O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy qismlariga tashrif buyurish va ulardagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishish.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy qismlariga tashrif buyurish va ulardagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishish.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy qismlariga tashrif buyurish va ulardagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishish.  Yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi uzluksiz jarayon bo‘lib, oila, maktab, mahallalarda, Qurolli Kuchlar safida xizmat davomida amalga oshiriladi. O‘quvchi yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasi, nafaqat o‘quv yurti harbiy rahbari, o‘qituvchilari, balki keng jamoatchilikning, ota — onalarning ham majburiyati. Bu ish uchun tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limlari, «Vatanparvarlik» MKB, otaliq harbiy qismlar va harbiy bilim yurtlari ham mas’ul. Ushbu ma’ruzada biz o‘quvchi yoshlarning harbiy qismlarda bo‘lishining, ularda Qurolli Kuchlar safida xizmat uchun zarur sifatlarni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritamiz.

O‘zbekiston Reslublikasi Mudafaa vazirligi va Xalq ta’lim vazirligining 1994 yil 10 yanvardagi buyrug‘i bilan kuchga kirgan. «O‘zbekiston Reslublikasi o‘smirlarni chaqiriqqacha tayyorlash haqidagi» nizomda quyidagi fikrlar va so‘zlar yoziladi:

  • modda: Garnizon boshliqlari buyruq bilan o‘quv muassasalarini harbiy qismlar, harbiy bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlari harbiy kafedralariga yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash va harbiy vatanparvarlik ishini olib borishni mustahkamlaydi.
  • modda: harbiy qism komandirlari, harbiy bilim yurtlari boshliqlari, oliy o‘quv yurti

harbiy kafedra boshliqlari:

  • jangovar tayyorgarlik a’lochilarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etadi;
  • yoshlrni shaxsiy tarkib bilan joylashtirilishi va hayoti, qurol- yarog‘ va harbiy texnika

bilan tanishtiradi;

  • harbiy otish joylari, o‘quv maydonlari, sport shaharchalarini mashg‘ulotlar o‘tkazish

uchun taqdim etadi;

  • otaliq yordami tartibida ofitser va serjantlarni avtomatdan jangovar patronlar bilan otish

uchun ajratadi, qurol, o‘q-dori va imitatsiya vositalarini taqdim etadi;

  • mudofa ishlari bo‘limlari va xalq ta’lim boshqarmasi harbiy rahbarlari bilan metodik

ishlarni o‘tkazish, chaqiriqqacha tayyorlash, harbiy vatanparvarlik va jismoniy tarbiya moddiy — o‘quv bazasini takomillashtirishda yordam ko‘rsatadi.

Harbiy shaharcha elementlari: shtab, kazarma, plats, jangovar mashinalar parki, klub,

oshxona.           

Harbiy qismda bo‘lish harbiy rahbar tomonidan o‘quv yili boshida rejalashtiriladi va harbiy qism bilan muvofiqlashtiriladi. Mazkur reja harbiy qism va o‘quv yurti rahbari tomonidan tasdiqlanib, unda jumladan, qismda bo‘lish vaqti belgilanadi.

Harbiy qism va o‘quv yurti hamkorligidagi ishlarining rejasi hamda namunasini ko‘rib

chiqamiz.

«Tasdiqlayman»                                                          «Tasdiqlayman»

00000-harbiy qism komandiri           000-maktab direktori            mayor __________A.Karimov       __________E.Mansurov

«» avgust 2020 y                                                               «» avgust 2020 y

00000-harbiy qism va 00-maktab

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yuzasidan hamkorlikdagi REJASI.

t/

r

Tadbir Sana O‘tkazish joyi Mas’ul shaxs
1. Harbiy xizmatchilar turmushi, qurol — yaroq va texnika bilan tanishtirish. Oktyabr Harbiy qism Harbiy rahbar
2. Qism tashkil etilgan sanaga bag‘ishlab badiiy havaskorlik qatnashchilarining jangchilar oldida chiqishi. noyabr Harbiy qism. direktor muovini  
3. O‘quvchilarga o‘quv moddiy bazasini yaratish va takomillashtirishda yordam ko‘rsatish. doimiy o‘quv

yurti

1-MO‘B komandiri
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilgan sanaga bag‘ishlangan tantanali kecha. yanvar o‘quv

yurti

Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha bo‘yicha komandir o‘rinbosari va direktor muovini
5. Harbiy qasamyod kuni jangchilarni qutlash, badiiy havaskorlar chiqishi iyun Harbiy qism Harbiy rahbar
6. O‘quvchilarning harbiy shaharchani obodonlashtirishda ishtiroki. mart Harbiy qism 1-MO‘B komandiri bilan va direktor muovini
7. CHQBT kursi tugallanishiga bag‘ishlangan harbiy — sport bayramida  hakam sifatida ishtirok etish. aprel O‘quv yurti Harbiy rahbar
8. Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab ofitserlarning o‘quvchilar bilan suhbati. may O‘quv yurti Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha bo‘yicha komandir o‘rinbosari va direktor muovini

Hamkorlikdagi rejani h.q. komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va o‘quv

yurti harbiy rahbari tuzadi va imzolaydi.

Rejadan ko‘rinib turibdiki, hamkorlikdagi tadbirlar maqsadi- o‘quvchilarni harbiy qism

tarixi, jangovor texnika va qurol- yaroq bilan tanishtirish, tantanali yig‘ilishlarni O‘zbekiston respublikasi va Qurolli Kuchlar bayramlariga bag‘ishlab o‘tkazish, birgalikdagi sport musobaqalarini tashkil etish. Uquvchilar jangchilar oldida konsertlar bilan chiqadilar, harbiy shaharchani obodonlashtirishda ishtirok etadilar.

Bu    kabi     hamkorlik        o‘quvchi          yoshlarni,        jangchilarni     harbiy Vatanparvarlik, baynalminallik, xalq an’ana va huquqlarini hurmat qilish, ogohlik, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi qurolli himoyasiga tayyorgarlik ruhida tarbiyalashda ko‘maklashadi.

Harbiy qismda bo‘lishni tashkil etish metodikasi bilan batafsil tanishamiz. Harbiy qismda bo‘lish o‘quvchilarni harbiylar hayoti, jangovor texnika va qurol- yarog‘, jangovar va ijtimoiy — siyosiy tayyorgarlik, qorovul xizmati tashkil etilishi bilan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladi.

Harbiy qismda bo‘lishdan avval harbiy rahbar o‘quvchilarni ichki xizmat nizomining

jangjilarni joylashtirish, harbiy shaharcha elementlari bilan tanishtiradi, sayohat davomida qism shtabi, kazarmalar, plats, jangovar va maxsus mashinalar parki, klub, oshxona, qorovul va otish shaharchalari, sport shaharchasi, sinflarda bo‘linadi. Harbiy qism shtabi.

Shtab binosida quyidagilar joylashtiriladi:

  1. Koridorda (kiraverishda) Harbiy Qism jangovar bayrog‘ini saqlash joyi. Jangovor bayroq doimo qorovul tomonidan qo‘riqlanadi.

Bu 1-raqamli post bo‘lib, unga faqat jangovar va ijtimoiy- siyosiy tayyorgarlik ilg‘orlari

tayinlanadi. Jangovar bayroq postda ordenlar va orden lentalari bilan o‘ralgan holda va g‘ilofda, gerbli pechat bilan muhrlangan holda saqlanadi. U tik turgan holatda joylashtirilishi kerak.

Jangovar bayroqli postda Mudofaa vazirligining jangovar jasorat va mardlik uchun vimpel va

pul qutisi saqlanishi mumkin.

  1. Harbiy Qism bo‘yicha navbatchi xonasi.

Harbiy qism bo‘yicha navbatchilikka ofitserlar, ya’ni kamida vzvod komandirlari tayinlanadi. Navbatchi xonasida qism shtabi ofitserlari qurollari saqlanadigan shkaf joylashtiriladi.

Navbatchi xonasida navbatchi yoki uning yordamchisi doimiy bo‘lishi shart. Alohida topshiriqlar uchun shtab bo‘yicha navbatchi va chopar tayinlanadi.

  1. Qism qo‘mondonligi xonalari: komandir, uning o‘rinbosarlari, xizmat boshliqlari, mahfiy qism, XFU (xizmat uchun foydalanish) kutubxonasi.

Kazarma. Odatda batalon bir kazarmada joylashadi. Tegishli bino mavjud bo‘lmasa, batalon bir necha binoda vzvodlab joylashishi mumkin.

Har bir vzvod joylashtirilishi uchun quyidagi xonalar ko‘zda tutiladi.: — siysiy-ommaviy va ma’daniy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish xonasi;

  • vzvod kanselyariyasi (ya’ni devonxonasi):
  • qurol-yarog‘ saqlash xonasi:
  • vzvod mulki va harbiy xizmatchilar shaxsiy buyumlari saqlanadigan xona: — yuvinish xonasi:
  • qurol tozalash xonasi:
  • poyavzal tozalash va chekish xonasi:
  • maishiy xizmat xonasi:
  • kiyim va poyavzal quritish xonasi:
  • shahsiy bo‘lim uchun maxsus xona.

Yotoqxona.

Shaxsiy tarkibni yotoqxonaga joylash uchun har bir harbiy xizmatchi uchun 2,5 – 4m2 maydonajratiladi. Bunda havo xajmi bir odamga 9-12m3 dan kam bo‘lmasligi kerak. Yotoqxonada krovatlar shunday joylashtiriladiki, har biri yoki har ikki yonma-yon krovat

oldida tumbochkalar uchun joy qolsin, krovatlar qatori orasida shahsiy tarkib saflanishi uchun zarur bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Krovatlar tashqi devorlarga 50 sm  yaqinlashmay, bir tekis joylanadi.

Krovatlar bir yoki ikki yarusda joylashtirilishi mumkin. Xizmat ko‘rsatgan MV buyrug‘i bilan vzvod ro‘yxatiga kiritilgan harbiy xizmatchilar uchun yoki fahriy soldatlar uchun yotoqxonaning ko‘rinarli erida krovat o‘rnatilib, doimiy ravishda namunali holatda saqlanadi. Krovat yoniga Qahramon portreti, jasorati bayoni bitilgan taxtacha osib qo‘yiladi.

Krovat oldi tumbochkasi shaxsiy fodalanish uchun buyumlar, romolchalar, yoqa va boshqa yuvinish vositalari uchun mo‘ljallangan. Daftar va kitoblar ham saqlanishi mumkin.

Harbiy xizmatchilarni o‘rin-ko‘rpasi, adeyal, choyshab, jiltli yostiq va matrasdan iborat. O‘rin- ko‘rpa bir hilda yig‘ilishi shart. O‘ringa kiyim va poyafzal bilan yotishi mumkin emas. Tegishli buyumlar saqlanadigan setkalar, temir shlemlar va shaxsiy yorog‘lar, protivagazlardan tashqari, yotoqxonada shkafda yoki stelajlarda saqlanadi (krovat to‘ri ostiga osib qo‘yilishi mumkin). Shahsiy tarkib quroli qurol-yaroq saqlash xonasida saqlanadi. Xona eshigi elektrtovushli signalizatsiya bilan jihozlanadi, ko‘rish darchasi mavjud bo‘lib va ichkariga ochiladi. Derazalarda temir panjaralar bo‘ladi. Umivalniklar (yuvinish muolajasi) 5-7 kishiga 1 ta jo‘mrak va vzvodga kamida 2 ta oyoq  yuvish vannasi hisobidan o‘rnatiladi.

Maishiy hizmat xonasi kiyim dazmollash stollari bilan jihozlangan  va  zarur  miqdorda   dazmol, shuningdek, soch  olish , kiyim, poyafzallar mayda ta’miri uchun zarur asbob va uskunalar qaychilar bilan ta’minlandi.

Harbiy xizmatchilarning barcha buyumlariga ularning harbiy bileti raqami qo‘yiladi. Vzvod binosi hech vaqt qo‘riqsiz qoldirilmaydi. Shu  maqsadda vzvod bo‘yicha naryad, vzvod bo‘yicha navbatchi va 3 ta posbon tarkibida tayinlanadi. Sutkali nyaradga vzvod qurol- yarog‘i va mulki, shahsiy tarkibni tungi vaqtda quriqlash, shuningdek vzvod binosi va tegishli hududda tartibni saqlash yuklanadi. Saf maydoni.  Bu Harbiy qism saf tortishi, turli tadbirlar, harbiy marosimlar, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun joydir. Saf maydoni quyidagi elementlar bilan jihozlanadi: minbar, saf maydoni atrofida asosiy saf usullari: qurol bilan va qurolsiz safda harakatlanish, joyda va harakatda burilishi: shuningdek, kiyim kiyish, orden va medallarni parad kiyimida joylashtirish va sh.k. namunalari aks etgan taxtalar  o‘rnatilgan.

Umumharbiy nizomlarga asosan Saf maydonida yakka saf tayyorgarligi uchun chizmalar qilinadi.

Jangovar va maxsus mashinalar parki. Park deb tank, avtomobil, artilleriya va boshqa texnikani saqlash, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun jihozlangan hududga aytiladi. Mashinalar, boshqa texnika kabi yopiq xonalarda yoki naves ostida saqlanadi. Parkda park bo‘yicha navbatchi xonasi, nazorat texnik punkt, harakat havfsizligi va haydovchilarga  yo‘riqlar ko‘rsatish, mashina kattalari instruksiya xonalari, yuvish va tozalash punktlari, texnik ko‘rik va ta’mirlash punkti, texnikaga xizmat ko‘rsatish va bino tashqarisidagi joriy ishlar uchun zarur  boshqa xona (joy) lar jihozlanadi.

Mashinalar parkdan avvalda tasdiqlangan naryad bo‘yicha chiqariladi. Har bir mashinaga ofitser, praporshik, serjantlardan katta (mas’ul) tayinlanadi. Park qorovul himoyasida bo‘ladi va tartibni saqlash uchun navbatchi va soqchilar tayinlanadi. SHahsiy tarkib parkka ish va mashg‘ulotlar uchun qat’iy tarzda ofitser, praporshik yoki serjantlar boshchiligida qo‘yiladi.

Mashina ekipaj (haydovchi) lari parkka mashinani olib kirish uchun yo‘l varaqasi taqdim etilgach qo‘yiladi.

Oshxona.

Soldat va serjantlar oshxonaga toza kiyim va poyafzald, vzvod starshinasi yoki vzvod komandiri o‘rinbosarlaridan birining qat’iy boshchiligida kelishi shart. Har bir vzvod uchun joy ajratilgan. Stol 4-10 kishiga tuzatiladi. Oshxonada ovqat chog‘ida tartib saqlanishi shart. Ovqatni bosh kiymda, shinel va ishchi kiyimlarda o‘tirib eyish man etiladi.

Ovqat tarqatishdan avval vrach (feldsher), harbiy qism bo‘yicha navbatchi bilan uning sifati

shuningdek, oshxona, idish-tovoq va anjomlar sanitar holatini tekshirishi shart. Bundan tashqari ovqat har kuni harbiy qism komandiri yoki o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tekshiriladi.O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy qismlariga tashrif buyurish va ulardagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishish.

Jagovar tayyorgarlikni tashkil etish, otish shaharchasi. O`quv sinflari.

O‘quv mashg‘ulotlari va mashqlarda harbiy qism butun shahsiy tarkib bilan bo‘lishi shart. Mashg‘ulotlardan faqat naryadda bo‘lgan, harbiy qism bo‘yicha buyriqda ko‘zda tutilgan shaxslar ozod qilinadi. Tashqaridagi mashg‘ulotlardan sog‘liІiga ko‘ra ozod etilgan soldat va serjantlar bilan vzvod komandiri yoki boshliqlar buyrug‘i bilan sinfda mashg‘ulot tashkil qilinadi. Mashg‘ulotlar kun tartibida ko‘zda tutilgan vaqtlarda signal bo‘yicha boshlanadi va tugatiladi. Mashg‘ulotga chiqish oldidan bo‘linma komandirlari va vzvod komandiri o‘rinbosarlari qo‘l ostidagilarni ko‘zdan kechiradi.: kiyim qoida bo‘yicha kiyilganmi, aslaha to‘g‘ri mustahkamlanganmi, qurol o‘qlanmaganmi?

Mashg‘ulotlar, otish va mashqlar tugagach bo‘linma komandirlari barcha qurol, jangovar va boshqa mashinalar mavjudligi va komplektligini, otish qurollari, o‘q — dori va o‘quv priborlari mavjudligini shaxsan tekshirishi shart.

Qurol va magazin sumkalari bo‘linma komandirlari tomonidan tekshiriladi. Mashg‘ulot, otish va mashqlar tugagach qurol va tank aslahasi tozalanadi, mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatiladi.

Harbiy qism bo‘yicha buyruq bilan belgilangan kunlarda bo‘linmalarning mashg‘ulotga chiqishi va qaytishi ofitser bilan birga olib boriladi.Har haftada qismda park xo‘jalik kuni o‘tkazilishidan maqsad qurol, jangavor va boshqa texnikaga xizmat ko‘rsatiladi, parklar, o‘quv moddiy baza ob’ektlari jihozlanadi va obodonlashtiriladi, harbiy shaharcha tartibga keltiriladi va boshqa ishlar amalga oshiriladi. Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha barcha mashg‘ulotlar maxsus ajratilgan joylarda o‘tkaziladi: sinflar, otish  shaharchasi, sport shaharchasi, stadion, otish joyi, taktik maydon, o‘quv xonasi, saf maydonchasi.

Otish shaharchasi turli holatdan paydo bo‘luvchi harakatdagi nishonga otishni aniq qilish, to‘g‘ri otishga o‘rgatish, qo‘l granatalari va tankka qarshi granatalarni uzoqqa va aniq otish,  o‘q otar qurolni tekshirish va uni normal holatga keltirish uchun joylar bilan jihozlanadi. Sinflarda dars o‘tiladi. Trenajerlarda otish usul va qoidalari, ichki va tashqi balistika asoslari, havo sharoitida o‘qning havoda parvoziga ta’siri, mashq bajarish shartlari va boshqalar o‘rganiladi.

Rejada belgilangan kunda batalon harbiy otish joyiga barcha o‘q otar qurol va granatometdan amaliy otishlari o‘tkazish uchun keladi. Taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari vzvod va vzvod tarkibida maxsus ajratilgan joy, uchustka, taktik maydonda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar texnika qo‘llab yoki piyoda tartibda o‘tkazilishi mumkin. Vzvod shahsiy tarkib, shuningdek jangovar otishli vzvod mashqlari batalon, brigada va boshqa mashqlarda yuqori boshliqlar rejasiga muvofiq ishtirok etadi. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy qismlariga tashrif buyurish va ulardagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishish.

BMP (PZM) va BTR haydovchilari vzvod texnika boshchiligida trenajyor o‘quv mashinalarida shug‘ullanadilar. Haydov malakalarini avtodromlarda oshiradilar.

Jangovar va ijtimoiy – siyosiy tayyorgarlik rejasida qator boshqa predmetlar: ommaviy qirІin qurollari va undan himoyalanish, saf va jismoniy tayyorgarlik, harbiy muxandislik va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, O‘QN va boshqa o‘rganishlar ko‘zda tutilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashqlarida quyidagi vazifalar hal etiladi: shahsiy tarkibni O‘zbekiston Respublikasiga, o‘z xalqiga va harbiy qasamyodga sodiqlik, harbiy burchga sadoqat, yuksak jangovar va ahloqiy psixologik sifatlar, shuningdek Vatan tarixi va san’atlariga xurmatni shakllantirish, harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini,

Oliy Majlis va hukumat qarorlarini, komandirlar buyruqlarini so‘zsiz bajarish ruhida tarbiyalash;

  • yuksak harbiy intizomni saqlash, uni mustahkamlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va realizatsiyalash. SHaxsiy tarkib orasida huquqbuzarliklarning oldini olish; harbiy xizmat havfsizligiga zarur sharoitlarni ta’minlash, o‘lim va jarohatlarning oldini olish.
  • shahsiy tarkibni Vatanparvarlik, ogohlik va poklik, xizmat vazifalarini bajarishda sobitlik ruhida tarbiyalash.

Sport  shaharchasi.

SHahsiy tarkibning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlari  uchun mo‘ljallangan. U quyidagilardan iborat:

(baland va past) turniklar; granata uloqtirish joylari; balandlik va uzoqqa sakrash joylari, yagona to‘siqli yo‘lka, voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol va sh.k. maydonlari.

Qorovul xizmatini tashkil etish, qorovul xizmati o‘tashga tayyorgarlik joyi, sutkalik naryad, uni tarqatish.

Qorovul xizmatini o‘tash jangovar topshiriqni bajarish bo‘lib, shahsiy tarkibdan Garnizon va Qorovullik hizmati Nizomi qoidalariga aniq rioya etishni talab qiladi. Xizmatni buzishda aybdorlar intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Qorovul – jangovar bayroq, harbiy va davlat ob’ektlari, shuningdek, gauptvaxta va jazolash batalonida saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqlash bo‘yicha jangovar topshiriqni bajarish uchun qurollangan harbiy bo‘linma.

Harbiy qasamyod qabul qilmagan yosh jangchi tayyorgarligi dasto’rini o‘zlashtirmagan, surushtiruv olib borilayotgan harakatlar sodir etgan, betob harbiy xizmatchilarni, shuningdek intizomiy chora sifatida tayinlash man eitiladi.

Qorovullar gornizon va ichki qorovullarga bo‘linadi. Ichki qorovul harbiy ob’ektlarini qo‘riqlash va  mudofaa uchun tuziladi. Qorovul tarkibi, qorovul boshlig‘i, post va smenalar soniga ko‘ra soqchilar, tarqatuvchilar, zarur bo‘lganda qorovul boshlig‘i yordamchisi va transport vositalari haydovchilari.

Ob’ektlar bevosita mudofaa va himoyasi uchun qorovul tarkibidan soqchi qo‘yiladi. Soqchi – unga ishonib topshirilgan postni qo‘riqlash bo‘yicha jangovar topshiriq bajarayotgan qurollangan soqchi.

Post – soqchiga qo‘riqlash uchun topshirilgan barcha narsa, shuningdek u o‘z vazifasini bajarayotgan joyi tushuniladi. Ob’ektlar patrullash usulida qo‘riqlanadi. Ayrim ob’ektlar (jangovar bayroq)  harakatsiz soqchi tomonidan qo‘riqlanishi mumkin.

Soqchilarga yordam uchun dam olayotgan smena hisobidan zaxira guruhi tuzilib, ular jangovar trevoga signaliga ko‘ra qorovul boshlig‘i yoki tarqatuvchi boshchiligida post buzilgan joyga keladi va vaziyatga ko‘ra ish tutadi. Qorovul shahsiy tarkibi tegishli kiyingan, soz bo‘lgan qurol bilan qurollangan bo‘lishi kerak.

Har bir avtomat va pistolet ikki o‘qlangan magazin hisobida jangovar patronlar beriladi. Bundan tashqari qorovul xonasida patronlar zaxirasi har chasavoyga 2 tadan  granata bo‘ladi.O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy qismlariga tashrif buyurish va ulardagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishish.

SHahsiy tarkib tayyorgarligi vzvod komandiri tomonidan olib boriladi. Mashg‘ulot har bir ob’ekt hisobga olib maxsus jihozlangan joy — qorovul shaharchasida o‘tkaziladi. Qorovul shaharchasi qo‘riqlanadigan ob’ekt maketi bilan jihozlanadi. Instruktaj berishda komandir u yoki bu post xususiyatlari, yong‘indan saqlash vositalarining joylashishi, telefon apparatlari, qorovul boshlig‘ini chaqirish, tuman o‘rniga e’tiborni qaratadi.

Yo‘riqnomadan so‘ng vzvod komandiri amaliy mashg‘ulot o‘tkazadi. Buning uchun shaharchada kichik binolar, akoplar, pana joylar, sim to‘siqlar, yong‘indan saqlash anjomlari, qurol o‘qlash kabi joylari mavjud. Mashg‘ulotdan so‘ng qorovul qurollanadi va xizmatga jo‘naydi. Tarqatishda, shuningdek sutkalik naryad ham bo‘ladi. Sutkalik naryad vazifasi: ichki tartibni tutib turish, qurol, texnika va o‘k-dori, qism (bo‘linma) va bino mulkini quriqlash va boshqlar. sutkalik narayadning odatiy tarkibi; harbiy qism bo‘yicha navbatchi; harbiy qism bo‘yicha navbatchi yordamchisi; navbatchi bo‘linma; park bo‘yicha navbatchi va soqchilar, navbatchi haydovchi; navbatchi feldsher yoki sanistruktor, medpunkt bo‘yicha soqchilar; Nazorat o‘tish joyi bo‘iycha navbatchi va uning yordamchisi; oshxna bo‘yicha navbatchi  va ishchilar; shtab bo‘ycha navbatchi; navbatchi signalchi; choparlar.

Vzvod sutkalik naryadiga: vzvod bo‘ycha navbatchi va soqchilar kiradi. Ofitser tomonidan tayinlangan navbatchilar to‘pponcha va 2 ta o‘qlangan magazin bilan qurollanadi. Qolganlar (qorovuldan tashqari) qinidagi xanjar bilan qurollanadi.

Sutkalik naryadni tarqatish yangi tayinlangan qism bo‘yicha navbatchi tomonidan bajariladi. Sutkalik naryad sutka davomida (24 soat) xizmat o‘taydi. Bunda uyqu uchun ko‘pi bilan 4 soat ajratiladi. Sutkalik naryaddagi shaxs dam olish payitida kiyim va poyafzalini echishiga ruxsat berilmaydi.O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining harbiy qismlariga tashrif buyurish va ulardagi harbiy mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishish.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba