Odam tanasining mutanosibligini belgilovchi asosiy belgilar. Odam gavdasi propotsiyalari

Odam tanasining mutnosibligini belgilovchi asosiy belgilar. Odam gavdasi propotsiyalari

Odam tanasining mutanosibligini belgilovchi asosiy belgilar. Odam gavdasi propotsiyalari.

Odam tanasi bosh, gavda, qo’l va oyoqlardan iborat. Bular-ning har biri o’z navbatida bir qancha qismlarga bo’linadi. Tananing har bo’limi har bir odamda yoshiga va jinsiga qarab har xil kattaliklarda bo’ladi. Bu faqat turli yoshdagi va bir xil jinsdagi odamlarni solishtirish natijasida aniqlanadi. Tana qismlarining birbiriga mutanosibligi proporsiya deb ataladi. Bunda tananing proporsiyali o’lchamlari nazarda tutiladi.Buning uchun o’lchamning mutanosibligini quyidagi uchta tekisliklarning biridan olish murnkin: frontal, sagittal va transversal. Mutanosiblik qadimdan o’rganib kelinadi. Qadimgi misrliklar odam qomatini tasvirlashda qomat mutanosibligini e’tiborga olishgan. Qomatni tasvirlashda mutanosiblik bilan bog’liq ravish-da moduldan ham foydalanilgan

Kiyimni konstruksiyalashda turli mutanosibliklarni hisobga olish kerak. Tana mutanosibligi har xil bo’lganligi uchun asosiy ko’rsatkichlar: ko’krak aylanasi, bo’y va to’lalik bo’yicha o’lchamlar olinadi. Zamonaviy antropologiya erkaklar va ayollar orasida tez-tez uchrab turadigan quyidagi asosiy mutanosiblik turlarini ajratib ko’rsatadi. Professor V.V. Bunak katta yoshli aholi orasida ko’proq uchraydigan uchta asosiy mutanosiblik turini ajratadi: dolixomorf, mezamorf va braximorf (24-rasm).

Dolixomorf tur — bu turga mansub kishilarning qo’1-oyoq-lari uzun, tanasi qisqa va ixcham bo’ladi.Braximorf tur — bu turga mansub odamlarning oyoqlari nisbatan qisqa, tanasi uzun va yirik bo’ladi.

Mezamorf tur — bu turga mansub kishilar oraliq turdagi kishilar hisoblanadi.P.N.Bashkirov katta yoshli erkaklarning tana mutanosibligini quyidagi 5-jadvalda ko’rsatilganidek ifodalaydi.Odam tanasining mutnosibligini belgilovchi asosiy belgilar. Odam gavdasi propotsiyalari

Odam bo’yining uzunligi ularning oyoq uzunliklariga bogiiqdir. Shuning uchun bo’yi uzun odamlar dolixomorf turga mansub bo’lsa, bo’yi past odamlar braximorf turga mansubdir.

Turli mutanosiblikdagi erkaklar ayrim tana bo’limlari o’lchovlarining butun tana uzunligiga nisbati, %

Mutanosiblik

turi

Tana uzunligi Yelka uzunligi Tos kengligi Qo’l uzunligi Oyoq

uzunligi

Dolixomorf 29,5 21,5 16,0 46,5 55,0
Mezamorf 31,0 23,0 16,5 44,5 53,0
Braximorf 33,5 24,5 17,0 42,5 51,0

 

Tana mutanosibligining jinsiy farqlanishi. Bir xil turdagi erkak va ayollarning o’lchamlari bir xil bo’lmaydi. Ulardagi farq asosan yelka kengligi va tos suyagining shakliga bog’liqdir. Erkaklarning jussa asosi tepaga qaragan kesik konus shaklida bo’ladi. Ayollarniki esa pastga qaragan kesik konus shaklida bo’ladi. Erkaklarning tos suyaklari yelka suyaklaridan ancha kichik, ayollarning yelkalari tos suyaklaridan katta bo’lishi mumkin, lekin erkaklarnikidan kichikroq bo’ladi. Ayol va erkaklarning qo’l va oyoqlari uzunligi taxminan bir xildir (6jadval).

Odam tanasining mutanosibligi yoshi qaytgan sari sezilarli darajada o’zgaradi. Bosh va tana nisbiy o’lchamlarining kamayi-shi va qo’1-oyoqlarning nisbiy uzayishi natijasida mutanosiblik o’zgarib turadi. Bu vaziyat odam hayotining turli davrlarida ki-yimning shakli va mutanosibligiga ta’sir qiladi.

Tana mutanosibligining yoshga qarab o ‘zgarishi. Tana mutanosibligining o’zgarishi odam bo’yining o’sish davridan bosh-lanadi. Asosan bu o’zgarishlar bosh aylanasi va jussaning ki-chrayishi hamda tana o’lchamlarining o’sishi bilan farqlanadi (25-rasm). Masalan, chaqaloqning bosh uzunligi tana uzunligi-ning 25% ini, oyoq uzunligi 30% ini tashkil qiladi. Ko’krak aylanasi bosh aylanasidan ikki baravar katta. Katta yoshdagi odam-larda bosh uzunligi 13% ni, oyoq uzunligi tana uzunligining 53% ini tashkil qiladi.

6-jadval Mezamorf turga mansub bo’Igan erkak va ayollar ayrim qismlari o’lchamlarining tana uzunligiga nisbati, %

Jins Tana uzunligi Yelka kengligi Tos kengligi Qo’l uzunligi Oyoq

uzunligi

Erkaklar 31,0 23,0 16,5 44,5 53,0
Ayollar 31,2 21,8 17,8 47,2 53,1

 

Odam yoshining ulg’ayishi natijasida tananing bo’yi va alohida bo’limlarining o’sishi hamda alohida tana bo’limlarining foiz nisbatida keskin o’zgarishlari kuzatiladi. Masalan, katta yoshdagi kishining kallasi chaqaloq kallasidan ikki barobar katta. Foiz nisbatida esa ikki barobar kichiqroq.

Tananing uzunligi 3 barobar uzayadi, qo’llar 4, oyoqlar 5, bo’yin 2, bosh aylanasi 1,5 va ko’krak aylanasi 3 barobar kattalashadi. Tananing alohida bo’limlari yillar davomida notekis o’zgaradi (26-27-rasmlar).

Tana mutanosibligining guruhiy farqi yetarli darajada o’rga-nilmagan. Dolixomorf turi baland bo’yli aholiga tegishli bo’Igan Afrika, Skandinaviya, Shimoliy Amerika aholilarida uchraydi. Braximorf turi past bo’yli xalqlar uchun xos bo’Igan chekka shimol xalqlarida (nenislar, eskimoslar, xantilar, yoqutlar) uchraydi.Odam tanasining mutnosibligini belgilovchi asosiy belgilar. Odam gavdasi propotsiyalari

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba