Munadarija
O’t ochish sektorini tozalash va okopni niqoblash.
Avtomatdan yotib otishga mo‘ljallangan okop piyodalarning kichik kurakchasi bilan amalga oshiriladi. Otish uchun joyni egallagach avtomat o‘ng tomonga bir qo‘l uzoqligida qo‘yiladi, chunki har bir daqiqada avtomatni dushmanga qarata o‘t ochish uchun mumkin bo‘lsin.
CHap yon bilan yonboshlab kurakcha g‘ilofidan olinadi. Kurakchaning sopidan ikkala qo‘l bilan ushlab tuproqning yuqori qatlamini o‘ziga qaratib tortib kesiladi va old hamda yon tomonlaridan chegaralar belgilanadi. So‘ng kurakni qarshi yo‘nalishda ushlab, o‘zidan nari tomonga zarba berib chimlar ko‘chiriladi, ularni old yoki yon tomonlarga tashlanadi. Bu tuproqlardan brustver hosil qilinadi. Brustverdagi tuproqlar askarni dushmanning o‘qidan himoya qiladi. Bosh iloji boricha erga yaqin ushlanadi, lekin dushmanni kuzatish har bir soniyada davom ettiriladi. Old tomonga zarur bo‘lgan chuqurlikka erishilgach ort tomonga surilinadi va chuqurni gavda va oyoqlarni berkitadigan uzunlikda kovlashda davom etiladi.
Kovlab tayyorlangan okop o‘rab turgan joyning rangiga mos qilib niqoblanadi. Buning uchun chim, tuproq, maysalardan, qishda esa qordan foydalaniladi.O’t ochish sektorini tozalash va okopni niqoblash.
Transheya egri chiziqli, siniq bo‘lish kerak. Bu zarb to‘lqini va oskolka parchasidan jangchilarni talofatini kamaytirish maqsadida qilinadi. Transheya chuqurligi 150 sm.O‘quv savolini oxirida o‘ralar (shel) haqida tushuncha beriladi. O‘ra chuqurligi 150 sm, tubining eni 60 sm, uzunligi 3 metr kirish qismiga ega bo‘lgan chuqurlikdir. O‘ralar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin, YOpiq o‘ralar ommaviy qirg‘in qurollaridan ham ximoya qila oladi. Mashg‘ulot rahbari qoridagi keltirilgan materiallar bilan cheklanmaydi. U zamonaviy ta’lim texnika vositalaridan foydalanib multimediya namoyish etadi va mshg‘ulotni yanada samaraliroq bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi.
Mudofaaga o‘tishda har bir askar avvalo o‘zi uchun qulay joyda otish uchun joyni tanlaydi va uni jihozlaydi. Bu joy shunday hisob bilan tanlanishi lozimki, bunda o‘zi dushmanni kuzata va unga o‘t ocha olishi mumkin bo‘lsin, lekin, o‘zi dushmanga ko‘rinmaydigan va uning o‘qidan himoyalangan bo‘lsin.
Askar vazifani aniqlab olgach o‘ziga ko‘rsatilgan o‘t ochish marrasiga joylashadi. Agar o‘t ochish marrasi (otish uchun joy) komandir tomonidan ko‘rsatilmasa, askar uni mustaqil ravishda tanlaydi. Otish uchun joyni tanlayotganda chuqurliklar, kanavalar, do‘ngliklar, shuningdek, turli mahalliy predmetlar (daraxtlar, toshlar, to‘nkalar)dan foydalanish zarur.
Agar tanlangan marraning old tomonida baland bo‘yli maysa, ko‘chat va boshqa halaqit beruvchi narsalar bo‘lsa ularni yo‘q qilish kerak yoki o‘t ochish marrasini boshqa joydan tanlash lozim bo‘ladi. Dushman o‘q yog‘dirib turgan paytda o‘t ochish marrasini (otish uchun joyni) jihozlash yotib otish uchun okopni kovlashdan boshlanadi.
O’t ochish sektorini tozalash va okopni niqoblash.
Muallif: Xasanov M