O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy bilim yurtlari va ulardagi harbiy mutaxassislik yo’nalishlari.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy bilim yurtlari va ulardagi harbiy mutaxassislik yo'nalishlari.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy bilim yurtlari va ulardagi harbiy mutaxassislik yo’nalishlari.

O‘zining Qurolli Kuchlarini (QK) yaratish jarayonida har bir askarning xizmatida yaxshi natijalarga erishish uchun xizmatgacha bulgan yoshlar bilan ishlash, Harbiy bilim yurtlariga nomzodlarni tanlab olish sifati bilan bogliqdir. Bundan ko’rinib turibdiki «O‘zbekiston Qurolli Kuchlari» oldida katta va dolzarb echilishi kerak bulgan savollar, ya’ni  yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli Harbiy bilim yurtlariga  kirish uchun Harbiy yo‘nalish bo’yicha tayyorlash kerak bo’ladi. Bugungi kunda bu masalaning muhimligi quyidagi tamoyillar orqali belgilanadi;O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy bilim yurtlari va ulardagi harbiy mutaxassislik yo’nalishlari.

Birinchidan,  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikni qulga kiritgandan sung, Qurolli Kuchlar o’z armiyasi uchun Harbiy  mutaxassislar  tayyorlashga majbur bo’ladilar, bu esa o‘z navbatida qiyinchiliklar bilan bogliq.(o‘quv – material baza, muallimlar tarkibi va boshqalar).

Ikkinchidan, qurollar sistemasi va Harbiy texnikaning murakkablashib borishi.

Uchinchindan, xizmat vaqti cheklanganligi uchun, har bir Harbiy tayyorgalikni boshidan boshlash uchun imkoniyati yo‘q.

To‘rtinchidan, Harbiy xizmat haqida maktab O‘quvchilari juda ham  kam ma’lumotga egalar. SHuning uchun ayrim yoshlar uchun Qurolli Kuchlarda xizmat qilish faqatgina orzu bulib qoladi. Agar maktab O‘quvchisi kasb tanlashda adashmasa, Harbiy xizmat uning hayoti mazmuniga aylanib qoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli Oliy Harbiy bilim yurtlarining ruyxati, manzillari va ularning maqsadalri.

Respublikamizda ofitser kadrlarni tayyorlash Maorif Vazirligining Harbiy bilim yutrlaridagi, zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash esa Respublikadagi oliy  bilim yurtlarining Harbiy kafedralarida tayyorlanadi. 1993 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida 3 ta oliy Harbiy bilim yurtlari joylashgan edi va 3 mataxassislik bo’yicha ofitserlar tayyorlashar edi.

Ular quyidagilardan  iborat: moto o‘qchi vzvod komandirlari , AV komandirlari, AV komandirlari shaxsiy tarkib(sh/t) bilan ishlovchi komadir o’rinbosarlaridir. Ofitserlar tayyorlashni bunday sistemasi yangi vujudga kelgan vaziyatda o’zini oqlashda va Qurolli Kuchlar uchun kadrlar etkazib  berolmadi. SHundan kelib chikib , yangi Harbiy bilim yurtlari tashkil etildi. Ular quyidagilardan iborat:

  • 1993 yil may oyida Toshkent elektr aloqa instituti (TEAI) qoshidagi maxsus aloqa fakulteti.
  • 1994 yilning avgust oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi;
  • 1994 yil noyabr oyda tuzilgan Jizzax Oliy  Harbiy aviatsiya bilim yurti (JOXABYU) tashkil etildi.

1993 yildan boshlab barcha Harbiy bilim yurtlari ofitser-kadrlarini ko‘p yo‘nalish bo‘yicha tayyorlash sistemasiga o’tildi. Ushbu bilim yurtlarda tayyorlanayotgan  ofitserlar mutaxassisligi soni 1993 yil 3ta bulsa, 1997 yilga kelib 43 taga etdi. 1999 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oliy Harbiy bilim yurtlarida ta’lim olayotganlar soni 3500 mintagacha etdi. Ulardan 200 mingtasi maxalliy axoli yoshlaridandir. Yiliga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning safi oliy Harbiy bilim yurtlarida tayyorlangan 900 ofitserlar bilan olib bormoqda.

Toshkent Oliy Harbiy qumondonlik bilim yurti  1918 yilning 12 iyulida tashkil topgan.1993 yil 1 iyulda bilim yurti yangi shtatga o’tdi. Hozirgi vaqtda bilim yurti quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha ofitser kadrlarni  tayyorlaydi:      motoo’qchilar qismi komandirlari, rota komadirlarining o’rinbosarlari , AS (SH.T.) shaxsiy tarkib bilan ishlovchi ofitserlarni tayyorlaydi.

CHirchiq Oliy tank qumondonlik-muxandislik  bilim yurti 1918 yilning 16 noyabrida tashkil topgan bo’lib, u quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha ofitserlarni tayyorlaydi: taktik bronetexnika qurollarining muxandisi va bronetank qurollarini qullash va tiklash bo’yicha muxandislar, hamda texniklar;

  • tank qushinlarining taktik komandiri-bronetank va avtomobil texnikalarini qullash bo’yicha muxandis;
  • yakin masofalar uchun ishlatiluvchi komandaviy texnik zenit komplekslari va zenit qurilmalari, radiotexnika vositalarini qullash bo’yicha muxandislar;
  • havo zenit qushinlarining komandaviy taktikasi-bronetank va avtomobil

texnikalarini qullash bo’yicha muxandis;

  • shaxsiy tarkib bilan ishlovchi ofitser, ijtimoiy fanlar bo’yicha mualim.

Jizzax Oliy Harbiy aviatsiya bilim yurti (JOXABYU) 1994 yilning sentyabrida tashkil topgan va quyidagi mutaxassislik bo’yicha ofitserlar tayyorlaydi:

  • samolyot va vertolyotda uchuvchi injener;
  • shaxsiy tarkib bilan ishlovchi ofitser;
  • shturmanlar;
  • samolyot, vertolyot dvigateli bo’yicha texnik;
  • aviatsiya, radioelektrotexnika jixozlari va aviatsiya qurollari bo’yicha texniklar.

O‘qish vaqtidagi uchish davri 180 soatni tashkil etadi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI) dagi maxsus fakultet (kulliet) 1993 yil 13mayda tashkil etilagn bo’lib, quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha mutaxassislar   tayyorlaydi:

  • radio va kosmik aloqa;
  • simli, radiorelsli va troposfera aloqalari; — boshqaruvning avtomatik tizimi.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy bilim yurtlari va ulardagi harbiy mutaxassislik yo’nalishlari.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba