Odam tanasining tashqi shaklinig asosiy morfologik belgilar.

Odam tanasining tashqi shaklining asosiy morfologik belgilar.

Odam tanasining tashqi shaklinig asosiy morfologik belgilar.

Bu belgilarga nihoyatda muhim bo’lgan eng katta antro-pometrik o’lchamlar kiradi: tana uzunligi (bo’y), ko’krak ayla-nasi (razmer), odam vazni. Bu o’lchamlar odam tanasining tashqi shakliga ta’sir ko’rsatadi va jismoniy rivojlanganlikning asosiy belgilari bo’lib hisoblanadi.Odam tanasining tashqi shaklining asosiy morfologik belgilar.

Tana uzunligi odam tanasining tashqi shaklini aniqlovchi asosiy belgilardan biridir.

Qadim zamonlardan beri tana uzunligi ko’p mutaxassislarni: antropologlar, vrachlar, rassomlar, haykaltaroshlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Tana uzunligiga tikuvchilik sanoatida ham katta e’tibor beriladi. Ko’krak aylanasining o’lchovi bilan tana uzunligi mutanosib ravishda normal qomatni tashkil etadi. Tana uzunligi yoshga, jinsga, guruhga, guruh ichiga va davrga qarab o’zga-rib boradi.

Tana uzunligining yoshga qarab o ‘zgarishi. Antropologiya il-miy-tadqiqot institutining ma’lumotlariga ko’ra, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tana uzunligi o’rtacha o’g’il bolalarda 51,5 sm, qiz bolalarda 51,0 sm ga teng.

Umrning birinchi yilida tananing o’sishi o’rtacha 25 smni tashkil qiladi, so’ngra o’sish sur’ati sekinlashib boradi. 10—12 yoshgacha qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadi, 13 yoshga kelib qizlar bilan o’g’il bolalarning tana uzunliklari tenglashadi, so’ngra o’g’il bolalar tezroq o’sadi (3-jadval).

Qizlarning 10—12 yoshdagi tana uzunligi ularning jinsiy yetilganligini bildiradi. Qizlarda jinsiy yetilish (taxminan 2—3 yil) tezroq bo’lishi sababli ma’lum vaqt mobaynida ular o’g’il bolalarga nisbatan gavdaliroq boiadilar. Antropologlarning hisoblari ga ko’ra, qizlarda tana uzunligining o’sishi 17—20 yoshlarda, o’g’il bolalarda esa 18—21 yoshlarda to’xtaydi.

3-jadval  Bolalarda tana uzunligi o’sishining yillik o’rtacha qiymati

 

  Yosh, yil O’g’il bolalar   Qiz bolalar    
 

 

Yillik qo’shimcha Yakuniy qiymat Yillik qo’shimcha Yakuniy qiymat
0 51,5 51,0
1 24,9 76,4 24,2 75,2
2 11,0 87,4 10,2 85,4
3 11,5 98,9 14,2 99,6
4 7,3 106,2 5,3 104,9
5 7,1 113,3 6,2 111,1
6 5,6 118,9 8,7 119,8
7 7,0 125,9 5,7 125,5
8 4,5 130,4 5,9 131,4
9 4,8 135,2 4,3 135,7
10 5,7 140,9 5,5 141,2
11 5,7 146,6 7,8 149,0
12 5,3 151,9 6,2 155,2
13 6,1 158,0 2,7 157,9
14 7.2 165,2 2,0 159,9
15 6,5 171,7 1,7 161,6
16 2,9 174,6 0,2 161,8
17 0 174,5 0 161,4
     

Doimiy (o’zgarmas) tana uzunligi 16—19 yoshdan 55 yoshgacha kuzatiladi, so’ngra asta-sekin qisqara boshlaydi. Tana uzunligining qisqarishi umurtqa pog’onalari orasidagi tog’ay disklarining elastikligi va mustahkamligi kamayishi hisobiga ularning zichlashishi va umurtqaning qiyshayishi (bukrilik) bilan xarakterlanadi. Bu hodisalar organizmning qarishi tufayli sodir bo’ladi.

Shuningdek, tana uzunligining kun davomida ham o’zga-rishi kuzatiladi. Og’irlik ta’siri ostida tog’aylar zichlashadi va tana uzunligi 1,5—3 sm ga qisqaradi. Uyqudan keyin, ertalab bo’y yana o’z holiga keladi. Bu hodisa umurtqa tog’aylarining elastikligi hisobiga sodir bo’ladi.

Tana uzunliginingjinsiy o’zgarishi. Ayollarda o’rtacha tana uzunligi erkaklarga qaraganda 11—12 sm ga kichikroq bo’ladi. Sayyoramiz aholisining o’rtacha tana uzunligi erkaklarda 165 sm, ayollarda 154 sm ga teng. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra MDH mamlakatlarida erkaklarda o’rtacha tana uzunligi 170 sm, ayollarda 158 sm ga tengligi aniqlangan.

Tana uzunligining guruh bo ‘yicha (territorial) o ‘zgarishi. Bu o’zgaruvchanlik etnoterritorial guruhlarning o’rtacha tana uzun-liklari bilan aniqlanadi. Sayyoramiz bo’yicha erkaklarda aholi o’rtacha tana uzunligining kichik qiymati — 160 sm dan kichik, katta qiymati — 170 sm dan yuqoriligi kuzatilgan.

Tana uzunligining o’rtacha kichik qiymati bilan Yevropaning chekka shimoli, Osiyo, Amerika (eskimoslar, xantilar, mansilar), Sharqiy Osiyo (vyetnamlar, yaponlar), Hindiston va Indoneziya-ning ayrim aholilari orasida kuzatiladi.

Tana uzunligining kichik qiymatlari pigmeylarda uchraydi, ularni karliklar deb ham atashadi. Ular Kongo daryosining at-roflarida istiqomat qiladilar (erkaklarning tana uzunligi 140— 141 sm ga teng).

Tana uzunligining o’rtacha katta o’lchamlari Shimoliy Yev-ropa va Skandinaviya mamlakatlari (shotlandiyaliklar, norvegiya-liklar, shvedlar), Bolqon yarim oroli (bolgarlar, yugoslaviyaliklar, albanlar, greklar), shuningdek, Shimoliy Amerika aholisiga xos.

O’rtacha kattalikning yuqori ko’rsatkichi Afrika qit’asining janubi-sharqida joylashgan Chad qabilasida uchrashi aniqlangan. U qabila erkaklarining bo’yi 182 sm ga teng. MDH mamlakatlari ichida eng bo’yi balandlar estoniyaliklar (erkaklarning o’rtacha bo’y uzunligi 174 sm ga, ayollarniki 162 sm ga teng), eng past bo’ylilar yakutiyaliklar (erkaklarning o’rtacha bo’y uzunligi 162 sm ga teng) hisoblanadi.

Tana uzunligining guruh ichida individual o’zgarishi. Bu o’z-garish bir millat vakillarida ancha sezilarli bo’ladi. Istalgan antro-pometrik belgining individual o’zgarish masofasi M±3,5o oraliq-da yotadi: bu yerda M — belgining o’rta arifmetik qiymati; o — o’rtacha kvadratik og’ish. Tana uzunligining o’rtacha kvadratik og’ishi ko’p hollarda hamma millat vakillari uchun doimiy bo’lib, u 6 sm ga teng bo’ladi. Bundan, bir millat vakillarida tana uzunligining individual o’zgarish masofasi taxminan 39—40 sm ekanligi ko’rinadi. Masalan, agar tana uzunligining o’rtacha arifmetik qiymati 170 sm ga teng bo’lsa, u holda shu guruhda tana uzunligi 150 sm dan 190 sm gacha boigan odamlarni uchratish mumkin.

Tana uzunligi 125 sm dan past va 200 smdan yuqori bo’lgan kishilarni patologik (normal holatni yo’qotish) guruhlarga kiriti-ladi: bunda 125 sm dan kam bo’lsa — pak-pakana (karlik); 200 sm dan yuqori bo’lsa — ulkan, devqomat (daroz) kishilar deyiladi.

Tana uzunligi bo’yicha eng uzun ikkita erkak (ularning bo’yi 278 va 255 sm) va ayollar orasida bitta nemis ayoli (bo’yi 253 sm) aniqlangan (80-yillargacha).

Tana uzunligining davrga qarab o ‘zgarishi. Oxirgi 100— 150 yillar ichida ko’p mamlakatlarda kattalar va bolalar orasida tana uzunligining keskin o’sishi qayd etilgan. Chet el ma’lumotlariga ko’ra tana uzunligining davrga qarab surilishi kattalarda o’n yil-liklarda 1 sm ni, bir avlod bo’yicha esa 2,5 sm ni tashkil etadi.Antropologiya ilmiy tadqiqot institutining ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda 1935-yildan 1955- yilgacha o’smirlar tana uzunligi 5 sm ga oshgan.

Akseleratsiyada buning aksi uchraydi, ya’ni bo’y o’sishi il-gariroq so’nadi. Ma’lumotlarga qaraganda, urushgacha bo’lgan davrda tana uzunligining o’sishi erkaklarda 20—25 yoshgacha, ayollarda 18—20 yoshgacha davom etgan bo’lsa, oxirgi vaqtlarda erkaklarda 18—19 yoshgacha, ayollarda 16—17 yoshgacha davom etmoqda.Tana uzunligi ko’rib chiqilar ekan, tikuvchilik sanoatida ol-tita bo’y uzunligi borligi ma’lum bo’ladi, ular bir-biridan 6 sm ga farq qiladi. Bu bo’ylararo interval hisoblanadi.

Ko’krak aylanasi. Ko’krak aylanasi tana uzunligiga nisbatan muhim ko’rsatkichdir. Bu oichov belgisi asosiy belgi bo’lib, ki-yim o’lchamini aniqlaydi.

Yoshi kattalashgan sari kishining ko’krak aylanasi kattalasha-di (4-jadval). Bu skelet suyaklari, mushaklar va teri ostidagi yog’ qatlamlarining o’sishi bilan bog’liq. Odam keksaygan vaqti-dagina ko’krak aylanasi bir oz kichrayadi. Yosh davrlari bo’yicha ko’krak aylanasining kattalashishi bir tekis emas. Qizlarning ko’krak aylanasi 18—20 yoshga borib, o’smirlarda esa 25—26 yoshga borib deyarli o’zgarmaydi, lekin ko’krak aylanasida turg’unlik kuzatilmaydi, yosh qaytgan sari ko’krak aylanasi asta-sekin kattalashadi. Ko’krak aylanasining nisbiy o’zgarmas davri 25—40 yosh orasida kuzatiladi. 40 yoshdan keyin odatda teri os-tida yog’ qatlamlari ko’p to’planishi tufayli ko’krak aylanasi jadal kattalashadi.

Ayollar kiyimining turli xil assortimentini konstruksiyalash maqsadida mushaklar qavatlanishi va yog’ to’planishini hisob-ga olgan holda ko’krak aylanasining I, II, III, IV o’lchamlari olinadi.

Uchinchi ko’krak aylanasi O ,„ qiymat jihatidan eng katta o’lcham bo’lib, kiyim loyihalashda bu o’lcham qomat va ki-yimning o’lchamlarini aniqlaydigan asosiy o’lcham bo’lib hisoblanadi.

Antropologiya ilmiy tadqiqot instituti o’tkazgan ilmiy tek-shirishlarning tahlili O ,„ — uchinchi ko’krak aylanasi odam ta-nasining tuzilishini ko’proq darajada aks ettirishini va ikkinchi Ou — ko’krak aylanasiga qaraganda boshqa o’lcham belgilari bilan zichroq bog’liqligini ko’rsatadi.

Odam vazni. Yer yuzida katta yoshdagi erkaklarning o’rta-cha og’irligi 64 kg, ayollarniki 56 kg. O’zaro iqtisodiy yordam mamlakatlarida (SEV) erkaklar vazni 71,5 kg, ayollarniki 64 kg.

Ba’zi hollarda odamning vazni tezda normal vazndan oshib, yo kamayib ketish hollari uchraydi. Bu esa odamda ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi buzilganligi, ya’ni odamda qandaydir kasallik borligini bildiradi. Ayrim hollarda odam tanasining vazni 150 kg yoki undan ham ortiq boiishi mumkin.

Odam vaznining o’zgarish dinamikasi. Chaqaloq vaznining oshib borishi uning hayotining birinchi yilidayoq seziladi. Yangi tug’ilgan o’g’il bola chaqaloqlarning o’rtacha vazni — 3,5 kg, qiz-larniki – 3,4 kg ni tashkil etadi. Hayotining birinchi yilida tana vazni uch marta ortadi. Bir yoshdan yetti yoshgacha yillik vazn-ning o’sish miqdori kamayadi. Qizlarning 12—16 yoshida, o’g’il bolalarning 14—17 yoshida yillik vazni maksimum 4—5 kg ga ortadi. 17 yoshdan keyin vaznning ortib borishi sekinlasha boradi va bu davr ayollarda 20 yoshgacha, erkaklarda esa 25 yoshgacha davom etadi. Bo’y o’sish davri tugagandan keyin yog’ ajralishi bilan tana og’irligi ortib boradi. Yog’ qatlamining qalinlashishi tana og’irligining ortishiga sabab bo’ladi. Vaznning nisbiy turg’unligi 25—40 yoshgacha kuzatiladi. 40 yoshdan keyin tana vazni o’rta hisobda har besh yilda 1-1,5 kg gacha ortib boradi. Bunda ovqatlanish sharoitlari va organizmning sog’lomligi katta ahamiyatga ega. Ayollar tanasining o’rtacha vazni – 56 kg, erkaklarning vazni esa 64 kg ni tashkil etadi.

4-jadval Bolalar ko’krak aylanasi bo’yicha o’rtacha yillik qo’shimchalar

Tana vaznining boshqa morfologik belgilar bilan aloqasi. Uzoq vaqtlargacha har bir tana uzunligining qiymatiga faqat bit-tagina normal vazn qiymati to’g’ri kelgan, degan mulohazalar mavjud edi. Normal vaznni aniqlash uchun turli usullar taklif etilgan edi. Vazn va bo y uzunligi ko’rsatkichlari bir-biriga muta-nosib bo’lishi kerak. Bunga asosan tananing normal vazni tana uzunligiga (100) teng deb olinar edi. Lekin hozirgi vaqtda in-dekslar guruhi o’zgargan bo’lib, odamlarning jinsi, yoshi, uzunligi va tuzilishi turlariga qarab tananing normal vazni aniqlanadi. Odam tanasining tashqi shakli haqida to’la tasawurga ega bo’lish uchun ko’krak aylanasi, tana uzunligi va vazni, tana muta-nosibligi (proporiyasi), tana tuzilishi va qomatni o’rganib chiqish zarur.

Оdаm tаnаsi tаshqi shаklini tа`riflоvchi аsоsiy bеlgilаrgа quyidаgilаr kirаdi:

1.Tоtаl yoki umumiy rаzmеrlаr .

2.Prоpоrtsiyalаr.

3.Tаnа tuzilishi.

4.Qоmаt.

Hаr qаndаy mоrfоlоgik bеlgi o`zgаruvchаndir .Turli bеlgilаrning shаkli, o`zgаruvchаnlik dаrаjаsi turlichа bo`lаdi vа turlichа оmillаr:оdаm yoshi, jinsi, sоtsiаl muхit vа оrgаnizmning biохimik хususiyatlаri tа`siri оstidа аniqlаnаdi.         Mаsаlаn:tаnа tuzilishi vа prоpоrtsiyasi  оdаmning yosh jinsigа bоg`liq.Tаnа tuzilishi esа оrgаnizmning biохimik хususiyatlаrigа  bоg`liq.

Odam tanasining tashqi shaklining asosiy morfologik belgilar.

Muallif: H.I.Yodgorova.

mavzular

manba