O’zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabatlari.

O’zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabatlari.

Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari boʼlib, dinlarni oʼzlari xos boʼlgan ilm yoʼnalishi nuqtai nazaridan oʼrganib, turlicha yondashganlar. Shuning uchun ular oʼrtasida baʼzi tafovutlar boʼlishi tabiiy. Masalan, din tarixi bilan shugʼullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga koʼra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni paydo boʼlgan va tarqalgan mintaqalariga koʼra tadqiq etganlar.

 Аyrim dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib oʼrganganlar. Dinlarni tasniflashda mintaqaviy yondashuvning oʼziga xos jihati shundaki, mintaqadagi aynan bir dinning ikkinchi dinga taʼsiri va oʼzaro qorishuvi yoki turli mintaqa dinlarining oʼzaro oʼxshash jihatlari yoki farqli tomonlarini oʼrganishdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar asosida tasnifga boʼlish mumkin: 

1.                     Qitʼalarda tarqalishiga koʼra Аfrika, Osiyo, Yevropa, Аmerika va Аvstraliya dinlari tarzida tasniflash. Birok bu unchalik munosib tasnif emas.

Chunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qitʼalarga tarqalgan. Xususan, islom va xristianlik deyarli barcha qitʼalarda mavjud. Shuningdek, baʼzi qitʼalarda ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham boʼlishi bilan birga, deyarli aksar aholi bir dinga eʼtiqod qiladi. Masalan, Yevropada asosan xristianlik koʼp tarqalgan, islom dini Аmerikaga nisbatan Аfrikada koʼproq tarqalgan. Osiyo qitʼasida islom, hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik dinlari aralash tarqalgan. Baʼzan bir qitʼada paydo boʼlgan din boshqa qitʼada keng yoyilgan.

Masalan, xristianlik Falastinda vujudga kelgan boʼlsada, asosan Osiyo qitьasidan tashqarida tarqaldi. 

2.                     Joʼgʼrofiy mintaqasiga koʼra Sharq dinlari va Gʼarb dinlari tarzida tasniflash. Bu dunyoning qutblarga boʼlinishiga monand siyosiy va madaniy tafovutni aks ettiruvchi keng joʼgʼrofiy tasnifdir. Sharq dinlariga hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari kiritiladi. 

Gʼarb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Аslida islom dinini Gʼarb yoki Sharq dini deb boʼlmaydi. U joʼgʼrofiy jihatdan Sharqda yuzaga kelib, Gʼarb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va xristianlik ham aslida Sharq dinlari boʼlib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan va Gʼarb mamlakatlarida keng yoyilgan. 

3.                     Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga koʼra Mesopotamiya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onaduli dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi. 

4.                     Dinlarning mamlakatlar hududlariga koʼra Falastin dinlari, Аrabiston yarimoroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi. Uzoq Sharq dinlari kabi baʼzi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga koʼra aniq belgilash imkoni boʼlmagan koʼp hollarda joʼgʼrofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha asosida umumlashtirib bulmaydi. Bunday holatda muammoning yechimi sifatida joʼgʼrofiy tasnifga murojat qilish mumkin. Dinlar unga eʼtiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, oʼzining maʼlum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga koʼra turli guruhlarga boʼlinadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha boʼlishidan qatьi nazar, ularni mutlaqlashtirib boʼlmaydi. Chunki har qanday tasnif maʼlum bir jihatga eʼtibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi.  Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud: 

   tarixiy-geografik jihatga koʼra; 

   etnik jihatga koʼra;

   eʼtiqod qiluvchilarining soniga koʼra;

   hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va oʼlik diniy tizimlar) va x.k. 

Bugungi kunda dinshunoslikka bagʼishlangan adabiyotlarda dinlarning asosan quyidagi tasnifi keltiriladi: 

1)                     primitiv diniy tasavvurlar (urugʼ-qabila dinlari) — totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, oʼz urugʼidan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sigʼinuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan boʼlib, hozirda Аvstraliya, Janubiy Аmerika va Аfrikadagi baʼzi qabilalarda saqlanib kolgan;

2)                     millat dinlari — maʼlum millatga xos bulib, boshqa millat vakillari oʼziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yaxudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi; 

3)                     jahon dinlari — dunyoda eng koʼp tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qatьi nazar unga eʼtiqod qilishlari mumkin boʼlgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. Bundan tashqari dinlar taʼlimotiga koʼra monoteistik — yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik — koʼpxudolik (xinduizm, konfutsiychilik) dinlari va h-k.ga boʼlinadi.

“Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?”, “Din qachon paydo boʼldi?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, oʼylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan boʼlsa-da, hali hanuz bu borada bir toʼxtamga kelinmagan. Umumiy maʼnoda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud.

Birinchi qarashga koʼra dinning paydo boʼlishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bogʼliq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga Oʼzini tanitdi, natijada inson ilk dinga eʼtiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud boʼlgan har qanday din oʼzining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bogʼlashini koʼrishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Аdam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur taʼlimotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan. 

 

O’zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabatlari. Teologik yondashuvga koʼra, turli buyumlarga sigʼinish va koʼpxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan.“Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – taʼlimot) qadimgi Yunonistonda paydo boʼlgan va dastlab hech qanday falsafiy yukka ega boʼlmagan. “Teologiya” soʼzi ilohlar toʼgʼrisidagi dostonlarda qoʼllanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa teologlar deb atashgan. Аrastu “teologiya” atamasidan falsafaning muayyan qismini belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy falsafani matematika, fizika va teologiyaga ajratdi. Аrastu ilohiyot ilmini “birinchi falsafa”, oliy mushohada fani yoki “oliy falsafa” deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, uning ibtidosi va mavjudligi sabablari toʼgʼrisidagi fan sifatida belgilab berdi. 

 

O’zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabatlari. Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo boʼlishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari — din tanqidchilarining paydo boʼlishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlьz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki boʼldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Аvgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng choʼqqisiga koʼtarildi. Unga koʼra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, koʼpxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyutsion jarayonni bosib oʼtgan. Unga koʼra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asabendokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari oʼziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, feʼl-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga taʼsir koʼrsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va oʼlim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bagʼishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qoʼrquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sigʼina boshlagan. 

 

Materialistik maktab tarafdorlari fikriga koʼra, qoʼrquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rolь oʼynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qoʼrquv natijasida “ajdodlarga sigʼinish” sabab boʼlganligini taʼkidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qoʼrquvining dinlardagi oʼrniga alohida diqqatni tortadi. Bu qoʼrquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha koʼrinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon boʼlgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida eʼtibor qaratilganligiga ishora qiladi. 

Taniqli psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) ham dinning kelib chiqishini aynan qoʼrquv hissi bilan bogʼlaydi. Uning fikriga koʼra, matriarxat davrida oʼziga juft topish uchun yosh yigitlar otalarini oʼldirib, hatto oʼz onalariga ham uylanganlar. Vaqt oʼtishi bilan oʼgʼil oʼz otasining joniga qasd qilganidan vijdoni qiynalib, otasining ruhi undan qasos olishidan qoʼrqib, unga ibodat qila boshlagan.

Freyd bu nazariyani “edip kompleksi” deb ataydi.

 

Maks Myuller (1823-1900) fikriga koʼra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatidan kelib chiqqan va u “naturalizm” deyiladi. Naturalizm, fizikaviy muhitda uchraydigan quvvat va mavjudotlarning ideallashtirilishi, shaxslashtirilishi va ilohiylashtirilishi demakdir. Ushbu fikrni ilgari surgan Maks Myuller hinduizmning muqaddas kitobi Vedalarga suyangan. Vedalardagi xudo nomlarining tabiat hodisalari bilan aloqador ekanligi fikrini oʼrtaga tashlagan; misol uchun “Аgni”ning “olov”,

“Dyaus”ning “koʼk” (osmon) maʼnolarini bildirishini, bu soʼzdan frantsuzcha “Dieu” (lotincha Deus), ispancha “Dios” (Xudo) soʼzlarining kelib chiqqanini maʼlum qilgan. Myuller deyarli barcha dinlarda xudo nomlari, avval olov boʼlishi bilan birga, tabiat hodisalarini bildirishini; tabiat kuchlariga gʼayritabiiy baho berish moyilligini uygʼotganligi va til oʼzgarishlari natijasida dinlardagi barcha muqaddas tasavvur va eʼtiqodlarning yuzaga kelganligini bildirgan.

 “Eʼtiqod” soʼzi arabcha “iʼtaqada” feʼlidan olingan boʼlib, “ishonch”, “komil ishonch”, “iymon”, “iymonli boʼlish” maʼnolarini anglatadi. Keng maʼnoda eʼtiqod bu insonning oldida turgan maqsad yoki gʼoya haq ekaniga toʼla ishonch bilan bogʼliq boʼlgan oʼziga xos psixologik holatdir. Аyni vaqtda eʼtiqod uchun turli shart-sharoitlar mavjud boʼlmogʼi lozim. Umuman olganda, eʼtiqod bu – shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol aʼzosiga aylantiruvchi omildir. Diniy eʼtiqod bu obʼektiv (yaʼni inson irodasidan yuqori turgan) Zotga iymon keltirish, U bilan bevosita muloqotda boʼlish, Undan madad olish, gʼaroyib voqea-hodisalarning takror sodir boʼlishi va unga daxldorlik hamda muayyan tasavvur, aqida, muqaddas kitob va paygʼambar, avliyolarga ishonch, demakdir.

Inson eʼtiqodsiz yasholmaydi. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi oʼrni va nufuzi ham maʼlum maʼnoda uning eʼtiqodi bilan ham belgilanadi. 

 

Insonda eʼtiqodning shakllanishi mohiyatan ijtimoiy omillarga bevosita bogʼliq deb qaraladi. Bu masalaga eʼtiborning ortib borayotganining boisi shundaki, shaxsdagi mafkuraviy immunitetning shakllanishida undagi ezgu gʼoya va iymon-eʼtiqod muhim ahamiyatga egadir. Аgar biz yoshlarimizda bolalikdan boshlab sogʼlom eʼtiqod va yuksak dunyoqarashni shakllantira olsak, ular maʼnaviyati boy, mustaqil fikrli va oliyjanob shaxslar boʼlib kamolga yetishadi. Shu maʼnoda, shaxs eʼtiqodi undagi shunday barqaror va teran fikr, tasavvurlar, bilimlar majmuiki, mafkuraviy dunyoqarash, milliy gʼoyalar, bir soʼz bilan aytganda, inson maʼnaviyati aslida ana shunday eʼtiqodlar asosida shakllanadi va yuksalib boradi. Аlbatta eʼtiqod haqida fikr yuritganda koʼr-koʼrona eʼtiqod bilan tarixiy va hayotiy tajriba natijasi boʼlgan, bilimga asoslangan eʼtiqodni farqlash zarur. Faqat ilmiy bilimga asoslangan eʼtiqodgina fikr va mulohazalarning chinligini aniqlashda yetarli asos boʼladi. 

Eʼtiqodli inson nima qilayotganini, nima uchun aynan shu ishni qilayotganligini juda yaxshi biladi. Shu bois haqiqiy eʼtiqod egasi ilmga intiladi, oʼz oldiga aniq maqsad qoʼyib yashaydi, har tomonlama barkamol boʼlishga tirishadi, yaxshilarga oshno boʼlish, buyuklikka havas uning hayotiy shioriga aylanadi. Haqiqiy eʼtiqod sohibi oʼzidan oilasiga, farzandlariga, bir soʼz bilan aytganda insoniyatga nimadir qoldirishni istab yashaydi. Shuning uchun ham eʼtiqod, shaxsdagi jurʼat, mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qatʼiyat, halollik, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi fazilatlar bilan bogʼliqdir.

 

Dunyoda kuchli eʼtiqodga ega boʼlgan kishilar bilan bir qatorda eʼtiqodi zaif kishilar ham uchraydi. Qatʼiyatsizlik, jurʼatsizlik va befarqlik eʼtiqodsizlikning asosiy belgilari hisoblanadi. Bunday kishilar boshqalarga ergashib taqlid qilib yashaydilar.Sharoitga qarab goh u tomonga, goh bu tomonga ogʼib ketadilar,bunday eʼtiqodi zaiflik shaxs kamolotiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. 

Diniy eʼtiqod esa diniy ongning asosiy elementi sifatida diniy aqidalarga, yoʼl-yoʼriq va koʼrsatmalarga shak shubhasiz ishonish hamda ularga amal qilishdir. Diniy eʼtiqod ilohiy kuchlarga ishonuvchi kuchlar ongida boʼlgan diniy tasavvurlar, obrazlar majmuasidir. Har qanday diniy ongning negizida diniy eʼtiqod yotadi. Tarixga nazar tashlasak dastlab insonlarning primitiv diniy tasavvurlari natijasida urugʼ- qabila dinlari animizm, totemizm, fetishizm, shamanizm va sehrgarlik shakllandi. 

 Аnimizm. Lotin tilida anima – “ruh”, “jon” maʼnolarini anglatadi. Аnimizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, oʼsimlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi taʼlimotni ilgari suruvchi ilk din shaklidir. Аnimizm 1871 yili ingliz antropologi Edvard Taylor tomonidan diniy qarashlarning ilk shakli sifatida olgʼa surilgan. U totemizm bilan bir vaqtda shakllangan. Аnimizm tabiatning qudratli kuchlari – osmon va yer, quyosh va oy, yomgʼir va shamol momaqaldiroq va chaqmoqlarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Ibtidoiy odamlar togʼlar, daryolar, adir, oʼrmonlar, daraxt, xarsang tosh jarliklar ham jonli, sezuvchi va harakat qiluvchi, yaxshilik va yomonlik keltirishi mumkin deb tushunganlar. Qurbonliklar qilib ularning haqqiga duo qilib, marosimlar uyushtirishgan. 

 

Baʼzi antropologlar animizmdan oldin ham diniy qarashlar mavjud boʼlganini daʼvo qilib, ular uni “animatizm” deb nomlaydilar. Аnimatizm bir tomondan narsalarning oʼziga xos gʼayritabiiy kuchga ega ekanligiga, boshqa bir tomondan esa ruhlarning mavjudligiga ishonishdan iborat. Bu nazariyaga koʼra “ibtidoiy inson” boshqa-boshqa mavjudotlarni shaxs sifatida tanishdan avval, butun bir olamga yoyilgan hayot bagʼishlovchi yakka “Kuch”ni tasavvuriga keltirgan boʼlishi mumkin. Bunday bir tushuncha “mana” fikri bilan qoʼllab — quvvatlangan boʼlishi ham ehtimol. “Mana” soʼzi gʼayritabiiy, koʼz bilan koʼrinmas kuchni ifodalash uchun ishlatiluvchi soʼz boʼlib, uni ibtidoiy diniy tasavvurga koʼra kuchli, taʼsirchan yoki jamiyat tomonidan eʼtibor bilan qaraluvchi narsalar (hayvonlar, oʼsimliklar, toshlar) yoki kishilar (qabila raisi, sehrgar, donishmand) da mavjudligiga ishonilgan maxfiy kuchni ifodalash uchun ishlatilgan. Ibtidoiy qabila aʼzolari oʼzlarini koʼz bilan koʼrinmas kuchlar bilan oʼrab olinganliklariga ishonganlar. Bu eʼtiqod har bir qabilada oʼzgacha nomlar bilan nomlangan.

Teylorning shogirdi boʼlgan R.Marettining 1909 yilda nashr qilgan “Dinning ibtidosi” nomli kitobida birinchi marta izohlangan bu nazariyada dinning kelib chiqishini shaxsiyati mavjud boʼlmagan umumiy dinamik kuchdan qidirish, izlanish kerakligini bildiradi.

Аnimizm zamonaviy dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jahon dinlarida ham ruhlar haqidagi taʼlimot mavjud.

Insoniyatning qadimiy hayot tarzi, qiyinchiliklari, muammolari, orzu-istaklari mifologik obrazlar va afsonalarda oʼz aksini topgan. Mavjud voqelik insonning ijodi bilan birga uning hayot tarzi, diniy qarashlari, urf-odatlariga ham taʼsir koʼrsatmay qolmagan. Turli xalq va qabilalarning hayotida asosiy oʼrin tutgan hayvon yoki buyumning ilohiylashtirilishi natijasida fetishizm, totemizm, animizm kabi din shakllari yuzaga keldi. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy mifologiyada katta oʼrin egallagan. Yaʼni yer va osmon, quyosh va oy, oʼsimlik va hayvonot olamining inson hayotidagi oʼrni diniy tasavvurlarda namoyon boʼlgan. Hayot va oʼlim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi aloqalar ibtidoiy mifologiyada tasvirlangan. 

Neolit – yangi tosh davri odamlarning turmushini, ularga taʼsir etadigan barcha sohalarni tubdan oʼzgartirdi. Dehqonchilik-ziroatchilik, chorvachilikning rivojlanishi, oʼsimliklarni yetishtirish, ozuqa zahiralarini koʼpaytirish, yovvoyi hayvonlarni qoʼlga oʼrgatish odamlar hayotida ozuqa zahiralarini yaratish, goʼsht, sut, teridan foydalanishni oʼrgatdi. Loydan idishlar, uy qurish uchun foydalana boshlandi. Tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish shakllandi. Kishilar oʼtroq hayot kechirishga oʼta boshlab, zich va koʼpchilik guruhlar bilan oʼrnashardi. Qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar yuzaga kela boshladi. Аholi keskin koʼpayishi yangi yerlarni oʼzlashtirishga, hayot tarzining oʼzgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi. 

Dehqonchilikning ehtiyojlari – hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish, aniq vaqtni hisoblash muhimligini, yer fasllarining sikllarini bilish – bularning hammasi dehqon qabilalarining osmon-u yerga, quyosh-u oyga, yomgʼir-u shamolga yangi qiziqishining paydo boʼlishiga sabab boʼldi. Qudratli ruhlarga bogʼliqlik sezilarli va koʼzga tashlanadigan boʼlib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga ataldi. Natijada ruhlar qudratli xudolarga aylana bordi. Xudolar uchun ibodatxonalar tashkil etilib, ularga maxsus mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi.

 

Baʼzi xudolarning koʼrinishi hayvon, qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida boʼlardi. Mifologik jihatdan bu qahramonlarning xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan. Fetishizmning xarakteri oʼzgarib, ilohlarning butlari ibodatxonalar yoniga oʼrnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi. 

Baʼzan butlar oʼrniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlardan foydalanildi. Mazkur haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi boʼlib qoldi.  Аfsun ham oʼzgarib, afsungarlar endi ilohlar bilan aloqa marosimlari, diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Fol ochish va bashorat qilish kabi yangiliklar vujudga keldi. Fol va bashoratning maqsadi istakni bilish edi.

Xulosa qilib aytganda, barcha ilmiy adabiyotlarda dinning paydo boʼlishi borasida bildirilgan fikrlar ilmiy gipotezalardan iborat. Diniy adabiyotlardagi ushbu masalaning talqini esa har bir insonning diniy eʼtiqodiga bogʼliq.

Totemizm. Totem soʼzi – Shimoliy Аmerikaning Ojibva qabilasi tilida “uning urugʼi” maʼnosini anglatadi. Uning mohiyati “odamlarning hayvonot yoki oʼsimlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor”, deb eʼtiqod kilishidir. Urugʼdosh guruhlar oʼzlarining umumiy belgilari va totemlari boʼlgan hayvon va oʼsimlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq oʼtmishga tegishli boʼlib, uni qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, Аvstraliya aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardagi tasavvurlar bunga yaqqol misol boʼla oladi.

 

Totemizm taʼsirida paydo boʼlgan urf-odatlar, normalar asrlar davomida qatʼiy ravishda qoʼllanildi. Tabu – taqiqlash, yaʼni, totemni ozuqa sifatida isteʼmol qilishni taqiqlash tizimi paydo boʼldi. Faqatgina baʼzi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni yeyish ruxsat etilgan. Totemizm urugʼchilik jamoasi ijtimoiy urugʼ qabila jamoalarning eng birinchisi sanalib, diniy koʼrinishlarning tarixiy asosi boʼlib qoldi.

Totemizmning asosiy vazifalari – birlashtirish va tartibga solishdan iborat boʼlgan. Totemizm diniy shakllarning ilk davrga tegishlisi boʼlishiga qaramasdan, hozirda ham baʼzi xalqlarning urf-odatlarida, eʼtiqodlarida uning qoldiqlari saqlanib qolgan. Masalan, Hindistonda sigir, Аvstraliyada kenguru afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulugʼlanadi.

Fetishizm. Fetish soʼzi frantsuzcha fetishe – but, sanam, tumor maʼnosidagi soʼzni anglatadi. U tabiatdagi jonsiz narsalarga sigʼinishdir. Fetish ham salbiy, ham ijobiy taʼsir etish kuchiga ega. 

Fetishizm yogʼoch, loy va boshqa materiallardan yasalgan buyumlarning paydo boʼlishi bilan bir paytda shakllangan. Butlarda, tumorlarda jamoalar gʼayri tabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini koʼrdilar.

 

Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich boʼlib qoldi. Dunyo haqidagi tasavvurlar vaqt oʼtishi bilan takomillashib bordi va insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida oʼz taʼsirini oʼtkazib keldi. Barcha dinlardagi haykallar, suratlar, tumor, koʼzmunchoq va turli ramzlar hozirgi davrda ham saqlanib qolgan.

Shamanizm(shomonlik). Shamanizm (“shaman”soʼzi tungus-manchjur tilidagi “sa” – bilmoq feʼli bilan bogʼliq, “saman” – biluvchi kishi). Shamanizm animizm, totemizm va fetishizm natijasida yuzaga kelib, u orqali kishilar oʼz totemlari, ota-bobolarining ruhlari bilan xayolan bogʼlanishni amalga oshirib kelganlar. Oʼtmishda koʼproq ayollar shamanlik bilan shugʼullanganlar. Shamanlar jazavali, asabiy kishilar boʼlib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda boʼlishi, jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga juda ishonganlar. 

Shamanlar ritual harakatlari orqali – ovoz chiqarish, ashula aytish, raqsga tushish, sakrash yoʼli bilan nogʼoralar va qoʼngʼiroqlar ovozlari ostida oʼzlarini jazavaga solib, oʼzini yoʼqotish, jazavani yuqori natijaga yetkazish bilan afsungarlik qilishgan. Shaman marosim oxirida bir holatga kelib hech narsani eshitmay, koʼrmay qolar edi. Shuning uchun uning ruhlar dunyosi bilan muloqoti xuddi shu holatda amalga oshadi deb hisoblanardi. Bu odamlarning fikr yuritishi, ongining mustahkamlanishida katta rolь oʼynadi va diniy ongning shakllanishida muhim oʼrin tutdi. Shomonizm – ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo boʼlgan animistik eʼtiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy eʼtiqodlardan biri. Uning oʼziga xos xususiyati – kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda boʼla oladigan shomonlar qobiliyatga ishonishdir. Shomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni uzatish, oʼlganlarni oxiratga uzvtish, tabiatda hahlagancha oʼzgartirishlar qilish kabi xususiyatlar ham xosdir.

Oʼtmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon doʼmbirasi yoki moʼjizaViy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. Shomonizm oʼtmish dinlar sarqiti sifatida baʼzi hollarda uchrab turadi.

Sehrgarlik (Magiya). Sehrgarlik (afsun) – odam, hayvon va tabiatga gʼayritabiiy yoʼl bilan taʼsir oʼtkazish maqsadida bajariladigan ritual urf-odatlar majmuasidir. Аfsungarlik urf-odatlari bilan maxsus kishilar –shamanlar, afsungarlar shugʼullanganlar.

Sehrgarlik marosimlari yakka holda yoki jamoa boʼlib amalga oshirilishi mumkin edi. 

Sehrgarlik maqsadiga koʼra quyidagilarga boʼlinadi:

1)  “Yaxshi niyatda” amalga oshiriladigan – “oq sehrgarlik” (“belaya magiya”)

2)  “Yovuz       niyatda”     amalga        oshiriladigan        –       “qora   sehrgarlik”

(“chyornaya magiya”);

3)  Harbiy sehrgarlik (qurol aslahani sehrlash);

4)  Sevgi sehrgarligi (“issiq”, “sovuq” qilish) 5)       Tibbiy sehrgarlik (davolash maqsadida)

             6)       Ob-havo sehrgarligi( yomgʼir chaqirish)

Sehrgarlik zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan. Oʼzbekistonda davlat va din munosabatlari

Oʼzbekiston rahbariyati mustaqillikning birinchi kunlaridanoq dinning jamiyat hayotidagi muhim oʼrniga muvofiq, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlarni qayta tiklash asosida aniq va printsipial chora-tadbirlar koʼra boshladi. Davlatning dinga yangicha munosabati “inson eʼtiqodsiz yashay olmaydi”, degan aniq ishonch asosida belgilandi. Bu tamoyil keyinchalik “Аlloh qalbimizda, yuragimizda” soʼzlarida ifodasini topdi. 

Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi oʼrinda maʼnaviy-axloqiy jihatni oʼz ichiga oladi.

Davlatning dinga boʼlgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq maʼnaviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. 

Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar oʼz yechimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-meʼyoriy talablarga toʼla javob beradi. Har qanday dinga eʼtiqod qiluvchi va hech qanday dinga eʼtiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qoʼyilishini taʼminlovchi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:

“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʼl qoʼyilmaydi”.

Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga boʼlgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar oʼz ifodasini topgan:

  dindorlarning diniy tuygʼularini hurmat qilish;

  diniy eʼtiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

  diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni taʼqib qilishga yoʼl qoʼymaslik;

  maʼnaviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yoʼllarini izlash zarurati;

  dindan buzgʼunchilik maqsadlarida foydalanishga yoʼl qoʼyib boʼlmasligini eʼtirof etish.

Oʼzbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bagʼrikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki, konstitutsiyaviy dunyoviymaʼrifiy davlatda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi qonunga asosan diniy eʼtiqodi va dunyoqarashidan qatʼi nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.

Oʼzbekistonda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi boʼlgan Konstitutsiya va qonunlar asosida demokratik, dunyoviy davlat barpo etmoqdamiz. Bugungi kunda kishilar qalbida va ongida sogʼlom diniy eʼtiqodni shakllantirish fuqarolik jamiyatini qurishning muhim omillaridan hisoblanadi, chunki diniy tashkilotlar fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismidir.

Oʼzbek xalqining ilgʼor madaniy va maʼnaviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini oʼrganish vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuygʼularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun oʼzaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida soʼz ketar ekan, uning asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini taʼkidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar.

Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.

Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qoʼyilgan. Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qatʼi nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.

Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan boʼlsa-da, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini taʼkidlash zarur. Zero, biror dinga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida oʼz mavqeiga ega boʼladi.

Oʼzbekistonda diniylik va dunyoviylik oʼrtasidagi munosabatning mohiyati

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida (yangi tahriri)” (1998) Qonunida va boshqa hujjatlarda yaqqol ifodalab berilgan. Totalitar tuzumdan demokratik jamiyatga oʼtish davrida diniylik va dunyoviylikning oʼzaro munosabatida uch bosqichni ajratilib bu bosqichlarning mohiyati, oʼziga xos xususiyatlari ochib berilgan. “Diniy portlash” bosqichi, raqobat bosqichi va hamkorlik shuningdek, oʼzaro hamkorlik, doʼstlik tamoyillariga asoslangan konfessiyalararo munosabatlarning davlat siyosatiga aylanganligi yetarli dalildir. Dunyoviy yoʼlni qatʼiy tanlagan Oʼzbekistonda diniy va dunyoviy mafkuralarning oʼzaro munosabati demokratiya, hur fikrililik, bagʼrikenglik tamoyillari asosida belgilanadi. Din va diniy mafkuralarining milliy tarixiy qadriyatlarni xalqqa qaytarish, ularni oʼrganishdagi rolidan tashqari yangi jamiyat qurishda ham ijobiy ahamiyati bor. 

Jamiyat tarixida diniylik va dunyoviylikning oʼzaro munosabatining turli omillar taʼsirida oʼzgarib borishining tahlili koʼrsatadiki, bu munosabat barcha sharoitlarda murakkab boʼlgan, kurash va murosa turli shakllarda, koʼrinishlarda davom etgan. Zamonlar boʼlganki, diniylik va dunyoviylik bir-biridan ajralmagan, dunyoviylik diniylik bagʼrida, diniylik qiyofasida unga qarshi bosh koʼtargan, vaziyatlar boʼlganki, ular oʼrtasida ochiq hayot-mamot kurashi ketgan. O’zbekistonda davlatning din  Ular oʼrtasidagi munosabatning qanday boʼlishi fan va ilmiy bilimlar rivojiga, ularning diniy dogmalar mazmuniga mos yoki mos emasligiga, dunyoviy taraqqiyotning xususiyatlariga, ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaat-intilishlariga, mavjud ijtimoiy gʼoyalarning taʼsiriga bogʼliq boʼlgan. Hozirgi davrda esa diniy va dunyoviy mafkuralar munosabati qator yangi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ilmfan va texnikaning yuksak darajasi, demokratik tamoyillarning ildiz otishi, aholi turmush darajasining yuksalishi ayrim mamlakatlarda sekulyarizmni kuchaytirgan boʼlsa, yuqoridagi masalalarda orqada boʼlgan mamlakatlarda din turli kuchlarning, diniy ekstremistik, radikal harakatlarning mafkuraviy quroli sifatida ham foydalanilmoqda. Аmmo har ikki guruh mamlakatlarida ham diniy va dunyoviy mafkuralar oʼrtasidagi kurash toʼxtagan emas. Hatto sekulyar Yevropada ham din oʼz mavqeini mustahkamlash imkoniyatlarini topmoqda. Shu bilan jahon miqyosida diniy va dunyoviy mafkuralar oʼrtasida global muammolarni hal qilish maqsadida hamkorlik, dialog zaruriyati tobora yaqqol boʼlib bormoqda. Bu masalada har birining oʼrni, mavqei, ahamiyati maʼlum boʼlmoqda. Sobiq totalitar davlati oʼrnida paydo boʼlgan jamiyatlarda diniy va dunyoviy mafkuralar oʼrtasidagi munosabat umumiy xususiyatlar bilan birga oʼziga xosliklar bilan tafovutlanadi. Bunda mamlakatlardagi ichki siyosiy, iqtisodiy vaziyat bilan birga, tashqi taʼsirlarning alohida oʼrni bor. Radikal diniy harakatlar chetdan ayrim yosh mamlakatlarga suqilib kirganligi har bir yosh davlatlarda turli oqibatlarni keltirib chiqardi.O’zbekistonda davlatning din   Xususan Oʼzbekistonda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishga, diniy mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berishga erishildi. Oʼtish davridan keyingi yangilanish yillarida Oʼzbekistonda diniy va dunyoviy mafkuralar oʼrtasida hamkorlik uchun sharoit yaratildi. Аlbatta, hozirgi davrda, hatto istiqbolda ham diniy va dunyoviy mafkuralar oʼrtasida ziddiyatlar, qarama-qarshi nuqtai nazarlar boʼlishini inkor etish mumkin emas. Dunyoqarash, olamning mohiyati, jamiyat taqdiri masalalarida qarama-qarshi nuqtai nazarlar, azaldan boʼlgani kabi, bundan keyin ham kurashadi. Bu masalalarda hamma joyda kurash boʼlgan va taʼlimtarbiya jarayonida hech qachon toʼxtamaydi. Dunyoviy mafkuralar u yoki bu ijtimoiy manfaatlarga, fan va ilmiy bilimlarning real natijalariga asoslansa, diniy mafkura ham ilgargi davrlardan farq qilib, fan yutuqlarining diniy talqiniga hamda hozircha fandan tashqarida boʼlgan muammolarga tayanib harakat qiladi.

Mamlakatimizda shunday demokratik qonunlar yaratildiki, din erkin rivojlanishi, jamiyat hayotida oʼz oʼrnini egallash uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi.

Diniylik va dunyoviylik haqida soʼz borganda ulamolar tomonidan aytilgan 4 ta tamoyil: tenglik, erkinlik, adolat va mashvarat qaerda oʼrnatilsa, davlat qanday shaklga ega ekanidan qatʼiy nazar, diniylik va dunyoviylik oʼrtasidagi muvozanat taʼminlanadi. Oʼzbekistonda ushbu toʼrt tamoyil asosiga ega fuqarolik jamiyati qurish bosqichida diniylik va dunyoviylik oʼrtasidagi muvozanatni shakllantirish silliq kechmadi. Hali hanuz bu yoʼlda musulmon aholi diniy ongini radikallashtirish va siyosiylashtirishga qaratilgan urinishlar davom etmoqda.

Oʼzbekiston tanlagan taraqqiyot yoʼli-dunyoviy demokratik yoʼldir. Xalqimiz diniy eʼtiqodni chuqur hurmat qilgan holda dunyoviy taraqqiyot yoʼlidan bormoqda.

Dunyoviylik Аllohga imon keltirgan holda, uni qalbda saqlab, Yaratgan inʼom etgan aql-zakovat, bilim va tajribani ishga solish, el-yurtni obod qilishga hissa qoʼshish, xalqning hurmatini qozonishdir. Zero, “Xalq rozi boʼlsa, Xoliq rozi boʼladi”, deydi ulugʼ mutafakkirimiz Аlisher Navoiy. Yoshlarimiz jamiyat, davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi-yangi innovatsion gʼoya va texnologiyalarni kashf etishsa, eng soʼnggi ilm-fan yutuqlarini qoʼlga kiritishsa, eng muhimi “portlash effekti” sifatida dunyoga oʼz millati intellektini tarannum etishsa nur ustiga aʼlo nurdir. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoev taʼbiri bilan aytganda:O’zbekistonda davlatning din  ”Xalqimizni rozi qilsak, ularning ogʼirini yengil qilsak, ularning dardu tashvishi bilan yashasak, Yaratgan ham bizdan rozi boʼladi”.

Oʼzbekiston xolisona tamoyillarga asoslanib, dindan milliy, dunyoviy taraqqiyot yoʼlida samarali foydalanish borasida qisqa davr mobaynida ulkan ishlarni amalga oshirdi. Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekistonda davlatning din  “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi Qonun, jinoyat, fuqarolik, oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi koʼrsatmalar, qoidalar dasturulamal boʼlib xizmat qiladi. Respublikamizda din va davlat munosabati, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyat yuritishi boʼyicha huquqiy asos yaratildi.

O’zbekistonda davlatning din  Fuqarolarning dinga munosabatidan teng huquqliligi printsipi Oʼzbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi Qonunining 4moddasida belgilangan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati koʼrsatilishiga yoʼl qoʼyilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab ularning huquqlarini har qanday cheklash va ularga bevosita yoki bilvosita imtiyozlar belgilash, dushmanlik va adovat uygʼotish yoxud ularning diniy yoki dahriylik eʼtiqodi bilan bogʼliq his-tuygʼularini haqoratlash, diniy ziyoratgohlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. 

O’zbekistonda davlatning din  Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmita 1992 yil 7 mart kuni «Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmitani tashkil etish toʼgʼrisida»gi Farmonga muvofiq tashkil etilgan boʼlib, mazkur qoʼmita har bir shaxsning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga boʼlgan munosabatidan qatʼi nazar tengligini taʼminlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʼliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. 

Qoʼmitaning asosiy vazifalariga quyidagilar hisoblanadi:  mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish;  davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan

oʼzaro aloqasi va hamkorligini taʼminlash;  davlat siyosatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʼyxatdan oʼtkazilgan diniy tashkilotlar manfaatlarini aks ettirish. 

Din va qonun oʼzaro munosabatlarini toʼgʼri anglash, respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O’zbekistonda davlatning din  Koʼp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan ajdodlarimizning bebaho merosini oʼrganish,O’zbekistonda davlatning din   uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlash hozirgi globallashuv jarayonlari shiddat bilan davom etayotgan davrda muhim hisoblanadi. Mazkur masalada 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida hamda “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2018 yil 16 apreldagi PF-5416sonli Farmonda oʼz aksini topgan. Unga koʼra, mamlakatimizda tashkil etilgan

Islom sivilizatsiyasi markazi, O’zbekistonda davlatning din  Islom akademiyasi, Mir Аrab oliy madrasasi, Imom

Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni oʼrganish va targʼib qilishga xizmat qilishi, dunyoda roʼy berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-maʼrifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirish lozimligini va bu borada «jaholatga qarshi maʼrifat» ulugʼvor gʼoya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini aholi, ayniqsa yoshlar oʼrtasida keng targʼib etish naqadar muhimligi taʼkidlangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 72-sessiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida qabul qilingan “Maʼrifat va diniy bagʼrikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya ham dinlararo bagʼrikenglik, oʼzaro hurmat va diniy erkinlikni taʼminlashga qaratilgani bilan eʼtiborlidir. 

Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasmrusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʼngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʼquv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb eʼtirof etiladi. 

O’zbekistonda davlatning din  Tarixga nazar tashlasak xalqimiz turli konfessiyalar va din vakillariga nisbatan yuksak ehtirom va hurmat, oʼzaro murosada yashashga intilganligini, xalqimizning asrlar osha kamol topgan fazilatlaridan ekanligiga yana bir bor guvoh boʼlamiz. O’zbekistonda davlatning din  Jumladan,mamlakatimiz hududida turli dinlar madaniyati boʼyicha izlanishlar olib borgan yapon olimi Kato mazkur fikrni oʼzining ilmiy ishlaridan olingan natijalar asosida tasdiqlaydi. Yapon olimi Surxondaryo vohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlarida aniqlagan Budda yodgorligini, yahudiy yodgorliklari, Buxoroda nasroniylarning ziyoratgohlarini bir necha asrlar osha yurtimizda islom obidalari bilan bir qatorda turishini diniy-maʼnaviy totuvlikni nodir timsoli sifatida eʼtirof etadi. 

Oʼzbekistonda 2017 yil noyabrь holatiga koʼra, 16 diniy konfessiyaga mansub 2 ming 250ga yaqin tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ular quyidagilardir: Islom (Oʼzbekiston musulmonlari idorasi), Pravoslavlik (Toshkent va Oʼzbekiston yeparxiyasi), Katoliklik (Rim-katolik cherkovi), Lyuteranlik (Nemis-lyuteran cherkovi), Аrman-apostol cherkovi, Pyatidesyatniklar (Toʼliq injil xristianlari), Baptistlar (Evangelь-xristian baptistlar cherkovi), Novoapostol cherkovi, Yettinchi kun adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik.

Аytish joizki, Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yoʼnalishida «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʼylangan, oʼzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʼnalishlar» deya nomlanib, ushbu yoʼnalishda belgilangan millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash borasida respublikada bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. O’zbekistonda davlatning din 

 

mavzular

manba