O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama hamkorligi.

O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama hamkorligi. 

O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlar — Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik va do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratildi. Bu, beshta davlatlar tarixi, madaniyati, tili va dilining birligidan, tomirlarining tutashib ketganligidan ke-lib chiquvchi jiddiy siyosat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo’li edi. Shuni alohida aytish kerakki, O’zbekiston Prezidenti I. Karimov keyingi besh yillar mobaynida bu mintaqadagi davlatlar, xalqlar o’rtasida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatib uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-baqadam amalga oshirib kelmoqda.

 

Ma’lumki, bir necha ming yilliklar mobaynida joni-joniga, qoni-qoniga payvand bo’lib ketgan Markaziy Osiyo — qadimiy Tu-ron xalqlari sobiq SSSR davrida turli millatlarga ajratib tashlandi. Qog’ozdagina suveren, aslida esa markazga qaram sovet respublika-lari barpo etildi. Bu soxta siyosat tufayli an’analari, turmush tarzlari, ruhiy va ma’naviy qadriyatlari bir bo’lgan xalqlar o’zbeg-u qozoqqa, tojig-u qirg’iz, turkmanga bo’lib yuborildi.

 

Albatta, mazkur xalqlar o’tgan 70 yildan ko’proq vaqt mobaynida millat sifatida shakllandi. Ularning o’z tili, madaniyati bor. Endi ularni butunlay birlashtirib yuborish milliy qadriyatlarini toptash bilan barobar. Biroq, masalaning boshqa tomoni ham bor. Ya’ni, yagona Turkiston zaminida sobiq SSSR tarqalgach vujudga kelgan mustaqil davlatlar o’z tarixiy kelib chiqishlari, xalqlarining boy o’tmishi, ma’naviy va ruhiy ehtiyojlari nuqtayi nazaridan o’zaro yaqinlashishga hayotiy zarurat sezishlari tabiiy holdir.

 

O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama hamkorligi.  Markaziy Osiyo xalqlari ruhiyati asrlar mobaynida bir-biriga tutashib, ma’naviy, diniy va axloqiy munosabatlari uyg’unlashib ketgan, yashash tarzlari va urf-odatlari mushtarak bo’lib, yagona, ulkan va jonli vujudga aylangan edi. Shuning natijasida qondosh-u jondoshlik, bir butunlik an’analari tarkib topgan. Kishilik tarixida bunday ma’naviy, ruhiy va fikriy yaqinlik bu diyorda hamisha ham-ma narsadan ustun kelgan. Shuning uchun ham Mavlono Rudakiy: «Dunyoning shodligi yig’ilsa butun, Do’stlar diydoridan bo’lolmas ustun», deb bejiz aytmagan. Mustaqillik sharoitida millat, millatlar-aro munosabatlar, milliy madaniyat, yaqin qardosh xalqlarning madaniy merosi, etnik muammolari, jug’rofly va iqtisodiy birligi haqidagi tasavvurlar o’zgardi. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlarining kelib chiqishi, ularning tarixi o’ziga xos turmush tarzlari va yaqin qo’shnichilik munosabatlariga har qachongidan boshqacharoq qarashni hayot taqozo eta boshladi. Zero, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan, tarixan bir muhitda yashab, o’tmish madaniyati bir zaminda vujudga kelgan, biroq, ayni paytda mustaqil davlat bo’lib yashayotgan mamlakatlar o’z tarixiy ildizlarini qidirib topishini, o’zaro hamkorlik munosabatlarini qaytadan tiklashini hayotning o’zi zarurat, deb hisoblamoqda.

 

1993-yilning yanvarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo’stligiga asos solindi. Besh davlat Qirg’iziston, Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo’stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Buni mintaqa xalqlari zo’r mamnuni-yat bilan qarshi oldilar va qo’llab-quvvatladilar.

 

Shu tariqa jahon siyosiy so’zligida «Markaziy Osiyo» degan yangi atama paydo bo’ldi. Albatta, bu hodisaga turli toifa va qarashdagi siyosatchilar, huquqshunoslar, iqtisodchilar turlicha baho berdilar. Ayrimlari hatto, mintaqadagi mamlakatlar birlashib, yagona davlat bo’larmish, deyishgacha bordilar. Mintaqa rahbari kim bo’ladi? Qaysi til davlat tili bo’ladi, ko’pmillatli mintaqa milliy madaniyatlari muammolari qay yo’sinda hal etiladi, qabilidagi savollar tug’ildi. Prezident Islom Karimov Markaziy Osiyo Hamdo’stligini vujudga kelti-rish tashabbuskori sifatida uning maqsad va mohiyatini aniq-ravshan ko’rsatib berdi. Ya’ni, Mustaqil Davlatlar suvereniteti daxlsizdir. Hamdo’stlikka a’zo bo’lgan mamlakatlar xalqaro huquq normalariga to’la amal qilgan holda davlat tizimiga, boshqaruv usuliga va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, har bir davlat Konstitutsiyasini hurmat qilish va tan olish, faqat iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yo’lga qo’yish, yagona bozor, mol ayirboshlash imkoniyatlarini kengaytirish, bojxona va chegaralardagi sun’iy to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko’rib chiqildi. Oradan ko’p o’tmay ana shu Hamdo’stlikka amaliy poydevor qo’yildi. 1995-yilning yanvar oyida Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga keldi. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka doir qator hujjatlarga imzo chekildi. Tez orada bu bitimga Qirg’iziston ham qo’shildi. Natijada uch mamlakat o’rtasida yagona bozorni vujudga keltirish, mahsulot ayirboshlash imkoniyati yaratildi.

Markaziy Osiyo Hamdo’stligi nafaqat bugungi o’tish davri mah-suli, balki jug’rofly, tarixiy-etnik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojdir. Ularning har qanday siyosiy va iqtisodiy Hamdo’stlikdan ham baland turadigan qadimiy qadriyatlari bor. Ming yilliklar mobaynida shakllangan ma’naviy, madaniy, axloqiy, diniy va lisoniy mushtaraklik ham mavjud.

O’zbekistonning Osiyo davlatlari bilan hamkorligi

Dunyoviy muammolar, insoniyat taqdiriga daxldor masalalar yechimini topishda mamlakatlar va xalqlar, milliy manfaatlari hamda ehtiyojlaridan qat’i nazar, birgalikda o’zaro hamkorlik yo’llarini izlaydilar. Biroq, hech qanday hamkorlik, turmush tarzlari, urf-odatlari, ruhiyatlari uyg’unlashib ketgan yaqin qo’shni xalqlarning do’stligiga teng kelolmaydi. Chunki bu yerda ajdodlar ruhi bilan kelajak avlodlar bog’liqligi, bir butun zamin — Ona Vatan yaxlit-ligi kabi muqaddas tuyg’u doimo barqarordir. Prezident Karimov Markaziy Osiyo xalqlari birligini mustahkamlashning mintaqa mam-lakatlari o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish siyosatining insonparvarlik mazmuni ana shunda, deb bildi.

 

Biroq, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining samarali ishlashi uchun to’siq bo’layotganlar ham oz emas. Bular, birinchidan, yetmish yillik yaqin o’tmishda shakllangan, soxta millatparvarlik hissiyoti, aholi bir qismi tushunchasi va dunyoqarashining ma’lum darajada cheklanganligi, mintaqaviy hamkorlik mazmun-mohiyatini to’la va chuqur tushuna olmayotganligi bo’lsa, ikkinchidan, mamla-katlarimizning o’zaro yaqinlashuvidan tahlikaga tushayotgan kuch-larning mavjudligidir. Bu yo’ldagi yutuq va kamchiliklarni, mavjud ziddiyatlarni o’z vaqtida anglagan Karimov masalaga real qaraydi va xolis baholaydi.O’zbekistonning Osiyo davlatlari bilan hamkorligi 

 

1993-yilning iyul oyida Qozog’iston va O’zbekiston o’rtasida 1994-2000yillarda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida bitim imzolandi. 1994-yilning yanvarida yagona iqtisodiy hududni barpo qilish to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnomaga 1994-yil aprel oyida Qirg’iziston Respublikasi qo’shildi. Uch davlat o’rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashti-rib turuvchi Ijroiya qo’mita tuzildi, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki ta’sis etildi. Ana shu organlarning ishi natijasida Bishkekda Respublikalar Bosh vazirlari Kengashi qarori imzolandi. Unda tomonlar 2000yilga qadar respublikalarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirishning yo’nalishlari belgilandi.

 

1994-yil 8-iyulda Islom Karimov boshchiligidagi davlat delegatsiyasi O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston Respublikala-ri davlat va hukumat boshliqlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Almatiga bordi. Qozog’iston Prezidenti qarorgohida uch mamlakat rahbarlarining yakkama-yakka suhbati bo’lib o’tdi. So’ng delegat-siyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Muzokaralar nihoyasida Prezidentlar Islom Karimov, Nursulton Nazar-boyev va Asqar Akayev birgalikda bayonot hamda O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston xalqlariga Murojaatnoma qabul qildilar. Shuningdek, aholi migratsiyasi sohasida hamkorlik to’g’risida memorandum hamda uchala mamlakat o’rtasida Markaziy Osiyo Hamkorlik va taraqqiyot bankini ta’sis etish to’g’risida bitim imzolandi.O’zbekistonning Osiyo davlatlari bilan hamkorligi 

 

Hukumat rahbarlari esa davlatlar o’rtasida harbiy-texnik hamkorlik to’g’risidagi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot sohasidagi hukumatla-raro bitim va shartnomalarni, shuningdek, axborot bilan ta’minlash sohasidagi bitimlarni imzoladilar.

Shu yillarda ijtimoiy hayotning ko’pgina sohalari, xususan, ilm-fan, madaniyat sohasida O’zbekiston — Qozog’iston munosabatlari yanada kengayganligini alohida uqtirish lozim. Xususan, 1996-yilgacha ilm-fan va texnologiyalarning 16 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 107 ta qo’shma loyiha tayyorlandi.

1994-yili O’zbekistonda Qozog’iston Respublikasi Kunlari o’tkazildi va unda O’zbekiston — Qozog’iston Markazini tashkil qilish xususida kelishib olindi. Tenglik asosida axborot va tahririyat materiallari almashadigan bo’ldi. Xalq xo’jaligining boshqa sohala-rida ham O’zbekiston — Qozog’iston munosabatlari yanada kengaya bordi. Xususan, madaniy aloqalar an’anaviy tus oldi.

 

Cho’qon Valixonov, Abay, Jambul, Muxtor Avezov, Sobit Mu-qonov, Anvar Olimjonov, O’ljas Suleymonov va boshqa qozoq ijod-korlarining asarlari o’zbek va qoraqalpoq tiliga tarjima qilindi. Ayni chog’da Oybek, G’afur G’ulom, Mirtemir asarlari qozoq tilida ommaviy nusxalarda nashr qilinib, kitobxonlarga yetkazildi.

 

Hozirda Qozog’istonda bir million o’zbek, O’zbekistonda esa bir milliondan oshiq qozoq istiqomat qilayotganligi uchun ham madaniy aloqalarga katta e’tibor berildi. O’zbekistonda 605 ta qozoq maktabi bo’lib, unda 15 ming bola o’qiydi. Toshkent, Sirdaryo, Jiz-zax, Nukus va Navoiy pedagogika institutlarida qozoq tilida o’qish olib boriladigan bo’limlar ishlay boshladi.

 

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida qozoq adabiyoti Kengashi, Jizzax viloyatida «Kok-tem» qozoq teatr studiyasi tashkil etildi. O’zbekistonda 1992-yildan boshlab qozoq tilida «Nurli job respublika gazetasi nashr qilina boshlandi. Markaziy Osiyo davlatlari o’z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq iqtisodiy qiyinchiliklar-ga qaramay, Orol dengizini saqlab qolish, mintaqadagi ekologik va-ziyatni barqarorlashtirish yo’lida kuchlarni birlashtirish, bahamjihat hamkorlikda faoliyat ko’rsatish mumkinligini tushunib yetdilar. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil 26-martida Qozog’iston Respublikasining Qizil O’rda shahrida, 1994-yil 11-yanvarda Nukus shahrida, 1995-yil 3-martda Turkmaniston Respublikasining Tosh-hovuz shahrida, 1995-yil 20-sentabrda yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag’ishlangan uchrashuvlar o’tkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bora boshladilar.

Ayniqsa, 1999-yil 8-aprel kuni Turkmaniston Prezidentining saroyida bo’lib o’tgan Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasining majlisi haqida to’xtalib o’tish o’rinli bo’ladi. Unda Jamg’arma Prezidenti — O’zbekiston rahbari Islom Karimov Jamg’armaning 1997- 1999-yillardagi faoliyati haqida so’zladi va kelgusida jamg’armani rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini bayon qildi.

 

Sammit kun tartibi doirasida Orolni qutqarish Xalqaro jamg’ar-masining nizomiga o’zgarish va qo’shimchalar kiritish, Jamg’arma va uning qoshida ochilgan tashkilotlar mavqeyini belgilash masalalari ham ko’rib chiqildi. Uchrashuv yakunida O’rta Osiyo mamla-katlari va Qozog’iston rahbarlarining Qo’shma bayonoti hamda Orol muammolari bo’yicha uchrashuv yakunlariga doir Ashxabod Dekla-ratsiyasi qabul qilindi.

 

Markaziy Osiyo davlatlari qardoshlik munosabatlarida O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Chun-ki, tojik va o’zbek xalqining o’tmishi, ularning o’zaro bog’liqligi va hozirgi munosabatlari turli davrlarda turlicha munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ayrim mafkurasi buzuq ig’vogarlar ana shu har ikki millatning nozik jihatlaridan foydalanib, ularning hissiyoti va sha’niga tegishmoqda. Har ikki millat o’rtasiga nifoq solishga urinishlar bo’ldi. Aslini olganda mintaqa xalqlarining shakllanish jarayoni asosan bir zamin va bir xil tarixiy sharoitda vujudga kelgan. Ular bir xil hayotiy, ruhiy kechinmalar jarayonini boshdan kechirishgan. Dunyoqarashlari, ong va tushunchalari ana shu umumiy yaxlitlik, umumiy uyg’unlik doirasida paydo bo’lgan. Tillari-dagi turli lahjalar va shevalar ularning bir butunligini, yaxlit va umumiyligbi inkor etmaydi. Aksincha o’zaro yaqinligini, qardosh va qarindoshligini tasdiqlaydi. Ular o’rtasida kirn qaysi tilda gap-lashayotgani bilan emas, kirn qanday umumiy manfaat, umumiy qadriyat xususida o’ylayotgani va unga intilayotgani bilan munosabatlarini baholashgan.

 

Shuning uchun ham keyingi 10 yilliklarda Tojikistonda yuz berayotgan notinch voqealarga o’zbek xalqi, O’zbekiston rahbariyati befarq qaramadi. Tinchligi buzilgan tojik xalqiga o’zbek xalqi mun-tazam insonparvarlik yordamini berib turdi. Prezident Islom Karimov bir qator xalqaro minbarlarda, jumladan, BMT, YXHT va MDH davlat rahbarlari bilan uchrashuvda Tojikistonda vaziyatni normal-lashtirishga, uni tinch, siyosiy yo’l bilan hal qilishga qaratilgan takliflarni o’rtaga tashladi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, Tojikiston va Afg’oniston mojarola-ri, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.

mavzular

manba