O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar.

O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar. 

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy orzusi ro’yobga chiqqanligining huquqiy ifo-dasi bo’ldi.

 

O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar.  «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to’xtash lozim. Mazkur qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati tubdan o’zgardi. O’z mohiya-tiga ko’ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya roli-ni ham o’ynaydigan bo’ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.

 

1-moddada O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqal-pog’iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat, deb e’lon qilinadi.

2-moddada O’zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanli-gi va u respublika davlat hokimiyatining birdan bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.

3-moddada O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi.

5-moddada O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaravchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida ko’rilganligi haqida gapirildi.

 

8-12-14-moddalar O’zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asos-larini izohlab berdi.

13-14-moddalarda O’zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi.

15-moddada O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquq-lari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, u fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’i nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi va qonunlari himoyasida bo’lishlari qo-nunlashtirilgan.

 

16-moddada davlat ramzi bo’lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapirilsa, 17-moddada esa O’zbekistonning Qoraqalpog’iston bilan munosabatlari xususida so’z borib, O’zbekiston Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O’zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi (bu moddada O’zbekiston va Qoraqalpog’iston o’zaro munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi qonunlash-tirilgan). Shuningdek, bu moddada Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham e’tirof etilgan.

 

Bunday Qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviyaxloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.O’zbekiston siyosiy tizimidagi o’zgarishlar. 

 

mavzular

manba