O’R «Mudofaa to’g’risida»gi Qonuni».

Оглавление/Munadarija

O'R «Mudofaa to'g'risida»gi Qonuni».

O’R «Mudofaa to’g’risida»gi Qonuni».

  1. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu qonunning asosiy vazifalari

Ushbu Qonun mudofaani tashkil etishning hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi.

2-modda. Mudofaa tushunchasi

Ushbu Qonunda mudofaa deganda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmui tushuniladi.

3-modda. Mudofaa to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Mudofaa to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan

iboratdir.

4-modda. Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari

  1. Mudofaani tashkil etish hamda Qurolli Kuchlarga rahbarlik qilish

5-modda. Mudofaani tashkil etish

6-modda. Qurolli Kuchlar

Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.

Qurolli Kuchlar o‘z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi.

Harbiy ob’ektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo‘ladi.

Qurolli Kuchlarning komplektlanishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

III. Davlat organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki

8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   mudofaa sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni:

O‘zbekiston  Respublikasi mudofaa  siyosati va harbiy qurilishining     asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

davlat boshqaruv organlarining mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati ta’minlanishi, uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi; Qurolli Kuchlarni qurish, qo‘llash va rivojlantirish rejalarini, shuningdek mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja va dasturlarini tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarining tinchlik va urush davriga mo‘ljallangan tuzilishi, tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi; harbiy harakatlar olib borish to‘g‘risida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish to‘g‘risida, shuningdek Qurolli Kuchlarni o‘zlariga bevosita taalluqli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi;

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining butun  hududida yoki uning ayrim     joylarida favqulodda holat joriy etadi;

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mudofaa sohasidagi vakolatlari

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘z tasarrufidagi qo‘shinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengaytirilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini ta’minlaydi.O’R «Mudofaa to’g’risida»gi Qonuni».

11-modda. Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi

12-modda. Harbiy okruglar

13-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mudofaa sohasidagi vakolatlari

14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari

15-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki

16-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki

17-modda. Fuqarolarning mudofaani ta’minlashdagi ishtiroki

  1. Urush holati. Urush davri. Safarbarlik. Hududiy mudofaa. Qurolli mojarolar

18-modda. Urush holati; 19-modda. Urush davri; 20-modda. Safarbarlik Urush holati e’lon qilinishi yoki favqulodda holat joriy etilishi bilanoq umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilinishi mumkin. Safarbarlik tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

21-modda. Hududiy mudofaa; 22-modda. Qurolli mojarolar.

  1. YAkunlovchi qoidalar

23-modda. Mudofaa sohasidagi xalqaro hamkorlik

24-modda. Mudofaa ehtiyojlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti

25-modda. Mudofaa to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Mudofaa to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov Toshkent shahri, 2001 yil 11 may,

O’R «Mudofaa to’g’risida»gi Qonuni».

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba