O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi.

O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi.

O’zbekistonning xalqaro reyting indekslari Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi koʼrsatkichlari oshishiga sabab boʼlmoqda. Zero, mazkur yoʼnalishdagi islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Аmmo islohotlarning ijobiy natijalari, xalqning erishgan va erishayotgan yutuqlarini dunyo hamjamiyati eʼtiboriga taqdim etish alohida chora-tadbirlarni, maqsadli saʼy-harakatlarni talab etishi ham turgan gap. Bunda xalqaro reyting agentliklarining xizmati katta.

Har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni oʼtkazar ekan, birinchi oʼrinda aholi turmushi farovonligini oshirish, huquq va manfaatlarini taʼminlash, mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini mustahkamlashni asosiy maqsad qilib belgilab oladi. Mamlakatlarning ana shu iqtisodiy-ijtimoiy koʼrsatkichlarini turli reyting agentliklari baholab boradi, ular ijobiy yoki salbiy oʼzgarishlarni aslo eʼtiborsiz qoldirmaydi. Xalqaro hamjamiyatning eʼtiborini, xorijiy investorlarning qiziqishini qozonish koʼp hollarda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining baholariga bogʼliq boʼladi.

Soʼnggi toʼrt yil mobaynida Oʼzbekistonda hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan ulkan oʼzgarishlar roʼy bermoqda. Bularning barchasi xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Аyniqsa, xalqaro reyting agentliklari oʼz indekslarida Oʼzbekistonni yuqori oʼrinlarda qayd eta boshlayotgani mustaqillik yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz uchun, xalqimiz uchun juda

katta yutuq. Masalan, Oʼzbekiston Meros jamgʼarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʼonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʼonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʼonaga koʼtarildi. Xalqaro reyting agentliklarining oʼzi Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida Oʼzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning qisqa vaqtda erishilgan natijalari sifatida ularni jahon afkor ommasiga maʼlum qilinmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash choratadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4210-sonli qarori hamda 2020 yil 2 iyundagi «Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʼgʼrisida»gi PF-6003-sonli Farmoni ana shu saʼyharakatlarni yangi pogʼonaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu Farmonga muvofiq, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʼyicha respublika kengashi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslarda Oʼzbekiston oʼrnini quyidagilar orqali yaxshilashdan iborat:

— mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub oʼzgarishlarni hisobga olish, shuningdek mazkur yoʼnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʼsiq boʼlayotgan muammolarni bartaraf etish;

-davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilgʼor xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish boʼyicha tashabbuslarni ilgari surish;

-davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning oʼrniga taʼsiri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish. Kengashning ishchi organlari

– Moliya va Adliya vazirliklari. Ishchi organlar boʼyicha taqsimlangan ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning oʼrnini yaxshilashga qaratilgan taʼsirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yoʼnalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat oʼrnatiladi.

Ustuvor boʼlgan xalqaro reyting va indekslar boʼyicha mamlakatimizning oʼrnini yaxshilash – masʼul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biridir.

O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslari Oliy Majlis Qonunchilik  palatasida  4 iyun kuni «Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli» mavzusidagi seminar ham aynan ushbu masalada boʼldi. Soʼnggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan.

Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʼrnini yaxshilash boʼyicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda Oʼzbekistonga berilayotgan baholarga sabab boʼlayotgan omillar oʼrganib borilmoqda.

O’zbekistonning xalqaro reyting indekslari

mavzular

manba