Munadarija
Odam tanasi o`lchamlari tadqiq qilish uslublari.
Asosiy morfologik belgilarning shakli, jins va yoshga qarab o’zgarishi faqat ba’zi o’lchamlardagina emas, balki mutanosiblik va gavda tuzilishi turlarida ham namoyon bo’ladi.
Odam tanasi va uning alohida qismlarini o’lchashdan iborat bo’l-gan tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometriya deyiladi.
Odam gavdasi o’lchamlarini tekshirish natijalaridan o’tgan asrning oxirlariga kelib foydalanila boshlandi. Hozirgi vaqtda antropometriya ma’lumotlaridan sport va tibbiyotda, gavdaning jismoniy rivojlanishida konstitutsiya mutanosibligi va h.k laming xususiyatlarini o’rganishda foydalaniladi. Odam gavdasining shakli va o’lchamlari haqidagi ma’lumotlar yengil sanoatning turli tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega.
Amaliy antropologiyani bilmay turib yengil sanoat tarmoqlari, jumladan, tikuvchilik masalalarini yechish mumkin emas. Odam gavdasining shakli va o’lchamlari, aholining turli guruhlari va ular haqidagi to’liq ma’lumot va bilimlar bo’lgandagina, ularning shakli va o’lchamlariga mos kiyimni ko’plab ishlab chiqarish mumkin.
Ma’lumotlar antropometrik tekshiruvlar asosida olinadi. Tekshiruvlar maxsus dastur bo’yicha olib boriladi. Natijalardan kiyim andozalash uchun o’lcham tipologiyasini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
1.2. Antropometrik nuqtalar
Ilmiy tekshirish ishlari o’tkazishda aniq va solishtirish mumkin bo’lgan ma’lumotlar olish uchun o’lchovlar odam tanasidagi ma’lum bir nuqtalar orasidan (odam skeletining aniq ko’rinib turadigan va belgilash oson bo’lgan joylaridan) yoki yumshoq to’qimalarning, terining aniq chegaralangan o’ziga xos maxsus qismlaridan olinadi.
Antropometrik nuqta deb, odam gavdasida joylashgan va aniq ko’rinadigan do’nglik va chuqurlikka mos keladigan nuqtalarga aytiladi (12-jadval). Bu nuqtalar o’lchovlarni to’g’ri olishda mo’ljal boiadi. Quyida keltirilgan antropometrik nuqtalardan o’lchovlar olishda foydalaniladi
Shartli belgi | Nuqtalar nomi | Joylashishi |
1 | 2 | 3 |
1 | Cho’qqi nuqtasi | O’ng ko’zning pastki burchagi bilan quloq kesmasi gorizontalidan chetga chiqmagan holda, boshning eng cho’qqi nuqtasi |
2 | Kozelok nuqtasi | Quloq o’simtasining nuqtasi |
3 | To’sh suyagi yuqorisidagi nuqta | To’sh suyagi yuqorisidagi qirqimning o’rtasi |
4 | To’sh suyagi o’rtasidagi nuqta | To’sh suyagining o’rta chizig’ida, to’rtin-chi juft qovurg’alar uchi birikkan sathda joylashgan. |
5 | Bo’yin asosi nuqtasi | Bo’yinning aylana chizig’i yelka qiyaligi chizig’i bilan kesishgan nuqtasi |
6 | Bo’yin nuqtasi | Yettinchi bo’yin umurtqasining o’tkir o’simta uchi |
7 | Yelka akro-mial nuqtasi | Kurak akromial o’simtasining yon tomo-nidagi eng bo’rtgan nuqtasi |
8 | Yelka nuqtasi | Kurak suyagi akromial o’simtasining yuqorigi cheti bilan yelka bo’g’imi soha-sini ikkiga bo’lgan tik tekislik kesishgan nuqtasi |
9 | Qo’ltiqning oldingi bur-chagi nuqtasi | Qoi pastga tushirilgan holda qoitiq chuqurchasining oldingi cheti hosil qiladigan yoyning eng baland nuqtasi |
10 | Ko’krak uchi nuqtasi | Ko’krak bezining uchi |
11 | Bel sathidagi nuqta | Biqinning ichiga botib turgan joyida pastki qovurg’a bilan yonbosh suyagining oralig’idagi nuqta |
12 | Bel chizig’ining old nuqtasi | Old bel chizig’idagi o’rta nuqta |
13 | Bel chizig’ining ort nuqtasi | Bel chizig’ining umurtqa Pog’onasi bilan kesishgan nuqtasi |
14 | Yonbosh suyagining qirra nuqtasi | Taroqsimon yonbosh suyagining qirra nuqtasi |
15 | Qorinning bo’rtib chiqqan nuqtasi | Qorinning oldinga eng bo’rtib chiqqan nuqtasi |
16 | Bilak nuqtasi | Bilak suyagining tashqi tomonidagi bo-shoqning yuqori uchi |
17 | Bilak suyagining pastki bo’rtiq nuqtasi | Qo’lning birinchi barmoq tornonidan bilak suyagining eng bo’rtiq pastki nuqtasi |
18 | Tirsak suyagining eng pastki nuqtasi | Qo’l tirsak suyagining eng pastki nuqtasi |
19 | Barmoq uchi nuqtasi | Uchinchi barmoq uchi nuqtasi |
20 | Tizza nuqtasi | Tizza qopqog’ining markazi |
21 | Kichik boldir suyagining pastki tashqi nuqtasi | Kichik boldir suyagining pastki tashqi nuqtasi |
22 | Tovon nuqtasi | Tovonning eng bo’rtiq nuqtasi |
23 | Oyoq kaftining uchi nuqtasi | Oyoq kafti birinchi yoki ikkinchi barmog’ining oldinga turtib chiqqan nuqtasi |
24 | Qo’ltiqning ort burchagi nuqtasi | Qo’l pastga tushirilgan holda qo’ltiq chuqurchasining orqadagi cheti hosil qiladigan
yoyning eng baland nuqtasi |
25 | Kurak nuqtasi | Kurakning orqaga eng bo’rtib chiqqan nuqtasi |
26 | Dumba nuqtasi | Dumbaning eng bo’rtiq nuqtasi |
Antropometrik tekisliklar
Odam gavdasi muallaq fazoda ko’riladi. Juda murakkab qomatli odam tanasini fazoda o’rganishda, chiziqlar va tekisliklardan foydalaniladi. O’lchamlar vertikal va gorizontal tekislik-larda olinadi (40-rasm).
Bosh chiziqlar 3 ta: 1 ta vertikal va 2 ta gorizontal o’qlardir. Bu o’qlardan tashqari 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal tekislik bor. Tekisliklar o’zaro perpendikulardir.
Umurtqa pog’onasidan o’tadigan va odam tanasini o’ng va chap tomonga bo’ladigan tik tekislik hamda unga parallel bo’lgan barcha tekisliklar sagittal tekisliklar deyiladi.
Sagittal tekisliklarga perpendikular o’tgan va tanani faraziy old va ort bo’laklarga bo’ladigan tik tekislik frontal tekislik deyiladi.
Sagittal va frontal tekisliklarga perpendikulyar hamda odam tanasini faraziy yuqori va pastki qismlarga bo’ladigan gorizontal tekisliklar transversal tekisliklar deb aytiladi. Bu tekisliklarda odam gavdasida joylashgan nuqtalarni proyeksiyalash mumkin. Bu tekisliklarda joylashgan chiziqlar antropometrik chiziqlar deb ataladi.
Muallif: H.I.Yodgorova.