Munadarija
O’R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi haqida. O’R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligini talabalarga tushuntirish.
O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligi deb uchinchi o‘quv savolini ham videoproektor yordamida ekranda
(sinf doskasiga yozgan xolda) ko‘rsatib e’lon qilinadi. Ushbu o‘quv savolini o‘rganishda avalom bor O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligini videoproektordan foydalanib aytib beriladi, shuningdek, talabalarga (tinglovchilarga) O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligi ochib beriladi va ular aniq tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak.
O‘rganiladigan o‘quv savoli bo‘yicha talabalarga O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligini muammoli savollar sifatida qo‘yish va o‘qitishning muammoligiga erishish kerak. O‘quv savolini bayon qilishni (o‘rganishni) boshlashda, o‘quv vaqtini oqilona taqsimlash zarur.
O‘quv materiallarining talabalar (tinglovchilar) tomonidan ko‘proq o‘zlashtirilishiga, ko‘rgazmalilikka, kursantlar (tinglovchilar) ni o‘qitishning amaliy yo‘naltirilganligiga, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikka erishishning aniq usullari va yo‘llarini, o‘qitishning texnik vositalari va boshqalardan foydalanishning tartibi va usullarini sxema, slayddan foydalangan xolda uchinchi o‘quv savolini tushintirish lozim. Talabalar (tinglovchilar)ga o‘quv savolining asosiy joylarini yozdirish maqsadga muvofiq.
Mazkur savol bo‘yicha o‘quv materiallarini mustahkamlash maqsadida bir – ikki talabalardan so‘rash lozim, qolgan talabalar ham diqqatini jamlagan xolda yana bir bor eshitib yodda saqlaydi. Talabalarlar (tinglovchilar) tomonidan o‘quv materiallari juda ham sust o‘zlashtirilgan holda savolni chuqurroq tushuntirish lozim.
SHu bilan uchinchi o‘quv savoli tugatilganligini aytib o‘tiladi va mustaqil tayyorgarlik uchun vazifalarni internetlardan foydalanib ma’lumotlarni olishlari va CHHT kitoblaridan foydalanishlari aytib o‘tiladi.
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi Sessiyasi o‘n ikkinchi chaqirig‘ida qabul qilingan.
52-modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosinining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
XXVI BOB. Mudofaa va Xavfsizlik
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada qurolli kuchlariga ega.
2). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori.
2018 yil 17 – yanvarda O‘R Prezidentning farmoni bilan yangi O‘zbekiston Respublikasining Harbiy Doktrinasi qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati Urushning va urush xavfining oldini olish – bosh strategik yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yo‘li bilan hal etishga qat’iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari o‘rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni engishga kuchg‘ayrat sarflashni o‘z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Urushning va urush xavfining oldini olish – bosh strategik yo‘nalish.
Urushlar va harbiy mojarolarning oldini olishni, harbiy bloklarga kirmaslikni o‘z tashqi siyosatining bosh strategik yo‘nalishi deb e’lon qilib, O‘zbekiston Respublikasi shuni qayd etadiki, u: o‘z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatga qarshi ishga solmaydi, O‘zbekiston Respublikasiga yoki O‘zbekiston bilan o‘zaro harbiy yordam to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar orqali bog‘langan davlatlarga qarshi hujumni qaytarish hollari bundan mustasno; hech kimga taxdid solmaydi va jahondagi birorta ham davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamaydi, ulardan birortasiga na hududiy, na boshqa da’vosi bor va barcha mamlakatlar bilan xalqaro huquq, xavfsizlik manfaatlarini o‘zaro hisobga olish asosida munosabatlar o‘rnatishga tayyor; yadro qurolisiz yashash: yadro qurolini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik prinsiplariga amal qiladi.
Urushning oldini olish borasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro faoliyatining bosh mezonlari quyidagilardan iborat: umumiy xavfsizlikni ta’minlashda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rolini oshirish; davlatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib olgan xalqaro hamda mintaqalararo tuzilmalarga faol qo‘shilish; manfaatdor davlatlar va jahon hamjamiyatining faol ishtirokida Markaziy Osiyoning mintaqaviy xavfsizligi tizimini rivojlantirish; yadro qurollari sinovini yoppasiga taqiqlash va pirovard natijada YAdro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan uni butunlay yo‘q qilish haqidagi shartnomani tuzishga o‘tish uchun sharoit yaratish; Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli hudud deb e’lon qilish; kimyoviy, bakteriologik va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini hamma erda yo‘q qilish, O‘zbekiston Respublikasining Kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyada va bakteriologik qurollarni taqiqlash muammolari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etishi; odamning ruhiyatiga halokatli ta’sir etadigan vositalar, tektonik va boshqa turdagi qurollar yaratilishi, sinovdan o‘tkazilishi va ishlab chiqarilishini taqiqlash; mintaqaga qurol-yarog‘ etkazib berish va u bilan savdo qilish ustidan samarali nazorat o‘rnatishning, shu jumladan qonunsiz harbiy tuzilmalarni qurol bilan ta’minlashning oldini olish maqsadida samarali nazorat o‘rnatishning kelishilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Bu chora-tadbirlarga axborot almashishni, o‘zaro tekshiruvlarni, muntazam maslahatlashuvlarni, nazorat qilishning milliy vositalaridan foydalanishni asos qilib olish; konversiyani faol amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni beg‘araz yordam va imtiyozli kreditlar berish tarzida moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali rag‘batlantirish; barcha mamlakatlarda oddiy qurol-yarog‘lar va qurolli kuchlarni qisqartirish, o‘zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash choratadbirlarini kengaytirish; harbiy qurilishning oshkoraligi va harbiy sohadagi aloqalarning kengaytirilishiga ko‘maklashuvchi davlatlararo harbiy hamkorlikni rivojlantirish; xalqaro munosabatlarda milliy va diniy murosasizlikka yo‘l qo‘ymaslik; fundamentalizm, ekstremizm, terrorchilikning kuchayish tendensiyasiga yo‘l qo‘ymaslik; tinchlikni saqlash bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarga, barcha davlatlarning harbiy kuch ishlatishdan yoki harbiy kuch ishlatish bilan taxdid qilishdan voz kechishiga asoslangan mustahkam davlatlararo munosabatlar tizimini yaratish; qo‘shinlarni faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirishni pirovard maqsad qilib olib, o‘zgalar hududida ajnabiy harbiylarning turishini izchil qisqartirib borish; harbiy-siyosiy ittifoqlarning mintaqaviy miqyosda ham, jahon miqyosida ham siyosiy hamkorlik vositasiga aylantirilishiga erishish.
Muallif: Xasanov M