Munadarija
O’R «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuni. O’R Vazirlar maxkamasining qarorlari.
- O’R «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuni. O’R Vazirlar maxkamasining qarorlari. Umumiy harbiy majburiyat. 2. Fukarolarni harbiy xizmatga tayyorlash. 3. Fukarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish, harbiy xizmatga chaqirilish va kirish. 4.Harbiy xizmatni o‘tash. 5.Rezervdagi xizmat. 6.Muqobil xizmat. 7. Harbiy ro‘yxat. 8.Safarbarlik bo‘yicha chaqirilish to‘g‘risida va harbiy xizmatdan bo‘shatish. 9. YAkunlovchi qoidalar.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni ikkinchi chaqirik O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisining 10 sessiyasida № 12 sonli qarori asosida 2002 yil 12-13 dekabr kunlari tasdiklangan Ushbu qonun maksadi.
Ushbu qonun maksadi O‘zbekiston Respublikasi fukarolarning umumiy xabiy majburiyatni bajarishi va harbiy xizmatni o‘tashi bilan boglik munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun xujjatlar.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun xujjatlari Ushbu qonundan xamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadigan boshka qonun xujjatlaridan iboratdir.
Umumiy harbiy majburiyat
Umumiy harbiy majburiyat fukarolarning O‘zbekiston Respublikasini ximoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarlikdan iborat buladi xamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) safini tuldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maksadida joriy etiladi.
Umumiy harbiy majburiyat fukarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan utish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga karshi harbiy tajovuz bulgan takdirda axolini muxofaza etish tadbir – choralarini kamrab oladi.
Ushbu Qonunga muvofik O‘zbekiston Respublikasining kuyidagi fukarolari, xususan:
- harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd
etilgan shaxslar – chaqiriluvchilar;
- xaqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar – harbiy xizmatchilar;
Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar – harbiy xizmatga majburlar:
- turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chikarilgan,
shu jumladan iste’fodagi shaxslar – harbiy xizmatga majbur bulmagan shaxslar deb ataladi.
Xaqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar vaofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi xududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet El fukarolari va fukaroligi bulmagan shaxslarga tatbik etilmaydi.
Harbiy xizmat turlari.
Harbiy xizmat O‘zekiston Respublikasi fukarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining aloxida turidir.
Harbiy xizmatning kuyidagi turlari joriy etiladi;
- muddatli harbiy xizmat;
- safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi harbiy xizmat;
- kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmat un sakkiz yoshdan yigirma etti yoshgacha bulgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yarokli erkak fukarolar chaqiriladilar.
Muddatli harbiy xizmat.
Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fukarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek mukaddam harbiy xizmatni utamagan ofitserlarning qonun xujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar xisobida:
- muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida utayotgan harbiy xizmatchilar uchun – un ikki oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun – tukkiz oy);
- muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida utayotgan ofitserlar uchun – tukkiz oy kilib belgilanadi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonun xujjatlari bilan belgilanadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yarokli xamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish xukukiga ega bulmagan, birok Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat xududiy prinsip asosida oylik yiginlar tarzida tashkil etiladi xamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus xisob varagiga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma etti yoshga tulgunga kadar olinadilar va xar yilgi harbiy yiginlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga karshi harbiy tajovuz ruy bergan takdirda esa xaqiqiy harbiy xizmatga chaqiradilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fukarolar yigirma etti yoshga tulaganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga utkaziladilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tulaydigan pul badallari mikdori va ularni tulash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan ttasdiklanadigan aloxida nizom bilan belgilanadi. Bu mablaglar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning pul va moddiy ta’minotini oshirish, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yiginlarini utkazishga anik maksadli yunaltirilgan buladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil eti shva o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiklanadigan O‘zbekiston Respublikasi fukarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatni o‘tash tartibi. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun xamda O‘zbekiston Respubrlikasi fukarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:
- kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni utayotgan oddiy askarlar (matroslar), (serjantlar) uchun – kirk besh yosh;
- kichik ofitserlar uchun – kirk besh yosh;
- katta ofitserlar uchun – ellik yosh, polkovniklar (1 darajadagi kapitanlar) uchun – ellik besh yosh;
- general – mayor, general – leytenant harbiyr unvondagi ofitserlarr uchun – 60 yosh; general – polkovnik harbiy unvonndagi ofitserlar uchun – 65 yosh etib belgilanadi.
Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek yuksak kasbiy tayyorgarligi, egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasi bulgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yarokli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat kumirtalari va idoralar rahbarlari tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan besh yilgacha bulgan muddatda uzaytirilishi mumkin.
Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga va harbiy xizmatga tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash – soglomlashtirish ishlari. Umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish. CHaqiriluvchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga ukishga kirish istagini bildirgan fukarolar harbiy litseylarda, umumta’lim maktablarida, urta-maxsus va urta kasb-xunar ta’limi muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining o‘quv muassasalarida yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
CHaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ta’lim muassasalarining ukuv dasturlari doirasida, shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari, mudofaa – sport soglomlashtirish muassasalarida usmirlar xonalarini tashkil etgan xolda uyushtiriladi xamda utkaziladi.
O‘n besh va un olti yoshdagi usmirlarni tibbiy kurikdan utkazish chaqiriluvchilarni tibbiy kurikdan utkazishga mudofaa ishlari organlari tomonidan jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan xar yil amalga oshiriladi.
Xalk ta’limi organlari chaqiriluvchilarning umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora – tadbirlar kurishlari shart.
YOshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash vazirliklar, davlat kumitalari, idoralar, maxaliy davlat xokimiyati organlari, fukarolarning uzini uzi boshkarish organlari va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. YOshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda jamoat birlashmalari va boshka nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash.
Oliy ta’lim muassasalarining talablari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash mazkur muassasalarda tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik ukuv bulinmalarida (harbiy kafedralar, sikllar va fakultetlarda) amalga oshiriladi.O’R «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuni. O’R Vazirlar maxkamasining qarorlari.
Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bulimda ukiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalarining talabalari jinsidan kat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Harbiy tayyorgarlikka yigirma etti yoshgacha bulgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yarokli talabalar jalb qilinadilar.
Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan utishga kabul qilish ularning shaxsiy arizalariga binoan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatni utab kelgan talabalar xam rezervidagi va zaxiradagi ofitserlar ta’limi dasturi bo‘yicha harbiy tayyorgarlikdan utishlari mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarning ukuv bulinmalarida harbiy tayyorgarlikdan utgan, ta’lim dasturini uzlashtirgan va belgilangan davlat imtixonlarini topshirgan talabalar ularga leytenant unvoni berilganidan keyin xaqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar yoki rezerv yoxud zaxiraga utkaziladilar.O’R «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuni. O’R Vazirlar maxkamasining qarorlari.
Oliy ta’lim muassasalarining ukuv bulinmalarida harbiy tayyorgarlik ta’limida utmagan talabalar ta’lim muassasasini tomomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofik muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqiriladilar.
Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy ta’lim muassasalari bulgan vazirliklar, davlat kumitalari va idoralar Bilan birgalikda ishlab chikish va tasdiklash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha ukvu bulinmalari yunalish, rezervidagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslanaladigan ixtisosliklar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiklanadi.
Oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, davlat kumitalari va idoralar, agar bu ta’lim muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha ukuv bulinmalari tashkil etilgan bulsa, mazkur ta’lim muassasalarining anik maksadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi xamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kumagida zarur ukuv moddiy bazasini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha ukuv bulinmalarining boshliklari va ularning urinbosarlari lavozimlari ofitserlanl oliy ta’lim muassasalari bulgan vazirliklar, davlat kumitalari va idoralar bilan kelishilgan xolda tanlash va tayinlash amalga oshiradi. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi xaqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat kumitalari va idoralar orkali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fukarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Harbiy xizmatni kasb tarikasida tanlangan fukarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni
oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida utaydilar.
Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontrakda belgilanadi. Ayni paytda dastlabki kontrakt xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha uch yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha besh yil muddatga tuziladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari Bilan ukish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tash sharti Bilan kontrakt tuziladi.
Harbiy xizmatning kontrakda nazarda tutilgan muddatli tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi Bilan bu muddat YAngi kontrakt tuzish orkali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi fukarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom Bilan belgilanadi.
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
Rezervchilar xizmati xaqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bulgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning kushilmalari, kismlari va bulinmalari safini urush davrida takozo etiladigan shtatlar darajasiga kadar tuldirish, shuningdek urush davri takozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maksadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Rezervchilar sifatida xizmatni utayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tarikasida, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saklab turish, rezervchilarning harbiy xisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarini tinchlik va urush davrida bajarish uchun zarur bulgan kunikmalarini saklab koli shva takomillashtirish maksadida harbiy kismlar bazasida xududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy yiginlarni o‘tashga jalb etishlari mumkin.
CHaqiruvga kadar boshlang‘ich tayyorgarlik.
CHaqiruvga kadar boshlangich tayyorgarlik, shu jumladan fukaro muxofazasi bo‘yicha tayyorgarlik ukuv davturidagi majburiy Fan bulib, umumta’lim maktablarida, urta maxsus va urta kasb xunar ta’limi muassasalarida chaqiruvga kadar tayyorgarlik ukituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab utiladi.
CHaqiruvga kadar tayyorgarlik darajasi past bulgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin kushimacha ravishda bunday tayyorgarlikdan Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar xokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa – sport soglomlashtirish lagerlarida utishlari mumkin.
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar.
Harbiy xizmatchilar va harbiy ximatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi. Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, kata ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.
Xar bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.
O’R «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida»gi qonuni. O’R Vazirlar maxkamasining qarorlari.
Muallif: Xasanov M