Munadarija
O’zbekiston Respublika Qurolli Kuchlari faoliyatining asoslari.
O‘zbekiston Reslublikasi Kurolli Kuchlarining tarkibi va tuzilishi, vositalari takomillashtirish, kadrlar tayyorlashni, mobilizatsion resurslar va zaxiraga bo‘lgan talabni, harbiy qurilishni moliyalashni agressiyani mustaqil ravishda va jamoaviy xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan birgalikda qaytara oladigan mikdorda ishonchlik va etarlicha ta’minlash tamoyili bilan bog‘liq.
Agressiya boshlanishi bilan harbiy xarakatlarning asosiy ko‘rinishi bo‘lgan mudofaaga o‘tiladi. Biroq vaziyatga qarab ba’zi aniq yo‘nalishlarda hujum xarakatlari olib borilishi inkor etilmaydi.
SHuning uchun tinch vaqtda qo‘shinlar xar qanday holatda, shuningdek dushman tomonidan yadro quroli qo‘llanilgan xolatda xam jangovar harakatlarni olib borishga tayyorlanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti hududiy yaxlitliligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya kilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarimiz mudofaaga qratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlarining qo‘shin turlari quyidagicha
- quruqlikdagi qo‘shinlar;
- harbiy havo kuchlari va havo xujumidan mudofaa ko‘shinlari;
- maxsus qo‘shinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kadrlardan iborat doimiy armiya tamoyili
asosida quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari quyidagi maqsadlarda qo‘llanishi mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lgan xujumni qaytarish maqsadida;
-Agressiyadan mudofaa qilish borasidagi shartnoma majburiyatlarini bajarish maqsadida;
- BMT qarori asosida tinchlikparvarlik operatsiyalarni o‘tkazish va «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi doirasida operatsiyalarni o‘tkazish maqsadida.
Jangovar xarakatlarni olib borish tqg‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh Qo‘mondoni buyruq beradi va qaror qabul qiladi.
Fuqarolar, davlat va jamiyatning xavfsizligiga putur etkazish uchun ichki vaziyatni destabilizatsiya qilinishini, xukumat organlarining funksiyalarini buzilishini oldini olish va bartaraf qilish uchun Oliy Bosh Ko‘mondon Qurolli Kuchlarni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin, Uning bu qarori keyinchalik Oliy Majlisda ko‘rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublika Qurolli Kuchlari faoliyatining asoslari.
Muallif: Xasanov M