ODAM QOMATI HAQIDA.

Оглавление/Munadarija

ODAM QOMATI HAQIDA.

ODAM QOMATI HAQIDA.

Odam qomati (andom) tushunchasi. Qomat, boshqa morfologik belgilar kabi ma’lum darajada odam gavdasi tashqi shakllarining xususiyatlarini belgilaydi. Shuning uchun qomatni o’rganish antropologlar va shifokorlar, shuningdek, tikuvchilik ishlab chiqarish mutaxassislari uchun muhim ahamiyatga ega.

Fanda odam qomatini tinch va to’g’ri yurgan vaziyatda, tananing vertikal holatida o’rganiladi. Qomatning vertikal vaziyatda bo’lishi deb, tinch holat, ya’ni mushaklar va tananing muvozanatda turishida organizmning kam energiya sarflashi tushuniladi. Bu holat ilmiy adabiyotlarda «tabiiy holat», «birinchi holat», «qadni rostlangan vaziyat» deb ham ataladi.

Qomat deganda, gavdani muvozanatda saqlash uchun minimal energiya sarflanadigan tabiiy («tinch») holatda odam tanasi konfiguratsiyasining individual xususiyatlari tushuniladi.

Qomatga boshqa morfologik belgilar singari o’zgaruvchanlik ham xosdir. Qomatning o’zgaruvchanligiga asosan umurtqa pog’onasi shaklining o’ziga xos xususiyatlari, chanoqning oldga egilganlik darajasi ta’sir ko’rsatadi. Qomatning holati mushak-larning qisqarishiga ham bog’liq bo’lib, antropometrik, tabiiy va harbiy holat turlariga bo’linadi

Og’irlik markazining holati va tana muvozanati shartlari. Kishi gavdasining muvozanat holati va qomati og’irlik markazining holatiga bog’liq bo’ladi. Tananing barcha og’irlik kuchlari qo’yilgan joy umumiy og’irlik markazi bo’lib hisoblanadi. Og’irlik markazi haqida gapirilganda, balki shu markaz joylash-gan soha tushuniladi, chunki organizmning hayot faoliyati davomida og’irlik markazining bir qancha siljishlari ro’y beradi.

Odam tinch holatda turganda og’irlik markazining holati uchta tekislikda (frontal, sagittal, va gorizontal) va tayanch tekisligiga nisbatan aniqlanadi (33rasm).

M.F. Ivaniskiy ma’lumotlariga ko’ra, og’irlik markazi frontal tekislikda son suyagi markazining orqasidan hamda tizza va boldir suyaklarining oldidan o’tadi

Bunga ko’ra, og’irlik markazi sagittal tekislikda tananing istalgan simmetrik holatida vertikal turganda, medianali (o’rta sagittal) tekislikda joylashadi (aniqrog’i 80% holatlarda o’ngga yoki chapga (ko’pincha o’ngga) siljiydi, chunki mushaklar og’irligining ko’proq qismi va jigar tananing o’ng tomonida joylashadi).

Og’irlik markazining gorizontal tekislikdagi holati odam yoshiga bog’liq bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqning og’irlik markazi beshinchi-oltinchi umurtqa pog’onasida joylashgan bo’ladi. O’sish davrida (16-18 yoshlargacha) og’irlik markazining pastga siljishi kuzatiladi. Kattalarda og’irlik markazi gorizontal tekislikda past-balandlik darajasining o’zgarishi birinchidan to beshinchi dumg’aza umurtqalarigacha bo’ladi. Ayollarda erkaklarga qaraganda og’irlik markazi pastroqda bo’ladi (33-b rasm). Og’irlik markazining holati gavda holatining qanchalik barqaror-ligini ko’rsatadi, ya’ni og’irlik markazi qanchalik pastda bo’lsa, gavda shunchalik barqaror bo’ladi. Ayollarda erkaklarga qaragan da og’irlik markazi pastroqda bo’ladi, shuning uchun vertikal vaziyatda ayollar gavdasi barqarorroq turadi.

Vertikal holat barqarorligining asosiy sharti gavdaning vertikal holatida og’irlik markazining oyoq o’rtasi tayanch yuzasidan o’tishi hisoblanadi (33-d rasm). Agar og’irlik markazi tayanch yuzasidan bir oz chetga chiqsa ham, odam muvozanatini yo’qotib yiqilib tushadi.

Odam qomatining turlari

Odamlar orasida gavda tuzilishining turli xil individual xususiyatlari, ya’ni turli qomatlar uchraydi. Har qanday qomatda ham kishi gavdasi muvozanatda bo’ladi. Bunga uning turli qismlarining moslashish vositalari bo’yicha erishiladi. Har bir qomat umurtqa va tananing ma’lum bir shakli, bosh va qo’l-oyoqning holati bilan xarakterlanadi. Qomatni xarakterlovchi asosiy belgilar umurtqa va tana shakli hisoblanadi.

L.P. Nikolayevning qomatni tasniflab bergan taklifi tikuvchilik sanoatida ko’proq qiziqish uyg’otdi. Bunga ko’ra, u qomatni beshta turga bo’ladi: normal, to’g’ri, bukchaygan, lordoz va kifoz. 34-rasmda erkaklar qomatiga xos bo’lgan tana kontur chiziqlari sagittal tekislikda ko’rsatilgan.

Normal qomat umurtqa pog’onasining bir tekis egilganligi bilan xarakterlanadi.

To’g’ri qomat umurtqa pog’onasi hamma bo’limlarining kuchsiz egilganligi bilan xarakterlanadi.

Bukchaygan qomat bo’yin lordozining oldinga ko’proq egilganligi va bel lordozining kamayganligi (orqa dumaloq shaklda bo’ladi) bilan ajralib turadi. A.P. Nikolayevning ma’lumotlariga ko’ra, bunday qomatlar ko’proq qariyalarda uchraydi.

Lordotik qomat bel lordozining kuchli va bo’yin lordozining kuchsiz rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.

Kifotik qomat ko’krak kifozining keskin kuchayib ketishi bilan xarakterlanadi.

Polshalik tadqiqotchi N.Volyanskiy tasnifiga ko’ra, qomat uchta guruhga va bu guruhlar o’z navbatida uchtadan turga bo’linadi (35- rasm).

Birinchi guruh, kifotik (K), ko’krak kifozining bel lordoziga nisbatan ko’p egilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bo’yin nuqtasidan pastga o’tkazilgan vertikal chiziq lordotik nuqtaning oldidan o’tadi. Lordotik nuqta bel lordozining eng ichkari qismi-da joylashgan bo’ladi. Ko’krak kifozining bel lordozidan ustunlik qilishi kichik, o’rta va katta bo’lishi natijasida uch xil kifotik qomat turlari (Kp K„ va Km) farqlanadi.

Ikkinchi guruh, muvozanatli (M), umurtqa pog’onasining bel va ko’krak bo’limlari bir xil egilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bo’yin nuqtasidan (yettinchi bo’yin umurtqasining o’tkir o’sig’idan) pastga o’tkazilgan vertikal chiziq lordotik nuqtadan yoki yonidan o’tadi. Umurtqa pog’onasining hamma boiimlarida egilganlik darajasi kuchsiz, o’rta va kuchli bo’lishi natijasida uch xil muvozanatli qomat turlari (Mp Mn va Mm) ajratiladi.

Uchinchi guruh, lordotik (L), katta bel lordozi va kichik ko’krak kifozi bilan xarakterlanadi. Bunda bo’yin nuqtasidan pastga o’tkazilgan vertikal chiziq lordotik nuqtaning orqasidan o’tadi. Bel lordozining ko’krak kifozidan ustunlik qilishi kichik, o’rta va katta bo’lishi natijasida uch xil lordotik qomat turlari (Lp L„ va Ln]) farqlanadi.

11—17 yoshdagi bolalar va o’smirlar qomatlari uchun ishlab chiqilgan bu sxemani katta yoshdagi aholining qomatini o’rganishda ham qo’llash mumkin.

Mp M„ va Mni qomat turlari barcha yoshdagi odamlar uchun xos. P.N. Bashkirov fikricha, L, va L barcha yoshdagi odamlarda uchraydi, lekin kattalarga qaraganda, bolalarda ko’proq kuzatiladi. Ln. tur «xo’roz» qomat deb ham atalib, u ko’proq kichik yoshdagi bolalar qomatida uchraydi (11 yoshgacha). Lordotik tur ko’proq bolalar qomatlariga tegishli bo’lib, kifotik (ayniqsa Kn[ tur) tur bolalar qomatlariga mutlaqo xos emas. Bolalar ulg’ayishlari bilan, og’irlik markazining pastga tusha borishi natijasida ularning qomatlarida o’zgarishlar bo’ladi.

Antropologiya ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan ayollar qomatlari tasnifi xuddi L.P.Nikolayevning erkaklar qomatlari tasnifi sxemasiga o’xshaydi, ya’ni bo’yin chuqurligi (korpusning holati) va bel chuqurligi belgilarining birikmasi bo’yicha ajratilgan.

Ayollar qomatining tasniflanishi. Tikuvchilik sanoatida qabul qilingan ayollar qomatining tasnifi bo’yicha bukchaygan, normal va kekkaygan turlari farqlanadi (36-rasm).

Bukchaygan qomatning orqasi ko’zga tashlanadigan darajada dumaloqroq, ko’krak chiqqan, yelka oldinga bukchaygan, belda biroz egilish bor, ko’kraklar tor, orqa kengaygan, orqa belgacha uzunroq, old kaltaroq bo’ladi.

Normal qomat — o’rtacha variant, to’g’ri qomat va to’g’ri toslar bilan xarakterlanadi.

Kekkaygan qomatning orqasi yassi, kuraklar tekis, yelkalar orqaga yo’nalgan, bel ko’proq egilgan, ko’krak keng, orqa toraygan, old belgacha uzunroq, orqa belgacha kaltaroq bo’ladi.

Ayollar qomatining proyeksion o’lchamlari. Qomat, gavda-ning holati — Pk, yelka qiyaligining balandligiga — V,, bel chuqurligi — Gu va Gt2 bog’liq bo’lib, qomatning yosh o’tishi bilan o’zgarishi gavda holatining va bel chuqurligining o’zgarishiga olib keladi (37- rasm). Ayollar va erkaklar tana tuzilishiga ta’sir etuvchi gavda holati Pk, bel chuqurligi Gtl Gt2, yelka qiyaligining balandligi V , ko’rsatilgan. Erkaklar gavda holati ayollar gavda holatidan kattaroqdir. Erkaklarda I bel chuqurligi II bel chu-qurligidan ko’proqdir (Gtl > Gt2). Ayollarda II bel chuqurligi I bel chuqurligidan ko’proq (Gt2 > Gtl), lekin erkaklarda I bel chuqurligi ayollarning I bel chuqurligidan kattaroqdir (EGtl> AGtl). Ayollarda II bel chuqurligi erkaklarni II bel chuqurligidan kattaroqdir (AGt2 > EGt2).

Qomatning shakllanishiga mehnat faoliyati va sport bilan shug’ullanish katta ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, ayollarning qomati tanlangan poyabzalga ham bog’liqdir. Ayollar qomati chizmasi xuddi erkaklar qomatining chizmasi kabi tuzilgan (7-jadval).

7-jadval Gavdaning holatiga ko’ra qomat turlari

Qomatning turi Gavdaning holati (Pk)
Ayollarda Erkaklarda
Bukchaygan 8,2±1 10,1±1
Normal 6,2±1 8,1±1
 

 

4,2±1 6,1±1
  Qomat, shuningdek, yelka qiyaligi, ya’ni yelka balandligi bilan ham  

xarakterlanadi va baland, normal, past yelka turlari uchraydi (38-rasm).Ayollar yelka qiyaligining o’rta-cha burchagi Z21°ni tashkil etadi. Qiyalik burchagi o’zgarishi bilan yelka balandligi ham o’zgaradi. Yelka balandligi qisman yelka shakliga ham ta’sir qiladi: past yelka bo’yinni uzun-roq ko’rsatadi, baland yelka esa bo’yinni kaltaroq ko’rsatadi (8-jadval).Pk (gavda holati) ko’rsatkichida faqat bo’y o’lchamlari o’zgaradi, bo’y kattalashgan sari u ham oshadi. V y (yelka balandligi) ko’rsatkichi esa bo’ylar va o’lchamlar bo’yicha o’zgaradi.Tadqiqotchilarning ma’Iumotla-riga ko’ra, bo’yin va yelka nuqtalari balandliklarining ayirmasi bilan aniqlangan yelka balandligi uni yetarli darajada ifodalay olmaydi. Shu bois bo’yin asosi va yelka antropometrik nuqtalar balandliklarining ayirmasi V , maqsadga muvofiq deb topilgan.Odamning qomati ort bo’lak o’rta chokining konstruktiv yechimiga va buyumdagi balans nuqtalar holatiga ta’sir qiladi. Shuning uchun ayollarning aniq qomatiga kiyim loyihalashda qomatning o’lchamlari bo’y va t&’lalik guruhi bo’yicha unga muvofiq boigan turli qomat o’lchamlari bilan solishtirib, o’l-chami topiladi.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba