O’quv jarayonini tashkil qilish bo’yicha harbiy rahbar va CHQBTO’ tomonidan ishlab chiqiladigan asosiy hujjatlar. Ularning vazifasi va mazmuni.

O'quv jarayonini tashkil qilish bo'yicha harbiy rahbar va CHQBTO' tomonidan ishlab chiqiladigan asosiy hujjatlar. Ularning vazifasi va mazmuni.

O’quv jarayonini tashkil qilish bo’yicha harbiy rahbar va CHQBTO’ tomonidan ishlab chiqiladigan asosiy hujjatlar. Ularning vazifasi va mazmuni.

CHQBTO’ tomonidan asosiy hujjatlar  Har bir ta’lim muassasasida yarim yil yoki bir butun o‘quv yil uchun CHQBT ning haftalik va tematik  reja tuziladi. Joriy yilga tematik  rejani chaqiruvga qadar tayyorgarlik fani o‘qituvchisi O‘zbekiston Respublikasi CHQBT dasturi va ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan haftalik reja asosida ishlab chiqiladi.

Tematik reja (1-ilova) o‘quv yiliga to‘liq tuzilib, uch kunlik dala-o‘quv mashg‘ulotlari (yig‘ini)ni o‘z ichiga oladi. Tematik reja har yili Mudofaa vazirligi va boshqaruvchi hujjatlarning talablari asosida va  CHXT fakultetlari (kafedralari), oliy ta’lim muassasalari hamda qo‘shinlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda har yili yangilanib turiladi.

Tematik rejada quyidagilar aniqlanadi: mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv vaqtlarini taqsimoti, mashg‘ulotlarni o‘rganish ketma-ketligi, mashg‘ulotning o‘quv va tarbiyaviy maqsadlari, talabalarga mustaqil tayyorgarliklari uchun topshiriqlar, adabiyotlar nomlari, shuningdek uslubiy ko‘rsatmalar va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

 (Tematik reja sxemasining chizmasining rejasini tushintirasiz)  

Tematik rejalar  harbiy  rahbar, CHQBTO‘ tomonidan CHQBT dasturining barcha  bo‘limlari bo‘yicha tuziladi.

CHQBT dasturining bosh vazifasi  talabalar ta’lim  vaqtida egallashi kerak  bo‘lgan bilim,  ko‘nikma,  malaka, ma’naviy-siyosiy  va kasbiy-jangovar sifatlarni optimal hajmini aniqlashdir.

CHQBT bo‘yicha  o‘quv -tarbiyaviy jarayonni rejalashtirishga   bo‘lgan umumiy talablar umumta’lim fanlarining barchasiga  bo‘lgan talablardek, ular didaktikaning (grekcha so‘zdan «didasko» ta’lim beraman degan) asosiy tamoyillari  bilan aniqlanadi. Mafkuramizga ko‘ra, didaktika  talabalar ta’limini murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida ko‘rib chiqadi. Jarayonning asosiy vazifalari quyidagilardir:

Umumta’lim (talabalarni bilim, ko‘nikma, malakalar bilan  qurollantirish);

Tarbiyaviy (bo‘lajak Vatan himoyachisiga kerak  bo‘lgan   shaxs xislatlari va  harbiy

jamoa xislatlarini  talabalarda shakllantirish);

Rivojlantiruvchi (yuzaga keladigan masalalarni echishda talabalarda ijodiy yondashuv

malakalarini  shakllantirish);

Psixologik tayyorgarlik (zamonaviy janglarda muvaffaqiyatli   harakatlarga talabalarni

psixologik tayyorgarligini  shakllantirish).

Bu vazifalarni amalga oshirishda, ulardagi cheklov birlik talabalarni tayyorlashga  har tomonlama yondashish uchun muhim omil hisoblanadi.

Pedagogik ma’noda o‘qitish deb nomlangan ta’lim jarayoni ta’lim oluvchilarga (talabalar), dars berish nomini olgan ta’lim beruvchining (harbiy rahbar, CHQBTO‘) maqsadli, o‘zaro bog‘langan faoliyatidan tarkib topgan. Bu jarayondagi asosiy   o‘rin ta’lim beruvchi (harbiy rahbar, CHQBTO‘) ga  tegishli.

Uning asosiy pedagogik vazifalari quyidagilar:

  • Ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini tashkil etish va unga rahbarlik  qilish ;
  • Tizimlangan turda o‘quv materialini bayon  etishda  va  qurol va texnika bilan ishlashning maqsadga muvofiq   usullarini  ko‘rsatish;
  • Talabalarda ta’limga va ta’limning boshqa ijobiy tomonlariga qiziqishni rivojlantirish;
  • Ta’lim oluvchilarda mustaqil ravishda bilim, ko‘nikma, qobiliyatlarni egallash qobiliyatini shakllantirish va o‘z mahoratini takomillashtirish;
  • Talabalar tayyorgarligini tekshirish, bilim, ko‘nikma, qobiliyatlari va kasbiy sifatlarini baholash.

SHu bilan birga CHQBT bo‘yicha o‘quv jarayonini   rejalashtirishni tashkil qilish o‘z xususiyatlariga ega.  Bu avvalom bor CHQBT  kursi o‘z ichiga  sakkizta  mustaqil fanlarni oladi: –  Kirish  mavzusi;

  • Harbiy ish asoslari;
  • Otish tayyorgarligi;
  • Harbiy xizmat asoslari;
  • Amaliy jismoniy tayyorgarlik;
  • Fuqaro muhofazasi;
  • Tibbiy bilim asoslari;
  • Nazorat mashg‘ulotlari.

Bularning  har biri   ta’lim muassasasi   tizimida va  hamkorligida, mantiqiy  va uslubiy tartibda puxta  o‘ylab   rejalashtirishni talab  qiladi..

Bundan  tashqari, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi  va fuqarolar himoyasi  bo‘yicha  mashg‘ulotlar  o‘smir  yigit-qizlar bilan birgalikda, tibbiy bilim  asoslari  esa  alohida    rejalashtiriladi  va  o‘tkazilishini nazarda  tutish zarur. O‘rta maxsus va kasb-xunar ta’lim muassasalarining  o‘quv  guruhlari tarkibi sakkiz  nafar  qizlar (o‘smirlar) dan kam bo‘lsa, to‘liq  tarkibda  o‘smir  yigit (qiz) lar uchun o‘quv dastur bo‘yicha  shug‘ullanadilar.

Darslardan tashqari vaqtda har hafta harbiy-sport  mashg‘ulotlarini o‘tkazish, bir marta harbiy-o‘quv va  vatanparvarlik xaqida  filmlarni ko‘rsatish ,  hamda  to‘garaklar   va fakultetiv kurslar bo‘yicha mashg‘ulotlar  o‘tkazish      rejalashtiriladi. SHunday qilib, CHQBT rejalashtirish  dasturni to‘la  va sifatli bajarilishi, barcha  bo‘limlarni   har tomonlama o‘rganilishi, shuningdek, boshqa ta’lim fanlari bilan CHQBT dasturi bo‘yicha  muvofiq keladigan mavzularni  bog‘lab  o‘rgatilishini  ta’minlashi kerak

O‘quv rejasini tuzishda  ta’lim muassasasining  ishi  mahalliy sharoitlari hamda o‘quv — moddiy bazasiga e’tibor berish kerak.   Mahalliy  MIB roziligiga ko‘ra ba’zi bir hollarda ta’lim muassasasi  direktoriga  mahalliy sharoitlarga bog‘liq holda   dasturning ba’zi bir mavzularini o‘rganish tartibiga o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Biroq  bunda ularga ajratilgan mashg‘ulot  mazmuni va  vaqtni  qisqartirilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi. Ta’lim muassasasi direktori  o‘quv jarayonini tashkil  qilish  jarayonida  quydagi  masalalarga oydinlik  kiritadi :

-ta’lim  muassasalarida  har  bir  mutaxassislik  bo‘yicha guruh (sinf) lar  uchun  ta’lim boshlanishi  va yakunlanishiga;

-avtomatdan jangovar o‘q otish bo‘yicha boshlang‘ich mashqlarni  bajarishga talabalarni tayyorgarlik  ko‘rish  muddatiga;

  • harbiy-sport bayramlarini o‘tkazilishiga;
  • CHQBTni o‘qitilishini boshlashga bag‘ishlangan  buyruq mazmuniga;
  • harbiy rahbar, CHQBTO‘larga  rejalashtirish   hujjatlari  bo‘yicha  beradigan ko‘rsatmalar mazmuniga.

Direktor  rahbarligida  harbiy rahbar, CHQBTO‘ CHQBT  bo‘yicha haftalik reja, o‘qitilishni boshlanishi, guruh va seksiyalar sardorlarini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq va  loyihalarni hamda  CHQBT bo‘yicha vatanparvarlik va sinfdan  tashqari   ish  va  o‘quv — moddiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi. CHQBT dasturi bo‘yicha  mashg‘ulotlarni  o‘tkazish haftalik rejasi  butun  o‘quv     yiliga  ishlab  chiqiladi.   2-3 bosqich talaba-talabalari uchun har  biriga  alohida  ishlab  chiqiladi.

SHu bilan birga  har bir oyga  mashg‘ulotlar  jadvalini tuzish tavsiya etilib, bunda  mashg‘ulotlar  mazmuni, vaqti  va ularni  o‘tkazish joyi, shuningdek, CHQBT bo‘yicha sinfdan tashqari   ishlar bo‘yicha tadbirlar ko‘rsatib  o‘tilishi  kerak  O‘quv jarayonini tashkil  qilish  uchun  o‘quv rejasidan   tashqari  harbiy  rahbar va CHQBTO‘ asosiy hujjatlardan  quyidagilarini  ishlab chiqadi:

  • «Ta’lim muassasasida  chaqiruvga  qadar boshlang‘ich    tayyorgarlikni  boshlash  to‘g‘risida» ta’lim  muassasasi   bo‘yicha    «Ta’lim  muassasasida CHQBT, jismoniy madaniyat va tibbiy bilim asoslari bo‘yicha uslubiy komissiya tuzish va komissiya  ishini tashkil  qilish to‘g‘risida»   ta’lim  muassasasi   bo‘yicha   buyruq.

Buyruqda harbiy rahbar, CHQBTO‘ jismoniy  tarbiya va  tibbiy bilim asoslari o‘qituvchisi  pedagogik jamoasining bo‘lajak vatan  himoyachilarini ta’lim-tarbiyasi borasidagi  vazifalari bayon etiladi, tashkilotchilik va tartibga rioya  qilish  masalalarida  talabalarga qo‘yilgan  talablar, CHQBT bo‘yicha uslubiy komissiya tarkibi va  ularning  ishlash tartibi, CHQBT bo‘yicha sinfdan tashqari   ishlarning asosiy tadbirlarini   o‘tkazish   muddati   va tartibi aniqlanadi.

-«Guruh va  seksiyalar komandirlarini tayinlash  to‘g‘risida»gi ta’lim  muassasasi bo‘yicha buyruq.

Guruh va  seksiyalar komandirlarini saylash to‘g‘risidagi    direktor buyrug‘ida guruhlarning tartib raqami aniqlanadi, komandirlar tayinlanadi,  har bir tahsil  oluvchining safdagi va  harbiy xonadagi joyi uchun  harbiy  rahbar,  CHQBTO‘  bilan saf  hisobini olib borishga talablar ko‘rsatib  o‘tiladi,  talabalar tomonidan  harbiycha  muomila qoidalari  bajarilishi va belgilangan kiyim formasiga rioya qilinishi  majburiy  ekanligi ta’kidlanadi.

Bundan  tashqari, intizomni  qo‘llab-quvvatlab  turish, O‘MB  takomillashtirish bo‘yicha guruh va  seksiyalar komandirlarining  vazifalariga  aniqlik  kiritiladi.

-O‘quv  yili  uchun  CHQBT, jismoniy madaniyat, tibbiy bilim  asoslari  bo‘yicha

uslubiy  komissiyaning ishi  rejasi.

— O‘quv yiliga  mo‘ljallangan  ta’lim  muassasasi harbiy rahbari,  CHQBTO‘ning

shaxsiy ishi rejasi.

-Ta’lim  muassasasining yillik rejasidagi   bo‘limga  CHQBT va  vatanparvarlik tarbiyasi, ommaviy mudofaa ishlari  va  o‘quv — moddiy bazani takomillashtirish  yuzasidan  harbiy rahbar CHQBTO‘lar tomonidan  kiritilgan takliflar.  CHQBTO’ tomonidan asosiy hujjatlar

Vatanparvarlik  tarbiyasi  bo‘yicha  ishlarni  tashkil  qilish,  CHQBT  o‘quv  moddiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha  ta’lim muassasasining  yillik rejasi uchun takliflar belgilanganda  harbiy  rahbar, CHQBTO‘ bu  ishlarning barchasida  butun pedagogik jamoa, otaliqda bulgan tashkilot, shuningdek   talabalar  bevosita   ishtirok etishlarini  unutmasligi kerak.

«SHunqorlar» harbiy-sport o‘yinida qatnashuvchi jamoa  bilan   yo‘riqli  mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasi .

«TOZ–8 sonli kichik kalibrli miltiqdan o‘q otishni  o‘tkazish  to‘g‘risida»gi ta’lim  muassasasi bo‘yicha buyruq .

Kichik   kalibrli miltiqdan  otish  tayyorlov  mashqlarini   bajarish borasida  direktor, harbiy  rahbar  va  CHQBTO‘lari  a’loxida  e’tiborga molik ishlarni  olib  borishi kerak, Kichik kalibrli (pnevmatik) miltiqdan otish mashqlariga otish qoidalarini mukammal o‘rgangan, xavfsizlik qoidalariga rioya qiladigan, otish tartibini biladigan talabalargina qo‘yiladi. Ushbu qoidalarni bilmagan talabalar avtomatdan jangavor o‘q bilan otish mashqlariga qo‘yilmaydi.

Qolgan talabalar ushbu talablarga javob bera oladigan darajaga etgandan so‘ng va harbiy  rahbar  va  CHQBTO‘larning  sinovidan o‘tganlaridan keyin darsdan tashqari tadbirlarda otish mashqlarini bajaradilar

«Uchinchi kurs (11-sinf) talabalari bilan dala mashg‘ulotlarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi  ta’lim  muassasasi   bo‘yichabuyruq.

DO‘M(y) boshlanishigacha bir oydan kam bo‘lmagan vaqtda chiqarish tavsiya etiladigan  buyruqda   mashg‘ulotlarni   o‘tkazish, talabalarni  tantanali saflash,  jo‘natish  vaqti,  talabalarni,  vzvod, guruh komandirlari,  ularning  yordamchilarini  ism-sharifi, mashg‘ulotlarni o‘tkazish va talabalarni olib ketish tartibi, xavfsizlik  choralarini  ko‘rsatib  o‘tish kerak.

Mudofaa-sport  sog‘lomlashtirish lagerlarii bazasida  uchinchi kurs (11-sinf)  talabalarini yig‘ish orqali  DO‘M(y) tayyorgarlik  ko‘rish va o‘tkazish tadbirlari rejasi. DO‘M(y)  katta e’tibor  va    g‘amxo‘rlikni talab etadi.

Ularni tumanlarda  tashkil qilingan  MSSLda  yoki  ta’lim muassasalarida o‘tkazish maqsadga muvofiq  bo‘ladi.

Tuman, shahar xokimliklarining  qaroriga  asosan  xalq  ta’limi bo‘limlari akademik  litsey  va o‘rta  maxsus, kasb-xunar  kollejlari  boshqarmalarida  ta’lim muassasasi direktorii tomonidan  tasdiqlanadigan DO‘M(y)  o‘tkazishga   tayyorgarlik  bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab  chiqiladi.

Agar DO‘M(y)  harbiy  qism  bazasida  o‘tkazilsa, reja  harbiy  qism  komandiri  bilan kelishiladi. Reja  ta’lim muassasasi  direktori, o‘rinbosarlari, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari,  harbiy rahbar,  CHQBTO‘,  jismoniy madaniyat (jismoniy tarbiya) o‘qituvchilari va boshqa shaxslar  bilan bajariladigan  aniq  tadbirlarni   o‘z   ichiga oladi,  bajarish  muddatini  aniqlaydi.CHQBTO’ tomonidan asosiy hujjatlar

Harbiy qismlardan  harbiy xizmatchilarni jalb etish, mashg‘ulotlar rahbarlarini zaxiradagi zobitlar hisobidan belgilash va ular bilan uslubiy mashg‘ulotlarni  o‘tkazish    kabi masalalarni hal etish  MIB bilan birgalikda amalga oshiriladi.

  • CHQBT bo‘yicha o‘quv   yili natijalari  to‘g‘risidagi ta’lim  muassasasi   bo‘yicha  Buyruq   asosini CHQBTni yakunlash to‘g‘risidagi  pedagogik kengash  materiallari tashkil qiladi. Bunda dasturni bajarilishiga  baho berilib, xulosalar qilinadi, pedagogik jamoa va  talabalarga yangi  o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha aniq  vazifalar qo‘yiladi.
  • CHQBT bo‘yicha o‘quv yili yakuniga   bag‘ishlangan  harbiy-sport bayramini  tayyorlash va o‘tkazish to‘g‘risidagi ta’lim  muassasasi   bo‘yicha  buyruq . Harbiy-sport bayramini  o‘tkazishga 2-3 oy  vaqt  qolganda ishlab chiqiladi.

CHQBT bo‘yicha  o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan  harbiy-sport bayramini o‘tkazish rejasi.  Bayramni o‘tkazishgacha 1 oy vaqt oldin ta’lim muassasi direktori  tomonidan  tasdiqlanadi.

  • CHQBT va  vatanparvarlik ishlarining  holati  to‘g‘risida o‘quv   yili uchun hisobot. Har bir mashg‘ulotni  o‘tkazish uchun  ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadigan  dars  rejasi tuziladi.CHQBTO’ tomonidan asosiy hujjatlar

Dars (mashg‘ulot) rejasida  mavzu,  mashg‘ulot, o‘quv-tarbiyaviy maqsadlar,  o‘quv  savollari, vaqti, shakli, uslubi, qo‘llanma va adabiyotlar, umumta’lim fanlar bilan o‘rganiladigan masalalar bog‘liqligi, moddiy ta’minot va mashg‘ulotning  borishi ko‘rsatiladi. Zaruriyat bo‘lsa, unda  o‘quv  materiali, o‘rganiladigan o‘quv  savollari  qisqacha  mazmuni bayon etiladi.

Mashg‘ulot  rejasini (mashg‘ulotlarni   o‘tkazishdan etti kun avval) birma-bir o‘rganish va harbiy rahbar, CHQBTO‘ga amaliy yordam  ko‘rsatish uchun direktorga berish tavsiya etiladi.

Mashg‘ulotlarga tayyorgarlikni ta’minlash va o‘tkazishda direktorning o‘rni katta. Aytib o‘tish joizki, ko‘pchilik direktorlar har bir mashg‘ulotga tayyorgarlik  ko‘rishda harbiy rahbarlar, CHQBTO‘larga  amaliy yordam  ko‘rsatadi. Biroq, afsuski, harbiy rahbar, CHQBTO‘larga uslubiy yordam  ko‘rsatishdan umuman chetda turadigan direktorlar ham bor. CHQBT  va  vatanparvarlik  tarbiyasida  muhim  omillardan sanalgan  mashg‘ulotlarga  bunday yondashilishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

SHunday qilib, CHQBTni rejalashtirish boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq, tuman, shahar, viloyat, respublika   ta’lim muassasalarining   etakchi tajribalari  va  tavsiyalarini  hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak, shuningdek, u dastur bo‘yicha mavzularni ta’limning boshqa fanlari bilan muvofiq  keladiganlari  bilan  bog‘lab  to‘la va sifatli  o‘rganilishini  ta’minlashi kerak.CHQBTO’ tomonidan asosiy hujjatlar

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba