O’zbekistonning o’ziga xos tarqqiyot yo’lini tanlashi, taraqqiyotning «O’zbek modeli».

O’zbekistonning o’ziga xos tarqqiyot yo’lini tanlashi, taraqqiyotning «O’zbek modeli».  

 

O’zbekistonning  tarqqiyot yo’li.O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo etar edi.

 

Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bo’lgan tayyor andozalari hech qachon bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo’lgan O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos yo’l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil O‘zbekiston tug’ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi».

 

Yana shuni ta’kidlash darkorki, O’zbekiston o’z mustaqilligi-ni qo’lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo’lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»lar O’zbekistonga nisbatan «O`zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qu-rishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xo-los» deb shovinistlarcha g’arazgo’ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar o’rtasida «Endi O’zbekiston qanday yo’ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» – qabilidagi savollar paydo bo’lgan edi. Unga har kim o’zicha javob qidirar edi.Shuning uchun ham O’zbekiston mustaqilligining dastlabki ku-nidanoq,«jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o’z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’lini tanlab olishga kirishdi».

 

Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga o’tishi bilan bog’liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqish-ni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g’oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana shunday paytda o’zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o’rtaga tashladi.

Hali sobiq ittifoq mavjud bo’lgan davrda I. Karimov respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o’zgarishlarni boshlab yuborgan edi.

Islom Abdug’aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yo’li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o’zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko’rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4yanvarda bo’lib o’tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi:

 

«Menga qanday yuksak mas’uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yo’llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan o’rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy hara-katlar qilishni kutyapti. O’tmish qoldiqlari xalq yelkasiga og’ir yuk bo’lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxt-li hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayot-gan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj ki-shilarni o’z homiyligiga olishi kerak. Bular- ko’p bolali, kam ta’minlangan oil alar, nogironlar… Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo’lib qola-veradi».

 

Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam to’ldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va uo’1-yo’riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992-yil avgust oyi oxirida O’zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «O`zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» nomli O’zbekiston mustaqilligining na-zariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu ri-sola keng jamoatchilik tomonidan ma’naviy hayotdagi yangilik va muhim qo’llanma sifatida kutib olindi. Unda O’zbekiston istiqloli-ning ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o’rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy pok-lanishining asosiy uo’1-yo’riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan ko’rsatib berildi.

Ma’lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tish jarayoni bir necha muhim ijtimoiy muammolar bilan uzviy bog’liq.

Bular:

v  davlatning islohotlarni o’tkazishdagi rahnamolik roli;

v  jamiyatning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish;

v  o’rta hoi sinfhi shakllantirish;

v  xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.

O’zbekistonning  tarqqiyot yo’li Ta’bir joiz bo’lsa, bu omillarning bosqichma-bosqichligi, ularning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har birining va barcha-si bir butun bo’lgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabablarga bog’liq.

I.A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o’zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o’rtaga tashladi:

 

Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.

 

Ikkinchidan, o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o’tkazishi shart.

 

Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qi-lishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim.

 

To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish.Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib keldi va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.

 

Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o’tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya’ni evolutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichmabosqich amalga oshirilishi kerak.

 

Ana shu muhim qoidalar O’zbekistonning Mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo’liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o’tish dav-rining negizini tashkil etdi. O’tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiysiyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo’lidan izchil harakat qilishni ta’minladi.

 O’zbekistonning  tarqqiyot yo’li 

 

 

mavzular

manba