Otish jarayoni va uning davrlari. O’qning boshlang’ich tezligi va uning otishga ta’siri.

Otish jarayoni va uning davrlari. O'qning boshlang'ich tezligi va uning otishga ta'siri.

Otish jarayoni va uning davrlari. O’qning boshlang’ich tezligi va uning otishga ta’siri.

O‘q havoda uchishi uchun uni stvol kanalini tark etayotgandagi tezligi katta ahamiyatga egadir. Bu tezlik o‘qni havoda uchishini xarakterlovchi kattalikdir. U o‘qning boshlang‘ich tezligi deb ataladi, odatda V0 deb  belgilanadi va metr/soniyada (m/sek) o‘lchanadi.

O‘qning boshlang‘ich tezligi orsa uning uchish uzoqligi, teshib o‘tuvchi va o‘ldiruvchi ta’siri ortadi, shuningdek uning uchishiga taosir etuvchi tashqi taosirlar pasayadi.

Boshlang‘ich tezlikni kattaligi stvolning uzunligi, o‘qning vazni va zaryadining (poroxning) miqdoriga bog‘liq. Stvol qanchalik uzun bo‘lsa (ma’lum uzunlikkacha) o‘qqa parox gazlari shunchalik ko‘proq taosir etadi va boshlang‘ich tezlik shunchalik katta bo‘ladi.

O‘qning o‘ldiruvchi kuchi-uning nishon bilan to‘qnashayotgandagi energiyasi bilan xarakterlanadi va kilogrammetrda (kgm)da o‘lchanadi. O‘qning stvol uchidagi harakatining energiyasi boshlang‘ich energiya deyiladi. Avtomatdan otishda o‘qning boshlang‘ich energichsi 29 kgm ga teng. Odamni jarohatlab safdan chiqarish uchun 8 kgm ga teng energiya kifoyadir.

O‘qning teshib o‘tuvchi taosiri ma’lum zichlikdagi to‘siqqa kirib borish chuqurligi bilan xarekterlanadi. Vintovkaning yoki pulemyomotdan 100 m uzoqlikdagi otilgan o‘q to‘siq tekkisligiga perpendikulyar tarzda tekkanda:

  • 6 mm qalinlikdagi po‘lat plitani;
  • 12 sm qalinlikdagi shag‘al qobig‘ini;
  • 15 smli g‘ishtin devorni;
  • 45 smli qum, tuproq va yog‘och devorini tesha oladi.

Stvol kanalidagi gaz bosimi hamma tamonga bir xil kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi. Otish amalga oshirilganda bu bosim nafaqat o‘qni oldinga qaratib haydaydi, balki qurolni ortga qaratib ham turtadi. Otish paytidagi qurolning ortga harakati ortga turtish deb ataladi. Qurolning turtuvchi harakati uning ortga harakat qilganda egallagan tezligidan o‘qning og‘irligi  qurolning og‘irligidan qancha kichik bo‘lsa, o‘shancha miqdorda kichikdir. Avtomatning ortga turtish energiyasi 2 kgsm dan ortmaydi va otuvchi tamonidan og‘riqsiz tarzda qabul qilinadi.

Porox gazlarining bosim kuchi turtish kuchi va turtkiga qarshilik kuchi bir to‘g‘ri chiziqda joylashmagan va qarama-qarshi tamonga yo‘nalgan. Ular shunday kuchlar juftligini tashkil qiladilarki, ular taosirida stvol uchi tepaga ko‘tarilib ketadi. Ushbu kuchlar juftligining elkasi qancha katta bo‘lsa, og‘ish ham shuncha katta bo‘ladi. Bundan tashqari otish paytida qurolning stvoli qaltirab, boshlang‘ich holatdan har qanday tomonga (chapga, o‘ngga, tepaga, pastga) og‘ishi mumkin. Bu og‘ishning miqdori otish uchun tayanchdan noto‘g‘ri foydalanish, qurolning kirlanishi va boshqa sabablar tufayli yanada ortishi mumkin.

Stvol qaltirashi, qurolning turtishi va boshqa sabablar stvol kanali simmetriya o‘qining otishgacha bo‘lgan va o‘q otilganidagi holatlarining orasidagi burchakni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu burchak uchish burchagi deyiladi.Otish jarayoni va uning davrlari. O’qning boshlang’ich tezligi va uning otishga ta’siri.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba