O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar.

O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar.  

O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik .XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tarti-botlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning o’rnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo’linib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi.

 

Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, ne-mislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik tuzum barbod etildi. Ayni chog’da sobiq SSSR parchalanib, uning o’rnida mustaqil taraq-qiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.

Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. «Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi belgi-lashga azm-u qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir», — degan edi Islom Abdug’aniyevich Karimov.

XX asr 90-yillarining boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo’lib qoldi.

 

Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: zo’ravonlikka asoslangan, ma’muriy buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayon-lar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi? — degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o’sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.O’zbekistonning mustaqillik uchun xarakatlar

 

SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham in-qiroziy holatdan chiqishning yo’lini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyat-lar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro’yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoti boshqa-rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ah-voldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomon-lasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hoi tabiiy ravishda xalqning ko’zini ochdi, endi u eskicha buyruq-bozlik usulini qabul qila olmay qoldi.

 

Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenite-tini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik bosh-qaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o’zi ko’rsata boshladi.

Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi na-tijasiz qadamlarda ham ko’rsa bo’ladi.

Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo’jaligini bozor iqti-sodiga o’tkazish masalasi 1987-yili xalq deputatlari II syezdi qarori va iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990-yil may oyida Oliy Sovet III sessiyasida muho-kama qilingan edi.

Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga o’tish obyektiv zaruriyat, bundan boshqa yo’l yo’q, degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining «Bosh-qariladigan bozor iqtisodiga o’tish haqida»gi qarorida bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini tashkil qiladi, deb qayd etildi. Shu bois bu boradagi Hukumat konsepsiya-sini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990-yil 1-sentabriga tayyorlash belgilandi.

 

SSSR Rahbariyatida shu yo’nalishdagi amaliy ishlar qizg’in tus oldi. 1990-yil 25-iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o’tkazish yuzasidan qo’shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi bo’ldi.

1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o’tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo’jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma’ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olin-gan variant ishlab chiqilgani aytilsada, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nis-batan ishonch yo’qola borgan edi. Ayni chog’da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo’ldan rivojlantirishni ko’zda tutar edi.

1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shata-linning «500 kun» Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masa-lalar ko’tarilgan edi:

 Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste’mol bozori va unda erkin narx;  korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;  ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti; aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko’zda tutar edi.O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik.

SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo’lib o’tgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo’jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Das-turidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o’tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo’nalishiga ziyon yetkazmaydi», — deb xulosa berdi.

 

Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishni hayotning o’zi kun tar-tibiga qo’ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaru-ratga aylantirdi. Shunday bo’lsa-da, 1990-1991yillarda iqtisodi-yot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.

 

Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo’nalishdagi kuchlar manfaatlari to’qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:

Birinchi kuchlar — N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo’jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko’proq markazda to’plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo’ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.

Ikkinchi kuchlar — S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o’rnida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlanti-rish, mulkni davlat tasarrufldan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo’jaliklari tuzishni ko’zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo’lidan voz ke-chishni bildirar edi.

 

Uchinchi kuchlar — bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlov-chilar. Ular murosa yo’lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo’nalishlarini uyg’unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlik hokimiyatini yo’qotmaslik, «shokovaya Terapiya» («falaj qilib davolash») usulidan foydalanish g’oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo’naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to’g’risidagi takliflar ham o’rtaga tash-lana boshladi.

Shunday qilib, sobiq SSSR ijtimoiy taraqqiyotida uchta yo’nalish- totalitarizmga qaytish, jahon tajribasiga xos transforma-tsiya va sotsialistik yo’nalishdagi demokratik kuchlar to’qnashib qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanaz-zulni vujudga keltirgan edi.

Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda O’zbekiston rahbariyati bu yo’nalishlarning nomaqbul ekanligini aniq-ravshan ko’rdi va respublika xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishning o’ziga xos yo’lini Mustaqil tarzda o’zi belgilay boshladi. Avvalo, «O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsep-siyasini» tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat Reja qo’mitasi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga ko’ra, «O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990-yil 17oktabrida umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.

1990-yil oktabri oxirida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.

Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo’lini… respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi.

 

Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini ma’qulladi va O’zbekiston Ministrlar Sovetiga «O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foy-dalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1iyungacha O’zbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer-osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonala-rini O’zbekiston SSR mulkiga o’tkazish bo’yicha O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida Qonun loyi-hasi kiritishni topshirdi.

Hukumat Dasturiga ko’ra, quyidagilar O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy yo’nalishlari qilib belgilandi: Mustaqil davlat bo’lmish O’zbekiston:

v  boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni xalq xo’jaligini o’zi boshqarish va o’zini o’zi pul bilan ta’minlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshi-radi, xo’jalik turmushi va madaniy turmushdagi milliy o’ziga xoslik saqlanib qolishini ta’minlaydi;

v  boshqa respublikalar bilan o’z iqtisodiy aloqalarini ekvivalent-lik va o’zaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalarni mamlakatning yaxlit xalq xo’jalik kompleksi doirasida o’zaro shart-nomalar va bitimlar bilan tartibga soladi;

v  mahalliy Sovetlarning mahalliy o’zini o’zi boshqarishni keng rivojlantirish, uning mulkiy va moliyaviy negizini mustahkamlash huquqlariga kafolat beradi;

v  o’z ixtiyorida bo’lgan hamma vositalar bilan mehnat jamoalarining va fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini mustahkamlashga ko’maklashadi, shu huquqlarning har tomonlama himoya qilinishini ta’minlaydi.

 

O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar.    O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy maqom berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:

1.  «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida» 1991-yil, 31-avgustida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.

2.  O’zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiya moddalari «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida))gi Qonunning qoidalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin.

3.  Konstitutsiya komissiyasisi tayyorlanayotgan «Respublika Konstitutsiyasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin.

Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O’zbekiston mustaqilligi barchaning dilini quvonchlarga to’ldirdi. Toshkentdagi Podyomnik ishlab chiqarish birlashmasining ishchisi, 21-saylov okrugidan O’zbekiston xalq deputati Botir Qosimov sessiya yakunida so’zga chiqib, shunday dedi:

 

«Yashirmayman, mustaqillik haqida gap-so’z ko’p edi-ku, lekin ishning amaliy qismiga kelganda siljish yo’q edi. Nihoyat respublikamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat mustaqilligi to’g’risidagi hujjatni qabul qildi. Endi mana shu har birimizga quvonch va iftixor tuyg’ularini olib kelgan qarorni amalda quvvatlashi-miz zarur».

Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo’lga kiritgan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo’yildi.O’zbekistonning O’zbekistonning iqtisodiy mustaqillik 

mavzular

manba