O’zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining vazifasi.

O'zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining vazifasi.

O’zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining vazifasi.

Qurolli  Kuchlarimiz mudofaaga  qratilgan, O‘zbekiston Respublikasi Kurolli  Kuchlarining    qo‘shin  turlari  quyidagicha

  • quruqlikdagi qo‘shinlar;
  • harbiy havo kuchlari va havo xujumidan mudofaa ko‘shinlari;
  • maxsus qo‘shinlar;

 2.Qo‘shin turlari va ularning vazifalari.

a). Ichki qo‘shinlar — Ichki ishlar vazirligi tarkibida tashqil qilingan bo‘lib, uning asosiy vazifalari militsiya organlari bilan hamkorlikda axoli yashaydigan joylarda toifalangan halq xo‘jaligi korxonalarida va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xuquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashqilotlar, idoralar, mussasalarni jinoyatchilikdan va boshqa jamiyatga qarshi harakatlardan muxofaza qilishdan iboratdir.

b). Davlat havfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar tashqilotlar hamda harbiy tuzilmalarining asosiy vazifasi milliy havfsizlikni taminlashning o‘ziga xos vazifalarini bajarish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini tugatish va inson xayotini taminlovchi halq xo‘jaligi korxona va muassasalarini qo‘riqlash xisoblanadi.

v). Quruqlikdagi qo‘shinlar Qurolli Kuchlarning eng ko‘p soni xillaridan biri bo‘lib, boshqa qo‘shin xillari va turlari bilan o‘zaro harakatda O‘zbekistonga nisbatan qilingan, qaerdan bo‘lishidan qat’iy nazar, tajovuzni qaytarishga oid vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan

g). Quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibiga motoo‘qchi, tank va artilleriya qismlari, xavo xujumidan mudofaa bo‘linmalari, tezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlari, taminot qism va bo‘linmalari kiradi.

  1. d) Motoo‘qchi qismlar — Quruqlikdagi qo‘shinlarning asosi, jangovar tarkibining negizi xisoblanadi. Ular erdagi va xavodagi nishonlarni yakson qilish uchun qudratli qurol-aslahalar, tanklar, to‘plar va minomyotlar, tankka qarshi boshqariluvchi raketalar, zenit komplekslari va qurilmalari, razvedka va boshqaruvning samarali vositalari  bilan taminlangan.

e). Tank qismlari — quruqlikda qo‘shinlarning zamonaviy jang olib borish sharoitlarida muxim vazifalarni bajarishga qaratilgan bosh zarba beruvchi kuchi va qurolli jangning qudratli vositasidir. yo). Artilleriya qismlari — jangovar vazifalarni bajarishda bosh (olovli  kuch hamda muxim tezkor-taktik vositadir. Ular arsenalida mavjud zamonaviy to‘plar, reaktiv qurilmalar, gaubitsalar, minomyotlar artilleriya qismlarining o‘t ochish imkoniyatlari, jangovar harakatlar samaradorligini yanada oshiradi.

j). Tezkor harakat qiluvchi (desant) kuchlar qismlarning roli —  xozirgi  kunda sezirarli darajada ortgan. Desantchilar jangovar mashinalari,  o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, tanklar, zirxli transportyorlar, yuksak  samarali tankka qarshi va zenit vositalari, stvolli va reaktiv kuchli avtomatik qurollar, aloqa va boshqaruvning zamonaviy uskunalari bilan taminlangan.

z). Havo xujumidan mudofaa qo‘shinlari — O‘zbekiston Respublikasiga xavodan turib qilingan har qanday xujumni bartaraf etish darajasida zudlik bilan harakat qilishga doimiy shay turuvchi va mamlakatimiz xavo sarxadlarini radiolokatsion razvedkasini taminlovchi qo‘shin turidir.

i). Muxandislik-quruvchilik qo‘shinlari — tinchlik davrida Qurolli Kuchlar infratizimi taraqqiyotini taminlash va davlatning iqtisodiy dasturini bajarishga, urush paytida mudofaa kommunikatsiya qurilishlari va qutqaruv-avariya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.

y). Milliy havfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari — chegaraga doir siyosatni amalga oshiradi, davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashni tashqil etadi.

k). Milliy havfsizlik xizmati:

CHegara qo‘shinlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi; joylardagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat xokimiyat organlari, nodavlat, notijorat tashqilotlarining Davlai chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi; chegara qo‘shinlari bugungi kunda qo‘shinning mustaqil turi bo‘lib, davlat chegaralari himoyasining  birinchi esheloni tashkil etadi.O’zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarining vazifasi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba