O‘zbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari.

O‘zbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari.

Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot kechirganligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining o‘tmish tarixini bilishni istaydi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‘tmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng to‘lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‘lib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan ma’lum darajada aralashuvi sodir bo‘lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan.

Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‘zbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. O‘zbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bo‘lib, hozirgi O‘zbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo‘lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va Dunyo davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‘tarilganligi butun dunyoga ma’lumdir. Bundan qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.

Eramizgacha va undan keyingi asrlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘rku-fayzini, mahobatini yo‘qotmagan asori-atiqalarimiz qadim- qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi.Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugungi kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassam tarix, adabiyot, san’at, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz iftixorimizdir.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi ko‘hna shaharlarimiz bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali o‘tgan “Buyuk Ipak yoii” Sharq va G‘arbdagi mamlakatlar va xalqlami bir- biri bilan bog‘lab, ularning madaniy, iqtisodiy hamkorligiga xizmat qilgan.

Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha ming yillar mobaynida yashab, kurashib ijod qilib kelayotgan xalqimiz o‘tmishini “O‘zbekiston tarixi” fani o‘rganadi. “O‘zbekiston tarixi” predmeti xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Vatanimiz tarixi o‘zbeklarning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayoni, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosi, davlatlarning tashkil topishi, ularning ichki va tashqi siyosatini o‘rganadi. “O‘zbekiston tarixi” fanining dolzarb muommolari, yechimini kutayotgan talaygina masalalari mavjud bo‘lib, jumladan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi, bu aholining qo‘shni qabilalar bilan turlicha munasabatlari, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashagan qadimiy mahalliy aholi bizning ajdodlarimiz ekanligini asoslash va tadqiq etish shular jumlasidandir.

O‘zbekiston tarixini o‘rganishda manbalar alohida ahamiyatga molikdir. Bular moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi davrlarini o‘rganishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalarga suyaniladi. Bu manbalar turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ularga qadimgi ajdodlarimiz yashagan manzilgohlar, shahar xarobalari, mozor-qo‘rg‘onlar qoldiqlari, kundalik turmush va xo‘jalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat, jangovor qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa eng qadimgi yozuvlar, bitiklar, kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar ma’lumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyatkasb etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish joizki, tarix- “tadqiq etish”, “tekshirish”, “voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nolarini anglatib, insonlar haqida, ularning uzoq o‘tmish davrlardan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.

Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini, ilk davlat shakllarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanishi, ma’lum davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qolganligini, uning ayanchli mashaqqatlarini, ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat ko‘rsatgan qahramonlarini, xalqimizning ma’naviyati va ma’rifatini ko‘tarishda jon fido qilgan o‘g‘lonlarini, qatag‘on davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik sharoitida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va nihoyat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tomon borganligini o‘rgatadi.

 

mavzular

manba