta’lim muassasalari tuman (shahar) o‘quv punktlarining talaba bolalarini mudofaa sport sog‘lomlashtirish lagerlariga (MSSL) yoki otaliqda bo‘lgan harbiy qismlarga yig‘ish yo‘li bilan;
- bitta ta’lim muassasasining (TM) talaba bolalarini MSSL bazasidagi o‘quv punktlariga yoki otaliqdagi harbiy qismga yig‘ish yo‘li bilan;
- har bir guruh (sinf) bolalarini har kuni mashg‘ulot maydonlariga, otish, joylari (tir)ga olib chiqish yoki yig‘ish yo‘li bilan;
DO‘M(Y) o‘tkazish vaqti va tartibini Mudofaa ishlari bo‘limlari tuman (shahar) xalq ta’limi organlari, viloyat (shahar) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan birgalikda garnizon boshlig‘i bilan kelishilgan holda belgilanadi va CHQBT ni rejalashtirishga qadar ta’lim muassasalari rahbarlariga ma’lum qilinadi.
DO‘M(y) ga umumiy baho. CHQBT bo‘yicha talabalarning yillik va yakuniy bahosi.
Harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan olib borilgan mashg‘ulot sifatini baholash.
DO‘M(Y) uchun umumiy baho quyidagicha qo‘yiladi:
“a’lo” – agarda dasturning «Harbiy ish asoslari», «Otish tayyorgarligi» bo‘limlari bo‘yicha olingan baho – «a’lo» «Amaliy jismoniy tayyorgarlik» bo‘limidan esa «yaxshi» bahodan past bo‘lmasa, shuningdek “namunali”, “yaxshi” odob-axloqqa ega bo‘lsa;
“yaxshi” – agarda dasturning «Harbiy ish asoslari», «Otish tayyorgarligi», bo‘limlari bo‘yicha olingan baho «yaxshi» bahodan kam bo‘lmasa, «Amaliy jismoniy tayyorgarlik» bo‘limidan esa “qoniqarli”dan kam bo‘lmasa, shuningdek “namunali”, «yaxshi» yoki «qoniqarli» odob-axloqqa ega bo‘lsa;
“qoniqarli” – agarda «Harbiy ish asoslari»dan tashqari biron bir boshqa bo‘limdan bitta «yaxshi» bahosi yoki «qoniqarli» odob-axloqqa ega bo‘lsa;
“qoniqarsiz” – agarda ikki va ortiq bo‘limlar bo‘yicha olingan baho «qoniqarsiz», odob-axloqi esa “namunali”, «yaxshi» yoki «qoniqarli» bo‘lsa yoki “qoniqarli” baho, ammo “qoniqarsiz” odob-axloqqa ega bo‘lsa.
DO‘M(Y) nazorat mashg‘ulotlarida nazorat me’yorlari (mashq, usul, amaliy harakat, vazifalar) ushbu dasturdagi 2-ilova shartlari bo‘yicha bajariladi.
“Harbiy ish asoslari” bo‘limi bo‘yicha:
- nishonni ilg‘ash, ularning joy atrofidagi narsalarga hamda belgilarga nisbatan joylashgan o‘rnini aniqlash va kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish;
- o‘t ochish joyini tanlash, yotib otish uchun xandaq (okop) tayyorlash;
- jang maydonida avtomatdan o‘t ochgan holda ildam qadam va qisqa yugurib, emaklab
harakatlanish (yaxlit bajarish);
“Otish tayyorgarligi” bo‘limi bo‘yicha (4-mavzu, 13 – 14 – mashg‘ulotlarda o‘tkaziladi): – avtomatni qismlarga ajratish, tozalash va stvol ichini moylash (KA);
- avtomatdan otish bo‘yicha dastlabki mashqni bajarish (kichik kalibrli miltiqdan otish mashqini bajarish);
- o‘qdonga xonaki o‘qlarni joylash;
- portlovchi qo‘l granatalarini (tankka qarshi) uloqtirish bo‘yicha 1(2)-mashqlarni
bajarish.
“Amaliy jismoniy tayyorgarlik” bo‘limi bo‘yicha:
- turnikda tortilish;
- 1000 yoki 3000 metrga yugurish;
- to‘siqli yo‘lakdan oshib o‘tish, umumnazorat mashqini bajarish; – qo‘l kurashi (jangi) amallarini bajarish.
DO‘M(Y) nazorat mashg‘ulotlarini tuman (shahar) hokimligining qarori bilan tuzilgan kommissiya tarkibi o‘tkazadi. Talaba bolalarga nazorat mashg‘ulotlarida qo‘yilgan baholar qaydnomasi komissiya tarkibining imzosi va hokimiyat muhri bilan tasdiqlanib ta’lim muassasasi direktoriga jo‘natiladi. DO‘M(Y) ga qo‘yilgan umumiy baho sinf jurnaliga DO‘M(Y) belgisi bilan yozib qo‘yiladi. Viloyat (tuman, shahar) xokimligi tomonidan tashkil etilgan o‘quv punktlarida CHQBT dan o‘tgan chaqiriq yoshidagi bolalar dasturidagi barcha bo‘limlar bo‘yicha MSSLning yakuniy bosqichiga o‘tkaziladi, ularning nazorat mashg‘ulotlarida olgan yakka tartibdagi baholari yakuniy baho hisoblanadi. MSSL nazorat me’yorlarini qabul qilish uchun tuman (shahar) hokimligi qarori bilan tarkibida MIB, FV bo‘yicha boshqarma, jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, MK «Vatanparvar» tashkiloti vakillari bo‘lgan komissiya tuziladi. CHQBT bo‘yicha yillik (kurs) baho talabalarning chorak (semestr) baholariga asoslanib qo‘yiladi.
CHQBT bo‘yicha yakuniy baho DO‘M(Y) umumiy bahosiga va yillik (kurs) bahoga asoslanib qo‘yiladi va quyidagicha aniqlanadi:
«a’lo» – agarda DO‘M(Y) uchun «a’lo» baho, shuningdek CHQBT bo‘yicha yillik
(kurs) bahosi «yaxshi» bahodan past bo‘lmasa;
«yaxshi» – agarda DO‘M(Y) uchun «yaxshi» baho bo‘lsa, shuningdek CHQBT bo‘yicha yillik (kurs) bahosi «qoniqarli» bahodan past bo‘lmasa;
«qoniqarli» – agarda DO‘M(Y) uchun «qoniqarli» baho bo‘lsa, shuningdek BCHT bo‘yicha yillik (kurs) bahosi «qoniqarli» bahodan past bo‘lmasa;
«qoniqarsiz» – agarda DO‘M(Y) uchun yoki yillik (kurs) bahosidan birontasi «qoniqarsiz» bo‘lsa.
CHQBTning yakuni bo‘yicha ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i tuziladi (tayyorlanadi). Bu buyruqqa DO‘M(Y) jarayonida talabalar ko‘rsatgan natijalar tahliliga asoslanib, shuningdek joriy o‘quv yili CHQBT dasturining qay tartibda bajarilganligiga qarab CHQBTning yakuniga baho beriladi.
Harbiy rahbar va CHQBTO‘ tomonidan olib borilgan mashg‘ulot sifatini nazorat qilish rejadagi mashg‘ulotlar davomida amlga oshiriladi.Mashg‘ulotni o‘rnini o‘zgartirish taqiqlanadi. Agar nazorat qilish kuni haftalik rejaga muvofiq bir nechta sinf (guruh)lar bilan turli mavzularda mashg‘ulot o‘tish kerak bo‘lsa, bunday holda nazorat qiluvchi tomonidan mashg‘ulotlarning qaysi biri tekshirilishi belgilanadi. Mashg‘lot (dars)ning tahlili darhol o‘tkazilmaydi bunda dastlab so‘z mashg‘ulot rahbariga, undan keyin so‘z ta’lim muassasasi direktoriga beriladi. Bulardan keyin nazorat qiluvchi (tekshiruvchi) o‘tilgan mashg‘ulot (darsni)ni tahlil qilib yakuniy xulosalarni chiqaradi. Mashg‘ulot (dars)ga baho berishda:
O‘quv va tarbiyaviy maqsadlarni, shuningdek mashg‘ulotni olib borish uslublarini dastur talablariga muvofiqligi;
Mashg‘ulotni g‘oyaviy darajasi, tarbiyaviy ahamyati, hamda moddiy ta’minotning to‘loqonligi va ulardan mashg‘ulotda foydalanishni;
Mashg‘ulotni strukturasini saqlashni va vaqtni taqsimlashlanishi, o‘quv materialini ketma-ketlik tartibi, tushunarli qilib etkazilishi, to‘laqonligi va o‘quv savollariga ishlov berilishi;
Hayotiylik va avval o‘rganilgan materiallar bilan bog‘langanligi;
Usul va harakatlarni amaliy ko‘rsata bilishni tashkilashni, mavzuni asosiy tushunchalarini ifodalanishi, xulosa va tushunchalarni lo‘nda ta’riflanishi;
Fanlararo aloqalarni amalga oshirilishi;
Barcha mashg‘ulotlar jarayonida o‘qitishni individuallashtirilishi;
Talabalarni anglash faoliyatlarini faollshtirish usullari;
Mashg‘ulotdagi intizom va talabalar tomonidan nizom talablarini bajarilishi;
YAngi materiallarni mustahkamlash uslublari;
Mashg‘ulotda yangi pedagogik, innovatsion texnalogiyalarni qo‘llanishi va zamonaviy ta’lim texnika vositalaridan samarali foydalana bilishi alohida inobatga olinadi.
Muallif: Xasanov M