Munadarija
O’R Mudofaasi – davlatning muhim vazifasi, uning umumxalq ishi ekanligini talabalarga tushuntirish.
Ushbu o‘quv savolini o‘rganishda avalom bor mashg‘ulotlarni tashkil etish va uning metodikasini tushintirib o‘tish kerak. So‘ngra mustaqillikning dastlabki yillarida Qurolli Kuchlar tarkibida CHHTTUning faoliyati haqida gapirib o‘tiladi. Mashg‘ulotlarni tashkil etish va uning metodikasiga ta’rif beriladi va talabalar mashg‘ulotlarni tashkil etish va uning metodikasi bo‘yicha aniq tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak, shuningdek, talabalarga (tinglovchilarga) kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda mashg‘ulotlarni tashkil etish va uning metodikasini tashkil qilish va harakatlarini videoproektordan foydalanib ko‘rsatib beriladi. O‘rganiladigan o‘quv savoli bo‘yicha talabalarga mashg‘ulotlarni tashkil etish va uning metodikasini muammoli savollar sifatida qo‘yish va o‘qitishning muammoligiga erishish kerak. O‘quv vaqtini savollarga qarab taqsimlash zarur .O’R Mudofaasi – davlatning muhim vazifasi, uning umumxalq ishi ekanligini talabalarga tushuntirish.
O‘quv materiallarining talabalar (tinglovchilar) tomonidan ko‘proq o‘zlashtirilishiga, ko‘rgazmalilikka, kursantlar (tinglovchilar) ni o‘qitishning amaliy yo‘naltirilganligiga, boshqa “Harbiy nizomlar”, “Harbiy qonunchilik”, “Harbiy tarix” “Harbiy pedagogika va psixalogiya” fanlari bilan o‘zaro bog‘lashda mashg‘ulotlarni tashkil etish va uning metodikasini inobatga olgan holda tashkil qilishni tushuntirib o‘tish lozim. O‘qitishning texnik vositalari va boshqalardan foydalanishning tartibi va usullarini sxema, slayddan birinchi o‘quv savolini tushintirish davomida ko‘rsatish, talabalar (tinglovchilar)ga o‘quv savolining asosiy joylarini yozdirish maqsadga muvofiq.
Mazkur savol bo‘yicha o‘quv materiallarini mustahkamlash maqsadida diqqat bilan tinglab o‘tirgan talabalardan so‘rash lozim. Talabalarlar (tinglovchilar)
tomonidan o‘quv materiallari juda ham sust o‘zlashtirilgan bo‘lsa ayrim savollarni chuqurroq tushuntirish lozim. Birinchi savolni bayon qilishni (o‘rganishni) tugatish va bayon qilinayotgan materiallarning mantiqiy davomi sifatida tushintirilib keyingi o‘quv savoliga o‘tish.
1 – o‘quv savolining mazmuni.
CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayoni Nizom, CHQBT dasturi, xalq ta’limi Vazirligi va Mudofaa Vazirligining buyruqlari, me’yoriy xujjatlari va o‘quv uslubiy tavsiyalari asosida rejalashtiriladi va tashkil etiladi.
CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv – tarbiya jarayonini rejalashtirishga qo‘yilgan talablar boshqa umumta’lim fanlariga qo‘yilgan talabalar bilan bir xil, lekin chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini rejalashtirish o‘zining xususiyatlariga ega. Buni shu bilan izoxlash joiz, CHQBT kursi o‘ziga oltita mustaqil qismni biriktirgan. Bularning xar biri dasturda bo‘limlar ko‘rinishida berilgan. Bularning xar biri o‘quv mashg‘ulotlari tizmini ularning o‘zaro bog‘liqlikda, mantikiy va uslubiy ketma – ketlikda rejalashtirishni talab etadi.
Kollejlarda chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlashga 140 o‘quv soati ajratilgan. CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlashning mazmuni dastur tomonidan aniqlab berilgan. CHaqiriqqacha yoshlarni tayyorlashning amal qilayotgan dasturi 1993 yilda ishlab chikilgan va unga 1999 yili qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. 1999 yili o‘zbek tiliga o‘girilgan.
CHQBT dasturi asosida kollejning CHQBT rahbari kollejlar uchun aloxida ushbu fanni o‘qitishning xaftalik rejasini tuzib chiqadi.
O‘quv jarayonini rejalashtirish dasturini to‘la va sifatli bajarilishini, uning barcha bo‘limlarini kompleks tarzda o‘rganishni shuningdek mavzularni mos ravishda boshqa umumta’lim fanlari bilan yaqin bog‘liqlikda o‘rganishni ta’minlab berishi kerak.
O‘quv rejasini tuzishda maxalliy sharoitlarni va o‘quv moddiy bazasini inobatga olishi zarur. O‘quv muassasasi rahbariga maxalliy sharoitlardan kelib chiqib tuman mudofaa ishlari bo‘limi bilan kelishgan xolda dastur bo‘limlarining ba’zi mavzularini ketma – ketligiga o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladi, lekin mashg‘ulotlar mazmuni va vaqtini o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi.
Tuman (shahar) xalq ta’lim bo‘limlari tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari bilan birgalikda o‘quv – dala mashg‘ulotlarining vaqti, joyi va o‘tkazish tartibini, shuningdek, yuqori guruh talabalarini askarlarning xayoti va turmushi, jongovor texnika bilan tanishtirish maqsadida harbiy qisimlarga borish vaqtini aniqlab oladilar. Ushbu ma’lumotga ega bo‘lguncha ularni CHQBT rahbari harbiy – vatanparvarlik ish rejasiga kiritadi.
CHQBT bo‘yicha darslar xaftasiga ikkita bir soatlik ko‘rinishida umumiy dars jadvaliga kiritiladi. Darslarni o‘quv yili davomida juft – juft qilib qo‘yishlik pedagogik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq emas . CHunki bunday yondashuv talabalarni dastur materiallarini o‘zlashtirishi effektini pasaytiradi. Dastur bo‘limlarining har bir mavzusi bir necha o‘zaro bog‘langan mashg‘ulotlar davomida o‘rganiladi.
Ta’lim va tarbiya vazifalarini sifatli bajarish uchun CHQBT rahbari mavzusining aloxida olingan bitta mashg‘uloti (darsi) ga tayyorgarlik ko‘rishi kerak emas, balki mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar (darslar) tizimini rejalashtirishi kerak, ya’ni tematik reja tuzishi kerak.
Tematik rejani tuzishda xar bir mashg‘ulotning o‘quv, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini, darslarning mantiqiy va usulubiy ketma – ketligini darslarning turi, mavzudagi mashg‘ulotlarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning moddiy ta’minoti, talabalarning bilim darajasini xisobini aks etirishga imkoniyat yaratiladi.
Mukammal tuzilgan tematik reja dasturning xar bir mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotlar tizimini ajratilgan darslar ko‘rinishida emas, balki bir butun tarzda ko‘rib chiqishga sharoit yaratadi. Ish jarayonida tematik rejaga aniqlik kiritilishi va to‘ldirish mumkin.
Tematik reja asosida CHQBT rahbari navbatdagi dars oldidan darsning reja bayonnomasini tuzadi. Reja – bayonnomada mashg‘ulotning mavzusi, o‘quv, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt, mashg‘ulotni o‘tkazish joyi, o‘quv savollari va ularga ajratilgan va soatlar kursatilgan bo‘lishligi, xar bir o‘quv savolining mazmuni fanlararo bog‘liqlikda ochib berilgan bo‘lishligi, shuningdek o‘rganilgan materialni mustaxkamlash uchun savollar tayyorlangan bo‘lishi kerak xamda talabalarga mustaqil ishlari uchun vazifa ko‘rsatilishi kerak. Reja – bayonnomaning xajmi CHQBT rahbarining tayyorgarlik darajasi va ish tajribasiga bog‘liq bo‘ladi.
CHaqiriqqacha yoshlarni tayorlash va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha sinfdan tashkari ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rejalashtirish muxim axamiyatga egadir. Ushbu rejada harbiy texnik to‘garak ishi, otaliq harbiy qisimlarga borish, «SHunkorlar», «Vatanparvar» kabi harbiy – sport musobaqalarida ishtiroq etish, Jangovor shuxrat muzeyini yaratish va materiallar bilan boyitish,
«Harbiy sport o‘yinlari» normativlarni topshirish va boshqa harbiy vatanparvarlik va ommaviy mudofaa tadbirlari bayon etilishi mumkin. O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligi deb uchinchi o‘quv savolini ham videoproektor yordamida ekranda
(sinf doskasiga yozgan xolda) ko‘rsatib e’lon qilinadi. Ushbu o‘quv savolini o‘rganishda avalom bor O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligini videoproektordan foydalanib aytib beriladi, shuningdek, talabalarga (tinglovchilarga) O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligi ochib beriladi va ular aniq tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak.
O‘rganiladigan o‘quv savoli bo‘yicha talabalarga O‘R Konstitutsiyasi davlat Mudofaasi xaqida. O‘R Harbiy doktrinasi va uning mudofaaga qaratilganligini muammoli savollar sifatida qo‘yish va o‘qitishning muammoligiga erishish kerak. O‘quv savolini bayon qilishni (o‘rganishni) boshlashda, o‘quv vaqtini oqilona taqsimlash zarur.
O‘quv materiallarining talabalar (tinglovchilar) tomonidan ko‘proq o‘zlashtirilishiga, ko‘rgazmalilikka, kursantlar (tinglovchilar) ni o‘qitishning amaliy yo‘naltirilganligiga, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikka erishishning aniq usullari va yo‘llarini, o‘qitishning texnik vositalari va boshqalardan foydalanishning tartibi va usullarini sxema, slayddan foydalangan xolda uchinchi o‘quv savolini tushintirish lozim. Talabalar (tinglovchilar)ga o‘quv savolining asosiy joylarini yozdirish maqsadga muvofiq.
Mazkur savol bo‘yicha o‘quv materiallarini mustahkamlash maqsadida bir – ikki talabalardan so‘rash lozim, qolgan talabalar ham diqqatini jamlagan xolda yana bir bor eshitib yodda saqlaydi. Talabalarlar (tinglovchilar) tomonidan o‘quv materiallari juda ham sust o‘zlashtirilgan holda savolni chuqurroq tushuntirish lozim.
SHu bilan uchinchi o‘quv savoli tugatilganligini aytib o‘tiladi va mustaqil tayyorgarlik uchun vazifalarni internetlardan foydalanib ma’lumotlarni olishlari va CHHT kitoblaridan foydalanishlari aytib o‘tiladi.
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi Sessiyasi o‘n ikkinchi chaqirig‘ida qabul qilingan.
52-modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosinining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
XXVI BOB. Mudofaa va Xavfsizlik
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada qurolli kuchlariga ega.
2). O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori.
2018 yil 17 – yanvarda O‘R Prezidentning farmoni bilan yangi O‘zbekiston Respublikasining Harbiy Doktrinasi qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati Urushning va urush xavfining oldini olish – bosh strategik yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yo‘li bilan hal etishga qat’iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari o‘rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni engishga kuchg‘ayrat sarflashni o‘z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Urushning va urush xavfining oldini olish – bosh strategik yo‘nalish.
Urushlar va harbiy mojarolarning oldini olishni, harbiy bloklarga kirmaslikni o‘z tashqi siyosatining bosh strategik yo‘nalishi deb e’lon qilib, O‘zbekiston Respublikasi shuni qayd etadiki, u: o‘z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatga qarshi ishga solmaydi, O‘zbekiston Respublikasiga yoki O‘zbekiston bilan o‘zaro harbiy yordam to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar orqali bog‘langan davlatlarga qarshi hujumni qaytarish hollari bundan mustasno; hech kimga taxdid solmaydi va jahondagi birorta ham davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamaydi, ulardan birortasiga na hududiy, na boshqa da’vosi bor va barcha mamlakatlar bilan xalqaro huquq, xavfsizlik manfaatlarini o‘zaro hisobga olish asosida munosabatlar o‘rnatishga tayyor; yadro qurolisiz yashash: yadro qurolini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik prinsiplariga amal qiladi.
Urushning oldini olish borasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro faoliyatining bosh mezonlari quyidagilardan iborat: umumiy xavfsizlikni ta’minlashda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rolini oshirish; davlatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib olgan xalqaro hamda mintaqalararo tuzilmalarga faol qo‘shilish; manfaatdor davlatlar va jahon hamjamiyatining faol ishtirokida Markaziy Osiyoning mintaqaviy xavfsizligi tizimini rivojlantirish; yadro qurollari sinovini yoppasiga taqiqlash va pirovard natijada YAdro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan uni butunlay yo‘q qilish haqidagi shartnomani tuzishga o‘tish uchun sharoit yaratish; Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli hudud deb e’lon qilish; kimyoviy, bakteriologik va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini hamma erda yo‘q qilish, O‘zbekiston Respublikasining Kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyada va bakteriologik qurollarni taqiqlash muammolari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etishi; odamning ruhiyatiga halokatli ta’sir etadigan vositalar, tektonik va boshqa turdagi qurollar yaratilishi, sinovdan o‘tkazilishi va ishlab chiqarilishini taqiqlash; mintaqaga qurol-yarog‘ etkazib berish va u bilan savdo qilish ustidan samarali nazorat o‘rnatishning, shu jumladan qonunsiz harbiy tuzilmalarni qurol bilan ta’minlashning oldini olish maqsadida samarali nazorat o‘rnatishning kelishilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Bu chora-tadbirlarga axborot almashishni, o‘zaro tekshiruvlarni, muntazam maslahatlashuvlarni, nazorat qilishning milliy vositalaridan foydalanishni asos qilib olish; konversiyani faol amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni beg‘araz yordam va imtiyozli kreditlar berish tarzida moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali rag‘batlantirish; barcha mamlakatlarda oddiy qurol-yarog‘lar va qurolli kuchlarni qisqartirish, o‘zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash choratadbirlarini kengaytirish; harbiy qurilishning oshkoraligi va harbiy sohadagi aloqalarning kengaytirilishiga ko‘maklashuvchi davlatlararo harbiy hamkorlikni rivojlantirish; xalqaro munosabatlarda milliy va diniy murosasizlikka yo‘l qo‘ymaslik; fundamentalizm, ekstremizm, terrorchilikning kuchayish tendensiyasiga yo‘l qo‘ymaslik; tinchlikni saqlash bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarga, barcha davlatlarning harbiy kuch ishlatishdan yoki harbiy kuch ishlatish bilan taxdid qilishdan voz kechishiga asoslangan mustahkam davlatlararo munosabatlar tizimini yaratish; qo‘shinlarni faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirishni pirovard maqsad qilib olib, o‘zgalar hududida ajnabiy harbiylarning turishini izchil qisqartirib borish; harbiy-siyosiy ittifoqlarning mintaqaviy miqyosda ham, jahon miqyosida ham siyosiy hamkorlik vositasiga aylantirilishiga erishish.
Muallif: Xasanov M